O‘nbirinchi mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish




Download 0,82 Mb.
bet112/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

O‘nbirinchi mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish
Reja:


  1. Mushohada (xukm)


  2. Sodda mushohada va uning asosiy turlari


  3. Xulosa chiqarishning mohiyati.


  4. Xulosaning tuzilishi

1. Mushohada-mantiqiy bilish shakli sifatida. Mushohadaning tuzilishi.


Insonning olam haqida hosil qiladigan bilim shakllaridan biri mushohada hisoblanadi. Mushohada predmetlar, hodisalar, ularning belgilari, xususiyatlari, munosabatlarini tasdiq yoki inkor shaklida ifodalaydigan fikr shaklidir.
Inson olamni o‘rganish jarayonida undagi narsa va xodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlarni payqaydi. Mazkur aloqa va munosabatlar inson tafakkurida mushohada shaklida aks etadi. Mushohada tushunchalar orasidagi munosabatlardan kelib chiqadi. Masalan: Yer quyosh atrofida aylanadi.
O‘ar qanday mushohada chin yoki xato bo‘lishi mumkin. Agar mushohadada aks etgan aloqa va munosabatlar real dunyo, undagi mavjud aloqa va munosabatlar in’ikosi bo‘lsa, bunday fikr chin mushohada hisoblanadi. Aksincha, mushohadada bildirilgan fikr borliqdagi aloqa va munosabatlarni aks ettirmasa, bunday fikr yo chalkash, yo xato mushohada hisoblanadi. Masalan: O‘g‘rilik - jinoyat. o‘g‘rilik - jinoyat emas. Bu fikrlardan birinchisi chin, chunki u borliqning in’ikosi.
Mushoxadaning mantiqiy tuzilishi barcha uchun umumiy. U qaysi tilda bayon etilmasin, uning tarkibi sub’ekt (S), predikat (R), va kvantor so‘zdan iborat bo‘ladi. Mushoxadaning tuzilishidan bunday umumiylik uni ifodalashda mantiqiy shakl-formulaga solish imkonini beradi. Masalan.
A) «O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat» va «Kuch-adolatda» mushohadalarini bir xil shaklda: S-R dir formulasi yordamida ifodalash mumkin.
Mushoxadalarda:
a) Predmetlarning borligi, mavjudligi haqidagi fikr tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi. Masalan: O‘aqiqat – bor, mavjud.
b) Predmetlarga xos belgi, xususiyatlar ifodalanadi. Masalan: Ayrim sonlar – judt son.
v) Predmet va hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar aks etadi. Masalan: Xorazm viloyati Qashqadaryodan ishmolroqda joylashgan.
Mushohada gap vositasida ifodalanadi. Tushunchalar so‘zlarsiz mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lmagani singari, mushohada ham ularning tashqi ifodasi gaplarsiz mavjud bo‘lishi mumkin emas. Ko‘rinib turibdiki, mushohada gap bilan uzviy bog‘liq. Bu bog‘liqlik tafakkur va tilning birligi va o‘zaro bog‘liqligidan kelib chiqadi. Mushohada bilan gapning uzviy birligi, bog‘liqligidan ular doimo o‘zaro mos keladi, degan xulosa chiqmaydi. Mushohada va gapni ularga xos xususiyatlarga ko‘ra farqlamoq lozim:
—O‘ar qanday mushohada gap vositasida ifodalanadi. Gap mushohadaning moddiy ifodasi hisoblanadi. Lekin har qanday gap mushohada bo‘la olmaydi. Faqat darak, xabar ma’nosi anglatgan gaplargina mushohada bo‘la oladi. So‘roq, chaqiriq, xitob ma’nosidagi gaplar mushohada bo‘la olmaydi, chunki ular tasdiq, yoki inkor ma’nosini anglatmaydi.
Mushohada va gap tuzilishida muayyan o‘xshashlik bo‘lsada, mushohada va gapning tuzilishini aynan birdek, deb bo‘lmaydi. Gap grammatik tuzilishga ega: u bosh va ikkinchi darajali bo‘laklardan tashkil topadi. Mushohada mantiqiy tuzilishga ega. Avvalo u ikki kismdan iborat. Ular mushohada terminlari deb yuritiladi.
Mushohada terminlariga mushohada sub’ekti (S) va predikati (P) kiradi. Mushohadani quyidagi mantiqiy shaklda ifodalash mumkin: S-R dir; S-R emasdir.
Mushohadaning sub’ekti (S) predmetni, predikati (P) esa unga xos bo‘lgan belgi, xususiyat, munosabatlarni tasdiq yoki inkor shaklida ifodalaydi. Mushohadada mantiiqiy bog‘lovchilar «dir», «emasdir», «bo‘ladi» kabilar ishtirok etishi mumkin. Mushohadada uning xajmiga ishora qiluvchi so‘zlar uchraydi. Masalan: «barcha», «har bir», «hech bir», «ba’zi». Bular kvantor so‘zlar, deb nomlanadi. «Barcha kapalaklar hasharotdir» mushohadasi quyidagi tuzilishga ega: a) «kapalaklar» — mantiqiy ega (S); b) «hasharotlar»— mantiqiy kesim (R); v) «barcha» - kvantor; r) «-dir» bog‘lovchi. Mazkur mushohadani «Barcha S — R dir» formulasi orqali ifodalash mumkin.
Gapdagi bosh bo‘laklar (ega va kesim) mushohadaning mantiqiy egasi (S) va mantiqiy kesimi (P) ga mos kelavermaydi. Faqat sodda yig‘iq, gaplar vositasida ifodalangan mushohadalardagina grammatik ega va kesim, mantiqiy S va R ga muvofiq kelishi mumkin. Buning ustiga ko‘pincha mushohada terminlari aniq ifodalanish usuliga ega emas. Ular (S,R) ni mantiqiy ypg‘y orqali aniqlash mumkin bo‘ladi. Bir xil tuzilgan gap ohang, mantiqiy urg‘u orqali turlicha mazmundagi mushohadani ifodalashi mumkin.
a) O‘zbekiston (boshqa emas) mustaqil davlat.
b) O‘zbekiston mustaqil davlat. (qanday?)
v) O‘zbekiston mustaqil davlat. (nima?)
Bu misolda bir xil gap 3 xil mushohadani ifodalagan: a) qaysi davlat? b) qanday davlat? v) nima? Shunga ko‘ra ularda mantiqiy ega turlicha.
Gapning grammatik tuzilishi turli xalqlarda turlicha. Mushohadaning mantiqiy tuzilishi, u qaysi milliy tilda ifodalangan bo‘lmasin, barcha uchun umumiy, bir xil. Mushohada terminlar (S,R), bog‘lovchi va kvantor so‘zdan tashkil topadi.
Mushohadada: a) predmetlarning mavjudligi to‘g‘risidagi fikr tasdiqlanadi yoki inkor qilinadi (Masalan: Harakat — mavjud); b) predmetlar bilan belgi, xususiyatlar orasidagi munosabatlar ifodalanadi (Masalan: Ayrim sonlar juft son emas.); v) predmet — hodisalar o‘rtasidagi aloqa va munosabatlar aks etadi (Masalan; Xorazm viloyati Qashadaryodan shimolroqda joylashgan).

Download 0,82 Mb.
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘nbirinchi mavzu. Mulohaza. Xulosa chiqarish

Download 0,82 Mb.