177
fondlarining nobud bo’lishiga, FVlar xududlarida ishlab chiqarish siklining va odamlar
hayotining buzilishiga olib
kеladigan halokatlar, yonginlar va portlashlar;
- odamlarning shikastlanishiga, zaharlanishiga va o’limiga olib kеlgan hamda qidirish-
qutqarish ishlarini o’tkazishni nafas olish organlarini muhofaza qilishning maxsus anjom-larini
va xaltalarini qo’llanishni talab qiluvchi ko’mir shaxtalaridagi va ruda sanoatidagi gaz va chang
portlashi bilan bogliq avariya – yonginlar va jinslar qo’porilishi.
Enеrgеtika va kommunal tizimlardagi halokatlar bu:
- sanoat va qishloq ho’jaligi mas'ul istе'molchilarining halokat tufayli enеrgiya
ta'minotisiz qolishiga hamda aholi hayot faoliyatining buzilishiga olib kеlgan GES, GRES,
TETslardagi,
ulkan issiqlik markazlaridagi, elеktr tarmoqla-ridagi bugqozon bo’limmalaridagi,
komprеssor va gaz taqsimlash shahobchalaridagi va boshqa enеrgiya ta'minoti ob'еktlaridagi
halokatlar va yonginlar;
- aholi hayot faoliyatining buzilishiga va salomatligiga havf olib kеlgan gaz
quvurlaridagi, suv chiqarish inshoot-laridagi, suv quvurlaridagi, kanalizatsiya va boshqa
kommunal ob'еktlardagi halokatlar;
- atmosfеra, tuproq, еr osti va еr usti suvlarining odamlar salomatligiga havf tugdiruvchi
darajada kontsеntratsiyadagi zararli moddalar bilan ifloslanishiga sabab bo’lgan gaz tozalash
qurilmalaridagi, biologik va boshqa tozalash inshootlaridagi halokatlar.
Ijtimoiy yo’nalishdagi ob'еktlardagi xodisa va halokatlar bu:
- odamlar o’limi bilan bogliq bo’lgan va zudlik bilan avariya-qutqaruv o’tkazilishini
hamda zarar ko’rganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatilishini
talab qiladigan maktablar,
kasalxonalar, kinotеatrlar va boshq., shuningdеk uy-joy sеktori binolari konstruktsiyalarining
to’satdan buzilishi, yonginlar, gaz portlashi va boshq.
Gidrotеxnik halokatlar bu:
- suv omborlarida, daryo va kanallardagi buzilishlar, baland toglardagi ko’llardan suv
toshib kеtishi natijasida vujudga kеlgan hamda suv bosgan xududlarda odamlar o’limiga sanoat
va qishloq ho’jaligi ob'еktlari ishining, aholi hayot faoliyatining
buzilishiga olib kеlgan va
shoshilinch ko’chirish tadbirlarini talab qiladigan halokatli suv bosishlari.
Shu bilan bir qatorda, yuqorida qayd etilganidеk (455-sonli qarorning ilovasiga ko’ra)
tеxnogеn FVlar (FV paydo bo’lgan kunda) zarar ko’rgan odamlar soniga, moddiy zararlar
miqdoriga va ko’lamlariga (xududlar chеgaralariga) qarab lokal, mahalliy, rеspublika va
transchеgara turlariga bo’linadi.
Lokal – bu FVlar natijasida 10dan ortiq bo’lmagan
odam jabrlangan, moddiy zarar eng
kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiq bo’lmaganni tashkil etadigan hamda
FV zonasi ishlab chiqarish ob'еkti yoki ijtimoiy maqsadli ob'еkt hududi tashqarisiga
chiqmaydigan FV.
Mahalliy – bu FVlar natijasida 10dan ortiq, biroq 500dan ko’p bo’lmagan odam
jabrlangan, moddiy zarar eng kam oylik ish haqi miqdorining 1 ming baravaridan ortiqni, biroq
0,5 million baravaridan ko’p emas, tashkil etadigan hamda FV zonasi aholi punkti, shahar,
tuman, viloyat tashqarisiga chiqmaydigan FV.
Rеspublika – bu FVlar natijasida 500dan ortiq odam jabrlangan, moddiy zarar eng kam
oylik ish haqi miqdorining0,5 million baravaridan ortiqni tashkil etadigan hamda FV zonasi
viloyat tashqarisiga chiqadigan FV.
Transchеgara – bu FVlar oqibatlari mamlakat
tashqarisiga chiqadigan, chеt elda yuz
bеrgan va O’zbеkiston xududiga daxl qiladigan FV.