- tarmoqda IP-protokolini ishlatish bilan bog`liq funktsiyalari.
Ushbu funktsiyalarning har biri kichik funktsiyalarni o`z ichiga olishi
mumukin.
Tarmoqda ruxsatni boshqarish funktsiyasi. Bu funktsiya yordamida
abonent terminalini SAE birlamchi tarmog`iga bog`lashni ta`minlaydi. Bunda
quyida keltirilgan xususiy funktsiyalar to`plami bajariladi.
Tarmoqni/kirish tarmog`ini tanlash funktsiyasi abonent terminali bilan
xizmatlar platformasi (ilovalar serveri) ni IP-bog`lanishni amalga oshirish abonent
terminaliga mobil aloqa tarmog`ini yoki kirish tarmog`ini tanlash imkonini beradi.
Tarmoqni/kirish tarmoqlarini tanlash ishlatilayotgan
bu tarmoq texnologiyalariga
bog`liq. 3GPP tarmoq standartlari uchun tarmoqni tanlash tamoyili TS 23.122
texnik spetsifikatsiyasida, kirish tarmog`ini tanlash TS 36.300, TS 43.022 va TS
25.304 texnik spetsifikatsiyasida aniqlangan. IP-protokoliga
asoslangan NOT-
3GPP tarmoq standartlari uchun, tarmoqni/kirish tarmog`ini
tanlash tamoyili TS
23.402 texnik spetsifikatsiyasida aniqlangan.
Autentifikatsiya va avtorizatsiya funktsiyasi abonentning haqiqatdan ham
ushbu tarmoqqa ruxsati mavjud ekanini tekshirish imkonini beradi, abonentlarning
tarmoq xizmatlariga ruxsatli ekanini aniqlaydi va abonent mobil terminal
avtorizatsiyasini
amalga oshiradi, masalan IP-adres beradi,
tarmoq resurslarini
ajratadi va ma`lumot uzatish xizmati (vitual tarmoq kanali— EPS Bearer) ni ishga
tushiradi. Autentifikatsiya funktsiyasi abonent mobilligini boshqarish funktsiyasi
bilan chambarchas bog`langan.