|
O’lchash vositalari va ularning turlari
|
bet | 2/6 | Sana | 08.02.2024 | Hajmi | 25,88 Kb. | | #153038 |
Bog'liq O’zbekiston respublikasi aloqa axborotlashtirish va telekommunik-fayllar.orgO’lchash vositalari va ularning turlari
O’lchashlarda qo’llaniladigan va me’yorlangan metrologik tavsiflariga ega bo’lgan texnik vositalar o’lchash vositalari deyiladi 63 va ular yordamida o’lchash amali o’tkaziladi. O’lchash vositasi deb, metrologik tavsiflari me’yorlangan belgilangan xatolik chegarasida bo’lgan, ma’lum vaqt oralig’ida o’zgarmas deb qabul qilinadigan, kattalikning o’lchov birligini qayta tiklaydigan yoki saqlaydigan, o’lchashlar uchun mo’ljallangan texnik vositaga aytiladi. O’lchash jarayonida o’lchanadigan kattalikning qiymatini to’g’ri aniqlanishi ko’pincha o’lchash vositasining xususiyatlariga va ularni to’g’ri tanlab olinishiga bog’liq. O’lchash vositalari turlicha klassifikasiyalanadi: o’lchashlar birliligini ta’minlash Davlat tizimida o’lchash vositasini bajaradigan roli bo’yicha, avtomatlashtirish darajasi, ko’rsatkichi bo’yicha, standartlashtirish darajasi bo’yicha, o’lchanadigan kattalikka nisbatan o’lchash jarayonidagi roli bo’yicha va bajaradigan funksiyasi bo’yicha va h.k. quyidagi rasmda o’lchash vositalarining o’lchash jarayonidagi roli va bajaradigan funksiyasi bo’yicha klassifikasiyalanishi keltirilgan. O’lchash vositalari bajaradigan funksiyasi bo’yicha quyidagi 5 guruhga bo’linadi: o’lchovlar, o’lchash asboblari, o’lchash o’zgartkichlari, o’lchash qurilmalari va informasion o’lchash tizimlari.
O’lchovlar, ularning turlari
O’lchov deb, kattalikning aniq bir qiymatini hosil qiladigan, saqlaydigan o’lchash vositasiga aytiladi. O’lchovlarning ham turlari va xillari ko’p. O’z navbatida O’lchash vositalari O’lchash asboblari O’lchash o’zgartkichlari Informasion o’lchash O’lchovlar tizimlari O’lchash qurilmalari 64 o’lchovlar bir qiymatli, ko’p qiymatli va o’lchovlar to’plamiga bo’linadi. Bir qiymatli o’lchovlar kattalikning bir qiymatini hosil qiladi. Misol – tarozi toshi, normal element, o’lchash kolbasi, elektr qarshiligining g’altagi. Кo’p qiymatli o’lchovlar qator bir turdagi (turdosh) kattaliklarning har xil o’lchamlarini hosil qiladi. Кo’p qiymatli o’lchovlarga misol qilib, millimetrlarga bo’lingan chizg’ich, elektr qarshiligining magazini va boshqalarni keltirish mumkin. Hozirgi paytda avtomatik o’lchash tizimlarida maxsus boshqariladigan ko’p qiymatli o’lchovlar keng qo’llaniladi. Bunday o’lchovlar kattalikning talab etiladigan qiymati qo’l bilan boshqariladigan yohud boshqaruvchi blokka mikroprosessor yordamida shakllangan maxsus signal (kod) berilishi bilan hosil qilinadi. Bunga misol qilib, avtomatik bosim datchigi, kuchlanish, tok, chastota kalibratorlarini ko’rsatish mumkin. Bir qiymatli o’lchovlarning maxsus tanlangan yig’ilmasi o’lchovlar to’plami deyiladi. Bunda alohida bir qiymatli o’lchovlarning to’plamdagi nominal qiymatlari aniq qoida bo’yicha qo’yiladi. O’lchovlar to’plamiga misol tarozi toshlar to’plami bo’la oladi. Alohida toshlarning massasining nominal qiymatlari quyidagi 10n Kg (n-butun musbat yokiqator bo’yicha belgilanadi (1,2,2,5) manfiy son). Bu esa hammasi bo’lib 4 ta toshni ishlatish bilan ularning har xil birikmasining massasini 1 dan to 10 gacha qator butun qiymatlarini hosil qilish imkonini beradi. O’lchovlar to’plamiga o’zgarmas sig’imli o’lchash kondensatorlari ham misol bo’lishi mumkin. Bunday to’plamda alohida kondensatorlarining elektr sig’imini nominal qiymatlari 104(1,2,3,4) F (n-butun manfiy son) qatordan belgilanadi. Standart namunalar va namunaviy moddalar ham o’lchovlar turkumiga kiritilgan. Standart namuna – modda va materiallarning xossalarini va xususiyatlarini tavsiflovchi kattaliklarni hosil qilish uchun xizmat qiladigan o’lchov sanaladi. Masalan, g’adir-budurlikning namunalari, namlikning standart namunalari. 65 Namunaviy modda esa, muayyan tayyorlash sharoitida hosil bo’ladigan va aniq xossalariga ega bo’lgan modda sanaladi. Masalan, “toza suv”, “toza metall” va x.k. Aksariyat o’lchashlarda biror signalni boshqa turga o’zgartirish lozim bo’ladi. Ushbu vazifani odatda o’lchash o’zgartkichlari bajaradi. O’lchash o’zgartkichi deb o’lchash informasiyasi signalini ishlab berish, uzatish, keyinchalik o’zgartirish, ishlov berish va uni saqlashga mo’ljallangan, lekin kuzatuvchining ko’rishi (kuzatishi) uchun moslanmagan o’lchash vositasiga aytiladi. O’lchash o’zgartkichlarining turlari juda ko’p. Odatda, o’lchash zanjirida birinchi bo’lgan, ya’ni o’lchanayotgan kattalik signalini qabul qiladigan o’lchash o’zgartkichiga birlamchi o’lchash o’zgartkichi deyiladi. Undan keyingi joylashgan o’lchash o’zgartkichlariga esa oraliq o’zgartkichlar nomi berilgan. O’lchash o’zgartkichlarining keng tarqalgan turlariga masshtabli va parametrik o’lchash o’zgatkichlari kiradi. Birlamchi o’lchash o’zgartkichlari, ko’pincha datchik deb yuritiladi. Uning bevosita o’lchanayotgan kattalik ta’siridagi qismi sezuvchan (chuvstvitelno’y) element deyiladi. Masalan, termoelektrik termometrda-termojuftlik, monometrik termometrda-termoballon ana shunday elementlardir. Ba’zida datchik bitta yoki bir nechta o’lchash o’zgartkichlarining konstruktiv yig’ilmasidan iborat bo’ladi. O’lchanadigan kattalikning xarakteriga qarab, o’lchash o’zgartkichlari quyidagi turlarga bo’linadi: 1. Elektr kattaliklarni yana elektr kattaliklarga o’zgartiruvchi o’zgartkichlar E q> E; 2. Noelektrik (elektrmas) kattaliklarni elektr kattaliklariga o’zgartiruvchi o’zgartkichlar NE q>E. 1-turdagi o’lchash o’zgartkichlariga masshtabli (shunt qarshiligi, qo’shimcha rezistor, kuchlanish bo’lgichlari, o’lchash tok va kuchlanish transformatorlari, kuchaytirgichlar va h.k.) o’zgartkichlar, hamda to’g’rilagichli o’zgartkichlar (yarim o’tkazgichli elementlardan ishlangan (diodli) o’zgartkichlar) kiradi. 2-turdagi o’lchash o’zgartkichlariga noelektrik (elektrmas) kattaliklarni (masalan, mexanik, issiqlik, kimyoviy va boshqa turdagi) 66 elektr kattaliklariga o’zgartiruvchi o’zgartkichlar kiradi. Bu turdagi o’zgartkichlar datchiklar deb yuritiladi va o’lchanayotgan kattalikning turiga qarab tegishli nomlarga ega bo’ladi. Masalan, moment datchigi, siljish datchigi, satx, bosim, issiqlik datchiklari va h.k. Yuqorida ta’kidlab o’tilgan parametrik o’lchash o’zgartkichlarida kirishdagi signal turlicha (mexanik siljish yoki ko’chish, bosim, og’irlik kabi) bo’lib, chiqishdagisi esa faqat elektr signali (elektr qarshiligi, elektr sig’imi, elektr yurituvchi kuch va boshqalar) bo’ladi. Bulardan tashqari elektromexanik turidagi elektr o’lchash asboblarining asosiy qismi bo’lib hisoblanuvchi turli tizimga oid o’lchash mexanizmlari ham o’lchash o’zgartkichlari qatoriga kiradi. Chunki o’lchash mexanizmlarining ishlashi shundayki, ularda o’lchanadigan kattalik (ya’ni elektr energiya) mexanizm qo’zg’aluvchan qismini harakatlanishiga, yani burchakli yoki chiziqli surilishiga (mexanik energiyaga) o’zgartiriladi. Telemexanika va teleo’lchash tizimlarida (masofadan o’lchashlar va boshqarishda) me’yorlovchi (normiruyuhie) o’lchash o’zgartkichlari keng qo’llaniladi. Bu o’zgartkichlarda har xil elektr (kuchlanish, chastota, quvvat) va noelektrik (bosim, harorat va boshqalar) kattaliklar unifikasiyalangan (umumlashtirilgan) elektr signaliga (odatda o’zgarmas tok signaliga) o’zgartiladi. Bunga “Sapfir” turidagi bosim o’zgartkichi misol bo’ladi. Har qanday o’lchash jarayonining birdan-bir asosiy elementi operator-kuzatuvchi hisoblanadi. O’lchash o’zgartkichlarining chiqishidagi o’lchash informasiyasining signali kuzatuvchining ko’rishi (kuzatishi) uchun moslanmagan bo’lganligi sababli bu o’zgartkichlar alohida (mustaqil) o’lchash vositasi sifatida ishlatilmaydi. O’lchash o’zgartkichlari faqat o’lchash asboblari bilan birgalikda yoki o’lchash qurilmalari yoki tizimlarining tarkibida ishlatiladi.
|
| |