• Kiritish/chiqarish menejeri
  • Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy




    Download 5,84 Mb.
    bet88/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   222

    Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy


    ta’minoti


    Fayl tizimlarni qo‘llab-quvvatlash


    Disklar periferik qurilmalarining alohida turi hisoblanadi, chunki aynan ularda ham foydalanuvchi, ham tizim ma’lumotlarining aksariyat qismi saqlanadi. Disklardagi ma’lumotlar fayl tizimlarda joylashtiriladi, va fayl tizimi xususiyatlari asosan OT o‘zining xususiyatlari bilan aniqlanadi. Fayl tizimining ommalash-ganligi ko‘pincha uni “o‘zining” operatsion tizimidan boshqa operatsion tizimlarga ko‘chirilishiga olib keladi, masalan FAT fayl tizimi boshida MS-DOS da, keiynchalik esa OS/2, MS Windows tizimlarida va Unix
    tizimining ko‘p variantlarida qo‘llanilgan. Shuning uchun kiritish/chiqarish kichik tizimiga bir nechta ommaviy fayl tizimlarini qo‘llab-quvvatlash xuddi periferik qurilmalarining keng spektrini qo‘llab-quvavvatlashdek muhim. Kiritish/chiqarish kichik tizimi arixitekturasini uning tarkibiga osongina, kodlarni qayta yozishga zarurat bo‘lmasdan, yangi fayl tizimlarni kiritish imkoniyati ham muhim hisoblanadi. Odatda operatsion tizimda mazkur vazifani yechishga javob beruvchi dasturiy ta’minotining maxsus qatlami bo‘ladi, masalan, Unix operatsion tizimi versiyalarida VFS (Virtual File System) kodi asosida System V Release 4 qatlami.

    Kiritish/chiqarish menejeri


    Kiritish/chiqarish kichik tizimida tashqi qurilmalarning xususiyatlari va vertikal kichik tizimlarni tashkil etuvchi modullar bilan bir qatorda universal turdagi modullar ham mavjud. Bu modullar kiritish/chiqarish kichik tizimining barcha boshqa komponentlarining o‘zaro ishlashini va foydalanuvchi jarayonlari hamda OT ning boshqa kichik tizimlari bilan o‘zaro munosabatlarini tashkil etadi. Xuddi qurilmalarni boshqarish funksiyalariga o‘xshab, bu tashkillashtiruvchi funksiyalar barcha darajalar bo‘yicha taqsimlanadi va kiritish/chiqarish menejeri nomli qobiqni tashkil etadi. Kiritish/chiqarish menejerning vazifalari to‘rtta interfeysni qo‘llab- quvvatlashdan iborat:

    • Foydalanuvchi kiritish/chiqarish interfeysi;

    • Kiritish/chiqarish qurilmalari bilan interfeys;

    • OT ning boshqa kichik tizimlari bilan interfeys;

    • Kiritish/chiqarish kichik tizimning qismlari bilan ichki interfeys.

    Menejerning yuqori qatlamini foydalanuvchi jarayonlardan tizimli ko‘rinishda keladigan kiritish/chiqarishga so‘rovlarni qabul qiladigan va ularni ma’lum qurilmalarga javob beruvchi modul va drayverlarga qayta manzillaydigan hamda kiritish/chiqarish amallarining natijalarani jarayonlarga qaytaradigan OT ning modullari tashkil etadi. Shunday qilib bu qatlam kiritish/chiqarish foydalanuvchi interfeysni qo‘llab-quvvatlaydi va amaliyotchi dasturchilarga tashqi qurilmalar hamda ularda joylashgan ma’lumotlar bilan ishlashda maksimal qulayliklar yaratadi. Menejerning pastki qatlami drayverlarni kompyuterni apparat platformasining xususiyatlaridan
    (kiritish/chiqarish shinalari, uzilishlar tizimi va boshqalar) ekranlashtirish yo‘li bilan tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan bevosita o‘zaro harakatni amalga oshiradi. Bu qatlam kiritish/chiqarish shinalarning manzillari va formatidan mustaqil ravishda ma’lum umumiylashtirilgan shaklda drayverlardan kontrollerlar registrlari bilan ma’lumotlar almashinuviga so‘rovlar qabul qiladi, va keyin bu so‘rovlarni apparatli platformaga bog‘liq formatga aylantiradi. Avval ko‘rib chiqilgan to‘htatishlar dispetcheri kiritish/chiqarish menejerning tarkibiga kirishi mumkin yoki yadroning alohida moduli shaklida bo‘lishi mumkin. Oxirgi vaziyatda kiritish/chiqarish menejeri to‘xtatishlar dispetcheri uchun dispetcherga so‘rov manbai to‘g‘risida umumlashtirilgan axborotlarni uzatib, uzilish so‘rovlarini boshlang‘ich ishlovini bajaradi. Menejerning yana bir funksiyasi – bu kiritish/chiqarish kichik tizimi modullarini OT ning jarayonlarni boshqarish, virtual xotira va boshqa kichik tizimlari singari boshqa kichik tizimlari modullari bilan o‘zaro harakatini tashkillashtirish. Kiritish/chiqarish menejerning muhim funksiyasi kiritish/chiqarish kichik tizimni qismlarining o‘zaro harakati uchun ma’lum qulay muhitni yaratishdan iborat. Buning uchun kiritish/chiqarish menejeriga kiritish/chiqarish modullari o‘zaro harakatini ma’lum standart ichki interfeysini qo‘llab-quvvatlash kiritiladi, hamda menejerga drayverlar ishlashida eng ko‘p foydalaniladigan funksiyalarni bajarish yuklatiladi. Bu funksiyalar drayver ayrim tez-tez uchraydigan amallarni bajarilishini chaqirish imkoniyatini beradigan tizimli protseduralar ko‘rinishda shakllantiriladi. Misollar tariqasida kontroller registrlari bilan almashinuvi amallari, kiritish/chiqarish ma’lumotlarni oraliq saqlash buferlarni olib borish, bir nechta drayverlar ishlashini sinxronlashtirish, ma’lumotlarni foydalanuvchi fazodan tizimning fazosiga nusxalashni keltirish mumkin. Bunday yondashuv yangi drayverlar va faylli tizimlarni ishlab chiqish va ularni OT tarkibiga joylashtirishni sezilarli darajada yengillashtiradi. Kiritish/chiqarish menejeri vazifasini Unix operatsion tizimining ko‘p versiyalarida mavjud bo‘lgan STREAMS muhiti bajaradi. Boshqa misol tariqasida Windows NT oilasi OT larning kiritish/chiqarish menejerini keltirish mumkin. U modullar o‘rtasidagi o‘zaro harakatni kiritish/chiqarish so‘rovlar paketlari (I/O Request Packet, IRP) yordamida tashkillashtiradi. Tizimli chaqiruv protsedurasidan so‘rov olgach
    menejer IRP ni shakllantiradi va uni kerakli drayverga uzatadi. So‘ralgan amal bajarilganidan keyin drayver javobni yana bir IRP paketi ko‘rinishida menejerga qaytarida, u esa, o‘z navbatida zarurat bo‘lgan holda shu IRP paketni boshqa drayverga uzatishi mumkin. Menejer drayverlarga o‘zaro bog‘lanishlar (biddings) berishga imkon yaratadi, va o‘zaro aloqalar to‘g‘risidagi axborot asosida IRP paketlarni uzatishni amalga oshiriladi. Shuningdek, Windows NT oilasi OT ning menejeri tizimni to‘xtatmagan holda drayverlarni dinamik yuklash va chiqarishni qo‘llab-quvvatlaydi. Standart ichki modullararo interfeysning mavjudligi kiritish/chiqarish kichik tizimining chidamliligini oshiradi va kengayuvchanligini yaxshilaydi, ammo uning ishlash tezligini biroz sekinlashtirishi mumkin, chunki har bir qatlam va qismlarga bo‘linish boshqaruvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatishlar bilan mustahkamlashga nisbatan qo‘shimcha amallarga olib keladi.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   222




    Download 5,84 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’lumotlarni kiritish/chiqarish menejeri va dasturiy

    Download 5,84 Mb.