|
Kommunikatsiya (communication)
|
bet | 144/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Kommunikatsiya (communication)
Turli xil kompyuterlarda ishlaydigan FTP mijozi va serveri bir- biri bilan aloqa o‘rnatishi kerak. Ushbu ikkita kompyuter turli xil operatsion tizimlardan, turli xil belgilar to‘plamlaridan, turli xil fayl tuzilmalaridan va har xil fayl formatlaridan foydalanishi mumkin. FTP ushbu har xillikni moslashtirishi kerak. FTPda ikki xil yondashuv mavjud, biri boshqaruv ulanishi uchun va ikkinchisi ma’lumotlar ulanishi uchun. Biz har bir yondashuvni alohida o‘rganamiz.
Tekshirish ulanishi orqali aloqa. FTP ham SMTP singari boshqarish ulanishi orqali bog‘lanish yondoshuvidan foydalanadi. U NVT ASCII belgilar to‘plamidan foydalanadi (7.27- rasmga qarang). Muloqot buyruqlar va javoblar orqali amalga oshiriladi. Ushbu oddiy usul nazorat ulanishi uchun yetarli, chunki biz bir vaqtning o‘zida bitta buyruq (yoki javob) yuboramiz. Har bir buyruq yoki javob faqat bitta qisqa qatordir, shuning uchun fayl formati yoki fayl tuzilishi haqida tashvishlanmaslik kerak.
NVT ASCII
7.27- rasm. Boshqaruv ulanishidan foydalanish
Ma’lumot-ulanish orqali aloqa. Ma’lumotlar ulanishining maqsadi va bajarilishi boshqarish ulanishining maqsadidan farq qiladi. Ma’lumotlar ulanishi orqali fayllarni uzatishni maqsad qilinadi. Mijoz uzatiladigan fayl turini, ma’lumotlarning tuzilishini va uzatish rejimini belgilashi kerak. Faylni ma’lumotlar ulanishi orqali yuborishdan oldin, boshqarish ulanishi orqali uzatishga tayyorlanadi. Turli xillik muammosi aloqaning uchta atributini aniqlash orqali hal qilinadi: fayl turi, ma’lumotlar tuzilishi va uzatish rejimi (7.28- rasmga qarang).
7.28- rasm. Ma’lumot ulanishidan foydalanish
Fayl turi. FTP ma’lumotlar ulanishi orqali quyidagi fayl turlaridan birini uzatishi mumkin:
ASCII (American Standard Code for Information Interchange) fayli. Bu matnli fayllarni uzatish uchun standart format. Har bir belgi NVT ASCII (NVT - Network Virtual Terminal) yordamida kodlangan. Yuboruvchi faylni o‘z ko‘rinishidan NVT ASCII belgilariga, qabul qiluvchi esa NVT ASCII belgilarini asl ko‘rinishiga o‘zgartiradi.
|
| |