Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyati shundaki, mobil
aloqa tarmoqlari yangi texnologiyalaridan biri bo`lgan LTE texnologiyasi asosida
modernizatsiya qilinsa, bu o`zining ijobiy natijalarini iqtisodiyotimiz rivojida
yaqqol aks ettiradi.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy qismi kirish, III bob va ularning
bo`limlari, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalari, xulosa va
foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida LTE tarmog`ining umumiy
strukturasi, SAE birlamchi tarmoq arxitekturasi va SAE birlamchi tarmog`ining
asosiy funktsiyalari, ishlash tamoyillari keng yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobida
MIMO ва MRC усуллари ва
уларнинг вазифалари келтирилган. Бу бўлимда бу усуллардан ташқари
частоталарни тақсимлашнинг эркин фойдаланиш усули SC- FDMA ҳам кенг
ёритиб берилган. LTE нинг физик сатҳи, кадрларнинг умумий структураси,
қайта узатиш MB-SFN тарқатиш режими ва ячейкалар орасидаги
интерференцияни координациялаш усуллари ҳам батафсил ёритиб берилган.
10
Bitiruv malakaviy ishning uchinchi bobida radiotarmoqlarini loyihalashtirish
jarayoni ishlab chiqilgan va olingan natijalar qiymatlari jadvallarda aks ettirilgan.
Bundan tashqari tarmoq sig`imini baholash va LTE tarmoqlarini loyihalashtirishda
ajratiladigan chastota diapazonlari ham keltirilgan.
Bitiruv malakaviy ishida mehnatni muhofaza qilish va texnika
xavfsizligi qoidalari ham keng yoritilgan.
11
I. LTE (Long Term Evolution) TARMOG`I ARXITeKTURASI VA UNING
O`ZIGA XOS XUSUSIYaTLARI
1.1 LTE (Long Term Evolution) tarmog`ining umumiy strukturasi
WiMAX (IEEE 802.16e standarti) mobil aloqa tarmog`i asosidagi mobil
aloqa tarmog`ini qurish texnologiyasiga raqobatdosh texnologiya yaratish 3GPP
loyihasi a`zolariga LTE deb ataluvchi OFDM texnologiyasi asosidagi UMTS ning
rivojlangan variantini ishlab chiqish majburiyatni vujudga keltirdi.
LTE tarmog`i ikkita muhim tarkibiy qismdan iborat: E-UTRAN radio kirish
tarmog`i va SAE (System Architecture Evolution) birlamchi tarmog`i (1.1- rasm).
1.1- rasm. E-UTRAN radio kirish tarmog`i va SAE (System Architecture
Evolution) birlamchi tarmog`ining o`zaro aloqasi
3GPP loyihasining SAE tarmog`iga bo`lgan asosiy talabi tarmoq
strukturasini maksimal darajada soddalashtirish va UMTS tizimi uchun xarkterli
bo`lgan tarmoq protokollari funktsiyasini takrorlanishini istisno qilish talabi
qo`yilgan.
E-UTRAN radiokirish tarmog`i faqat eNB (evolved Node V) bazaviy
stantsiyalaridan tashkil topgan texnik tasniflash qatorida qaraladi. eNB bazaviy
stantsiyasi E-UTRAN to`liq bog`langan tarmog`i elementi hisoblanadi va bunda
X2 interfeysi orqali “har biri har biri bilan” usulida bog`lanadi. X2 interfeysi
LTE_ACTIVE holatida mobil terminalda xendoverni qo`llaydi. Har bir bazaviy
12
stantsiya SAe bazaviy tarmog`ining paketlar kommutatsiyasi usulida qurilgan Sic
interfeysiga ega.
SAE birlamchi tarmog`i ba`zan EPC (Evolved Packet Core) tarmog`i deb
atalib, MMe va UPE mantiqiy elementlaridan tuzilgan MME/UPE tugunlarini o`z
ichiga oladi. MMe (Mobility Management Entity) mantiqiy elementi abonent
terminali mobilligini boshqarish vazifalarini hal qilishga javob beradi va E-
UTRAN tarmog`ining eNB bazaviy stantsiyasi bilan C-plane (interfeys Sl-S)
boshqarish tekisligi protokollari yordamida o`zaro aloqani amalga oshiradi. UPE
(User Plane Entity) mantiqiy elementi U-plane foydalanuvchi tekisligi protokoliga
mos holda foydalanuvchilarning ma`lumotlarini uztilishiga javob beradi va S1-U
interfeysi vositasida eNB bilan o`zaro aloqani amalga oshiradi.
S1 interfeysi tufayli bazaviy stantsiyalar bir nechta MME/UPE tugunlari
bilan bog`lanadi. Bu esa tarmoq resurslaridan oqilona foydalanish imkonini beradi,
bunday interfeys Sl-flex deb ataladi.
LTE tarmog`ida UMTS tarmog`idagidan quyidagi funktsional farqlari
mavjud:
1.eNB bazaviy stantsiyalari radioresurslarni boshqarish (Radio Resource
Management — RRM);
Radiokanallarni boshqarish (Radio Bearer Control), ulanishga ruxsatni
boshqarish (Radio Admission Control), mobillikni boshqarish (Connection
Mobility Control), resurslarni dinamik taqsimlash (Dynamic Resource Allocation).
Xuddi shunday, E-UTRAN radiokirish tarmog`ida eNB bazaviy stantsiyalari
UMTS tarmog`idagi Node V bazaviy stantsiyasi va ko`p hollarda RNC kontrolleri
funktsiyalarini qo`shgan holda radiointerfeys protokollarini boshqaradi.
2. MMe mobillikni boshqaruv tarmoq elementi eNB bazaviy stantsiyaga
chaqiriq (paging) xabarini taqsimlanishiga javob beradi. Bundan tashqari, MMe
boshqaruv
tekisliklari
protokollarini
boshqaradi:
abonent
terminallarini
identifikator bilan ta`minlaydi, tarmoq xavfsizligini ta`minlaydi, abonentlarning
xabarlarini to`g`riligini tekshiradi va roumingni boshqaradi.
13
3. Foydalanuvchi tekisligi tarmoq elementi UPE IP-protokollaridagi
paketning boshlanish qismini siqish funktsiyasini bajaradi, ma`lumotlar oqimini
shifrlaydi, foydalanuvchi tekisligi ma`lumot paketlarini terminatsiyalaydi,
foydalanuvchilar mobilligini ta`minlashda ma`lumot paketlarini kommutatsiya
qiladi. Bundan tashqari, UPE foydalanuvchi darajasidagi protokollarni boshqaradi,
masalan, abonent terminali (AT) joriy holatini saqlaydi, abonent terminallari
darajasida LTE_IDLE holatini to`xtatadi.
LTE tarmog`i C-plane va U-plane tekisliklari S1 interfeysining asosiy
protokollari 1.2 - rasmda keltirilgan.
1.2 - rasm. LTE tarmog`i S1 interfeys protokollari
LTE
tarmog`ida
boshqaruvning
eng
muhim
vazifalaridan
biri
radioresurslardan maksimal darajada effektiv foydalanishdir. Bu vazifa
radioresurslarni boshqarish funktsiyalari majmuasi RRM (E-UTRAN tarmog`i ra-
dioresurslarini boshqarish, radiokanalda ma`lumot uzatish xizmatini boshqarish,
mobillikni boshqarish, ulanishga ruxsatni boshqarish, resurslarni dinamik
taqsimlash) yordamida va radioresurslarni boshqarish protokollari RRC yordamida
hal etiladi.
E-UTRAN (Inter Cell RRM) tarmog`i radioresurslarini boshqarish chastota
spektridan foydalanish unumdorligini oshirish va abonent terminali va bazaviy
stantsiyaning o`zaro shovqin ta`sirini minimallashtirish hamda mobillikni qo`llab
quvvatlash maqsadida uyalar guruhi resurslarini boshqarishni ta`minlaydi.
14
Radiokanalda ma`lumotlarni uzatish xizmatini boshqarish (RB Control) E-
UTRAN tarmog`i eNB bazaviy stantsiyasida amalga oshirilgan va E-UTRAN
tarmog`ida ma`lumotlar uzatish radiokanallarni berilgan parametrlar bilan
o`rnatish, saqlab turish va bo`shatishni ta`minlaydi. Xizmat ko`rsatish sifati (QoS)
parametrlarini hisobga olgan holda ma`lumotlar uzatishning barcha aktiv
sessiyalarini nazorat qilish va boshqarish, qayta aktivlashgan sessiyalar uchun
resurslarni ajratish asosiy vazifalar hisoblanadi. Mobillikni boshqarish (Connection
Mobility Control) mobil terminal uchun eNB xizmat ko`rsatuvchi bazaviy
stantsiyasini tanlash, mobil terminalga xizmat ko`rsatishni bir eNB (xendover)
bazaviy stantsiyasidan boshqasiga uzatish imkonini beradi. Xizmat ko`rsatuvchi
eNB ni tanlash RRC_CONNECTED holatida mobil terminalda xususiy o`lchash
va olingan o`lchash natijalarini o`rnatilgan chegaraviy qiymatlar bilan solishtirish
asosida amalga oshiriladi. Xendover ham mobil terminialda ham eNB bazaviy
stantsiyasidagi o`lchovlar tahlili hamda xizmat ko`rsatayotgan va qo`shni uya joriy
yuklanishi, operatorning trafikni boshqarish siyosati asosida amalga oshirilgan.
|