|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
|
bet | 52/139 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #160902 |
Bog'liq 1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.orgMakonning ko‘p o‘lchovliligi. Nisbiylik nazariyasini rivojlantiruvchi va kuchli va kuchsiz, elektromagnit gravitatsion o‘zaro ta'sirlarga nisbatan yaxlit yondashuvchi hozirgi tabiiy-ilmiy konsepsiyalar makonning uch o‘lchovligi va vaqtning bir o‘lchovligi (u o‘tmishdan kelajakka qarab oqishi)ni moddiy jismlar borlig‘ining ehtimol tutilgan hollaridan biri sifatida talqin qiladi va bizning Metagalaktikamiz bilan bir qatorda o‘zga dunyolar ham mavjudligini faraz qilib, makon va vaqtning ko‘p o‘lchovligi g‘oyasini ilgari suradi. Boshqa olamlarda makon va vaqt butunlay o‘zgacha tuzilish, ko‘lamlilik va shakllarga ega bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinadi.
Makon va vaqt ko‘rsatkichlari nafaqat mikro-, makro- va megadunyo darajasida, balki jonli tabiat, ijtimoiy borliq darajasida ham o‘ziga xos xususiyatlarga egadir.
yerda hayotning paydo bo‘lishi bilan go‘yo jonsiz tabiat makon va vaqt doirasida joylashgan alohida biologik makon va vaqt o‘lchovi yuzaga keladi. Shu munosabat bilan jonli va jonsiz tabiatdagi simmetriklik muammosi hayotni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi olimlar e'tiborini o‘ziga tortdi. Jonli organizmlar simmetriyasi va asimmetriyasi hodisalarini L.Paster, I.Kant, V.I.Vernadskiy va boshqalar o‘rgandi. Ular jonsiz tabiatga xos bo‘lmagan asimmetriya molekulyar darajada atomlar guruhlarida «so‘l» va «chap» qanotlar ko‘rinishida namoyon bo‘lishi, organizmlar darajasida esa ularning tuzilishi va dinamikasida aks etishini aniqladilar.
Makon va vaqtning umumiyligi, ular universumning barcha strukturalarini qamrab olgan holda, mavjudligini anglatadi. Shu munosabat bilan makon va vaqtning nafaqat makro-, mikro- va megadunyoda, balki jonli va ijtimoiy materiyada ham namoyon bo‘lish shakllarini qayd etib o‘tish lozim. Biologik vaqt, psixologik vaqt, ijtimoiy makon va vaqt maxsus tahlil qilinadi.
Beshinchi mavzu: Bilish nazariyasi: asosiy muammolari va yo‘nalishlari.
Reja:
Bilish nazariyasining predmeti
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi
|