|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari
|
bet | 91/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Buferlash
Buferlash blokli va belgili qurilmalar uchun juda muhim hisoblanadi. Apparat ta’minoti blokli qurilmadan odatda katta bloklarni o‘qish va yozishni talab qiladi. Biroq foydalanuvchi dasturlari uchun bunday chegara yo‘q, ular istalgan hajmda axborotni uzatishga haqli bo‘ladi. Shu sababli agar foydalanuvchi faqat blokning yarmini jo‘natsa, odatda operatsion tizim diskga bu ma’lumotlarni darrov yozmaydi, blokning qolgan qismini jo‘natilishini kutadi. Belgili qurilmalarda foydalanuvchi ularni qabul qilib olish holatidagi qurilmaga nisbatan tezroq ma’lumotlarni jo‘natadi, bunday ko‘rinishda bu yerda buferlash zarur. Ma’lumotlar kelib tushishi bundan mustasno emas, masalan, klaviaturadan oldinga o‘tib ketishi mumkin va bu holat bufersiz bo‘lmaydi.
Xatoliklar to‘g‘risida xabar
Xatoliklar to‘g‘risidagi xabar kiritish/chiqarish qurilmasi kontekstining hech qayerida sodir bo‘lmaydi. operatsion tizim ularni qayta ishlanishini yuqori darajada kuchaytirishni davom ettirishi kerak. Ko‘plab xatolar aniq bir qurilma uchun xususiyatli bo‘ladi va drayverda qayta ishlanishi kerak, chunki uni to‘g‘irlashni faqat u biladi (masalan, harakatlarni takrorlash, xatoliklarni rad etish yoki tizimni rad etish).
O‘ziga xos xatoliklar – disk blokiga kirishga ruhsat bermaydi yoki buzadi. Disk drayveri va agar yuqorida turuvchi dasturga axborot berishni uddalay olmasa, bir necha marotaba takroran o‘qishga harakat qilinadi. Bu vaqtda xatolikni qayta ishlash apparatdan mustaqil holda bo‘ladi. Agar xatolik foydalanuvchi dasturini o‘qish joyida bo‘lsa, chaqiriqlarni bajaruvchi dastur ma’lumotlarini jo‘natish yetarli bo‘ladi. Agar tizim tuzilishini muhim qismlarini o‘qish imkoniyati bo‘lmasa, xatolik to‘g‘risida axborotni tizimga uzatadi va o‘z ishini yakunlaydi.
Ajratilgan qurilmalarni band qilish va ozod etish (bo‘shatish)
Ayrim qurilmalar masalan, CD-RW uzatgich vaqtning har bir onida jarayonni to‘liq egallanishini nazarda tutadi. Operatsion tizim bunday qurilma bilan foydalanish so‘rovini ko‘rib chiqishi va ularni so‘ralayotgan qurilmaga kirishga bog‘liq bo‘lgan so‘rovni bajarilishini qabul qilishi yoki rad javobini berishi kerak. Bunday so‘rovlarni qayta ishlash sodda usuli maxsus fayllar bilan o‘zaro bog‘lanish bo‘yicha open chaqiriq tizimini joriy qilish bilan yakunlanadi. Agar qurilmaga kirishga ruhsat bo‘lmasa, open chaqirig‘i muvaffaqiyatsiz yakunlanadi. Close chaqiriq tizimiga murojaat etilib qurilma bo‘shatiladi.
|
| |