O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi




Download 0,82 Mb.
bet57/139
Sana22.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#160902
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139
Bog'liq
1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi-fayllar.org

Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish o‘zgaruvchanligi, o‘tkinchiligini mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo‘nalishlaridan biridir. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi, haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi, haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Yaqindagina shak-shubhasiz deb e’tirof etilgan narsa endi do‘zaxdan chiqqan balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi rangli dog‘lar kabi o‘zgaradi. Bundan go‘yo bilish jarayoni – muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo‘lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha bilimlarimiz go‘yo noaniqlik va noahiqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat! – nisbiy, shartli konvensial (lotincha «conventional» - shartnomaga muvofiq) va sub’ektivdir.
Skeptiklarga xos bo‘lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez o‘zgaradiki, unda mutlaqo o‘zgarmas bo‘lgan hech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta’limoti ashaddiy relyativizmga misol bo‘lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e’tibori bilan, bilishda o‘zboshimchalik hukm surishini tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o‘zgarmas, ishonchli narsalar mavjud bo‘lmagan, haqiqat bilan ishtiboh o‘rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo‘qoladigan, binobarin, hayotda hech narsaga amal qilib bo‘lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon bo‘lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‘lishi kerak, agar haqiqat mutlaq bo‘lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida ko‘p ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo‘li – amalda to‘g‘ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hech ish qilmayman»1.

Download 0,82 Mb.
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   139




Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va I bo‘lim. Falsafa fanining predmeti, mazmuni va jamiyatdagi roli. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: Sharq falsafasi. Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari: G‘arb falsafasi

Download 0,82 Mb.