O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




Download 0,82 Mb.
bet49/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

- materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan bog‘liq bo‘lishi lozim;
- materiyaning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va o‘zaro bog‘lanmaydi;
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi;
- materiyaning harakat shakllari murakkablik darajasiga ko‘ra farq qiladi, oliy shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oliy shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi shakllarga mexanik bog‘lanishiga ham yo‘l qo‘ymaslik muhimdir;
- moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali va quyi shakllar farqlanishi lozim;
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi hisoblanadi.
Materiya harakat shakllarining tasnifi: materiya harakatining mexanik shaklini boshqa har qanday shaklga kiruvchi eng sodda shakl sifatida;
- fizika o‘rganuvchi issiqlik, yorug‘lik, elektr kuchini;
- kimyoviy jarayonlarni;
- organik hayotni qamrab oladi. Ular tabiatdagi asosiy shakllar hisoblanadi. Ulardan yuqorida ijtimoiy-tarixiy jarayon, materiya harakatining ijtimoiy shakli, shuningdek, fikrlash jarayonlari turadi.
Materiya harakati asosiy shakllarining keltirilgan tasnifi fan tabiat rivojlanishining teran aloqalarini endigina aniqlay boshlagan XIX asrning saksoninchi yillarida yaratilgan edi. O‘sha davrda hali ko‘p narsa noma'lum, ko‘p narsalarni aniqlash lozim edi.
Sobiq ittifoq davrida materiya harakati beshta shakldan iborat degan tasnifga jiddiy aniqliklar kiritishga harakat qilindi. Masalan, B.Kedrov materiya harakatining oltita subatom-fizik harakat, kimyoviy harakat, molekulyar-fizik harakat, geologik harakat, biologik harakat, ijtimoiy harakat kabi shakllarini taklif qilgan.
Hozirgi zamon metodologiyasi nuqtai nazaridan materiya harakat shakllarining oddiy chiziqli joylashuvi to‘g‘ri emas. U har bir bo‘g‘inda ikkiga – rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali tarmoqlariga bo‘linishi zarur. Birinchi – asosiy tarmoq rivojlanish jarayonini kelajakda mazkur sifat bosqichi doirasidan tashqariga olib chiquvchi shakllar vujudga kelishidan dalolat beradi. Ikkinchi tarmoq mavjud harakat shaklining rivojlanish imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Masalan, kimyoviy birikmalar organik va noorganik birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur divergensiyada (ikkiga bo‘linishda) birinchi – organik shakl imkoniyatli shakl sifatida rivojlanish jarayonini materiya harakatining yangi shakli – biologik shaklga olib keladi, imkoniyatsiz tarmoq hisoblangan ikkinchi shakl biz yashayotgan zamin, uning qobig‘ va yuzasini tavsiflaydi. Materiya harakatining biologik shakli darajasida o‘simliklarning quyidan oliyga rivojlanishi imkoniyatsiz tarmoq sifatida qaralishi mumkin, chunki bu rivojlanish jarayoni o‘z tabiati chegaralaridan chetga chiqishigacha olib kelmaydi. Hayvonlarning rivojlanishi sifat jihatidan yangi ob'ekt – inson paydo bo‘lgungacha davom etadi. Bu materiya harakatining sifat jihatidan boshqa shakli vujudga kelganidan dalolat beradi. Materiya harakatining har bir shaklida makro va mikrodarajalarni farqlash, shuningdek, umumiy hamda xususiy qonuniyatlarni bilib olish maqsadga muvofiqdir.
Fan rivojlanishining hozirgi tendensiyalarini kelajakka nisbatan tatbiq etib, insoniyat borliqning yangi shakllarini va harakatning yuqorida zikr etilganidan o‘zgacha usullarini kashf etishini ancha ishonch bilan taxmin qilish mumkin. Ayni holda shuni ta'kidlash lozimki, har qanday sxemalashtirish, harakatning u yoki bu shakllari, tiplari, usullarini farqlash doim to‘liq bo‘lmaydi va borliqni bilishda erishilgan darajanigina aks ettiradi. Bunday sxemalarni mutlaqlashtirish yaramaydi. Zero ular bilishning muayyan maqsadlariga xizmat qiladi. Binobarin, ular muttasil rivojlanishi, ularga aniqlik kiritilishi va ular takomillashtirilishi mumkin va lozim.



Download 0,82 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

Download 0,82 Mb.