• Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari
  • Manzillash bo‘yicha kelishuvlar
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari




    Download 5,84 Mb.
    bet148/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   222
    Sarlavha

    Tavsif

    User-agent

    Mijoz dasturini aniqlaydi

    Accept

    Mijoz qabul qilishi mumkin bo‘lgan media formatni
    aniqlaydi

    Accept-charset

    Mijoz ishlay olishi mumkin bo‘lgan belgilar to‘plamini
    ko‘rsatadi

    Accept-encoding

    Mijoz ishlay olishi mumkin bo‘lgan kodlash sxemasini ko‘rsatadi

    Accept-language

    Mijozqabulqilishimumkinbo‘lgantilniko‘rsatadi

    Authorization

    Mijozgataqdimetilganruxsatlarniko‘rsatadi

    Host

    Mijozning host va port raqamlarini ko‘rsatadi

    Date

    Joriy sanani ko‘rsatadi

    Upgrade

    Afzal aloqa protokolini belgilaydi

    Cookie

    Cookie-ni serverga qaytaradi

    If-Modified-Since

    Cookie-ni serverga qaytaradi

    So‘rov xabardagi tana (Body In Request Message). Tana so‘rov xabarida mavjud bo‘lishi mumkin. Odatda, u yuborilishi kerak bo‘lgan sharhni o‘z ichiga oladi.
    Holat satri. Javob xabaridagi birinchi qatorga holat satri deyiladi. Ushbu satrda uchta maydon mavjud bo‘lib, ular bo‘shliqlar bilan ajratilgan va jo‘natuvchini qaytarish va satr tarjimasi bilan tugatilgan. Birinchi maydon HTTP protokoli versiyasini aniqlaydi, masalan, 1.1. Holat kodi maydoni so‘rovning holatini belgilaydi. U uchta raqamdan iborat. 100 diapazonidagi kodlar faqat ma’lumot bo‘lsa, 200 diapazonidagi kodlar muvaffaqiyatli so‘rovni bildiradi. 300 diapazonidagi kodlar mijozni boshqa URLga yo‘naltiradi va 400 diapazonidagi kodlar mijozning saytida xato borligini ko‘rsatadi. Va nihoyat, 500 diapazonidagi kodlar server tarafidagi
    xatoni ko‘rsatadi. Holat iborasi holat kodini matn shaklida ifodalaydi. Holat kodi va holat iborasi uchun mumkin bo‘lgan qiymatlar 7.5- jadvalda keltirilgan.
    7.5- jadval

    Holat kodi

    Holat matni

    Tavsif

    Axborot

    100

    Continue

    So‘rovning dastlabki qismi qabul qilindi, davom ettirish

    101

    Switching

    Server kommutatsiya protokollariga mos
    kelmoqda

    Muvaffaqiyat

    200

    OK

    So‘rov muvaffaqiyatli amalga oshirildi

    201

    Created

    Yangi URL yaratildi

    202

    Accepted

    So‘rov qabul qilindi, ammo u darhol amalga
    oshirilmadi

    204

    No content

    Tanada kontent mavjud emas

    Qayta yo‘naltirish

    301

    Moved
    permanently

    So‘ralgan URL server tomonidan endi
    foydalanilmaydi

    302

    Moved
    temporarily

    So‘ralgan URL vaqtincha ko‘chirilgan

    304

    Not modified

    Hujjat o‘zgartirilmagan

    Mijoz xatosi

    400

    Bad request

    So‘rovda sintaksis xato mavjud

    401

    Unauthorized

    So‘rovda tegishli avtorizatsiya mavjud emas

    403

    Forbidden

    Xizmat ras etildi

    404

    Not found

    Hujjat topilmadi

    405

    Method not allowed

    Usul bu URLda qo‘llab-quvvatlanmadi

    406

    Not acceptable

    So‘ralgan formatni qabul qilish imkoni mavjud
    emas

    Server xatosi

    500

    Internal server
    error

    Server tarafda xatolik mavjud, masalan ishdan
    chiqish

    501

    Not implemented

    Talab qilingan amalni bajarib bo‘lmaydi

    503

    Service unavailable

    Xizmat vaqtincha ish faoliyatida emas

    Javob xabari. Javob xabari formati 7.31- rasmda keltirilgan. Javob xabari holat satridan, sarlavha satrlaridan, bo‘sh satr va ba’zan asosiy qismdan iborat.

    Holat qatori
    Sarlavha qatorlari
    Bo‘sh qator
    Asosiy qismi

    m: maydon


    yq: yetkazuvchini qaytarish su: satrni uzatish

    7.31- rasm. Javob xabari formati


    Javob xabaridagi sarlavha satrlari. Holat satridan so‘ng nol yoki undan ko‘p javob sarlavhalariga ega bo‘lish mumkin. Har bir sarlavha satri serverdan mijozga qo‘shimcha ma’lumotlarni yuboradi. Masalan, jo‘natuvchi hujjat haqida qo‘shimcha ma’lumot yuborishi mumkin. Har bir sarlavhao‘z ichiga sarlavha nomi, ustun, bo‘sh joy va sarlavha qiymatini oladi. 7.6- jadvalda javob xabarida tez-tez ishlatiladigan ba’zi nomlar ko‘rsatilgan.
    7.6- jadval

    Sarlavha

    Tavsif

    Date

    Joriy sanani ko‘rsatadi

    Upgrade

    Afzal aloqa protokolini belgilaydi

    Server

    Server haqida ma’lumot beradi

    Set-Cookie

    Server mijozdan cookieni saqlashni so‘raydi

    Content- Encoding

    Kodlash sxemasini aniqlaydi

    Content-Language

    Tilni aniqlaydi

    Content-Length

    Hujjatning uzunligini ko‘rsatadi

    Content-Type

    Media turini aniqlaydi

    Location

    Mijozdanboshqasaytgaso‘rovjo‘natishniso‘raydi

    Accept-Ranges

    Server so‘ralgan bayt diapazonlarini qabul qiladi

    Last-modified

    Ohirgi o‘zgartirishning sanasi va vaqtini beradi

    Asosiy qism. U o‘z tarkibida serverdan mijozga yuboriladigan hujjatni saqlaydi. Agar javob xato xabar bo‘lmasa, u holda asosiy qism mavjud.
      1. Tarmoq dasturlarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari


    Ushbu bo‘limda tarmoq dizaynerlari tomonidan hal etilishi kerak bo‘lgan dasturiy mahsulot bilan bog‘liq bo‘lgan to‘rt masalani ko‘rib o‘tamiz:

    • Qanday qilib saytlar boshqa saytlarni topish uchun manzillardan foydalanadilar?

    • Xabarlar qanday yo‘naltiriladi va ular qanday yuboriladi?

    • Jarayonlar bir-biri bilan qanday aloqa qiladi?

    • Resurslarga bo‘lgan ziddiyatli talablar qanday hal qilinadi?

    Manzillash bo‘yicha kelishuvlar


    Tarmoq saytlari bir-birlari bilan aloqa qilishlari va bir-birlarining manbalariga kirishlari uchun o‘z foydalanuvchilarini qanday qilib aniqlab olishni belgilashlari kerak. Point-to-Point bog‘lanishdan tashqari saytlar bir-birlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanmaganligi uchun ismlar, manzillar va marshrutlar talab qilinadi. Shuning uchun manzillash protokollari tarmoq topologiyasi va har bir saytning geografik joylashuvi bilan chambarchas bog‘liq. Ba’zi hollarda, o‘z tizimida birlik ma’lum bo‘lgan nomni anglatadigan "mahalliy nom" va birlikni o‘z tizimidan tashqarida bildiruvchi nom - "global nom" o‘rtasida farq bor. Bu farq foydalidir, chunki u har bir saytga mahalliy miqyosda amalga oshirish qiyin bo‘lgan yagona nomlash qoidalarini o‘rnatmasdan, o‘zlarining standartlari bo‘yicha o‘z bo‘linmalarini aniqlash imkoniyatini beradi. Boshqa tomondan, global nom standart uzunliklar, formatlar va boshqa global kelishuvlarga muvofiq bo‘lishi kerak.
    Oddiy misol sifatida Internet manzilidan foydalanganda, biz chapdan o‘ngga quyidagi tartibda ierarxik tuzilishga moslikni ko‘rishimiz mumkin: mantiqiy foydalanuvchidan host-mashinasiga, host-mashinadan tarmoq mashinasiga, tarmoq mashinadan klastergacha va klasterdan tarmoqqa. Masalan, har bir Internet manzilida: info@tuit.uz yoki igss12@aber.ac.uk, har bir komponentni ajratish uchun nuqtalar ishlatiladi. Esda tutish juda oson bo‘lgan ushbu elektron pochta manzillari mos keladigan qurilma manzillarga
    o‘zgartirilishi kerak. Ushbu o‘zgartirish kompyuter operatsion tizimining tarmoq bo‘limi tomonidan amalga oshiriladi.
    Yuqorida keltirilgan misollar Domen nomlari xizmati (DNS) protokoliga asoslangan bo‘lib, uning asosiy vazifasi Internet manzillarini hal qilishdir. Agar biz info@tuit.uz ni tarkibiy qismlarga ajratsak, bizda quyidagilar bo‘ladi:

    • info – mahalliy foydalanuvchi;

    • tuit – info deb nomlangan mahalliy foydalanuvchi uchun host;

    • uz – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti uchun tarmoq.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari

    Download 5,84 Mb.