E-UTRAN tarmog`ida mobil terminal joylashgan xududlar ro`yxatini
boshqarish funktsiyasi. SAE birlamchi tarmog`iga mobil terminal TA joylashgan
bitta
xududni emas, balki abonentning ko`chib yurish statistikasiga bog`liq holda
mobil terminal joylashgan xududlar guruhini eslab
qolish va faollashtirish va
nihoyat mobil terminal TAU joylashgan er haqidagi ma`lumotlarni yangilab turish
protsedurasini bajarish chastotasini kamaytirish imkonini beradi.
E-UTRAN tarmoqlarida xendoverni boshqarish funktsiyasi mobil terminal
eNB bazaviy stantsiyalararo ko`chib yurganda foydalanuvchi IP-sessiyasi
uzluksizligini ta`minlash imkonini beradi. Xendoverni
boshqarish ichki tarmoq
mobillik tuguni (Inter-eNodeB Mobility Anchor) funktsional moduli bo`lgan MMe
tarmoq elementi tomonidan amalga oshiriladi.