bog`liq bo`lmagan shovqinlardir. Xuddi shuningdek, faza va amplituda bo`yicha
kompensatsiyalangan asosiy polosa prtsessoridagi signallarni chiziqli qo`shish
SNR ning 3 dB dan kam bo`lmagan kuchayishiga shovqinni cheklash shartida
MRC ikki kanalli qabul qilgichida olib boriladi.
Antenna Diversity rejimidagi
yagona tashuvchili oddiy qabul qilgich
MRC/MIMO (2 kanalli) qabulqilgich
strukturaviy sxemasi
2.1-rasm MRC/MIMO rejimida ishlash
MRC/MIMO rejimida ishlash uchun bir qancha transiverga ega bo`lishi
kerak. Signallarni qo`shish hisobiga SNR ni
kuchaytirishdan tashqari, MRC usuli
bo`yicha ishlaydigan qabul qilgichlar chastota-selektiv fedinggiga ancha
barqarordir. Ushbu faktni yana bir bor ta`kidlaymizki, qabul qiluvchi antennaning
fizik ajratilgani uning qabul qiluvchi kanallari impul`s xarakteristikasini
farqlanishiga olib keladi. Chastota-tanlov so`nishi mavjud bo`lganda ushbu
tashuvchi birdaniga ikkala qabul kanalida kuchli so`nishining statistik ehtimolligi
kam. Xuddi shuningdek, yig`indi signalda kuchli chastota-tanlov fedingi
ehtimolligi sezilarli kamayadi.
MRC usuli aloqa liniyasi ishonchlilik (tayyorlik) darajasini oshiradi, lekin
ma`lumotlar oqimi nominal tezligini oshirish imkonini bermaydi. MRC usulidan
foydalanganda ma`lumotlar bitta antennadan uzatiladi,
qabul qilishda ikki yoki
ko`p sondagi qabul qilgichlardan foydalaniladi, shuning uchun MRC ajratilgan
qabulning tez usulidir, ya`ni Antenna Diversity oddiy usuli.
31
Va aksincha, MIMO texnologiyasi ma`lumotlar oqimi tizimli tezligini
oshirish imkonini beradi. Bunday oshirishga ham
qabul qilish tomonida ham
uzatish tomonida bir nechta antenna ishlatish hisobiga erishiladi.
2.2-rasm MRC usuli
MRC usuli AWGN va chastota-tanlov so`nishi sharoitida ishonchlilikni
oshirish imkonini beradi.
MIMO texnologiyasida signalni muvaffaqiyatli qabul qilish uchun qabul
qilgich har bir uzatuvchi antenna uchun kanalning impul`sli xarakteristikasini
aniqlashi kerak. LTE tizimida kanalning impul`sli xarakteristikasini uzatuvchi
antennalarning har biri ketma-ket oldindan ma`lum bo`lgan
tayanch signallarni
yuborish yo`li bilan aniqlanadi.
2x2 MIMO tizimi uchun bitta umumiy yoki 4 ta (C1
, C2
, C3 va C4
) alohida
kanalning impul`s xarakteristikasi aniqlanadi. Eslatib o`tamiz, bitta uzatuvchi
antenna tayanch signalni uzatayotganda boshqasi ishlatilmaydi. Kanalning impul`s
xarakteristikasi aniqlanishi bilan ikkala antenna bir-biriga bog`liq bo`lmagan holda
ma`lumot uzatishni boshlaydi. Ma`lumotlar oqimi chiziqli kombinatsiyasi ikkita
qabul qiluvchi antennaga alohida orginal ma`lumotlar oqimi uchun echish mumkin
bo`lmagan ikki noma`lumli ikkita tenglamani keltirib chiqaradi.
32
R0 -Antenna 0 dan tayanch signal
R1 -Antenna 1 dan tayanch signal
X -ishlatilmayotgan element resurslarini bildiradi
2.3- rasm. Kanallarning xarakteristikasini hisoblash uchun ketma-ket
uzatiladigan, MIMO ning ishlashini ta`minlaydigan tayanch signallar