|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
|
bet | 107/139 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #160902 |
Bog'liq 1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.orgZiddiyatsizlik qonuni.
Ziddiyatsizlik qonuni haqidagi dastlabki ma’lumotni Platonning «Yevtidem» nomli dialogida uchratamiz. Platon bu haqda bir narsaning o‘zi ham bo‘lishi, ham bo‘lmasligi mumkin emas, deydi. Aristotel bu qonunning mohiyatini o‘zaro qarama-qarshi fikrlar bir vaqtning o‘zida baravariga chin bo‘lishi mumkin emas; aynan bir narsa boshqasiga ayni nisbatda ham mos bo‘lishi, ham mos bo‘lmasligi mumkin emas, deb tushuntirgan. Ziddiyatsizlik lotincha «Zex contradictions» so‘zidan olingan. Tafakkurning bu qonunini predmet va hodisalarga xos bo‘lgan tomonlarining o‘xshashligi, tafovuti va o‘zaro bog‘lanishlarining inson ongidagi in’ikosi sifatida baholamoq lozim. Ma’lumki, olamdagi narsalar muayyan hislatlarga ega. Bu hislatlar predmetlar mavjudligini ifodalaydi. Olam shunday tuzilganki, aynan bir narsaning o‘zi ayni bir sharoitda, ayni bir vaqtda ma’lum xususiyatga ham ega bo‘lish, ham ega bo‘lmasligi (masalan, ham «oq», ham «qora» bo‘lishi) mumkin emas. Mana shu xususiyat mantiqning ziddiyatsizlik qonunida o‘z ifodasini topgan. Mazkur qonun tafakkurdagi ziddiyatni bartaraf etishga qaratilgan. Bu qonunga muvofiq ayni bir narsa haqida, ayni bir vaqtning o‘zida, ayni bir nisbatda aytilgan ikki qarama-qarshi fikr birdaniga chin bo‘lishi mumkin emas: ulardan birining chinligi ikkinchisining hatoligini keltirib chiqaradi. Masalan: A-V dir va A-V emasdir degan ikki fikr bir vaqtning o‘zida chin bo‘lish mumkin emas. Muhokamada ziddiyatlar turli ko‘rinishlarda uchrashi mumkin. Masalan, agar yakka tasdiq ma’nosida «S-R dir» mushohadasi chin bo‘lsa, uning inkori «S-R emasdir» xato hisoblanadi. Shuningdek, fikrdagi ziddiyatlar umumiy tasdiq va umumiy inkor umumiy tasdiq va juz’iy inkor; umumiy inkor va juz’iy tasdik fikrlar orasidagi munosabatlarda kuzatilishi mumkin. Bu ko‘rsatilgan fikrlar o‘zaro qarama-qarshi bo‘lib, ularning har ikkisi bir vaqtning o‘zida chin bo‘lishi mumkin emas. Bir vaqtning o‘zida, bir nisbatda chin bo‘lishi mumkin bo‘lmagan fikrlar mantiqda quyidagi formulalar yordamida ifodalanadi:
S - R dir va S - R emasdir.
Xech bir S - R emasdir va har bir S - R dir.
Xamma S - R dir va ba’zi S - R emasdir.
Xech bir S - R emasdir va ba’zi S - R dir.
Ziddiyatsizlik qonunining ifodalanish a va a (a emas). Bu mantiqda a a formulasi yordamida ifodalanadi. Ziddiyatsizlik qonuni uning amal qilishdagi shart-sharoitlarni yaxshi bilish, tahlil qilishni talab etadi. Mantiq talablarini bilib yoki bilmay turib buzish haqiqatni yashirish, undan qo‘rqish, berkinish, yolg‘on fikrlarni isbotlashga olib keladi.
Ziddiyatlilik qonuni tafakkurning muhim xususiyati fikr zidligiga yo‘l qo‘ymaslikni talab qiladi. Unga ko‘ra bir vaqtning o‘zida bir masala yuzasidan, bir narsaga nisbatan ikki zid fikrning bo‘lishi mumkin emas. Lekin turli ma’noda, turli vaqt birligida, turli nisbatda bir masalaga nisbatan ikki zid fikrning mavjud bo‘lishi mumkin. Ziddiyatsizlik qonuni fikr birligini, vaqt birligini, ob’ekt birligini, nisbat yoki munosabat birligini asosiy shartlar sifatida qo‘yadi, hamda biron bir savolga bir vaqtning o‘zida ham «ha» yoki «yo‘q» tarzida javob berishi mumkin emasligini nazarda tutadi. Ziddiyatsizlik qonuni faqat fikrlash jarayoniga taalluqli. Xuddi ayniyat qonunidagi singari bunda ham fikrdagi muqimlik, barqarorlik nazarda tutiladi. Shundan kelib chiqqan holda ziddiyatsizlik qonuniga ko‘ra aynan bir predmet haqida qarama-qarshi fikrlarni bayon etish mantiqsizlik, deb hisoblanadi. Ziddiyatsizlik qonuni olamdagi narsa va hodisalarda ro‘y berib turadigan uzluksiz o‘zgarish jarayonini inkor etmaydi. U faqat fikrdagi ziddiyatni inkor etishga qaratilgan. Fikr ziddiyatini hayot, olam taraqqiyoti ziddiyatidan farqlamoq kerak. Xayot ziddiyati taraqqiyot manbai bo‘lib hisoblanadi. Olamdagi mavjud ziddiyatlar dialektik ziddiyatlardir. Ziddiyatsizlik qonuni olamning mohiyatini, xususiyatlari, munosabatlari, ularga xos bo‘lgan ziddiyatlarni izchil, tartibli, bir-biriga zid bo‘lmagan fikrlarda bayon etishni talab qiladi. Tafakkurning ziddiyatsizlik qonuni borliqni va u haqidagi inson fikrlarini o‘rganishdan kelib chiqqan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
|