O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




Download 0,82 Mb.
bet108/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

Uchinchi istisno qonuni
Uchinchisi istisno qonuni ma’no jihatidan ziddiyatsizlik qonunining bevosita davomi bo‘lib, faqat zid (o‘zaro bir-birini tamomila inkor etuvchi) fikrlarga nisbatan qo‘llanadi. Bu qonun quyidagicha ta’riflanadi: bir-biriga zid bo‘lgan ikki fikr (muhokamadan) birining chinligi hamisha ikkinchisining xatoligini keltirib chiqaradi, uchinchisi bo‘lishi mumkin emas, ya’ni istisno qilinadi. Tafakkurning bu qonunini buyuk yunon faylasufi Aristotel ikki zid fikr orasida uchinchisining bo‘lishi mumkin emas, deb ta’riflagan. Mantiqning bu qonuni belgi, xususiyat, munosabatning narsaga xos ekanligini tasdiqlaydi yoki inkor etadi. Bunda bir narsa haqida ikki bir-biriga batamom zid fikrlar o‘rtasidagi munosabatlar nazarda tutiladi. Masalan: Bu geometrik shakl - o‘tkir burchakli uchburchak (A - V dir). Bu geometrik shakl - o‘tkir burchakli uchburchak emas (A - V emasdir) fikrlari o‘zaro zidlik munosabatida. Ular mantiqda A yoki V yoki V emasdir formulasi bilan ifodalanadi. Matematik mantiqda bu qonun a v a formulasi shaklida beriladi. Bunda a har qanday fikrni, «a» unga zid bo‘lgan fikrni, v zidlik belgisini ifodalaydi.
Uchinchisi istisno qonuni ziddiyatsizlik qonuni kabi fikrning izchil, ziddiyatsiz bo‘lishini talab etadi. Shu bilan bir qatorda uchinchisi istisno qonuni ikki zid fikr bir vaqtning o‘zida ham chin, ham xato bo‘lishi mumkin emasligini ko‘rsatadi. Uchinchisi istisno qonuni ob’ekt, vaqt, munosabat aynanligini taqozo qiladi. Uchinchisini istisno etuvchi fikrlar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
-alohida narsa yoki hodisaga nisbatan biron bir narsaning tasdiqlanishi yoki inkor etilishi; S - R dir va S - R emasdir. Bu yakka tasdiq va yakka inkor fikrlar orasidagi munosabatni anglatadi;
-turkumga mansub narsalar, hodisalar va alohida olingan predmet haqidagi nimanidir tasdiqlanishi yoki inkor etilishini;
-turkumga mansub narsalarga nisbatan nimanidir inkor etilishi va alohida narsaga nisbatan shu belgining tasdiqlanishi.
Uchinchisi istisno qonuni fikrlarimizning aniq, ravshan, ziddiyatsiz bo‘lishini talab qiladi. Uchinchisi istisno qonunining amal qilish holatlari turli-tuman, undan alohida narsalar haqida fikr yuritganda ham, murakkab jarayonlarni o‘rganganda ham foydalanish ko‘zda tutiladi. Uchinchisi istisno qonuni to‘g‘ri fikrlashning asosiy shartlaridan bo‘lsa-da, to‘g‘ri tafakkur qilish, chin bilimlar hosil qilish uchun uning o‘zi kifoya qilmaydi. Buning uchun mavjud narsa va hodisalarni, ularning munosabatlarini chuqur, atroflicha o‘rganish talab qilinadi. Uchinchisi istisno qonuni muhokama jarayonida to‘g‘ri xulosa chiqarish imkonini beradi. Lekin buning o‘ziga xos sharti mavjud: Uchinchisi istisno qonuni zid fikrlargagina tegishli buladi. Uchinchisi istisno qonunining ilmiy izlanishlarni olib borishda o‘ziga xos o‘rni bor. U nazariy tadqiqotlar jarayonida fikrdagi noaniqlikni, chalkashlikni bartaraf etishning muhim vositasi bo‘lib hisoblanadi. Uning yordamida inson bilimi narsa va hodisalarning mohiyatiga qadar chuqurlashib boradi va ta’kidlash joizki, zidlikning tomonlaridan biri ayrim hollarda noaniq bo‘lib qolaveradi. Bu hol uchinchisi istisno qonunining dixotomiyaga xos tomonlarini hisobga olishni talab qiladi. Uchinchisi istisno qonuni tadqiqotchidan o‘z fikrlarini aniq, ravshan, zidliksiz bayon etishni, raqibining fikrlarini inkor etishning asoslarini topishni, o‘z nuqtai-nazariga ega bo‘lishini talab qiladi. Ilmiy tadqiqotda undan foydalanish uchun biron-bir fikrni inkor etishning o‘zi kifoya qilmaydi. Shunga erishish lozimki, tadqiqotchi muayyan mavzudagi o‘z nuqtai-nazarini bayon qilishning mantiqiy usullaridan foydalana bilsin, dalillar asosida o‘z fikrini asoslay bilsin. Buning uchun mantiq qonunlaridan tashqari tadqiqot ob’ektini chuqur bilish, u to‘g‘risidagi mavjud bilimlarni o‘zlashtirish muhim ahamiyatga ega. Bunda tadqiqotning qiymati unda inkor etilgan fikrlar bilan o‘lchanmaydi, balki inkor etilgan fikrlarning asossiz ekanligini isbotlaydigan dalillar vositasida muammoga o‘z yechimini berish, o‘z mustaqil fikrini shakllantirish ilmiy ijodning muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Download 0,82 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

Download 0,82 Mb.