• Qurilmadan mustaqil kiritish/chiqarish dasturiy ta’minoti
  • Qurilma drayveri uchun yagona ko‘rinishli interfeyslar
  • To‘xtalishlarni qayta ishlovchi




    Download 5,84 Mb.
    bet90/222
    Sana15.05.2024
    Hajmi5,84 Mb.
    #236377
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   222

    To‘xtalishlarni qayta ishlovchi


    Ba’zida kiritish/chiqarish dasturlari ko‘plab kiritish/chiqarish operatsiyalarida to‘xtalishlardan qochish uchun foydali bo‘ladi. To‘xtalish berkitilgan bo‘lishi kerak. Drayver down protsedura semaforasida, o‘zgaruvchan holat wait protsedurasiga, xabar yoki shunga o‘xshash receive protsedurasida bajarib o‘zini o‘zi bloklashi mumkin.
    To‘xtalish sodir bo‘lganda to‘xtalishlarni qayta ishlovchi ishga tushadi. Uni yakunida u drayverni blokirovkadan chiqaradi. Ayrim holatlarda semaforada up protsedurasi orqali amalga oshiriladi. Boshqa holatlarda to‘xtalishlarni qayta ishlovchi holatni o‘zgatirishli signal monitorini chaqiradi. Yoki bloklangan drayverga xabar jo‘natadi. Istalgan holatda ham natija bir xil bo‘ladi - drayver blokdan chiqariladi va ishini davom ettiradi. Bu sxema xususiy holatlarda, stek va hisoblagich buyruqlari olganda drayverlarda juda yaxshi ishlaydi.

    Qurilmadan mustaqil kiritish/chiqarish dasturiy ta’minoti


    Ba’zi bir dasturiy ta’minot qismlari aniq bir qurilma bilan birga ishlash uchun mo‘ljallangan, uning qismi nisbatan qurilmadan mustaqil. Drayver va qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minot o‘rtasidagi aniq chegara tizimdan o‘tadi, ba’zi bir funksiyalar qurilmadan mustaqil holda amalga oshirilishi mumkin. Keyingi funksiya odatda qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minotni amalga oshiradi:

    • qurilma drayveri uchun yagona ko‘rinishli interfeyslar;

    • buferlash;

    • xatoliklar to‘g‘risida xabar;

    • ajratilgan qurilmani egallash va ozod etish;

    • blok hajmiga bog‘liq bo‘lmagan apparat ta’minoti. Qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minotning bosh maqsadi –

    barcha qurilmalar uchun umumiy kiritish/chiqarish funksiyasini bajarish va foydalanuvchi darajasida dasturlar uchun yagona ko‘rinishli interfeyslarni taqdim etish.

    Qurilma drayveri uchun yagona ko‘rinishli interfeyslar


    Operatsion tizimdagi asosiy vazifasi – kiritish/chiqarish va drayver qurilmalarini taqdim etishni nisbatan bir xil shaklga keltirish. Agar disklar, printerlar, monitorlar, klaviaturalar va boshqa qurilmalar har xil interfeysga ega bo‘lib, har biri yangi qurilma kompyuterga ulanganda operatsion tizimdan modifikatsiyasini talab qiladi. 4.13a- rasmda sxema ko‘rinishida holat, ya’ni har bir qurilma drayveri operatsion tizim bilan shaxsiy interfeysiga ega bo‘lgani, 4.13b- rasmda barcha drayverlar bir xil interfeysga ega bo‘lgani tasvirlangan. Standart interfeyslar yangi qurilma drayverlari tizimga kirishi soddalashtirilgan. Standartga rioya qilish drayver muallifi qaysi bir funksiya joriy qilinganligini va yadroda qanday chaqiriq
    joylashganligini biladi.

    4.13- rasm. a-rasmda drayverlar turli xil interfeysga ega; b-rasmda barcha drayverlar bir xil interfeysga ega


    Amaliyotda farqlanadi, biroq ularning soni ko‘p emas, va turli xil turlar o‘rtasida ko‘plab umumiylik mavjud.
    Xatto blokli va belgili qurilmalar kamdan kam bir xil funksiyani bajaradi.
    Interfeysni bir xillashtirishning muhim omillaridan biri – kiritish/chiqarish qurilmalarini nomlash usuli. Apparatdan mustaqil bo‘lgan dastur drayverlariga tegishli qurilmalariga belgili nomlar berish. Masalan, UNIX va MINIX 3 da qurilma nomi maxsus fayl indeksini ko‘rsatuvchi bir ma’noli /dev/disk0, mos bo‘lgan drayver esa qurilmani bosh raqami bo‘yicha aniqlaniladi.

    Download 5,84 Mb.
    1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   222




    Download 5,84 Mb.