|
Xulosa chiqarish turlari. Deduktiv xulosa chiqarish
|
bet | 118/139 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #160902 |
Bog'liq 1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org2. Xulosa chiqarish turlari. Deduktiv xulosa chiqarish
Xulosa chiqarishning 3 asosiy turi mavjud:
1.Deduktiv xulosa chiqarish;
2.Induktiv xulosa chiqarish;
Z. Analogiya bo‘yicha xulosa chiqarish.
Inson fikrining umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil bo‘lgan yangi bilm deduktiv xulosa deb yuritiladi.
Induktiv xulosa chiqarishda fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Alohida predmet va xodisalarning o‘xshash va farqli tomonlarini tahlil etish asosida analogiya bo‘yicha xulosa chiqariladi.
Deduktiv xulosa chiqarish ikki usulda amalga oshiriladi:
1) bevosita deduktiv xulosa chiqarish;
2) bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
Bevosita deduktiv xulosa chiqarish
Bir asosdan mantiqiy tahlil orqali yangi fikr (bilim) ni hosil qilish-bevosita deduktiv xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bunda ayrim mushoxadalar qayta ishlanadi. Yangi fikr (bilim) ga asos bo‘lgan mushohada xulosaning asosi, hosil bo‘lgan yangi fikr-xulosa bo‘lib hisoblanadi.
Bevosita xulosa chiqarishda mantiq usullar yordamida amalga oshadi.
Bunday mantiqiy usullariga quyidagilar kiradi: a) almashtirish orqali xulosa chiqarish Z, b) aylantirish orqali xulosa chiqarish Z; v) predikatga qarama-qarshi qo‘yish Z,, g) mantiqiy kvadrat .
Almashtirish shunday mantiqiy usulki, bunda asos bo‘lgan xukmning sub’ekti (S) xulosaning predikatiga (R), uning predikati (R) esa xulosaning sub’ekti (S) ra almashtiriladi. Bundan fikrning mazmuni o‘zgarmay qoladi. Masalan: Gruppamizning ayrim talabalari (S) — a’lochi (R). Demak, ayrim a’lochilar (S) — gruppamiz talabalari (R).
Almashtirish chiqarilgan xulosaning aniq bo‘lishini ta’minlaydi. Almashtirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohadadan juz’iy tasdiq (J) ni hosil qilish mumkin. Masalan: Respublikamizning barcha viloyatlari davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardilar. Demak, Toshkent viloyati ham davlatga paxta topshirish shartnomaviy majburiyatlarini bajardi. Berilgan xulosani quyidagi sxemaga solish mumkin:
Barcha S — R (A)
Demak, ayrim S — R (J)
Shuningdek, almashtirish natijasida umumiy inkor xukm (Ye)dan umumiy inkor xukm (Ye)ni, umumiy tasdiq xukm (A)dan umumiy tasdiq xukm (A)ni hosil qilish mumkin,
Aylantirish orqali xulosa chiqarish shunday mantiqiy usulki, asos qilib olingan mushohadaning sub’ekti (S) xulosada ham sub’ekt sifatida qoladi, lekin predikat va bog‘lovchi o‘z qarama-qarshisiga aylanadi,
Qisqacha qilib aytganda, aylantirish yordamida asosga teng, lekin mazmun jihatidan qarama-qarshi fikr juz’iy tasdiq (J) mushohadadan hosil qilinadi. Masalan: O‘ar qanday jinoyat jazolanmog‘i lozim. Demak, hech qanday jinoyat jazolanmasligi mumkin emas.
Sxemasi: S — R dir
Demak S — R emasdir .
Aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) mushohdadan umumiy inkor (Ye) juz’iy inkor (O) mushoxada hosil qilinadi,
Masalan: O‘amma bosqinchilik urushlari — adolatsiz. Demak, O‘amma bosqinchilik urushlari — adolatli emas.
Sxemasi: O‘ar bir S — R dir.
Demak hech bir S — R emasdir.
Aylantirish mantiqiy uslubining ikki ko‘rinishi mavjud:
1) Sodda aylantirish
2) Cheklash orqali aylantirish.
Sodda aylantirishda xulosaga asos qilib olingan fikr va hosil bo‘lgan yangi fikr hajm jihatidan teng bo‘ladi. Masalan: Faqat barcha kvadratlar — tomonlari teng to‘rtburchak.
Demak, barcha tomonlari o‘zaro teng to‘rtburchaklar — kvadrat.
Sxemasi: Barcha S — R dir
Barcha R — B dir.
Cheklash orqali aylantirish natijasida umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinadi.
Masalan: Barcha planetalar — sharsimon.
Demak, Yer - sharsimon.
Predikatga qarama-qarshi qo‘yish. Bunda xulosaning sub’ekti asosning predikatiga, xulosaning predikati asosning sub’ektiga zid bo‘ladi. Masalan; O‘amma talabalar bilimga chanqoq. Demak, hech bir talaba bilimga chanqoq bo‘lmasligi mumkin emas.
Formulasi: A Barcha S-R dir,
Demak, O Ayrim S-R emasdir.
Mantiqiy kvadrat bo‘yicha A-O hamda Ye-J zid, ya’ni kontradiktor hukmlar hisoblanadi va uchinchisi istisno qonuniga bo‘ysunadi. Bunda A ning chinligidan O ning yolg‘onligi kelib chiqadi. Demak, zid hukmlardan bevosita xulosa chiqarish mumkin emas.
Masalan: Sudning ayrim qarorlari oqlaydi (J). Sudning hech bir qarori oqlamayli(Ye).
Xulosani mantiqiy kvadrat bo‘yicha chiqarish mumkin. Mushoxadalar orasidagi munosabatlarga tayangan holda xulosa chiqarish mantiqiy kvadrat bo‘yicha xulosa chiqarish, deb yuritiladi.
Ma’lumki, mushoxadalar orasida qarama-qarshilik, zidlik hamda bo‘ysunish munosabatlari mavjud.
A-Ye hamda J-O mushoxadadlar orasida qarama - qarshilik munosabati mavjud. Bunda bir hukmning chinligidan ikkinchisining xatoligi kelib chiqishi shart zmas. Masalan: Ayrim talabalar reyting ballarini to‘playdi. Ayrim talabalar reyting balini to‘play olmaydi. Bunda mushohadaning birinchisi asos, ikkinchisi xulosa bo‘lishi mumkin.
A-J hamda Ye-O hukmlari bo‘ysunish munosabatida. Shuning uchun ham umumiy inkor (Ye) hukmdan juz’iy inkor (O), umumiy tasdiq (A) hukmdan juz’iy tasdiq (J) hukm hosil qilinishi mumkin.
Bilvosita deduktiv xulosa chiqarish.
Birdan ortiq asosdan yangi fikrni hosil qilish mantiqiy uslubi bilvosita xulosa chiqarish, deb yuritiladi. Bilvosita xulosa chiqarish jarayonida inson fikri umumiylikdan yakkalikka, yakkalikdan umumiylikka, juz’iylikdan juz’iylikka qarab borishi mumkin, Shunga ko‘ra xulosa chiqarish uch yo‘lda amalga oshiriladi:
1.Deduktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri umumiylikdan yakkalikka qarab boradi.
Shakli to‘g‘ri Mustaqil davlat o‘z ichki va tashqi siyosati o‘zi ishlab chiqadi.
O‘zbekiston — mustaqil davlat.
Demak, O‘zbekiston o‘z ichki va tashqi siyosatini o‘zi ishlab chiqadi.
2. Induktiv xulosa chiqarish. Bunda inson fikri yakkalik, juz’iylikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan: xarakat materianing mavjudlik usulm.
Fazo — materiyaning mavjudlik usuli.
Fakt — materiyaning mavjudlik usuli.
Demak, harakat, fazo va vakt birgalikda materiyaning mavjudlik usullari.
Z.Analogiya vositasida xulosa chiqarish.
A predmet a, b, s, d belgilariga ega.
B predmet a, b, s belgilariga ega.
Demak, B predmeti A kabi d belgisiga ega bo‘lishi mumkin.
Deduktiv xulosa chiqarish
Bilvosita xulosa chiqarishning muhim turlaridan biri — deduktiv xulosa chiqarish hisoblanadi. Deduktiv xulosa fikrimizning umumiylikdan yakkalikka qarab borishi natijasida hosil qilinadi. Deduktiv xulosa chiqarish nazariyasi buyuk yunon faylasufi Arastu (384-322) tomonidan ishlab chiqilgan.
Aristotel qalamiga mansub «Birinchi analitika», «Ikkinchi analitika» kitoblarida sillogizm ta’limoti asoslab berilgan.
Bilvosita deduktiv xulosa chiqarishning eng keng tarqalgan turi sillogizm hisoblanadi. Sillogizm grekcha syllogismos so‘zidan olingan bo‘lib, sanash oroqali xulosa chiqarish, degan ma’noni ifodalaydi.
Ikki qat’iy xukmning bog‘lanishi asosida chiqarilgan xulosa sodda qat’iy sillogizm, deb yuritiladi. Sodda qat’iy sillogizm 3 qismdan iborat bo‘ladi: a) katta asos; b) kichik asos; v) xulosa.
Sodda qat’iy sillogizm quyidagi shaklda yoziladi.
Mustakil davlat o‘z konstitutsiyasiga ega.
O‘zbekiston — mustakil davlat.
___________________________________________
Demak, O‘zbekiston o‘z konstitutsiyasiga ega. Berilgan micoldagi birinchi fikr («Mustakil davlat o‘z konstitutsiyasiga ega») — katta asos. Unda umumiy fikr ifodalangan. Ikkinchi fikr («O‘zbekiston — mustaqil davlat») — kichik asos. Uchinchisi — asoslardan kelib chiqqan xulosa («Demak, O‘zbekiston o‘z konstitutsiyasiga ega»).
Sodda qat’iy sillogizmda 3 termin mavjud. Bu terminlar katta asosni kichik asosga bog‘lash oroqali yangi fikr (sillogizm xulosasi) ni chiqarish imkonini beradi.
Bular: Katta termin — R
Kichik termin – S
O‘rta termin - M
Katta (R), o‘rta (M), kichik termin (S) sillogizm xulosasining tarkibiy qismlaridir. Katta termin (R) katta asosning tarkibiga kiradi, hamda xulosada predikat vazifasini bajaradi, Kichik termin (S) kichik asosning qismi va xulosaning sub’ekti hisoblanadi. O‘rta termin (M) katta asosni kichik asosga bog‘laydi. Sodda - qat’iy sillogizmning tarkibini quyidagicha ifodalash mumkin:
M
Barcha davlatlar o‘z iqtisodiyotining taraqqiy ettirishdan manfatdor.
O‘zbekiston — davlat.
Demak, O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini taraqqiy ettirishdan manfaatdor.
Sodda qat’iy sillogizmni quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Barcha M — R dir.
S — M dir.
Demak, S — R dir.
Sillogizm xulosasi:
a) katta asosdan boshlanlan taqdirda fikr umumiylikdan yakkalikka qarab boradi.
XVII - XIX asr ziyolilari ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surdilar
Avaz O‘tar o‘g‘li — XIX asr ziyolisi.
Demak, Avaz O‘tar ma’rifatparvarlik g‘oyalarini ilgari surdi.
b) kichik asosdan boshlansa, fikr yakkalikdan umumiylikka qarab boradi. Masalan:
Suv — jism
Jism — ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
Demak, suv ximiyaviy elementlardan tarkib topgan.
v) Ayrim o‘rinlarda fikr yakkalikdan juz’iylikka qarab borishi orqali xulosa chiqarish mumkin. Masalan:
Baliq jabra bilan nafas oladi.
Baliq — xayvon
Demak, ayrim xayvonlar jabra bilan nafas oladi.
|
| |