|
Blok hajmiga bog‘liq bo‘lmagan apparat ta’minoti
|
bet | 92/222 | Sana | 15.05.2024 | Hajmi | 5,84 Mb. | | #236377 |
Blok hajmiga bog‘liq bo‘lmagan apparat ta’minoti
Turli xil disklarda turli hajmli sektorlar bo‘lishi mumkin. Qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minot yuqori pog‘onadan bu faktlarni yashirishi kerak va yagona ko‘rinishli hajmli blok sifatida taqdim etishi kerak, masalan, bitta mantiqiy asosda bir nechta fizik segmentlarni birlashtirilishi. Shu sababli nisbatan yuqori pog‘ona fizik sektor hajmiga bog‘liq bo‘lmagan bitta mantiqiy blok hajmida faqat mavhum qurilmaga ega bo‘ladi.
Ayrim belgili qurilmalar o‘zining baytli ma’lumotlarini taqdim etadilar (masalan, modemlar), unda boshqalar uni kattaroq miqdorda ajratadilar (tarmoq interfeyslari). Bular shuningdek yashirilishi bilan farq qilishi mumkin.
Foydalanuvchi muhitida kiritish/chiqarish dasturiy ta’minoti
Kiritish/chiqarish qurilmasini katta bir qismi operatsion tizimga tegishli bo‘lsa uning oz qismi kutubxona, foydalanuvchi dasturlarini komponovkalash yoki hatto yadroda ishlaydigan butun bir dasturni o‘z ichiga oladi. Chaqiriq tizimlari kiritish/chiqarish chaqiriq tizimlarini o‘z ichiga oladi. Odatda kutubxona protseduralaridan iborat bo‘ladi.
Masalan: count = write (fdf buffer, nbytes);
Agar C – dastur bunday chaqiriqni o‘z ichiga olsa, kutubxona write protsedurasi dasturlar bilan butun bir ko‘rinishga keltiriladi, bunday ko‘rinishda dastur bajarilish vaqtida xotiraga yuklanadigan ikkilik kodni ko‘rsatadi. Bunday kutubxonali protseduralar to‘plami shubhasiz kiritish/chiqarish qurilmasini qismi bo‘ladi. Kutubxona protseduralari kamdan kam holatlarda kiritish/chiqarish operatsiyalari shaklida bajariladi. Masalan, print f C-protsedurasi matn qatori kirishida qabul qilinadi va bir nechta qo‘llash imkoniyati bo‘lgan undan ASCII-qatorlarini yaratadi, shundan so‘ng bevosita chiqarish uchun write chaqiriq tizimini ishlatadi. Ba’zi foydalanuvchi muhiti kiritish/chiqarish dasturiy ta’minoti kutubxonali protseduradan iborat bo‘ladi. Boshqa bir muhim toifa – bu spuling tizimi. Spuling (buferlash) o‘zida ko‘p topshiriqli tizimlarda ajratilgan qurilmalar bilan ishlash yo‘llarini taqdim etadi. Spulingdan foydalanadigan qurilmaning o‘ziga xosligi printer bo‘ladi. Printerda har bir foydalanuvchiga maxsus belgili fayl ochishga ruhsat beradi. Biroq jarayon uni ochishda joriy bir necha soatda printerga murojaat etmaydi bu vaqtda hech bir jarayon hech narsani chop eta olmaydi. Bu bilan birga domen deb ataladigan maxsus jarayon va spuling katalogi deb ataladigan maxsus katalogni yaratadi. Faylni chop etish uchun dastlab jarayon spuling katalogida joylashgan, chop etish uchun mo‘ljallangan maxsus faylni yaratadi. Bu faylni maxsus fayl printeriga foydalanishga ruhsat berilgan yagona jarayonni domen chop etadi. Bunday ko‘rinishda, muammo qandaydir jarayon printerni uzoq vaqt davomida egallab tursa foydalanuvchining to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirishidan maxsus fayllarni himoyalashni hal qilish bo‘ladi. Spuling
faqat printer uchun foydalanilmaydi. Masalan, domen tarkibiga kiradigan elektron pochta dasturiy ta’minotida. Jo‘natilishi kerak bo‘lgan xat spuling katoligada joylashadi. So‘ng domen elektron pochtani ochib ko‘radi, uni qayerga jo‘natish kerakligini aniqlaydi va jo‘natadi. Vaqtning istalgan momentida kirishga ruhsat olinmaganlikni olish ehtimolligi mavjud bo‘ladi, bu holatda domen spuling katalogida xatni qoldiradi va keyinroq takroran uzatishga harakat qilish to‘g‘risida axborotni qayd etib qo‘yadi. Demon shuningdek, kechikish to‘g‘risidagi xabarni jo‘natishi mumkin, agar xat joriy bir necha soatda yoki kunda jo‘natilmasa – xatni jo‘natish imkoniyati yo‘qligi to‘g‘risida axborotni jo‘natadi.
Masalan, foydalanuvchi dasturi operatsion tizimda ishga tushirilgan chaqiriqlarni qayta ishlash uchun fayldagi blokni o‘qishga harakat qiladi. Qurilmadan mustaqil dasturiy ta’minot bu blokni keshdan qidiradi. Agar talab qilinayotgan blok bo‘lsa, u apparaturaga murojaat qilish va diskdan bu blokni qabul qilish uchun qurilma drayverini chaqiradi. Jarayon diskni o‘qish operatsiyalari yakunlangunga qadar bloklanadi.
Disk operatsiyani yakunlaganda, apparat uziladi. To‘xtalishlarni qayta ishlash nima sodir bo‘lganligini aniqlash uchun ishga tushadi, unda qaysi mexanizm e’tibor talab etilayotganligi aniqlaniladi. So‘ng u mexanizm holati to‘g‘risida axborotni oladi va kiritish/chiqarish so‘rovini qayta ishlashni yakunlash uchun “vaqtinchalik to‘xtab turgan” jarayonni faollashtiradi, va foydalanuvchi rejimi ishlashni davom ettirishga topshiriladi.
|
| |