Bu kanallarning birinchisi foydalanuvchilar axborotini uzatish uchun
mo`ljallangan. Boshqaruvchi kanal quyidagi axborotlardan tashkil topgan: kanal
sifati indikatori, etkazishni tasdiqlash xabari (ACK/NACK) va tarmoq
loyihalshtiruvchisidan foydalanish jadvalini olish uchun so`rov (ruxsat etilgan
resurslar haqida). Umum foydalanish kanali va boshqaruvchi kanal hech qachon
bitta foydalanuvchi terminali UE ga bir vaqtda uzatilmaydi. Boshqaruv kanali
signalini uzatish uchun bitta subkadrning har bir slotidagi resurs bloklaridan bittasi
ishlatiladi. PUCCH formatiga bog`liq holda, m o`zgaruvchisi bilan aniqlanadigan,
resurs setkasida joylashtirishning to`rt xil varianti bor. Ixtiyoriy ulanish kanali
tarmoqda foydalanuvchi terminali UE bir yacheykadan boshqasiga o`tganda,
hamda kutish rejimidan chiqib aktiv rejimga o`tganda va boshqa hollarda
boshlang`ich initsializatsiya so`rovi uchun xizmat qiladi. Abonent stantsiyaiga, u
maxsus paket – ixtiyoriy ulanish preambulasini uzatish davomida resurs setkasida
interval (resurs bloki fizik raqami va subkadr raqami) belgilanadi. Preambula
korrektsiyaning nolinchi zonasi bilan Zadova-Chu ketma-ketligi asosida ishlab
chiqariladi. Bitta yacheykada hammasi bo`lib 64 xil preambula aniqlangan. BS
ulanish so`rovini qabul qilib aynan shu ixtiyoriy ulanish kanalidan (biroq abonent
terminaliga kiruvchi) tasdiq yuboradi. Agar UE tasdiqni olmasa so`rovni qayta
yuboradi.
Kirish yo`nalishida axborot kanallari sezilarli ko`p. Bular:
−
umumiy kanal (Physical Downlink Shared Channel - PDSCH);
−
Boshqaruv kanali (Physical Downlink Control Channel - PDCCH);
−
Guruhli uzatish kanali (Physical Multipoint Channel - PMCH);
−
Keng ko`lamda tarqatish kanali (Physical Broadcast Channel -
PBCH);
−
Formatni boshqarish indikator kanali (Physical Control Format
Indicator Channel - PCFICH);
−
Qayta so`rov protsedurasi (HARQ) gibrid indikator kanali (Physical
Hybrid ARQ Indicator Channel PHICH).
40
Umumiy
kanal
abonent
qurilmasi
ma`lumotlarini
uzatish
uchun
mo`ljallangan. Boshqaruv kanali PHICH da abonent qurilmalariga ham kiruvchi
ham chiquvchi kanallarga ajratilgan kanal resurslari jadvali uzatiladi. Har bir
subkadrda uzatiluvchi PCFICH kanalida boshqaruv kanali PDCCH ni uzatish
uchun ishlatiladigan OFDM – simvollar nomeri ko`rsatiladi. PHICH kanali
chiqish kanalida ma`lumotlarni etkazilganligini tasdiqlash uchun mo`ljallangan.
Kanallarni guruhli va keng ko`lamli uzatish uchun belgilash aniqdir.
Fizik kanallar maxsus transport kanallariga olib kelingan. Transport kanallari
yuqori sathlar uchun SAR dir. Har bir fizik kanal quyidagilar uchun fizik kanal
aniqlaydi:
-
Bitlarni skremblerlash;
-
Modulyatsiya;
-
Sathni ko`rsatilishi;
-
CDD ni oldindan kodlashtirish;
-
Resurs elementini tayinlash.