O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




Download 0,82 Mb.
bet127/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

Sotsiologiya bilan estetika fanining uzviy bog‘liqligi bo‘sh vaqt tizimida san’atning o‘rni shaxsning estetik madaniyati bilan mehnat faoliyati o‘rtasidagi aloqadorlikka taalluqli bo‘lgan ma’lumot va axborotlarni jamlash va ilmiy qayta ishlab chihishda yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Estetika fani ruhiyashunoslik (psixologiya) fani bilan ham chambarchas bog‘liq. Buni estetika tafakkur taraqqiyotining barcha bosqichlarida kuzatamiz. Bu yaqinlikning asosi shundaki, voqelikka estetik munosabatning barcha tomon-lari estetik did yoki estetik his-tuyg‘u, badiiy ijod yoki badiiy idrok qilish jarayonlariniyg hammasi ruhiyat mezoni bilan o‘lchanadi. Chunki, estetika u yoki bu darajada insonning ruhiy, his-tuyg‘u holatini ifodalaydi.
Ruhiyatshunoslik fani estetik munosabatlarning barcha tomoylarini, jumladan, badiiy ijod va idrok jarayonlarini amaliy va nazariy jihatdan tadqiq etadi. Ayni mahalda estetika fani inson ruhiy hayotining eng murakkab va nozik tomonlarvni qamrab oladi. Estetikaning tarkvbiy qismlarini ruhiyatshunoslik fanning erishgan yutuqlari va xulosalaridan keng foydalanmasdan turib tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayni paytda shuni xam unutmas-lik kerakki, sanatning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishda ruhiyatshunoslik fanining axamiyati qanchalik katta bulmasin, u hech vaqt estetika fanining o‘rnini bosa olmaydi. Zero, o‘tmishda va hozirda voqelikka estetik munosabatiing butun bir sohasiga ruxiyatshunoslik aqidalarini bosh mezon qilib olib, estetikani mustaqil fan sifatida chetga surib qo‘yishga moyillik seziladi.
Estetika fanining hozirgi davrga xos xususiyatlaridan biri shuki, bu sohaga kibernetika, semiotika (belgilar tizimlarini qiyosiy o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi bilim sohasi) va matematika kabi fanlarning usul va vosita-lari xam izchil kirib o‘rnatayapti.
Estetika san’at va badiiy faoliyat turli shakl ko‘rinishlarni o‘rganadigan bilim sohalari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qilar ekan, ayni mahalda u adabiyotshunoslik, musiqashunoslik, teatrshunoslik, axloqshunoslik kabi fanlar bilan hamkorlik qilish jarayonida rivojlanib boradi. Bu hamkorlik eng avvalo mazkur fanlarning ham san’at umumiy nazariyasiga amal qilishida ko‘rinadi. Masalan, san’atning xususiy nazariyasi adabiyot, musiqa, tasviriy san’at va boshqa ijod sohalarining xususiyatlarini tadqiq etsa, san’atning umumiy nazariyasi san’atning barcha turlari, badiiy ijod barcha sohalari amal qiladigan qonuniyatlarning umumiy belgilarini o‘rganadi. Lekin san’atning umumiy belgalari sof holda mavjud bo‘lmasligi, ular ayrim sav’at turlari xususiyatlari orqali ifodalanipshni inobatga olib aytish mumkinki, estetika o‘zining umumiy xulosalarini ishlab chiqishda san’at-shunoslikning ayrim-ayrim bilim sohalari erishgan, ilmiy ma’lumotlarga tayanadi.
Esgetika san’atshunoslik bilish sohalari uchun boshlangich nazariy va uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. Estetikasiz san’atshunoslik bo‘lolmaydi, ya’ni u ayrim voqea-hodisalar sharhi bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lib qoladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, estetika xususiy san’atshunoslikning unumiy qonuniyatlari, eng avvalo, nafosat tabiati va estetik timsol qonuniyatlarini o‘zida namoyon qiladi.
Estetik goyalar dastavval qadimgi Sharq o‘lkalarida, jumladan, Misr, Mesopotamiya, Bobil, Hindiston, Xitoy, Eron va Turon mamlakatlarida vujudga keldi. Yaqin-yaqinlargacha «estetik g‘oyalar vatani qadimgi Yunonistondir» degan so‘zlarga ishonar edik. Qadimgi Sharq estetikasining tarixiy merosi ataylab ko‘zdan pinxon tutilgani, hatto kam o‘rganilganligi sababli «ovrupo xudbinlik» («yevropo-sentrizm») uydirma aqidalari zo‘r berib ilgari surildi.
Qadimgi Sharq mamlakatlarining xalqlari bizga meros qilib qoldirgan yozuvlari (Mixxat, finikiya alifbosi), Urxun-Yenisey bitiklari, Xorazm alifbosi, qimmat-baho ma’danlardan olingan san’at asarlari (Misrda fir’avn Tutanxamon mahbarasidan topilgan asori-atiqalar, Amudaryo xazinasi, Doro I tasviri solingan oltin tangalar, skiflar oltin buyumlari va boshqalar), ulug‘vor me’morchilik obidalari (Bobil minorasi, qadimgi Xorazm badiiy madaniyati qoldiqlari, Hindiston va Xitoy hukmdorlari saroylari, ibodatxonalar devorlaridagi tasviriy san’at va xaykaltaroshlik asarlari) bu mamlakatlarda badiiy madaniyat yuksak taraqqiy ettanini ko‘rsatadi. Ilk estetik qarash va g‘oyalar kohinlar tomonidan bayon qilinganligini' bugun biz bu mamlakatlar xalqlari qo‘lyozma merosidan, og‘zaki xalq ijodi namunalaridan bilamiz. Afsuski, mazkur boy estetik meros hozirgacha deyarli o‘rganilmagan va ilmiy sharxlanmagan.
Qadimgi Yunoniston ziyolilaridan Gerodot Sharq mamlakatlarining ko‘plarida bo‘lib, ular xaqida o‘z tarixiy asarlarida bayon qilgan qadimgi Sharq estetik. qarashlarini o‘rganib, ularni umumlashtirib, nazariy jixatdan yanada boyitib bayon etish, boshqa hayot jabxalarida bo‘lganidek, estetik qarashlar tarixida ham qadimgi Sharq mamlakatlari erishgan yutuqlar zaminida Ovrupo mamlakatlari badiiy madaniyati tarkib topganligani e’tirof etish vaqti keldi.
Qadimgi Yunon san’atkorlari va faylasuflari qadimgi Sharq badiiy madaniyati merosiga tayangan holda estetik goyalar va fikr-mulohazalarni ishlab chiqdilar. Shu asosda tartibga solingan estetik nazariya o‘zidan keyin vujudga kelgan turli-tuman estetik maktablar hamda oqimlarni zamin bo‘lib xizmat qildi.
Qadimgi kushon estetik ta’limotining ibtidosi mashhur matematik olim va faylasuf Pifagor (e. a. 6—5- asrlar) nomi va u yaratgan maktab bilan bog‘liq. Pifagor va uning shogirdlari barcha narsalarnnng moddiy raqamlar va ularning o‘zaro munosabatlari tashkil etadi, koinot yaxlitligida ham raqam aqidasi yotadi, deb uqtirdilar. Ular mazkur qarashlarini nafosat olamiga ham tatbiq etib, estetik tafakkurni boyitishga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Pifagorchilarning nafosat asoslari, musiqaviy hamohanglik asoslari, ya’ni «xilma-xil ovozli tomonlarning kelishuvi» umumbashariy hamohanglik (garmoniya) ekanligi haqidagi qarashlar va g‘oyalari estetik tafakkur tarixida muhim o‘rin tutadi.
Qadimgi estetika tafakkurida moddiy dunyochilik (materialistik) yo‘nalishni Geraklit (e. a. 540—480- yillar) boshlab bergan edi. U. nafosat xossalari moddiy dunyoning o‘zndan kelib chiqqan, nafosat hamohanglikni anglatadi, hamohanglik esa qarama-qarshiliklar birligini tashkil etadi deb ko‘rsatdi va nafosatning nisbiyligi g‘oyasnni ilgari surdi.
Demokrit (e. a. 460—370- yillar) go‘zallikni har tomonlar mosligi (simmetriya)da deb bildi va uni meyor tushunchasi bilan bog‘ladi, u san’at insonning dastlabki ehtiyojlari qondirilgandagi va vujudga keladi, deb uqtirdi. Demokrit san’atning mohiyatini voqelikka taqlid qilish (mimesis)da ko‘rdi.
Suqrot (e. a. 470—399- yillar) ta’limotida go‘zallik koinotdan inson turmushiga, uning ichki kechinmalariga ko‘chirilgan bo‘lib, go‘zallik va ezgulik birligi yoki hozirgi ta’bir bilan aytganda estetika va axloq birligi yetakchi rol sifatida bayon qilishadi. Suqrot estetik tasavvurlarning nisbiyligi g‘oyasini ilgari surib, estetik va manfaatli belgilar o‘rtasidagi yaqin aloqadorlik mavjudligini ko‘rsatib berdi.
Aflotun (e. a. 427—347- yillar) estetika go‘zallik falsafasi, ham san’at falsafasi sifatida ta’riflanadi. Aflotun fikricha, nafosat manbaini av-valo g‘oyalar tashkil etadi. His-tuyg‘u beradigan barcha narsalarni abadiy, o‘zgarmas g‘oya «yoritib turgan»dagina go‘zallik kashf etiladi. Uning fikricha go‘zal o‘ta hissiyotli bo‘ltani tufayli uning mohiyatini his-tuyg‘u bilan emas, balki aql-idroq bilan anglash mumkin.
San’atga oid qarashlarida ijodiy jarayon u, sanatni qandaydir pastkashlik urinishlari sifatida ta’riflab, uni narsalardan ko‘chirilgan nusxa, narsalarning o‘zi esa g‘oyalarning xira nusxasidir, deb uqtiradi.
Aflotun qarashlarida estetik tarbiya nazariyasi muhim o‘rin tutadi. U san’ataing‘ odamlarga nisbatan o‘tkaza oladigan ta’sir kuchini tan oladji lekin bu ta’sir kuchi salbiy, buzg‘unchi xususiyatga ega, deb ta’kidlaydi. Shu bois Aflotun istiqbolda orzu qilgan davlat mafkurasida musiqadan boshqa barcha san’at turlarini tilga olmaydi, musiqaning xam faqat «xarbiycha jaranglaydigan», «mar-dona» shakllariga o‘rin ajratadi. Shunday qilib, Aflotunning san’atga va estetik tarbiyaga doir qarashlari tarkidunyochilik, qattiq qo‘llik ruxi bilan sug‘orilgan.
Qadimgi yunon estetika nazariyasining cho‘qqisi va yakuni sifatida Arastu (e. a. 384—322-yillar) estetik ta’limoti katta ahamiyat kasb etadi. Arastu fikricha, nafosat asosini moddiy dunyodagi narsalar tashkil qiladi, nafosat ana shu narsalarning tartiblilik, muvofiqlilik, uyg‘unlik, yaxlitlik xossalarida namoyon bo‘ladn.
San’at amaliyoti Arastu estetikasining hayotbash manbaidir. Buyuk mutafakkir ana shu amaliyot bilan uzviy bog‘langan nazariy qoidalar yaratdi.
Arastu estetik ta’limotida Demokritning vohelikka taqlid qilish (mimesis) haqidagi g‘oyasi yanada rivojlantirildi. U san’atni voqelikka — odamlar, narsalar va inson faoliyatiga taqlid qilish vositasi sifatida baxolab, san’atni idrok qilishda hissiz bo‘ladigan shodlikni tasvirlangan narsalarni taniganlikdan chiqadigan natija bilan bog‘laydi. Arastu sanatning inson ruhiga o‘tkazadigan ta’sir kuchiga alohida e’tibor berib, uning axloqiy qudratini, olijanob fazilatlar yaratish kuchini, voqelikni anglash xizmatini ulug‘laydi.
Fojiali voqea-hodisalar zaminida Arastu vahima, daxshat, rahm-shafqat orqali inson ruxini poklantirish («katarsyao) ta’limotini ilgari suradi. Bundan tashqari uning estetik qarashlarida voqelik bilan badiiy madaniyat mutanosibligi muammolari, inson va san’at, inson va badiiy ijod masalalari keng o‘rin egallagan. Shuni alohida ta’kidlash darkorki, Arastu estetika nazariyasida birinchi bo‘lib uni turlar, xillar, ko‘rinishlarga ajratgan olimdir.
Tit Lukreskyy Kar (e. a. 99—55- yillar) «Narsalar tabiati haqida»gi asarida qadimga Rim estetikasidagi moddiy dunyochilik san’atnnng «zururiyat» ehtiyoj)dan tabiiy kelib chiqqanligini uqtirib, uning ma’rifatchilik ahamiyatini ko‘rsatib berdi.
Sharq O‘rta asrlar estetik tafakkuri Arab va Ajam (Eron, Movarounnahr), Xitoy, Hindiston mamlakatlari badiiy madaniyati va san’ati ravnaqi bilan bog‘liq. Ovrupo mamlakatlarida cherkov estetik faoliyatini, oliy nafosatini fakat ilohiy e’tiqod bilan chambarchas bog‘lab, erkin badiiy ijodni shafqatsiz bostirgan va quvgin qilgan bir sharoitda Sharq mamlakatlarida estetik qarashlar ilg‘or maqsad ehtiyojlar, ma’rifat va ko-millik yo‘lida rivojlandi. Bu qarashlar islom dini, badiiy madaniyati ravnaq topishi zaminida vujudga kelgan Sharq Uyg‘onish davri, xususan Markaziy Osiyo Uyg‘onish davri ruhi bilan chambarchas bog‘liqdikda taraqqiy etdi.
Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining zabardast mutaffakkirlari Muso Xorazmiy, Axmad Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad Yassaviy, Yusuf Xos Hojib, Lutfiy, Navoiy, Behzod, Bobur,
Mashrab va boshqa juda ko‘p ijodkorlarning estetik qarashlari mohiyatini nafosat bilan ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning mutanosibligini vujudga keltirish g‘oyasi tashkil etadi.
Ovrupo Uyg‘onish davrida estetik tafakkur kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining bevosita ta’siri ostida rivojlana boshladi. Tarixiy taraqqiy ahamiyat kasb etgan burjua insonparvarlik g‘oyalari keng tarqalib borgani sari, tabiiy va aniq fanlar, adabiyot va san’at buyuk muvaffaqiyatlarga erishib borgani sari estetik qarashlar va goyalar ham shu qadar tez sur’atlar bilan rivojlanib bordi.
Ovrupo Uyronish davri estetikasining muhim xususiyati shuki, uning mohiyati va mazmuni yuksak insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan va u badiiy amaliyot bilan chambarchas bog‘lanib ketgan edi.
Ovrupo Uyg‘onish davrining buyuk ijodkorlari Leonar-do da Vinchi, Rafael Santi, Mikelanjelo, Dyurer, Servantes, Shekspir va boshqalar estetik tafakkur rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shdilar. Ayniqsa, buyuk musavvir, iste’dodli muhandis, atoqli tabiatshunos olim Leonardo da Vinchi estetik qarashlarida voqeiy dunyoni bilishda san’atning ahamiyatiga, uning o‘ziga xos xususiyatlarini e’tibordan qochirmaslikka da’vat etdi.

Download 0,82 Mb.
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

Download 0,82 Mb.