|
O’lchash sharoiti tartiblariga ko’ra xatoliklar quyidagilarga bo’linadi
|
bet | 4/6 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 25,88 Kb. | | #153038 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunik-fayllar.orgO’lchash sharoiti tartiblariga ko’ra xatoliklar quyidagilarga bo’linadi: Statik xatoliklar - vaqt mobaynida kattalikning o’zgarishiga
bog’liq bo’lmagan xatoliklar. O’lchash vositalarining statik xatoligi shu vosita bilan o’zgarmas kattalikni o’lchashda hosil bo’ladi. Agar o’lchash vositasining pasportida statik sharoitlardagi o’lchashning chegaraviy xatoliklari ko’rsatilgan bo’lsa, u holda bu ma’lumotlar dinamik sharoitlardagi aniqlikni tavsiflashga nisbatan tadbiq etila olmaydi. Dinamik xatoliklar - o’lchanayotgan kattalikning vaqt
mobaynida o’zgarishiga bog’liq bo’lgan xatoliklar sanaladi. Dinamik xatoliklarning vujudga kelishi o’lchash vositalarining o’lchash zanjiridagi tarkibiy elementlarning inersiyasi tufayli deb izohlanadi. Bunda o’lchash zanjiridagi o’zgarishlar oniy tarzda emas, balki muayyan vaqt davomida amalga oshirilishi asosiy sabab bo’ladi.
Кelib chiqishi sababi (sharoiti) ga qarab:
qo’shimcha xatoliklarga bo’linadi.
Normal (graduirovka) sharoitda ishlatiladigan asboblarda hosil bo’ladigan xatolik asosiy xatolik deyiladi. Normal sharoit deganda 15 %, atmosfera bosimi (750S, havo namligi 65 %5Sharorat 20 2% ga30) mm.sim.ust., ta’minlash kuchlanishi nominalidan o’zgarishi mumkin va boshqalar. Agar asbob shu sharoitdan farqli bo’lgan tashqi sharoitda ishlatilsa, hosil bo’ladigan xatolik qo’shimcha xatolik deyiladi.
Mohiyati, tavsiflari va bartaraf etish imkoniyatlariga ko’ra:
Tasodifiy xatoliklar;
Qo’pol xatoliklar yoki yanglishuv xatoliklarga bo’linadi.
Muntazam xatolik deb umumiy xatolikning takroriy o’lchashlar mobaynida muayyan qonuniyat asosida hosil bo’ladigan, saqlanadigan yoki o’zgaradigan tashkil etuvchisiga aytiladi. Umumiy xatolikni quyidagicha tasvirlashimiz mumkin: 88 Bunda: m – muntazam xatolik t – tasodifiy xatolik q – qo’pol xatolik Muntazam xatoliklarning kelib chiqish sabablari turli tuman bo’lib, tahlil va tekshiruv asosida ularni aniqlash va qisman yoki butkul bartaraf etish mumkin bo’ladi.
|
| |