|
Asimmetrik shifrlash algoritmi
|
bet | 177/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Asimmetrik shifrlash algoritmi ochiq kalitga asoslangan, bu esa simmetrik shifrlashdagi muammoni yechadi.
1970-yillarning o‘rtalarida ikkita olim — Vinfild Diffi va Martin Xellman — ochiq kalit yordamida shifrlash tamoyilini tushuntirib berishdi. Ochiq kalit yordamida shifrlashni asosiy jihati shundan iboratki, bunda bir vaqtni o‘zida ikkita unikal juft kalitlar generatsiya qilinadi. Birinchi kalit shifrlashda ishlatilsa, ikkinchi kalit deshifrlashda ishlatiladi yoki aksincha (bu shifrlash algoritmida ikkita turli xil kalitlar ishlatiladi). Ushbu algoritmda shifrlash va parolni ochish uchun turli xil kalitlardan foydalaniladigan xususiyatga ega va agar yaxshi tanlangan shifrlash kaliti bo‘lsa, tegishli shifrlash kalitini ochish deyarli mumkin emas. Bunday sharoitda shifrlash kaliti oshkor qilinishi mumkin va faqat deshifrlash kaliti sir saqlanadi.
8.5- rasm. Asimmetrik shifrlash algoritmi sxemasi
1978 yilda 3 ta olim (Rivest, Shamir va Adleman) ochiq kalit yordamida shifrlash tizimi Diffi-Xellman tamoyillariga to‘liq javob beradigan RSA (Rivest, Shamir, Adleman) kriptoalgoritmini ishlab chiqishdi. Bu usul quyidagi bosqichlardan iborat:
Ikkita juda katta oddiy r va q tasodifiy tarzda tanlanadi.
n=p∙q va φ(n) = (p - 1)∙(q - 1) (Eyler) tenglamalari hisoblanadi.
e <φ(n) va φ(n) bilan umumiy bo‘luvchiga ega bo‘lmagan e soni tanlanadi.
1 < d < φ(n) va mod(d·e - 1, φ(n)) = 0 shart bo‘yicha d tanlanadi.
Ochiq kalit – {e, n}, yopiq kalit – {d, n} juftliklari hosil qilinadi.
Shifrlash uchun c = mod(me, n) hisoblanadi.
Deshifrlash uchun m = mod(cd, n) hisoblanadi.
8.6- rasm. Ochiq va yopiq kalitlarni ishlatilishi sxemasi
DES va RSA algoritmlarining solishtirma tavsilotlari 8.7- jadvalda keltirilgan.
8.7- jadval
|
| |