• Takrorlash uchun savollar
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




    Download 0,82 Mb.
    bet120/139
    Sana22.02.2024
    Hajmi0,82 Mb.
    #160902
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139
    Bog'liq
    1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org
    Nomerlar, Alfred Adler individual psixologiyaning asoschisi, 1-mavzu, Alimova Mashhura-Umumiy Pedagogika., FERUZA (2) (2), 70310901 Psixologiya magistr ishchi o\'quv reja 2021, Guli, IJTIMOIY TADBIQIY SIRTQI, Shaxs psixologiyasi UMK, 1.08-ТАТ 2020, 11 E Tijorat, 8-MAVZU, 1-MAVZU, Jahonova Shahnoza (2), 2UAc85uxid3YTR50heNwVBOBmzxSD6hBXAl82bDo
    To‘liq induksiya xulosasi muayyan turkumga mansub ayrim xulosalarni chuqur o‘rganish imkoniyatini yaratib beradi. Odatda to‘liq induksiyadan isbot talab etiladigan muhokama jarayonida foydalaniladi. Masalan: har qanday uchburchak ichki burchaklarining yig‘indisi 180* ga teng. Bunda o‘tkir, o‘tmas, to‘g‘ri burchakli uchburchak nazarda tutiladi.
    Noto‘liq induksiya shunday mantiqiy uslubki, unda turkumga mansub pedmetlar haqida chiqarilgan xulosa uning tarkibiga kiruvchi barcha predmetlarni qamrab olishi shart emas. Masalan: suv (N2 O)2 vodorod atomi va 1 kislorod atomidan iborat.
    Noto‘liq induksiya ehtimollik, haqiqatga yaqinlik xarakteriga ega bo‘ladi. Masalan: Isitilganda azot, kislorod, vodorodlarning kengayishi kuzatiladi. Shu asosda gazlar isitilganda, kengayadi, degan xulosaga kelish mumkin. Noto‘liq induktiv xulosa chiqarish 3 ko‘rinishda uchraydi:
    1. Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish. Bu ommabop induksiya , deb ataladi.


    2. Faktlarni tanlash va tahlil etish orqali xulosa chiqarish.


    3. Salbiy aloqadorlikni aniqlashga qaratilgan ilmiy induksiya.


    Oddiy sanash orqali induktiv xulosa chiqarish deganda, shu turkumga mansub ayrim predmetlar asosida chiqarilgan xulosa nazarda tutiladi. To‘liq bo‘lmagan induksiyaning bu turi fikrning aniq predmetlardan boshqalariga o‘tish imkoniyatini beradi. Bunday xulosa doimo taxminiy bo‘lib qoladi, chunki unda ko‘zga tashlanmagan boshqa predmetlar ham nazarda tutiladi. Shunday hol kuzatilishi mumkinki, u yoki bu zidlikni ifodalovchi predmet ko‘zdan yashirin bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu hol biz uni yetarlicha to‘liq bilmaganimizdan dalolat beradi.


    Notiqliq induktiv xulosa chiqarishda faktlarni tanlash va mantiqiy tahlil etish uslubidan foydalanish mumkin. Agar ommabop (oddiy) induksiyada kuzatiladigan ob’ekt tasodifan tanlab olinsa, ilmiy induksiyada umumlashda tasodifga yo‘l qo‘yilmaydi. Bunda eng tipik predmetlar qat’iy tanlab olinadi va tahlil qilinadi. Shu asosda, masalan, yerning hosildorligi, foydali qazilmalarning tuzilishi va miqdori aniqlangan. Odamlar qadimdan kumush ichimlik suvini tozalashini bilganlar, quyishni davolashda undan foydalanganlar. Shu kabi faktlarni ajratib olish orqali kumush davo xususiyatiga ega ekanligini aniqlaganlar. Keyinchalik esa ilmiy izlanishlarda kumush kislorodni aktivlashtirishi, bakteriyalarni halok etishi tasdiqlangan.
    Notiqliq induktiv xulosaning chinligini oshirmoq uchun quydagi shartlarga amal qilmoq lozim:
    1. Quydagi turkum haqidagi xulosaning chinligini oshirmoq uchun unga mansub bG‘lgan ko‘proq predmetlarni ko‘rib chiqmoq


    2. Elementlar, xususiyatlar asosli tanlab olinmog‘i lozim.


    3. O‘rganilayotgan xossa, belgi tipik bo‘lmog‘i lozim.


    4. O‘rganilayotgan xossa, belgi predmetlar mohiyatini aks ettirmog‘i lozim.


    Ilmiy induksiya shunday mantiqiy uslubki, sinfga, turkumga mansub predmetlarning belgilari, xossalari, munosabatlarini o‘rganish asosida shu sinfga oid umumiy xulosa chiqarish mumkin bo‘ladi. «Issiq havo yuqoriga ko‘tariladi» xulosasi bunga misol bo‘ladi, chunki unda sababiy bog‘lanishlar aniqlangan. Havo isitilganda, kengayadi, suqlashadi, sovuq havoga nisbatan yengillashadi. Shuning uchun ham u yuqoriga ko‘tariladi. Bu uslubning yutuq tomoni shundaki, unda chuqur, ichki, sababiy aloqadorliklar tadqiq qilinadi. Barcha fan qonunlar ilmiy induksiyaga misol bo‘la oladi. Masalan: Arximed qonuni: suyuqlikka solingan jism o‘z hajmi miqdoridagi suyuqlikni siqib chiqaradi.


    Hodisalar orasidagi bog‘lanishlarni tekshirishning induktiv metodlari bor. Bular: o‘xshatish, tafovutlash, qoldiqlar, yo‘ldosh o‘zgarishlar metodlaridir.
    4.Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish
    Anologiya grekcha anologia so‘zidan olingan bo‘lib, muvofiqlik, o‘xshashli maxnolarini anglatadi. Analogiya yordamida xulosa chiqarishning eng kadimgi uslublaridan biri hisoblanadi. Analogiya inson tafakkuri taraqqiyotining dastlabki bosqichlaridan boshlab rivojlangan.
    Bunda analogiya xulosa chiqarishning shunday uslubiki, muayyan belgining, munosabatning predmetga xosligi haqidagi xulosa boshqa predmetning belgi va munosabatlariga solishtirish vositasida chiqariladi.
    Analogiyada o‘rganilayotgan predmet modelep, unga hususiyatlari belgilari o‘xshagan predmet prototip, deb yuritiladi va ularni redmeti a,b,c,d xususiyatlariga ega.
    Demak, V predmeti q xususiyatiga ega bo‘lishi mumkin.
    Yer va Quyosh solishtirilayapti, deylik. Yerning quyoshga o‘xshash elementlari: a) xar ikkisi bir sistemaga kiradi. b) spektral analiz orqali xar ikkalasining kimyoviy tuzilishi o‘xshashligi aniklandi. v) Kuyoshda geliy mavjudligi aniklandi va shu asosda geliy Yerda xam mavjud bo‘lsa kerak, degan xulosa chikarildi. Keyinchalik bu xulosa geliy elementining kashf kilinishi bilan isbotlandi.
    Analogiya yordamida xulosa chikarishdan amaliyotda keng foydalaniladi. Masalan: g‘o‘zadagi ko‘sakka qarab, hosildorlikni aniqlash; ekin zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usulini topish; turli texnik vositalar, moslamalar yasash, kibernetik mashinalarni yaratish va boshqalarda mantiqiy fikrlashning analogiya usulidan foydalanilgan.
    Analogiya yordamida chiqarilgan xulosalar insonning olam haqidagi bilimlarining chuqurlashuviga xizmat qiladi.
    Odatda analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosa extimollik xarakteriga ega bo‘ladi, uning xaqiqatga qanchalik yakinroq bo‘lishi bir qator omillarga bog‘lik bo‘ladi:
    • o‘rganilayotgan va solishtirilayotgan ob’ekt mumkin kadar ko‘proq umumiy belgilarga ega bo‘lishi;


    • bu belgilarning mumkin kadar ko‘proq narsa va hodisalar mohiyatidan kelib chiqishi.


    Xulosaga asos qilib olingan axborot (belgi, tomon va hokazo)ning xarakteriga ko‘ra analogiya 2 ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:


    1. Sifat analogiyasi


    2. Munosabat analogiyasi


    Predmet, hodisalarning sifat (xususiyat)laridagi o‘xshashlik sifat analogiyasini hosil kiladi. Masalan: Janubiy Afrika yassitog‘ligining geologik strukturasi Yoqutiston tog‘larnikiga o‘xshash. Janubiy Afrikadan ko‘pdan-ko‘p olmos tog‘ konlar topilgan. Olmos – havorangsimon mineral. Yokutistonda ham olmos konlari bo‘lishi mumkin.


    Munosabatlardagi o‘xshashlik munosabat analogiyasini hosil kiladi. Munosabat analogiyasi sababiy aloqadorlik shaklida namoyon bo‘ladi. Masalan: Yerga olmaning tushishining sababi Yerning tortishish kuchi. Oy yerning tortishish kuchi tufayli uning atrofida xarakat kiladi. Yer, butun planetalar Quyosh atrofida xarakat kiladi. Shu orqali butun dunyo tortishish qonunini tushunishi mumkin.
    Bionika fani jonli tabiat ob’ektlari, hodisalarini o‘rganish asosida u haqidagi bilimlarni yangi texnika texnologiyada qo‘llash bilan shug‘ullanadi. Fizik olim Rezerfort ishlab chiqqan atom tuzilishini modeli atom yadrosi bilan elektronlar munosabatidagi o‘xshashlikka asoslangan. O‘xshashlik-o‘xshash tomonlarni aniqlash, bilim va amaliyotda muhim o‘rin tutadi. M.V. Lomonosov «o‘xshatish biron bir narsani isbotlamaydi, balki isbotlanadigan narsani tushuntiradi»,-degan edi.
    Hosil bo‘ladigan bilimning harakteriga ko‘ra analogiya 3 ko‘rinishda namoyon bo‘ladi:
    1. Kat’iy analogiya.


    2. Kat’iy bo‘lmagan analogiya.


    3. Yolg‘on analogiya.


    Kat’iy analogiya o‘xshash tomonlar, belgilar orasidagi zaruriy loka va munosabatlar asosiga ko‘riladi. Kat’iy analogiya ilmiy izlanishlarda keng qo‘llaniladi. Ilmiy tadqiqotlarni modellashtirish usuli kat’iy analogiyaga asoslangan.


    Kat’iy bo‘lmagan analogiya ehtimollik xarakteridagi (taxminiy) xulosalarni hosil kiladi. Samolyotlar modelini sinash kat’iy bo‘lmagan analogiyaga asoslanadi.
    Kat’iy bo‘lmagan analogiyada bilimning ishonchlilik darajasini oshirish uchun ko‘yidagilarga e’tibor berish lozim:
    1. o‘xshash xususiyatlar tomonlarning ko‘pligiga;


    2. asosiy, zaruriy belgilar,tomonlar o‘xshashligiga;


    3. o‘xshashlikning iloji boricha xar tomonlama bo‘lishiga;


    4. farklarning mikdori va sifatiga;


    5. chiqarilayotgan xulosadagi ehtimol borligi nazarda tutilgan belgining o‘xshash belgilarga yaqin tipni ifodalashiga. Bular analogiya bo‘yicha chiqariladigan xulosalarning asosiy qoyidalari hisoblanadi.


    Yolgon analogiya bazan muxolifni aldash maqsadida qo‘llanishi mumkin. Bunda yolgon analogiya sofistik usulni ifodalaydi. Predmetlar xodisalarning moxiyatini xususiyatlarini bilmaslik tasodifiy o‘xshashlikka tayangan holda xulosa chiqarish yolg‘on analogiya xisoblanadi.


    Analogiya o‘quv jarayonida isbotni talab etadigan holatlarda matematik modellashtirishda badiiy ijodda muhim urin tutadi.

    Takrorlash uchun savollar:

    1. Xulosa chiqarish qanday usul? Xulosa chiqarishning mohiyatini tushuntiring .


    2. Xulosa chiqarishning turlariga nimalar kiradi?


    3. Deduktiv xulosa chiqarish qanday amalga oshiriladi?


    4. Induktiv xulosa chiqarish haqida so‘zlang.


    5. Analogiya yordamida xulosa chiqarish haqida nimalarni bilasiz?





    Download 0,82 Mb.
    1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   139




    Download 0,82 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

    Download 0,82 Mb.