O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali




Download 115.12 Kb.
bet4/12
Sana12.05.2023
Hajmi115.12 Kb.
#58721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Husanboy BMI
61, 55, Maxsulotlarni serifikatlash, 11.05, amaliy mashg\'ulot 1, Abduvaxobov Toxirjon, Samatov B. O.P, anvar kurs ishi, MY k kr, b2.1 Lernworschatz
1.2.Metodlar tarixi
Atoqli metodist prof. I.V.Raxmanov tomonidan chuqur o’rganilgan. Tarjima metodi asosan ikki ko’rinishda bo’lib, grammatika-tarjima va matn-tarjima metodlari nomi bilan yuritiladi. Grammatika-tarjima metodi nuqtayi nazaridan chet til umumta’limiy maqsadda o’rganilgan. Grammatik mashqlar til o’rganuvchining mantiqiy tafakkurini o’stirish maqsadida bajarilgan. Grammatik bilimlarni bayon etish ta`limning asosiy maqsadi deb qabul qilingan. Bu metodning asosiy prinsiplari quyidagilar:

  • Til o’rganish yozma nutqqa asoslangan.

  • O’rganish predmeti qilib grammatika olingan, leksika ham unga tobe ravishda tanlangan. Grammatik mashqlar bajarish asosiy ish usuli bo’lgan.

  • Oldin, grammatik qoida yod olingan, so’ng esa qoidalar asosida gaplar tuzish tavsiya qilingan.

  • Grammatik shakl va so’zlarning ma’nosi so’zma-so’z tarjima vositasida ochib berilgan.

  • So’zma-so’z tarjima va quruq yodlash yo’li bilan til materiali o’zlashtirilgan.

  • So’zlarni kontekstdan tashqarida, yakka yodlash bilan chegaralanilgan.

Tarjimasiz metod. Mazkur metodning turli ko’rinishlari tarixan ma’lum.
Ularni ikki yirik guruhga ajratish mumkin: tabiiy va tog’ri metodlar. Tabiiy metodda chet tilni o’rganish ona tilini egallash sharoitiga monand bo’lishi kerak. Metodning bosh maqsadi chet tilida gapirishni o’rganish orqali o’qish va yozishni o’rganib olishga imkoniyat yaratiladi, degan g’oya amaliy maqsad tarzida shakllangan. Tabiiy metod tarkibiga kiritilgan prinsiplardan eng muhimi- til muhitini yaratishdir. Olg’a surilgan metodik prinsiplarni amalda qo’llash bobida turli yondashuvlar paydo bo’lgan. Metod namoyondalarining ijodiy faoliyatida buni yaqqol sezish mumkin.
Chet til ta’limidan ko’zlangan maqsadning yangicha talqinida, asosan, pragmatik tilshunoslik tadqiqotlari natijalariga tayanildi.Tilshunoslikning bu sohasi tilni tilga oid shakl tizimi emas, balki inson faoliyati sohasi deb talqin qiladi. Chet til ta’lim sohasida 70-yillarning boshidan beri to’plana boshlangan yangi xulosalar majmui ta’lim maqsadini belgilash sohasida qizg’in munozaralariga olib keldi. Chet til ta’limining asosiy yo’nalishlarini belgilovchi maqsadi o’quvchilarga “muomala qilishni o’rgatish”, “Befaeigung zur Kommunikatsion” (kommunikative Kompetenz) bo’lgan yangi o’quv rejalari qabul qilindi. 70-yillarda “kommunikativ metod” bir qator urinishlardan so’ng bir necha bosqichda o’z isbotini topdi. Shunday asnoda metodika fani rivojlanib bordi. Hech qaysi chet tilni biz uning metodikasini chuqur o’rganmasdan egallay olmaymiz. Chet til o’qitish metodikasida “kommunikativ didaktika” metodi ham ahamiyatga molik sanaladi. Kommunikativ didaktika quyidagilarni o’zida mujassamlashtiradi.
-Ochiq va moslashuvchan dars konsepsiyasi;
-mavzu va mazmun muhim;
-darsdagi asosiy ish shakli:suhbatlashish va guruh bo’lib ishlash;
-o’quvchilarni faollashtirish va tildan ijodiy va erkin foydalanishga
e’tibor katta bo’lishi zarur;
-Tushunishdan fikrni izhor qilishga prinsipi asosida mashqqa kuchli
e’tibor berish;
-Ma’noni ochishda, harakat ko’lamini belgilashda va mashqni tashkil
qilishda vizualizatsiya (ko’rish tayanchi) muhim ro’l o’ynaydi;
-Kundalik nutqiy muloqotni hayotiy vaziyatda o’rganish (dialogni mashq
qilish);
-Tildan og’zaki foydalanish va shu bilan birga asliy matnlarni tushunish
muhim hisoblanadi.
Kommunikativ didaktika tinglab tushunish materiali sifatida tabiiy nutqiy
vaziyatdan foydalanishni birinchi o’ringa qo’ydi, ya’ni, transportdagi, vokzaldagie’lonlar, radio va televideniyedagi reklamalar, telefondagi suhbatlar va shu kabilarni misol keltirishiiz mumkin.Axborotni tinglab tushunish qabul qilish bo’yicha qo’yilgan maqsadlar o’zgardi. Tinglaganini hikoya qilish va nazorat qilish ham boshqacha tus oldi. Mazkur metod maqsaddan kelib chiqqan holda tinglovchiga tinlab tushunishning quyidagi turlarini ajratib berdi:

  • Keng ma’noda matnning ba’zi bir detallariga ahamiyat bermay,uning

  • asosiy mazmunini tushunish;

  • Aniq informatsiya muhim bo’lganda,masalan,ma’lum bir joy uchun ob-havoning zarurligi, poyezdning kelishi-ketishi tog’risidagi e’lon va boshqalar shu metod jumlasidandir.

Aynan bu bilimlarni ongimizda saqlab qolishimiz, kommunikativ didaktikaga oid ma’lumotlarni o’rganishimiz, “kommunikatsiya” tushunchasidan kelib chiqqan holda, “madaniyatlararo muloqot” terminiga o’zaro mazmuniy jihatdan bog’lanadi.
Chet til o’qitish metodikasida hozirda madaniyatalararo muloqot iborasi keng qo’llanib kelmoqda. Aynan bu tushunchani biz turli xildagi kontekstlarda qo’llashimiz mumkin. Aslida esa:Madaniyatlararo muloqot – turli madaniyat vakillarining ijtimoiy kelib chiqishi, mentaliteti, milliy xarakteri, hayot tarzi, urf-odatlari,qadriyatlari sistemasi va boshqalar tog’risidagi muloqoti-ma’lumotidir.
Mazkur jarayonda o’quvchi-talabalarni o’rganilayotgan mamlakat madaniyatiga nisbatan hurmat, sabr-toqat qilish va o’zga mamlakat madaniyatini tog’ri tushunish ruhida tarbiyalab,rivojlantirib borish lozim.
Har bir chet tili darsi madaniyat chorrahasi, madaniyatlararo muloqot amaliyoti hisoblanadi. Chunki mazkur jarayondagi har bir chet tilidagi so’z chet el hayotini va madaniyatini o’zida aks ettiradi. O’qituvchilar oldidagi vazifa o’quvchi va talabalarning kommunikativlik, muloqotga kirisha olish qobilyatini o’stirishdan iborat. Buning uchun kishilarni samarali muloqot qilishiga o’rgatuvchi o’quv qo’llanmalar va chet tildagi to’rtta nutq faoliyatini rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’limning yangi metodlarini o’zlashtirish zarurdir.
Madaniyatlararo muloqot formulasi sabrlilik,bag’rikenglik hisoblanadi.Madaniyatlararo muloqotda ijtimoiy-madaniy xatolarga yo’l qo’ymaslik talab etiladi.Masalan, nemis xalqida, “Tee oder Kaffee?” ya’ni “choymi yoki kofemi” degan savolga ona tilimizda,- “ Tee”, “choy”- deb javob beramiz, lekin nemis tilida esa bunday javob tog’ri kelmaydi.Nemis tilida, “Bitte, Tee” ya’ni, “Marhamat, choy” deb javob beriladi. So’z kishilarni muloqot orqali bir-biriga bog’laydi.Yangi materialni bir vaqtning o’zida barcha nutq faoliyati turlarida qo’llash natijasidamalaka va ko’nikma hosil qilinadi.Bu jarayonda kommunikativ vositalar, ko’rgazmalilik, zamonaviy texnologiya turlari, usullari, izchillik prinsipi ta’minlansa, ta’limning sifati va samaradorligi oshib boraveradi.
O’qituvchi-muallimning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatish uchun nafaqat predmetli, pedagogik va psixologik bilimlar, balki yana boshqa alohida xususiyat–muloqot qila olish ko’nikma va malakalari ham, albatta, zarur hisoblanadi. Inson go’dakligidan boshlab muloqot malakalarini egallay boshlaydi.Ammo katta bo’lganidan keyin hamma ham kerakli darajada muloqot o’rnata olmaydi.Pedagoglik kasbi o’z xususiyatiga ko’ra „inson-inson“ tipidagi kasblar sirasiga kiradi va shuning uchun ham muloqot qila olish ko’nikmasi pedagog uchun yetakchi, kasbiy muhim ko’nikmalardan sanaladi.Pedagogning o’quvchilar bilan olib boradigan muloqot va muomalasiga qarab bolalarning o’quv predmetiga qiziqishi, demakki, o’quv motivlari shakllanadi.Pedagogik muloqot usuli o’quvchilar tomonidan predmetli bilim, ko’nikmalarning natijaviyligi, shaxslararo munosabat madaniyatiga ta’sir ko’rsatadi, ta’lim jarayonida o’ziga xos axloqiy–psixologik iqlimni vujudga keltiradi.Muloqot shaxs ijtimoiylashuvining muhim sharti hisoblanadi.Shu o’rinda pedagogik muloqot aslida nima ekanligini bilish zarur hisoblanadi.Pedagogik muloqot – bu o’qituvchi va tarbiyalanuvchining o’zaro hamkorligi bo’lib,u o’zaro axborot,eng avvalo o’quv axboroti,almashinishiga asoslanadi,pedagogik muloqot sherigini anglashga,shuningdek,o’zaro hamkorlik faoliyatini amalga oshirishga yordam beradi. Bunda axborot ham verbal ya’ni,nutq orqali,ham noverbal–vositalar orqali yetkaziladi.Pedagogik muloqot jarayonida o’qituvchi asosiy rolni o’ynashi va o’quvchilar uchun namuna bo’lishi lozim.Bu uning kommunikativ madaniyati bilan baholanadi.O’qituvchining kommunikativ madaniyati–bu uning o’quv-tarbiya jarayoni subyektlari bilan professional-pedagogik muloqotdir.Kommunikativ madaniyatning zaruriy darajasi sifatida shuni belgilash mumkinki,bunda o’qituvchi o’z tarbiyalanuvchilari va hamkasblarini ijobiy qabul qila oladi hamda ta’lim va tarbiya maqsadlariga erishishni so’zsiz ta’minlay oladi.Kommunikativ madaniyatning ijtimoiy ahamiyati shundaki,uni egallagan o’qituvchi ta’lim jarayoni barcha subyektlari o’zaro munosabatlarida ijobiy psixologik iqlimni yarata oladi,ta’limni modernizatsiayalashning muhim prinsiplari bo’lmish–insonparvarlik va demokratlashtirishni amalga oshiradi. Shaxsiy ahamiyati shundaki, kommunikativ madaniyatga ega bo’lgan pedagogning o’ziga ishonchi yuqori bo’ladi, tarbiyalanuvchisi bilan qurilgan muloqotdan zavqlanadi,tanlangan ish faoliyatida o’zini erkin his etadi.O’qituvchi kommunikativ madaniyati tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin:
1.Kommunikativ ko’nikmalar.
2.Pedagogning muloqotga kirishuvchanligi.
3.Pedagogning muloqot madaniyati.
4.Pedagogik muloqot metodlari.
Kommunkiativ ko’nikmalarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1.Ijtimoiy-psixologik ko’nikmalar. Ular o’quvchilarni muloqotga kirishish
uchun tayyorlaydi, ijobiy taassurot uyg’otadi, har bir o’quvchi shaxsini, uning mavqei darajasini qabul qilishiga, shaxslararo munosabat rivojini bashorat qilishga yordam beradi, psixologik ta’sir vositalarini qo’llashga, ishontirish, singdira olish, identifikatsiya qilishga imkon yaratadi.
2.Axloqiy-estetik ko’nikmalar.Bu muloqotni insonparvar, demokratik asosda
ko’ra olish, kasbiy odob-axloq qoidalariga rioya qilish, har bir o’quvchining shaxs sifatidagi qadr-qimmatini o’rniga qo’yish, o’quvchilar jamoasi va har bir o’quvchi bilan ijodiy hamkorlikni o’rnata olish ko’nikmalari sanaladi.
3.Estetik ko’nikmalar. Bu ichki va tashqi holatlarni uyg’unlashtira olish,
artistlik qobilyatiga ega bo’lish, estetik ifodalanganlik, o’smirlarni muloqotning yuqori madaniyatliliga jalb qilish, ularning emotsional kayfiyatini, optimistik idrokini faollashtrish bilan belgilanadi.
4.Texnologik ko’nikmalar.Bu o’quv–tarbiya vositalari,metodlar,usullar
o’zaro hamkorligining turli shakllarini tanlay olish,muloqotni boshqarishning optimal metodini tanlash,pedagogik nazokatga rioya qilish, uning tarbiyaviy samaradorligini oshirish bilan belgilanadi.
Pedagogik muloqot madaniyati uchun zarur bo’lgan qator shaxsiy sifatlarhaqqoniylik,ochiqlik,o’z-o’zini boshqara olish,talabchanlik,samimiylik, sabr-toqatlilik,chidamlilik,taktika kabilarni o’z ichiga oladi.O’qituvchi faqat o’z kommunikativ mahoratini emas,balki o’quvchilarning ham madaniyatlararo muloqotini shakllantirishi lozim.O’qituvchi o’quvchi-yoshlar psixologiyasini yaxshi bilishi,ularning ijtimoiy qarashlarini,ijtimoiylashuv jarayonlarini puxta bilishi talab etiladi.Shuni alohida ta’kidlash lozimki,pedagogik,madaniyatlararo muloqot yakuniy natijaga ko’ra muaffaqiyatga erishishi yoki muaffaqiyatsizlikka uchrashi bu pedagog-muallimning qanday muomala metodini tanlashi va uni qanday amalda qo’llay olishiga bog’liqdir.Pedagog dars mobaynida nafaqat o’zi ishlashi balki o’quvchilarni ham dars jarayoniga qiziqtira olishi,o’z fikrini erkin bayon etishga o’rgatishi lozim.Albatta,bu natijaga faqatgina,darsni tog’ri tashkil etish,ilg’or,zamonaviy innovatsion texnologiyalardan keng amalda foydalanish orqaligina erishish mumkin.Pedagogning innovatsion faoliyati o’z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish,kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish,amalga oshirish va tahlil qilish,samaradorlikka baho berishni ham qamrab oladi.Yuqoridagi barcha fikr va mulohazalardan ko’rinib turibdiki, bunday ijobiy natijalarga erishish uchun pedagog chet til o’qitishda keyingi qadam, ya’ni “mashq texnologiyasi”ga murojat etishi lozim va uni amalda qo’llash bilim olishdagi ko’nikma va malaka sari yetaklaydi.O’zini nazorat turlarini hamda ta’lim muassasalarini tekshirish,inspektsiyalash va attestatsiyalashni muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan.

Download 115.12 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 115.12 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali

Download 115.12 Kb.