parametri bazaviy stantsiya tomonidan radioresurslarni boshqarish bo`yicha
tarmoq strategiyasini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Parametr qiymati abonent
terminali uchun individual bo`ladi va quyidagi hollarda E-UTRAN radiokirish
tarmoqlari barcha ma`lumot almashish xizmatlarida ishlatiladi:
- IDLE rejimida o`rnatilgan prioritetga muvofiq
mobil terminalning uyani
qayta tanlashi uchun;
- Boshqa chastota kanalida yoki boshqa radiokirish texnologiyasida aktiv
rejimi (active mode) da bo`lgan mobil terminallarni o`tkazish bo`yicha qaror qabul
qilish uchun.
Bazaviy stantsiyasidagi S1 interfeysi orqali uzatiladigan va RFSP parametriga
ega bo`lgan xabar TS 36.413 texnik spetsifikatsiyasida batafsil yoritib berilgan.
Tarmoqni boshqarish funktsiyasi. Bu funktsiya
tarmoqni ekspluatatsiya
qilishni qo`llovchi tizim (OAM&R) tomonidan bajariladi va o`z ichiga bir qancha
xususiy funktsiyalarni oladi.
MMe modullari orasida yuklamani taqsimlash funktsiyasi abonent
terminalini boshqarishni bir MMe modulidan boshqasiga modullar orasida
yuklamani taqsimlash uchun qayta yo`naltirish imkoniyatini ta`minlaydi.
Bunga
bazaviy stantsiyaning MMe modulini tanlash ehtimolligiga proportsional bo`lgan,
har bir MMe moduli uchun yuklamani taqsimlashning og`irlik koeffitsienti (weight
factors) ni o`rnatish orqali erishiladi. Og`irlik koeffitsienti MMe moduli ishlash
tezligini hisobga olgan holda o`rnatiladi va bazaviy stantsiyaga S1 interfeysi orqali
MMe moduli bilan xizmat xabarlari almashish yo`li bilan (TS 36.413
texnik
spetsifikatsiyasiga muvofiq) uzatiladi. Agar tarmoqda shaxsiy (uy) bazaviy
stantsiyasini qo`llovchi shlyuz HeNB GW ishlatilayotgan bo`lsa, u holda og`irlik
koeffitsienti MMe modulidan ushbu shlyuzga uzatiladi.