• Bajardi : Xalilov Abdulxay Guruh
  • Qabul qildi: Toshkent 202
  • Optik aloqa, uning afzalliklari va qo‘llanish sohalari
  • O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti




    Download 25.35 Kb.
    Sana17.04.2024
    Hajmi25.35 Kb.
    #198879
    Bog'liq
    Abonent kirish tarmoqlari 042-19 Xalilov Abdulxay
    chernovek, Mustaqil ish, davlat sektorida ichki auditning tasnifi, 47 G, Kommutatsiya va marshrutizatsiya mustaqil ish, Virtual tarmoq 1

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKASIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


    MUXAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Fan nomi


    Mustaqil ish



    Bajardi :

    Xalilov Abdulxay

    Guruh :

    042-19

    Fan :




    Qabul qildi:





    Toshkent 202

    Mavzu; Optik tolali tizimlar


    Reja

    1. Optik aloqa uning afzalliklari va qo’llanish sohalari

    2. Optik aloqa tizimlaring tuzilish prinsiplari

    3. Optik tola turlari va ularning tavfsiflari

    4. XULOSA

    5. Foydanalilgan adabiyotlar royxati

    Optik aloqa, uning afzalliklari va qo‘llanish sohalari
    . Optik aloqa bu axborot yorug‘lik nuri ko‘rinishida optik tola bo‘ylab yoki ochiq fazo atmosferada uzatiladigan aloqadir. Axborot tola orqali uzatilsa, tolali optik aloqa tizimi, ochiq atmosferada uzatilsa, ochiq optik aloqa tizimi deyiladi. Ochiq optik aloqa tizimlarida nurlanish manbalari elektromagnit to‘lqinlarni ochiq fazoga nurlantiradi, bunda nurlanishni tarqalish yo‘nalishi faqatgina antennaning yo‘nalish diagrammasi bilan aniqlanadi. Ochiq optik aloqa tizimlarining uzatuvchi muhiti o‘z navbatida uch turga bo‘linadi: atmosfera, kosmik va suv osti aloqa muhitlari. Atmosfera ochiq optik aloqa tizimlarida to‘lqinlarni tarqalish xarakteristikasi yetarli darajada ob-havo sharoitlariga bog‘liq. Atmosfera va suv osti uzatish muhitlarining fizik bir turda emasligi va ularning tarkibidagi begona zarrachalarni uzatilayotgan nurlanish to‘lqini bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishidan elektromagnit to‘lqinlar buziladi [6,7]. Zarracha o‘lchamlarining to‘lqin uzunligi bilan taqqoslanadigan darajada yoki katta bo‘lishi buzilishlarni oshiradi. Shu sababli atmosfera buzilishlari optik diapazonda turli xarakterga ega. Shu tarzda uzatish muhitlarini taxlil qilish, aloqa tizimlarini loyihalashtirishda yuzaga keladigan eng muhim masala hisoblanadi. To‘lqinlarni tarqalish yo‘nalishiga tushib qoladigan zarrachalar asosan optik nurlanishni yutadi va sochadi. Bu omillarni ta’sir darajasi muhit turiga (suv osti, toza havo, turbulent atmosfera va boshqalar) bog‘liq[4,22]. Optik aloqa tizimining asosiy yo‘nalishi tolali optik aloqa tizimi hisoblanadi. Chunki hozirgi vaqtda yuqori darajadagi uzatish xarakteristikalariga ega bo‘lgan yorug‘lik uzatgichlar ishlab chiqilgan. Ammo axborotlarni ochiq fazoda, atmosferada uzatishga asoslangan ochiq optik aloqa tizimlari ham, radio optik aloqa uchun ajratilgan chastotalarni to‘ldiruvchi vosita sifatida qiziqishlarni namoyon etadi. Tolali optik aloqa tizimlarida elektromagnit nurlanishlarni tarqalish yo‘lini tashkil etish uchun maxsus optik yorug‘lik uzatgichlar-optik tolalar qo‘llaniladi. Tolali optik aloqa tarmog‘i bu tugunlar orasi optik aloqa liniyalari orqali bog‘langan aloqa tarmog‘idir. Axborotni tolali optik aloqa liniyalari orqali uzatish mis kabellar va boshqa uzatish muhitlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu afzalliklari tufayli tolali optik aloqa tizimidan nafaqat telefon aloqasini tashkil etishda, balki televideniyada, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash texnikasida, transport vositalarida va boshqa sohalarda keng foydalanilmoqda. Tolali optik aloqa tizimlarida uzatish muhiti sifatida qo‘llaniladigan optik tolalarning afzalliklari[7]. O‘tkazish oralig‘ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining juda yuqoriligi 1014 _ 1015 Gs bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola bo‘ylab sekundiga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish imkoniyati mavjud. O‘tkazish oralig‘ining kengligi tolali optik aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun turuvchi eng muhim afzalligidir. Optik tolada yorug‘lik signallarining kam so‘nishi. Hozirgi kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida 0,2-0,3 dB/km so‘nishga ega. Shovqin sathini kichikligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi. Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola dielektrik materiallar – kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar) tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Yengilligi, hajmi va o‘lchamlarining kichikligi. Optik kabellar mis kabellar bilan solishtirilganda ancha yengil va hajmi kichik. Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1sm diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat lenta bilan qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik. Yong‘indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil bo‘lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi. Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki oksidi SiO2 tashkil etadi. Demak tolali optik kabellarni ishlab chiqarish uchun noyob rangli metal sarflanmaydi. Mis va qo‘rg‘oshinning dunyoviy zahiralari chegaralangan hozirgi vaqtda noyob bo‘lmagan maxsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi[5]. Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi. Ba’zi hollarda tarmoq tugunlarining masofaviy elektr ta’minoti talab etiladi. Buni optik tola orqali amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu holda optik tola bilan birgalikda mis o‘tkazish elementi bilan jihozlangan aralash kabellardan foydalanish mumkin. Bunday kabellar ko‘pgina mamlakatlarda keng qo‘llaniladi.
    Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng bo‘lmagan),
    keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va
    optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda.
    1.2. Optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari.
    Optik aloqada axborotlarni yorug‘lik yoki optik signallar ko‘rinishida uzatish
    va qayta ishlash amalga oshiriladi[8]. Optik aloqa uchun yorug‘lik nurlanishi va
    to‘lqin uzunligi turini tanlash uzatilayotgan axborot xarakteriga, shuningdek
    nurlanish hosil qilish imkoniyalariga, undan signal shakllanishiga, yorug‘lik
    to‘lqinini uzatish va qayta ishlashga va nihoyat, axborotga ega signalni qabul
    qilishga bog‘liq.
    Optik aloqa tizimining umumlashgan tuzilish sxemasi 1.1 – rasmda
    keltirilgan. Sxema optik aloqning turlari tolali optik aloqa va ochiq optik aloqaga xos standart bloklardan (elementlardan) tashkil topgan.
    Axborotlar manbaidan uzluksiz yoki raqamli signallar beriladi. So‘ng
    signallar yorug‘lik oqimi-tashuvchi chastotaning elektromagnit tebranishlarini
    modulyatsiyalaydi.
    Intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalangan optik signalni bevosita
    fotodetektorga berib, osongina uni boshlang‘ich signal ko‘rinishini saqlagan elektr
    signaliga aylantirish mumkin. Optik signallarni qabul qilishning bu usuli
    to‘g‘ridan-to‘g‘ri fotodetektorlash usuli deyiladi.
    Hozirgi kunda optik aloqaning oxirgi qurilmalari sifatida raqamli uzatish
    tizimlari (RUT)dan foydalanilmoqda. Chunki RUT analog uzatish tizimlariga
    qaraganda quyidagi afzalliklarga ega: shovqinga bardoshliligi, yuqori signalni
    uzatish sifati liniya trakti uzunligiga kam bog‘liq, texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari
    yuqori va boshqalar. Kanallari chastota bo‘yicha bo‘lingan analog uzatish
    tizimlarining bir qancha kamchiliklari tufayli, ularning optik aloqada qo‘llanilishi
    chegaralangan.
    Vazifasi va signallarni uzatish masofasiga ko‘ra tolali optik aloqa tizimlari
    magistral, mintaqaviy, mahalliy-shahar va qishloq aloqa tizimlariga bo‘linadi.
    Magistral tolali optik aloqa tizimlari signallarni 1000 km ga, zona tolali optik
    aloqa tizimlari signallarning 600 km ga uzatish, shahar tolali optik aloqa tizimlari
    shahar telefon tarmog‘ini bog‘lovchi liniyalarini zichlashtirish uchun xizmat qiladi.
    Chastota bo‘yicha zichlashtirish usulining afzalligi shundaki , signallarni
    bunday qabul qilish hisobiga regeneratsiyalash uchastkasi uzunligi 200 km gacha
    uzayadi va optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyenti ortadi.
    Optik tolaning o‘tkazish qobiliyatidan foydalanish koeffitsiyentini
    oshirishning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri spektr bo‘yicha (to‘lqin bo‘yicha)
    zichlashtirishdir. Bunda har xil tezlikli va raqamli, analog turli modulyatsiyali
    (telefon, televideniye, telemetriya, EXM boshqarish signallari) signallarni uzatish
    imkoniyati kengayadi. Bu esa iqtisodni tejovchi ko‘p funksiyali aloqa tizimlarini
    tashkil etishni ta’minlaydi[10].
    Optik tolaning spektral o‘tkazish oralig’idan bir muncha to‘liq foydalanish bu
    usulning eng muhim afzalliklaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda 0,8....1,8 mkm
    diapazon oralig‘i o‘rganilgan. Agarda spektral kanalning kengligi 10 nm ni tashkil
    etsa, u holda belgilangan diapazonda 100 tagacha spektral kanallarni joylashtirish
    mumkin.
    1.3. Optik tola turlari va ularning tavsiflari.
    To‘lqin uzunligiga nisbatan o‘zak diametriga bog‘liq ravishda optik tolalar
    bir modali va ko‘p modaliga bo‘linadi [11,12]. Bir modali optik tolalarda
    ko‘pincha o‘zak diametri 7-10 mkm (1.2,а-rasm), ko‘p modali optik tolalarda esa
    50-62,5 mkm (1.2,b-rasm) bo‘ladi. Ikkala turda qobiq diametri 125 mkm ni tashkil
    etadi. Amaliyotda ko‘p modali va bir modali optik tola diametrlarining boshqa
    qiymatlari ham mavjud. Bir modali optik toladan faqat bir moda (yorug‘lik
    tashuvchi) uzatiladi. Ko‘p modali optik toladan esa apertura burchagi doirasida
    tolaga turli burchaklar ostida kiritiladigan bir necha yuzlab ruxsat etilgan
    modalarni bir vaqtda uzatish mumkin. Barcha ruxsat etilgan modalar turli tarqalish
    yo‘li va vaqtiga ega. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli ko‘p modali optik tolalar
    ikki muhit chegarasida sindirish ko‘rsatkichlarining keskin (pog‘ona ko‘rinishida)
    o‘zgarishi (n1 dan n2 ga) bilan xarakterlanadi. Pog‘onali sindirish ko‘rsatkichli
    optik tolalar o‘tkazish polosasini chegaralaydi, lekin gradiyent sindirish
    ko‘rsatkichli optik tolalarga nisbatan arzon hisoblanadi.
    Bir modali optik tolalarda modalararo dispersiyaning yuzaga kelmasligi
    sababli ular yuqori o‘tkazish qobiliyatiga ega. Biroq uzatuvchi qismda birmuncha
    qimmat bo‘lgan lazer diodlardan foydalanish talab etiladi.
    Optik tolada signallarni uzatish sifatiga ta’sir qiluvchi eng muhim
    omillardan biri dispersiya hisoblanadi. Dispersiya bu yorug‘lik impulslari oxirlarini
    cho‘zilishi, ya’ni impulslarni kengayishidir. Impulslar kengayib, bir birini
    qoplaydi, simvollararo buzilishlar yuzaga keladi va qabul qilishda impulslar
    ketma-ketligidan uzatilgan foydali informatsiyani ajratib bo‘lmay qoladi.
    Dispersiya o‘tkazish qobiliyatini kamaytirib, optik tizimlarni ish tezligini
    chegaralaydi.Odatda dispersiya bir kilometr hisobida meyorlashtiriladi va ps/km da
    o‘lchanadi.
    TOAning afzalliklari, kamchiliklari va qoillanish sohalari.

    Axborotni TOA liniyalari orqali uzatish mis kabellar va boshqa

    uzatish muhitlariga qaraganda bir qancha afzalliklarga ega. Shu

    afzalliklari tufayli TOA tizimidan nafaqat telefon aloqasini tashkil

    etishda, balki televideniyeda, ovoz eshittirishlarini uzatishda, hisoblash texnikasida, transport vositalarida va boshqa sohalarda keng

    foydalanilmoqda.

    TOA tizimlarida uzatish muhiti sifatida qo‘llaniladigan optik

    tolalarning afzalliklari quyida keltirilgan.

    O'tkazish oralig'ining kengligi. Bu tashuvchi chastotasining

    juda yuqoriligi 1014—1015 Hz bilan tushuntiriladi. Bitta optik tola

    bo‘ylab soniyaga bir necha terabit axborotlar oqimini uzatish

    imkoniyati mavjud. O‘tkazish oralig‘ining kengligi tolali optik

    aloqaning mis va boshqa axborot uzatish muhitlaridan ustun

    turuvchi eng muhim afzalligidir.

    Optik tolada yorug'lik signallarining kam so'nishi. Hozirgi

    kunda ko‘plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan

    optik tolalar 1 kanal kilometr hisobida 1,55 mkm to‘lqin uzunligida

    0,2—0,3 dB/km so‘nishga ega. So‘nish va dispersiya qiymatlarining

    kichikligi optik signallarni TOA liniyalari bo‘ylab retranslatsiyasiz

    100 km va undan uzoq masofalarga uzatish imkonini beradi.

    Shovqin sathining kichikligi optik tolaning o‘tkazish qobiliyatini oshiradi.

    Shovqindan yuqori darajada himoyalanganligi. Optik tola

    dielektrik materiallar — kvars, ko‘p tarkibli shisha, polimerlardan
    tayyorlanganligi uchun u elektromagnit nurlanishni induksiyalash

    xususiyatiga ega atrofidagi mis kabelli tizim va elektr qurilmalarning

    (elektr uzatish liniyalari, elektrodvigatelli uskuna va boshqalar)

    tashqi elektromagnit shovqinlariga ta’sirchan emas. Shuningdek,

    ko‘p tolali optik kabellarda ko‘p juftli mis kabellarga xos

    elektromagnit nurlanishlarning o‘zaro ta’siri kabi muammolar

    yuzaga kelmaydi.

    Bu afzalligi tufayli optik kabellardan ishlab chiqarish

    korxonalarida, boshqaruv markazlarida, samolyot va kema kabi

    transport vositalarida foydalangan ma’quldir. Chunki shu kabi kichik

    joylarda ham energetik qurilmalar, ham avtomatika va teleboshqaruv

    tizim lari, ham ko‘p sonli abonent qurilmalaridan iborat

    tarmoqlangan aloqa tarmoqlari joylashgan bo‘ladi. Bunday holatda

    elektromagnit va o‘zaro shovqinlar yuzaga keladi. Optik kabellarning

    esa bunday shovqinlarga ta’sirchan emasligini aytib o‘tdik.

    Yengilligi, hajmi va o'lchamlarining kichikligi. Optik kabellar

    mis kabellar bilan solishtirilganda ancha yengil va hajmi kichik.

    Masalan, 900 juftli 7,5 sm diametrli mis telefon kabeli 0,1 sm

    diametrli bitta optik tola bilan almashtirilishi mumkin. Agar optik

    tola bir necha himoya qobiqlaridan iborat va bron po‘lat lenta bilan

    qoplangan bo‘lsa, bunday tola diametri 1,5 sm ga teng bo‘ladi, bu

    esa ko‘rilayotgan mis kabel diametridan bir necha marta kichik.

    Optik tolaning bu afzalligi optik kabelli liniya traktlarini qurishda

    ancha yengilliklar yaratadi. Yengilligi va o‘lchamining kichikligi

    tufayli optik tolaning samolyot, vertolyot va boshqa transport

    vositalarida ishlatilishi tolali optik aloqaning juda muhim yutug‘idir.

    Masalan, axborotlarni yig‘ish va boshqarish vazifalarini bajarish

    uchun maxsus jihozlangan samolyotlarda bog‘lovchi kabellar

    og‘irligini 1 tonnadan oshiqqa kamaytiradi.

    Aloqaning maxfiyligi. Tolali optik kabellar radio to‘lqin

    diapazonida umuman nur uzatmasligi sababli, undan uzatilayotgan

    axborotni uzatib-qabul qilishni buzmasdan ruxsatsiz tashqi

    ulanishlarda eshitish juda qiyin. Optik aloqa liniyasining monitoring

    tizimi (uzluksiz nazorat) tolaning yuqori sezgirlik xususiyatini

    qo‘llab, darhol ruxsatsiz tashqaridan eshitilayotgan aloqa kanalini

    o‘chirishi va xavf (trevoga) signalini uzatishi mumkin.

    Tarqaluvchi optik signallarning interferensiya effektini qo‘llovchi tizimlar tebranishlarga, bosimning salgina og‘ishlarigasezuvchanligi juda yuqori. Hukumat, bank va ma’lumotlar

    him oyasiga yuqori talablar qo‘yiladigan boshqa maxsus

    xizmatlarning aloqa liniyalarini tashkil etishda bunday tizimlar

    ayniqsa zarurdir.

    Yong'indan himoyalanganligi. Optik tolada uchqun hosil

    bo‘lmasligi kimyoviy, neftni qayta ishlovchi korxonalarda, portlash

    va yong‘in xavfi mavjud bo‘lgan binolarda xavfsizlikni oshiradi.

    Iqtisodiy jihatdan samaradorligi. Optik tola kvarsdan ishlab

    chiqariladi. Uning asosini tabiatda keng tarqalgan kremniy ikki

    oksidi (SiO2) tashkil etadi. Demak, tolali optik kabellarni ishlab

    chiqarish uchun noyob rangli metall sarflanmaydi. Mis va

    qo‘rg‘oshinning dunyoviy zaxiralari chegaralangan hozirgi vaqtda

    noyob bo‘lmagan mahsulotga o‘tish kabelli aloqa texnikasining

    kelgusi rivojlanishi uchun muhim omil hisoblanadi. Natijada optik

    kabellarning narxi mis kabellarga nisbatan arzonlashadi.

    Tolali optik kabellar signallarni uzoq masofalarga retranslatsiyasiz uzatish imkonini beradi. Uzoq masofali TOA liniyalarida

    optik kabellarning qo‘llanilishi retranslatorlar sonining qisqarishiga

    olib keladi. Buning natijasida ham sarf-xarajatlar kamayadi.

    Foydalanish muddatining uzoqligi. Tola vaqt o‘tgan sari

    eskiradi, ya’ni yotqizilgan kabellarda so‘nish asta-sekin oshib boradi.

    Biroq optik tola ishlab chiqarish texnologiyalarining mukammallashuvi bu jarayonni sekinlashtiradi va foydalanish muddatini

    uzaytiradi. Tolali optik kabellardan foydalanish muddati taxminan

    25 yilni tashkil etadi.

    Masofaviy elektr ta’minotga ega ekanligi. Ba’zi hollarda

    tarmoq tugunlarining masofaviy elektr ta’minoti talab etiladi. Buni

    optik tola orqali amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu holda optik tola bilan

    birgalikda mis o‘tkazish elementi bilan jihozlangan aralash

    kabellardan foydalanish mumkin. Bunday kabellar ko‘pgina

    mamlakatlarda keng qo‘llaniladi.

    Hozirgi kunda turli vazifali va tuzilishli optik tola va kabellar

    ishlab chiqarilmoqda. Keng polosali uzoq aloqa tizimlari, jumladan,

    magistral aloqa uchun toladan faqatgina asosiy to‘lqin tarqaladigan

    bir modali kabellarning yangi turlari ishlab chiqarilmoqda. Magistral aloqa liniyalarida signal uzatishda tolaning so‘nish va dispersiya

    parametrlariga ham yuqori talablar qo‘yiladi. Bundan tashqari,

    optik nurlanish qutblanishining saqlanishini ta’minlovchi tolalar

    ham ishlab chiqarilmoqda.

    Magistral aloqada qo‘llaniladigan bunday kabellarni ishlab

    chiqish murakkab va qimmat. Bunday kabellar qo‘llanilganda lazer


    nurlanish manbalaridan foydalaniladi. Lazer manbalarida ham

    nurlanish spektrining tozaligiga, nurlanish xarakteristikalarining

    barqarorligiga yuqori talablar qo‘yiladi.

    Tezligi 100 Mbit/s gacha bo‘lgan va aloqa masofasi

    chegaralangan (taxminan 10 km gacha) tizimlarda nisbatan arzon

    va oxirgi qurilmalar bilan oson moslashadigan ko‘p modali

    kabellardan foydalangan ma’qul. Bunda nurlanish manbayi sifatida

    ko‘p modalarni nurlantiruvchi oddiy turdagi yarim o‘tkazgich

    yorug‘lik diodlarini ishlatish mumkin.

    Yangi turdagi optik tolalarning (siljigan dispersiyasi nolga teng

    bo‘lmagan), keng polosali kvant optik kuchaytirgichlarning yaratilishi to‘liq optik tizim va optik traktlarni qurish imkoniyatini yaratmoqda. Bunday texnologiyalardan 100 va 1000 Gbit/s o‘tkazish

    oraliqli tizimlarni yaratishda foydalaniladi.

    TOA ko‘plab bir qancha afzalliklarga ega bo‘lishiga qaramay,

    kamchiliklarga ham ega. Bu TOA qurilmalarining qimmatligi va

    ba’zi optik texnologiyalarning mukammal darajaga yetmaganligi

    bilan tushuntiriladi. Bunga bog‘liq holda quyidagi kamchiliklarni

    aytish mumkin.

    Element bazasining qimmatligi. Optik uzatgich va qabul

    qilgichlarning narxi qimmat. Ayniqsa, lazer nurlanish manbalarining narxi baland va xizmat qilish muddati chegaralangan.

    Shuningdek, passiv optik qurilmalarni (multipleksor, kommutator, attenuator va boshqalar) ishlab chiqarish ham katta sarfxarajatlarga olib keladi.

    Tolali optik aloqa liniyalarini montaj qilish va xizmat

    ko'rsatishning murakkabligi. Elektrik kabelli tizimlarga nisbatan

    optik kabelli tizimlarni qurish, undan texnik foydalanish, o‘lchov

    va montaj ishlari murakkab bo‘lib, juda yuqori malakani talab

    etadi.

    Tolani maxsus himoyalash zaruriyati. Mikroyoriqlarda



    signallarning yo‘qolmasligi uchun tolani ortiqcha yuklash va

    bukilishlardan himoyalash kerak. Maxsus himoyalashni tashkil

    etish, ishonchlilikni oshirish maqsadida optik tolani ishlab chiqarish

    jarayonida tola epoksiakrilat asosidagi maxsus lak bilan qoplanadi.

    Shuningdek, kabel maxsus po‘lat tros va shisha plastik sterjenlar

    hisobiga yanada mustahkamlanishi mumkin.

    Bularning barchasi tolali optik kabel narxini oshiradi. Bu

    kamchiliklar TOA texnologiyasining kelgusi rivojlanishida qisman

    yoki to‘liq bartaraf etiladi.

    XULOSA
    1. Hozirgi zamon texnikasida axborotni optik uzatishning afzalliklari va


    qo‘llash sohalari ko‘rib chiqildi.
    2. Optik aloqaga oid asosiy ma’lumotlar, ochiq optik aloqa va tolali optik aloqa,
    tolali optik aloqa tizimlarining tuzilish prinsiplari o’rganildi.
    3. Optik axborotni uzatuvchi manbalar ularning turlari, tavsif va parametrlari
    o‘rganildi.
    4. Lazer diodlarga xos muhim xususiyatlaridan biri bu vatt – amper
    xarakteristikasi atrof muhit temperaturasiga bog’liqligi.
    5. Optik signal tola orqali uzatilganda yorug‘lik to‘lqinlarini tola muhiti bilan
    chiziqli va nochiziqli o‘zaro ta’siri natijasida signal quvvatini yo‘qolishidan
    optik signal so‘nadi.
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
    1. Landsberg G.S. Optika. –T.: «O’qituvchi» nashriyoti, 1981.
    2. Raxmatullaеv. M. Umumiy fizika kursi. -T.: 1995.
    3. Гуревича С.Б. Оптическая обработка информации. –М.: 2007.
    4. Ионов А.Д., Попов Б.В. Волновые линии связи. –М.: «Радио и связь»,
    2006.
    5. http://www.Ziyonet.uz
    6. http://www.Atdt.tuit.uz/dl
    7. http://www.fizika.ayp.ru›
    8. http://www.dic.academic.ru
    9. http://www.optika.ucoz.ru›index
    Download 25.35 Kb.




    Download 25.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muxammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti

    Download 25.35 Kb.