|
Drayverlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlash
|
bet | 87/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Drayverlarning keng spektrini qo‘llab-quvvatlash
Drayver ikki turdagi interfeyslarni qo‘llab-quvvatlashi kerak:
OT yadrosi modullari bilan (kiritish/chiqarish kichik tizimi, tizim so‘rovlari, jarayon va xotirani boshqaruvchi kichik tizimlar modullari va hokazo) “drayver-yadro” interfeysi (Driver Kernel Interface, DKI);
tashqi qurilmalar kontrollerlari bilan “drayver-qurilma” interfeysi (Driver Device Interface, DDI).
“Drayver-yadro” interfeysi barcha hollarda standartlashtirilgan bo‘lishi kerak, “drayver-qurilma” interfeysni esa kiritish/chiqarish kichik tizimi drayverga kontrollerning apparaturasi bilan bevosita o‘zaro harakat qilishga ruxsat bermagan holda va bu amallarni mustaqil bajarganda standartlashtirish kerak bo‘ladi. Drayverni apparaturadan ekranlashtirish juda foydali funksiya hisoblanadi, chunki bu vaziyatda drayver apparatura platformasidan mustaqil bo‘lib qoladi. Kiritish/chiqarish kichik tizimi ma’lum klassdagi qurilmalarga maxsus interfeys taqdim etib, bir necha turdagi interfeyslarni DKI/DDI qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Masalan, Windows NT oilasidagi OT larda tarmoq adapteri drayverlari uchun NDIS (Network Driver Interface Specification) standartli interfeys nazarda tutilgan, lekin tarmoq transport protokollarining drayverlari tarmoq dasturiy ta’minotning yuqori qatlamlari bilan TDI (Transport Driver Interface) interfeysi orqali o‘zaro harakat qiladi. Operatsion tizim drayverlarini ishlab chiqish jarayonini qo‘llab-quvvatlash uchun odatda tegishli instrumental vositalar (kutubxonalar, kompilyator va sozlovchilar) to‘plamidan iborat DDK (Driver Development Kit) drayverlar to‘plami ishlab chiqariladi.
Mazkur OT tomonidan qo‘llab-quvvatlashga imkoni bor yordamchi (periferik) qurilmalar doimo OT boshqaradigan aniq mashinada o‘rnatiladigan qurilmalar to‘plamidan sezilarli darajada kengroq bo‘ladi. Shuning uchun OT qimmatli xususiyati, ya’ni operativ xotiraga kerakli drayverni dinamik ravishda yuklash (OT to‘xtamagan holda) va mazkur qurilmani qo‘llab-quvvatlash ehtiyoji qolmagandan keyin uni tizimdan chiqarish, xotira tizimi maydonini sezilarli darajada tejashi mumkin. Drayverlarni dinamik yuklashni qo‘llab-quvvatlash deyarli barcha zamonaviy universal operatsion tizimlarga qo‘yilgan talab hisoblanadi. Kompyuterning tashqi qurilmalarning joriy konfiguratsiyasi o‘zgargan holda drayverlarni dinamik yuklashning muqobil yo‘li deb, kerakli drayverlar to‘plami joylashgan yadro kodini qayta kompilyatsiya qilish hisoblanadi. Bunda yadroning barcha qismlari o‘rtasida statik bog‘lanishlar o‘rniga dinamik bog‘lanishlar yaratiladi. Masalan, shunday yo‘l bilan mazkur muammo Unix operatsion tizimining avvalgi versiyalarda hal etilgan. Yadro va drayverlar o‘rtasidagi statik bog‘lanishlar OT tuzilmasini soddalashtiradi, lekin bu yondashuv operatsion tizim modullari boshlang‘ich kodlarini mavjudligini talab qiladi; ulardan foydalanish esa ko‘pincha mustasno (Unix/Linux ning notijorat versiyalari uchun) emas, balki qoidadir. Shuningdek, bu variantda operatsion tizimning avvalgi ishlab turgan versiyasini to‘xtatish va uni yangi bilan almashtirish kerak, OT ishlashidagi tanaffuslar ayrim hollarda yo‘l qo‘yilmasligi mumkin.
|
| |