|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 95/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Qurilmalarni boshqarish nima uchun kerak?
Qurilmalar turlarini keltiring.
O‘zaro birgalikda bloklash nima va uning shartlarini tushuntiring.
Kiritish/chiqarish menejeri vazifalari.
Tarmoq qurilmalariga misol keltiring.
Kontroller qanday vazifani bajaradi?
Kiritish/chiqarishni xotirada tasvirlanishini tushuntiring.
Kiritish/chiqarish qurilmalarida to‘xtalishlarni tushuntiring.
Qurilmalarni boshqarish bo‘yicha operatsion tizimning vazifalari.
DMA kontrolleri nima va uning vazifasi?
Protsessor va kiritish/chiqarish qurilmalarini parallel ishlashini tushuntiring.
VBOB. FAYL TIZIMI VA FAYLLARNI BOSHQARISH JARAYONI
Operatsion tizimlar fayl tizimi, tuzilishi va tashkil etilishi
Operatsion tizimining muhim vazifalaridan biri foydalanuvchiga diskda saqlanayotgan ma’lumotlar bilan qulay ishlash vositalarini taqdim etish hisoblanadi. Buning uchun OT saqlangan ma’lumotlarning fizik tuzilishini foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan mantiqiy model bilan almashtiradi - tizim kataloglari va fayllari ierarxik tashkil qilingan bo‘ladi. Har qanday kompyuter dasturi ma’lumotlarni qabul qiladi, saqlaydi va namoyish qiladi. Ish paytida, jarayon cheklangan miqdordagi ma’lumotni o‘z manzil maydonida saqlashi mumkin, chunki uning hajmi virtual manzil maydoni doirasi bilan cheklangan. Ba’zi amaliy dasturlar uchun, masalan, aviachiptalarni bron qilish tizimlari, bank tizimlari va boshqalar, faqat virtual manzillar maydoni yetarli bo‘lmaydi. Bundan tashqari, jarayon tugaganidan so‘ng, uning manzil maydonida saqlanadigan ma’lumotlar yo‘qoladi. Shu bilan birga, bir qator dasturlar (masalan, ma’lumotlar bazalari) uchun uni uzoq vaqt, ba’zan esa abadiy saqlash kerak. Bunday dasturlar uchun jarayon tugaganidan keyin ma’lumotlarning yo‘qolishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Kompyuter, shuningdek, ishlamay qolganda, jarayonda uzilishlar bo‘lganda ham ma’lumot saqlanishi kerak.
|
| |