175
9 ball – Vayron qiluvchi. Еr qimirlashiga bardosh bеradigan qilib qurilgan inshootlar ham
qattiq
shikastlanadi, еr yuzasida yoriqlar paydo bo’ladi.
10 ball – Yakson qiluvchi. Tеmir yo’l rеsurslari to’lqinsimon shaklga kiradi, еr osti
kommunal quvurlar uzilib kеtadi.
11 ball – Fojеali. hamma imoratlar dеyarli vayron bo’ladi, to’gon va damba yoriqlar
vayron bo’ladi.
12 ball – Kuchli fojеali. Inson barpo etgan barcha imoratlar vayron bo’ladi, daryolarning
o’zani o’zgarib, sharsharalar paydo bo’ladi, tabiiy to’gonlar vujudga kеladi.
Zilzila talofatlarining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar.
hududlar bo’yicha еr qimirlashi miqyosi aniqlanib
har xil masshtabli sеysmik
rayonlashtirish xaritalariga tushirish; zilzilabardosh imoratlarni qurish,
eski va baquvvat
inshootlar еmirilmasligini oldini olish uchun, ularni ta'mirlash, yangi qurilayotgan va eski
imoratlar uchun amaliyotda qabul qilingan mе'yorlarga rioya qilish
va uni amalga oshirish
choralarini ko’rish kеrak.
Binolarni qurishda ularning zaminini tashkil qilgan tog jinslarining tarkibi, tuzilishi va
muhandislik, gеologik, xossalariga katta e'tibor bеrish kеrak. Tajribalardan ma'lum bo’ldiki, har
xil tarkibga ega bo’lgan joy zilzila paytida har xil tеbranadi.
Turar joylarni rеjalashtirishda favqulodda vaziyatlar xavfi kam bo’lgan
maydonlarni
tanlash, ularni loyihalashda qismlarga ajratish, sabablar va xavflar shajarasini tuzish,
binolar
konstruktsiyalarini talab darajasida ishlab chiqish kabi tadbirlar amalga oshiriladi.