• Resurslar
  • O‘zaro birgalikda bloklash




    Download 5,84 Mb.
    bet93/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   222

    O‘zaro birgalikda bloklash


    Kompyuter tizimlarida vaqtning har bir onida faqat bitta jarayonda foydalanish mumkin bo‘lgan resurlar mavjud. Misol sifatida printerlarni magnitli lenta tarqatgichlar va tizimning ichki jadval elementlarini keltirish mumkin. Printerga bir vaqtning o‘zida ma’lumot uzatadigan ikkita jarayon mavjud, belgilar to‘plamini chop etishga berish mantiqsiz. Bitta va shu fayl tizimi jadval elementidan foydalanadigan ikkita jarayon mavjud bo‘lishi fayl tuzilishini barbod bo‘lishiga olib keladi. Shu sababli barcha operatsion tizimlar dasturi va apparat resurslariga ohirgi chora sifatida vaqtinchalik kirishni jarayonlarga taqdim etishi mumkin.
    Amaliy jarayon ko‘pincha bir emas bir necha resurslarga kira olishi zarur. Faraz qilamiz, masalan ikkala jarayonning har biri kompakt – diskdan hujjat nusxasini yozib olishni istashi mumkin. A jarayon skanerdan foydalanishga ruhsat so‘raydi va uni oladi. B jarayon boshqa dastur bilan dasturlanganligi sababli dastlab kompakt diskga yozish uchun qurilmaga murojaat qiladi. So‘ng A jarayon kompakt diskga yozish uchun qurilmaga murojaat qiladi, lekin bu qurilma B jarayon bilan band qilinganligi sababli so‘rovga rad javobi beriladi. Afsuski, kompakt – diskga yozish uchun qurilmani ozod qilishda B skanerdan so‘raydi. Jarayonlar bloklanganligini ko‘rsatadi. Bunday holat o‘zaro birgalikda bloklash yoki berklik deyiladi.

    Resurslar


    Tizim jarayon qurilma, fayl va boshqalarga kirish qoidalarini taqdim etganda o‘zaro birgalikda bloklashni ko‘rishimiz mumkin. O‘zaro birgalikda bloklash to‘g‘risida umumiy bir xulosaga kelib obyektga kirishni resurs deb atashimiz mumkin. Resurs qurilma (masalan, magnitli tasmali tarqatgich) yoki axborot bir qismi (ma’lumotlar omborida berkitilgan yozuv) bo‘lishi mumkin. Kompyuterda murojaat qilish mumkin bo‘lgan turli hajmli resurslar mavjud. Bundan tashqari tizimda biron bir resursning bir nechta nusxalarini ko‘rishimiz mumkin. Agar tizimda bir xil deb ataladigan bir nechta o‘zaro almashadigan resurs nusxalarini bor, unda resurslarga murojaat qilishga javob nusxalardan kirishga ruhsat etilgan istalgan birini taqdim etishi mumkin. Resurs – vaqtning istalgan onida faqat bitta jarayondan foydalanish qoidasi.
    Resurslar ikki xil bo‘ladi: yuklanadigan va yuklanmaydigan. Yuklanadigan resurs jarayonning egasidan olish zararsiz. Bunday resurslarga xotirani kiritish mumkin. Masalan, foydalanuvchi xotirasi 64 Mbayt li tizimga bitta printer va har biri nimanidir chop etishni istayotgan 64 Kbaytli ikkita jarayon bor. A jarayon so‘raydi va printerni oladi, so‘ng chop etish uchun ma’lumotlarni hisoblashni boshlaydi. Yana hisoblashni tugamasdan, o‘zining kvant vaqtini oshiradi va o‘rin almashtirish maydonida diskga yuklaydi.
    Shundan so‘ng B jarayon ishlaydi va bekordan bekorga printerga murojaat qilishga harakat qiladi. Natijada berklikli vaziyatga tushib qolinadi, A jarayon printerni egallab olganligi sababli, B jarayon xotirani band qiladi va ulardan hech biri resursiz o‘z ishini davom
    ettira olmaydi. B jarayonni xotiraga yuklash ta’qiqlanmagan, uni o‘rin almashtirish maydonida xotiraga o‘tkaziladi va A jarayonni xotiradan diskga yuklanadi. Shundan so‘ng A jarayon hisoblashni yakunlashi, chop etishni bajarishi va so‘ng printerni bo‘shatishi mumkin. O‘zaro birgalikda bloklanish sodir bo‘lmaydi.
    Yuklanmaydigan resurs – hisoblash natijasida yo‘q qilib bo‘lmaydigan joriy egasidan olib bo‘lmaydigan resurs. Agar kompakt – diskga yozish vaqtida yozish uchun qurilmadan jarayonni to‘satdan tortib olsa va uni boshqa jarayonga uzatsa, unda kompakt – disk ishdan chiqish natijasini olamiz. Kompakt diskni yozish uchun qurilma vaqtinchalik resurs ixtiyoriy vaqtda yuklanmaydi.
    O‘zaro birgalikda bloklash yuklanmaydigan resurs hisoblanadi. Berklikli holatda, ya’ni resurs ko‘rinishiga qarama-qarshi bo‘lganda, odatda bir jarayondan boshqasiga resurslarni taqsimlashga ruhsat beradi. Shu sababli biz e’tiborimizni yuklanmaydigan resurslarga qaratamiz.
    Resursdan foydalanish uchun zarur hodisalar ketma-ketligi mavhum ko‘rinishi quyidagi shaklda tasvirlanadi:

    • Resursni so‘rash;

    • Resursdan foydalanish;

    • Resursga qaytish.

    Agar resurs ruhsat etilmagan bo‘lsa, uning jarayoni so‘rovni kutadi. Ba’zi operatsion tizimlarda avtomatik bloklaydigan jarayon resursiga murojaat muvaffaqiyatsiz bo‘lsa va shundan so‘ng qayta yangilansa resurs kirishga ruhsat etilgan bo‘lib qoladi. Boshqa tizimlarda resurs so‘rovi va rad etishda xatolik kodiga murojaat etilsa, unda chaqiriluvchi jarayon biroz kutib turishi va harakatni takroran bajarishi mumkin.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   222




    Download 5,84 Mb.