• HTTP o‘tkazmasi
  • HTTP - Hypertext Transfer Protocol




    Download 5,84 Mb.
    bet146/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   222

    HTTP - Hypertext Transfer Protocol


    Gipermatnni uzatish protokoli (HTTP) bu asosan Internetga kirish uchun ishlatiladigan protokoldir. HTTP bir qarashda FTP va
    SMTP ning funksiyalari jamlanmasi kabi imkoniyatlarga ega. FTP ga o‘xshash, chunki u fayllarni uzatadi va TCP xizmatlaridan foydalanadi. Biroq, bu FTP ga qaraganda ancha sodda, chunki u faqat bitta TCP ulanishidan foydalanadi. Alohida nazorat aloqasi yo‘q; faqat ma’lumotlar mijoz va server o‘rtasida uzatiladi.
    HTTP SMTP ga o‘xshaydi, chunki mijoz va server o‘rtasida uzatiladigan ma’lumotlar SMTP xabarlariga o‘xshaydi. SMTP dan farqli o‘laroq, HTTP xabarlari odamlar tomonidan o‘qilishi uchun mo‘ljallanmagan; ularni HTTP serveri va HTTP mijozi (brauzer) o‘qiydi va inson uchun tushinarli ko‘rinishda taqdim qiladi. SMTP xabarlari saqlanadi va yo‘naltiriladi, ammo HTTP xabarlari darhol yetkaziladi. Mijozdan serverga buyruqlar so‘rov xabariga kiritilgan. Talab qilingan fayl yoki boshqa ma’lumotlar tarkibi javob xabariga joylashtirilgan. HTTP belgilangan 80-portda TCP xizmatlaridan foydalanadi.

    HTTP o‘tkazmasi


    7.29- rasmda mijoz va server o‘rtasidagi HTTP o‘tkazmasi ko‘rsatilgan. HTTP TCP xizmatlaridan foydalansa ham, HTTP o‘zi holatsiz protokol bo‘lib, server mijoz haqida ma’lumot saqlamaydi. Mijoz operatsiyani so‘rov yuborish orqali amalga oshiradi va server javob yuboradi.

    7.29- rasm. HTTP o‘tkazmasi


    So‘rov xabari. So‘rovning shakli 7.30- rasmda keltirilgan. So‘rov xabari so‘rovlar qatoridan, sarlavhadan va ba’zan asosiy qismdan (body) iborat.
    So‘rov qatori. So‘rov xabaridagi birinchi qator so‘rovlar qatori deb nomlanadi. 7.30- rasmda ko‘rsatilgandek, ushbu qatorda ajratilgan uchta maydon mavjud. Maydonlar usullar, URL va versiya deb nomlanadi. Ushbu uchlikni bo‘sh joy belgisi bilan ajratish kerak. Ikkita belgidan so‘ng, yetkazuvchini qaytarish va satr tarjimasidan keyin qator tamomlanadi. Usul maydoni so‘rov turini belgilaydi.

    So‘rov qatori
    Usul m
    URL
    M Versiya yq su

    m: maydon


    yq: yetkazuvchini qaytarish

    Sarlavha nomi
    m Qiymat
    yq su
    su: satrni uzatish

    Sarlavha nomi
    Sarlavha
    satrlari
    Sarlavha nomi
    m Qiymat
    m Qiymat
    yq su

    yq su




    Bo‘sh qator
    Asosiy qismi
    yq su

    O‘zgaruvchan satrlar soni (faqat ba’zi xabarlarda mavjud)



    7.30- rasm. So‘rov xabarining formati


    HTTP 1.1 versiyasida, 7.3- jadvalda ko‘rsatilgandek, bir nechta usullar aniqlangan.
    7.3- jadval


    Download 5,84 Mb.
    1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    HTTP - Hypertext Transfer Protocol

    Download 5,84 Mb.