• Ma`lumot paketlarini tekshirish (skanerlash) funktsiyasi
  • Xavfsizlikni ta`minlash funktsiya.
  • Mobil terminal identifikatsiyasi
  • IP-sarlavhalarini siqish funktsiyasi




    Download 189,37 Kb.
    bet11/31
    Sana21.05.2024
    Hajmi189,37 Kb.
    #247685
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31
    Bog'liq
    Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nukus filiali fayllar

    IP-sarlavhalarini siqish funktsiyasi IP-sarlavhalarini siqishning maxsus
    mexanizmlarini qo`llash orqali uzatilayotgan xizmat ma`lumotlarini kamaytirish 
    hisobiga radiokirish tarmog`i o`tkazish qobiliyatidan va resurslardan optimal
    foydalanish uchun mo`ljallangan. 
    23




    Ma`lumot paketlarini tekshirish (skanerlash) funktsiyasi mobil terminal
    ishlatayotgan IP-adresning turi: IPv4 turidagi adres, yoki IPv6 adresi perefiksli 
    IPv4 (masalan, ::ffff:IPv4) adres turi, yoki IPv6 adres turi ekanini tarmoqda
    tekshirish imkonini beradi. 


    Xavfsizlikni ta`minlash funktsiya. LTE tarmog`ida xavfsizlikni ta`minlash
    funktsiyasini amalga oshirishda quyidagi asosiy vazifalar bajariladi: 
    - foydalanuvchi
    autentifikatsiyasi 
    va
    so`ralgan 

    xizmatning


    berilish 
    mumkinligini tasdiqlash yordamida LTE tarmoq xizmatlaridan ruxsatsiz
    foydalanishdan himoyalash; 
    - muvaqqat idetifikatorlar va shifrlash kalitlari yordamida abonentlar
    autentifikatsiyasi mahfiyligini ta`minlash; 
    - shifrlash yordamida abonent ma`lumotlarini mahfiyligini ta`minlash;
    - signalizatsiya xabarlarida berilayotgan ma`lumotlarning autentifikatsiyasini 
    taminlash;
    - tarmoqda mobil terminallar autentifikatsiyasini ta`minlash; 
    - mobil terminalni identifikatsiyalash.
    Keyingi protseduralarni batafsil ko`rib chiqamiz. 


    Mobil terminal identifikatsiyasi MMe mobillikni boshqaruv modulida yoki
    HSS abonent ma`lumotlari serverida P-GW paketli shlyuzida identifikatsiya 
    registri (Equipment Identity Register — EIR) yordamida bajariladi va mobil
    terminal qurilmasining haqiqiyligini tekshirish uchun mo`ljallangan. Mobil 
    terminalning tarmoqqa haqiqiyligini tekshirish o`g`irlangan yoki kamchiligi bor
    mobil terminalni ishlatilishiga yo`l qo`ymaydi. Mobil terminal identifikatsiyasi 
    EIR identifikatsiya registriga mobil terminalning xalqaro identifikatori IMEI ni
    uning haqiqiyligini tekshirish uchun yuborish va undan so`ng, EIR registri javobini 
    kerakli ish (masalan, agar EIR mobil terminalning “qora ro`yxat” da borligini
    aniqlasa “ulanishni uzish” komandasini uzatish) ni bajarish uchun tahlil qilish yo`li 
    bilan MMe modulida amalga oshiriladi.
    Roumingda mobil terminal identifikatsiyasi ahamiyatli ekanini ta`kidlash 
    lozim. Mobil terminal identifikatsiyasi tarmoq mobil terminaldan ulanish Initial
    24



    Attach (Initial Attach so`rovi xendover protsedurasi bilan bog`liq bo`lgan hol


    bundan mustasnodir) uchun so`rov olganda hamda E-UTRAN tarmog`ida mobil 
    terminal turgan joy haqidagi ma`lumot yangilanish (Tracking Area Update —
    TAU) protsedurasi ishlaganda, agar bungacha mobil terminal UTRAN/GERAN 
    tarmog`ida bo`lgan bo`lsa va unga oldin xizmat ko`rsatgan SGSN tuguni mobil
    terminal identifikatsiyasi haqidagi ma`lumotni taqdim etmagan bo`lsa, xududiy 
    tarmoq EIR registri tomonidan amalga oshiriladi.
    Mobil terminal UE haqiqiyligini tekshirish protsedurasi
    1.4- rasmda ko`rsatilgan.

    1.4- rasm mobil terminal haqiqiyligini tekshirish protsedurasi 





    Download 189,37 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   31




    Download 189,37 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IP-sarlavhalarini siqish funktsiyasi

    Download 189,37 Kb.