O‘N BEShINChI MAVZU: NAFOSATShUNOSLIK FANINING PREDMETI, KATEGORIYaLARI, SAN’AT VA UNING TURLARI




Download 0,82 Mb.
bet126/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org
Nomerlar, Alfred Adler individual psixologiyaning asoschisi, 1-mavzu, Alimova Mashhura-Umumiy Pedagogika., FERUZA (2) (2), 70310901 Psixologiya magistr ishchi o\'quv reja 2021, Guli, IJTIMOIY TADBIQIY SIRTQI, Shaxs psixologiyasi UMK, 1.08-ТАТ 2020, 11 E Tijorat, 8-MAVZU, 1-MAVZU, Jahonova Shahnoza (2), 2UAc85uxid3YTR50heNwVBOBmzxSD6hBXAl82bDo
O‘N BEShINChI MAVZU: NAFOSATShUNOSLIK FANINING PREDMETI, KATEGORIYaLARI, SAN’AT VA UNING TURLARI
Reja:
1. Estetika fani predmeti, kelib chiqishi va asosiy tushunchalari.
2. Estetika va boshqa fanlar.
3. Estetik tafakkur tarixi va uning asosiy bosqichlari.

Olamdagi maxluqotlar orasida aql-idrok sohibi bo‘lgan Odamga yorug‘likni qorong‘ulikdan (qunni tundan), ranglarni (oqni qoradan) farqlay olish, kulishni va fojeaviylik: mushohada etish, qo‘yingki, nafosat, go‘zallik, ezgulik, ulug‘vorlik, olijanoblik olamiga intilish bilan birga xunuklik, xudbinlik, loqaydlik, johillik, pastkashlik kabi illatlarga qarshi kurash olib borish qobiliyati in’om etilgan. Inson shu qobilyati tufayli o‘zligini anglab, komillik sari intilib kelmoqda. Insonning o‘ziga, o‘zi yashayotgan turmush muhitiga havodek zarur bo‘lgan go‘zallik, nafosat dunyosini yaratishdagi mashaqqatli mehnati tufayli shu qadar ulug‘vor ahamiyatga molik bo‘lgan ma’naviy boyliklar vujudga kelishi, ularga hayrat bilan boqib, insonning aql-nafosat qudratiga tahsinlar aytamiz.


Nafosat va go‘zallik dunyosi shu qadar xilma-xil, rango-rang, jozibali, ehtirosli, mo‘jizali, sehrliki, unda moddiy go‘zallik bilan ma’naviy go‘zallik uyg‘un holda chiroy ochib turadi. Insonning nafosat olamini anglashga intilish atrof-voqelikni anglashga intilishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson moddiy go‘zallik dunyosini bunyod etish jarayonida ma’naviy go‘zalliklarni ham kashf eta borgan, ya’ni nafosat olamining yaratilishi jarayoni uni anglash, mushohada etish jarayoni bilan uyg‘unlikda sodir bo‘lgan.
Nafosat olamini yaratish bilan bir qatorda uni anglash, idrok etish, o‘zlashtirish maqsadi, ya’ni nafosat olamini tadqiq va tahlil etish zaruriyati paydo bo‘ldi. Diniy mahalda bu zaruriyat nafosat (estetika) sohasidagi bilim va tajribalarni to‘plashga imkon yaratdi. Nafosat odamni o‘rganadi, tadqiq va tahlil etish zaruriyatini voqelikka aylantirish, mazkur sohada ilmiy tadqiqot ishlari olib borish, uning mohiyatini odamlarga anglatish, o‘qitish kabi maxsus vazifalarni estetika fani va o‘quv darsi bajaradi.
«Estetika» atamasi yunonchaga «estezis», ya’ni hissiyot, sezish, hayajon, qo‘zg‘ash ma’nolariga ega bo‘lgan so‘zdan olingan. Lekin bu so‘z tor mazmun doiradan allaqachonlar chiqib ketgan. Aslini olganda estetika fani va o‘quv darsi falsafiy bilimlar majmuida o‘ziga xos, aloxida axamiyatta molik bo‘lib, u bir tomondan insonning atrof-muxit, voqelikka, go‘zallik va xunuklik qadriyatlari doirasidagi olamni yaratish jarayonidaga faoliyatini namoyon etadi.
Estetika fanining bu ikki tomoni mutanosibligi nihoyat darajada murakkab tizimga ega bo‘lib, uni soddalashtirib qolipga solishga urinishlar ko‘p hollarda kulgili vaziyatlarga olib keladi. Uning bir tomonini bo‘rttirib, ikkinchi tomonini unga bo‘ysundirib qo‘yish ham estetika fani moxiyatini buzilishiga olib keladi. Masalan, atrof-voqelikni go‘zallik mezoni bilan baholashni bo‘rttirib yuborish estetikani faqat «go‘zallik falsafasi» qolipiga zo‘rlab sig‘dirishga, inson badiiy faoliyati soxasini esa faqat «san’at falsafasi» darajasiga tushirib yuborishga sabab bo‘ladi.
Estetikaning fan, keyinchalik esa o‘quv darsi sifatida shakllanish jarayonlarida uni bir qator mustaqil bilim sohalariga bo‘lib yuborishlar, ya’ni estetikani «estetik qadriyatlar nazariyasi», «estetik idrok etish nazariyasi» va «umumiy san’at nazariyasi» sohalariga ajratib o‘rganish hamda o‘qitish maqsadga muvofiq deb ko‘rsatilgan edi.
Insonning estetik faolligi moddiy faoliyati bilan, aksincha, uning badiiy faoliyati estetik (raalligi bilan bab-barobar degan aqida tarixiy tarqqiyot moxiyatida o‘zini oqlamadi. Aslida bu ikki nisbiy mustaqil maqomga ega bo‘lgan inson faoliyati sohalari o‘zaro shu qadar chirmashib ketganki, ularni bir-birisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Insonning estetik faolligi jarayonida tabiat va jamiyat qadriyatlari munosabatlari tizimidagi estetik xususiyatlar (go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va pastkashlik, fojiaviylik va kulgililik) qonuniyatlari namoyon bo‘ladi. Insonning estetik faolligi sifati va darajasi esa estetik qadriyatlar bilan estetik baholash qobiliyati, estetik idrok etish bilan estetik amaliyot o‘rtalaridagi uzviy aloqadorlik madaniyatning barcha sohalaridagi badiiy va estetik o‘zaro bog‘liqlik mezonlari bilan o‘lchanadi.
Estetika fani hech vaqt faqat atrof-voqelikni estetik va badiiy idrok etish qonuniyatlarini o‘rganish bilan chegaralanib qolmayg u tadqiq va tahlil ishlarini istiqbol maqsad-manfaatlariga yo‘naltirib turgan. Estetikaning is-tiqbolga mo‘ljallanganligi shu bilan izohlanadiki, u voqelikni nafosat nuqtai nazaridan baholashda, badiiy mezon o‘lchovlarini ilmiy jihatdan ishlab chikib, amaliy faoliyatga tatbiq etishda o‘z ifodasini topadi.
Insonning estetik tafakkuri shakllanib, rivojlanib, takomillashib borgani sari uning ixtimoiy-ruhiy, mafkuraviy-goyaviy, siyosiy-ma’naviy intlishlari ham tobora tiniqlashib boradi. Chunki, estetik tafakkur insonning maqsad-manfaatlarini estetik-badiiy vositalarda nazariy asoslab beradi, estetik madaniyat va badiiy amaliyot asoslarini o‘rganish, tahlil qilish bilan boyitadi, estetik nazariyalarning falsafiy asoslarini ochib beradi, voqelikni estetik in’ikos etish jarayonlarini ko‘rsatib beradi.
Shunday qilib, esteshika fani va o‘quv darsi voqelikni estetik mushohada etish va badiiy ijod jarayonlarining uzviy mutanosibligini namoyon qiladi va ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, estetika — bu nafosat alami, san’at va badiiy ijod jarayonlari qonuniyatlarini his-tuyg‘u, sezgi-idrok qilish vositalari orqali o‘rganadigan va o‘rgatadigan fandir.
Estetika mavzui bilan bevosita aloqador bo‘lgan «estetik munosabatlar», «borliqni estetik o‘zlashtirish», «estetik baxolash», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat», kabi o‘zaro yaqin, ma’nodosh bir qator tushunchalar bor. Ular orasidagi «borliqni estetik o‘zlashtirish» tushunchasi qolgan «estetik munosabat», «estetik bilish», «estetik tafakkur», «estetik faoliyat» tushunchalarini ham qamrab oladi. Shu bois estetika fani insoniyat tomonidan borliqni estetik o‘zlashtirish moxiyati va qonuniyatlarini o‘rganadi desak to‘g‘riroq bo‘ladi. Borliqni estetik o‘zlashtirish esa san’atning asosiy mazmunini tashkil etadi. Shu bois estetika fani san’atning asosiy-uslubiy metodologik zamini bo‘lib xizmat qiladi.
Estetikaning borliqni estetik o‘zlashtirish mohiyati va qonuniyatlari xaqidaga fan sifatidagi o‘ziga xos bir qator fazilatlari ham bor. Estetika fani inson tevarak-atrofidagi moddiy va ma’naviy boyliklarning barchasini qamrab olishga, inson faoliyatining barcha jabhalaridagi nafosat olamni san’at barcha turlari vositasida chuqur o‘rganishga da’vat etadi. Sanat esa estetik boyliklarni yaratish manbaidir. San’atni ilmiy jihatdan taxlil va tadqiq etish barobarida esa estetik faoliyatning barcha ko‘rinishlariga ilmiy jihatdan yondashish uchun zamin yaratiladi. Shu bois san’at va badiiy ijodning tabiati va mohiyatini o‘rganish, qoiuniyatlarini o‘zlashtirish go‘zallik — nafosat (estetika)ning barcha sifat darajalarini o‘rganish uchun kalit vazifasini o‘taydi. Bu jabhalarga san’atning umumiy nazariyasi (san’atning tabiati, mohiyati, taraqqiyoti va faoliyatining mushtarak qonunlarini anglatuvchi), estetika fanining xususiy-uslubiy asoslariga oid tadqiqotlar (mavzui, ilmiy maqomi, burch vazifalari, usul-uslublarining o‘zaro munosabati masalalari), moddiy boyliklar yaratish estetikasi (mehnat qilish jarayonida moddiy ishlab chiqarish sharoiti va mahsulida estetik jihatlar masalalari), muhandislik-loyihachilik faoliyati va ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida estetik jihatlar, tabiat estetikasi (tabiatga munosabat masalasida o‘ziga xosliklarni anglash va tabiatdan foydalanshpga oid estetik omillar), insoniy munosabatlar es-tetikasi, kundalik turmush va odob estetikasi kabi bir qancha sohalarni kiritish maqsadga muvofivdir. Hozir jahon estetika fanida bu jabhalarning har biri estetika tarkibiga kiruvchi mustaqil maxsus o‘quv kurslari dara-jasiga ko‘tarilgan. Estetika fani esa bu maxsus o‘quv kurslarining uslubiy-metodologik asosini tashkil etadi.
Estetika fani falsafiy bilimlar tizimida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. U eng avvalo, falsafiy bo‘lib, uning nazariy va uslubiy asoslarini falsafiy tafakkur nazariyasi va tarixi tashkil qiladi. Masalan, voqelikni estetik va badiiy o‘zlashtiradi jarayonlarini, o‘rganishda xolislik, tarixiy yondashish, bilish jarayonida amaliy tajribaning ahamiyati kabi uslubiy asosni qo‘llash ijobiy samaralarga olib kelishi mumkin.
Bilish nazariyasi vositasida san’atning bilish tabiati, voqelikni badiiy-ramziy ifodalash bilan ilmiy tadhiq etish o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik va o‘zaro farazlar, voqelikni badiiy vositalar orqali tasvirlashning ijodiy tabiati, san’at asarlaridagi shartlilik va
badiiy xaqihat kabi estetika fanining juda ko‘p nazariy
hamda uslubiy asoslari muammolarini yechish, ularga javob izlab topish mumkin.
Bilish nazariyasining boshqa aqidalari — ijtimoiy ongning nisbiy mustaqilligi, ma’naviy hayot xilma-xil shakllarining o‘zaro bir-biriga ta’sir o‘tkazishi, iqtisodiy zamin bilan ijtimoiy ong turli shakllari o‘rtasidagi bilvosita aloqadorlik va bog‘liqlik kabi masalalar ham estetik ong, badiiy ijod va san’at tabiati hamda xususiyatlarini ilmiy tushunishga yordam beradi.
Ayni mahalda estetika fani mustaqil bilim sohasini tashkil etgan holda u falsafaning ravnaq topib borishiga ham o‘zining xissasini qo‘shadi. Masalan, bilish nazariyasining yanada rivojlanib, mazmunan boyib borishida badiy bilish ham muhim o‘rin tutadi. Bilish nazariyasi, badiiy madaniyat qadriyatlari, voqelikka estetik munosabat, estetik tushunchalar, ayniqsa ijtimoiy ong, uning nisbiy mustaqilligi haqidagi fikr-mulohazalar ham ko‘p jihatdan san’at bilan bog‘liqdir.
Estetika fani mazmunan sotsiologiya — keng ijtimoiy bilimlar doirasi bilan aloqadordir. Estetika sotsialogiya fani bilan uch tarkibiy qism orqali bog‘lanadi: birinchidan, ijtimoiy voqea va hodisalar hamda jarayonlarning uslubiy asosi hisoblangan umumsotsiologiya nazariyasi estetikaning ham ilmiy-nazariy asosi bo‘lib xizmat qiladi; ikkinchidan, sotsiologiya ijtimoiy voqea-hodisalarning xususiy, alohida, nisbiy mustaqil sohalari (siyosat, davlatlar, millatlar, san’at turlari va ko‘rinishlari)ni qamrab olgan holda estetika va badiy ijod jarayonlarining ayrim jabhalari bilan uzviy bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi; uchnnchidan, aniq sotsiologik tadqiqotlar orqali olinadigan dastlabki ijtimoiy axborotlar (ma’lumot — bilimlar) estetik va badiiy faoliyat jarayonlarnni ham qamrab oladi.
Shunday qilib, estetika sotsiologiyaning barcha bilish darajalari bilan u yoki bu ko‘rinishlarda o‘zaro aloqadorliqda bo‘lib, bu aloqadorlik xilma-xil yo‘nalishlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, estetika umumsotsiologik nazariyaga tayangan holda o‘zining goyaviy-mafkuraviy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-axloqiy yo‘nalishlari va maqsadlarini shakllantiradi. Sotsiologiya san’at bilan jamiyat o‘rtasidagi turli-tuman aloqalarni tadqiq etadi. Lekin san’at sotsiologiyasi estetikaning sotsiologik muammolari bilan to‘la qo‘shilib ketmaydi. Chunki, san’at sotsiologiyasi bilan estetikaning sotsiologik muammolari o‘rtasida katta farq bor. Estetika nafahat san’at, balki voqelik-ni estetik o‘zlashtirishning barcha shakllariga taalluqli bo‘lgan sotsiologik masalalar yechimi bilan xam shug‘ullanadi. Yana bir farq shuki, estetik mo‘ljal hamisha san’atning xususiyatlarini ochishga qaratilgan bo‘ladi. San’at sotsiologayasining asosiy vazifasi esa umumsotsiologik qonunlarning san’at sohasida amal qilishidir. Shuningdek, san’at sotsiologiyasining tushuncha vo-sitalari ham o‘ziga xosdir. Masalan, «jamiyatning badiiy hayoti» tushunchasi sof estetikadan ko‘ra ko‘proq sotsiologiyaga taalluqlidir. Estetikaning sotsiologik muammolari bilan sotsiologaya fanining ayrim sohalari o‘rtasidagi farq va chegaralar shartli bo‘lib, san’atning ijtimoiy xususiyatlarini tadqiq qilishda mazkur farqlar va chegaralar yo‘qolib ketishi mumkin.

Download 0,82 Mb.
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘N BEShINChI MAVZU: NAFOSATShUNOSLIK FANINING PREDMETI, KATEGORIYaLARI, SAN’AT VA UNING TURLARI

Download 0,82 Mb.