• Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti: Chet tili darslarini oqitishni Onlayn shaklga o’tkazishni rivojlanitirish. Bitiruv malakaviy ishning predmeti
  • Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati
  • Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.
  • Bitiruv malakaviy ishning maqsadi




    Download 115.12 Kb.
    bet3/12
    Sana12.05.2023
    Hajmi115.12 Kb.
    #58721
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Husanboy BMI
    61, 55, Maxsulotlarni serifikatlash, 11.05, amaliy mashg\'ulot 1, Abduvaxobov Toxirjon, Samatov B. O.P, anvar kurs ishi, MY k kr, b2.1 Lernworschatz
    Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: Chet tillarni o'qitishning asosiy maqsadi talabalar va maktab o'quvchilarining kommunikativ madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish, chet tilini amaliy o'zlashtirishga o'rgatishdir.
    Bitiruv malakaviy ishning vazifasi: Talabalar , o’quvchilar va chet tilini o’rganishga qiziquvchilarga chet tilini onlayn, qiziqarli va tushunarli qilib o’rgatishdan iboratdir
    Bitiruv malakaviy ishning ob’ekti:
    Chet tili darslarini o'qitishni Onlayn shaklga o’tkazishni rivojlanitirish.
    Bitiruv malakaviy ishning predmeti:
    Bitiruv malakaviy ish materiallaridan foydalanib o'qish ko'nikma va malakalarini shakllantirish, maktab o'quvchilarining yozish qobiliyatini oshirish, talabalarning so'z boyligini to'ldirish, talabalarning ingliz tilini o'rganish motivatsiyasini shakllantirish.
    Bitiruv malakaviy ishning ilmiy va amaliy ahamiyati:
    Tilni o‘rganish hayotimizning barcha sohalaridagi har qanday yoshdagi taʼlim oluvchining va insonlarning muloqoti va shaxsiyatini rivojlantirishga yordam beradi. Tarjimonlik, til o‘rganish kabi sohalarda xorijiy tillarni bilish insonning istiqbolini oshirishi mumkin. Yurtimizda xorijiy tillarni o‘rganish taʼlim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida eʼtirof etilishi, bo‘lg‘usi ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash jarayonini takomillashtirish, xorijiy tillarni o‘qitish sifati va darajasini muntazam ravishda oshirish, bitiruvchilar uchun qo‘yiladigan milliy va jahon standartlariga mos keladigan talablarni o‘zlashtirish maqsadida ushbu bitiruv malakaviyni ishi ilmiy va ahamiyatli hisoblanadi
    Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi va hajmi.
    Bitiruv malakaviy ishida jami 3 ta katta bobdan va kichik rejalardan iborat ushbu BMI varoqlari soni titullari bilan 110 betdan iborat.

    1.1.Metodikaning predmeti
    Chet til predmeti orqali ta’lim-tarbiya berish jarayoni va usullari, chet til o’rgatish ilmi, muallim va o’quvchi faoliyatini o’rganish metodikaning predmeti sanaladi.
    Metodikaning asosiy tushunchalari – metod, usul, prinsip. Didaktika- nimani o’rgatamiz? o’qitish mazmuni hisoblanadi. Metodika qanday o’rgatamiz? ta’lim usullari va metodlari demakdir.Metod metodika tushunchasi grek-lotincha “metodos-“metodus” so’zidan olingan bo’lib, ma’lum maqsadga eltuvchi yo’llar, usul ma’nosini anglatadi. Turli adabiyotlarda atamaning tor va keng ma’nosini uchratish mumkin. “Metodika” atamasi tor ma’noda ta’limning konkret dars jarayoni bilan bog’liq tushunchani anglatadi. Mashg’ulotlarni rejalashtirish va o’quv materiallarini tayyorlash bilan bog’liq bo’lgan ko’rsatmalarni qamrab oluvchi boshqariladigan dars jarayoni sifatida talqin etiladi.“Metod” atamasi keng ma’noda o’quv materialini tanlash, tabaqalash va taqsimlanishni nazarda tutadi. Germaniya Federativ Respublikasida 60-yillardan boshlab “didaktika” va “metodika” tor ma’noda qo’llanilib kelinmoqda. Shunga ko’ra didaktika ta’lim mazmuni nima o’rgatiladi? Metodika esa ta’lim usullari qanday o’rgatiladi? Masalalari bilan shug’ullanadi. Chet tillarini o’rganish faqat aqliy tarbiya vositasi emas, balki o’zga madaniyat ta’limiy boyliklari va qadriyatlari bilan tanishish va ularni o’z madaniy hayotiga tadbiq qilish orqali kishi shaxsining shakllanish jarayoni hisoblanadi.
    Yevropada chet tillarni o’rganish uzoq vaqt yuqori darajadagi ta’lim olishda imtiyoz sanaladi va jamoat maktablarida imtiyozga ega bo’lgan kishilarni tarbiyalash deb qaraladi.
    Chet til o’qitish metodikasi fan sifatida 200 yildan ortiq tarixga ega. Bu davr ichida chet til o’qitish metodikasiga turlicha munosabatlar bildirilganini kuzatish mumkin. Bunday qarashlardan biri akademik L.V.Shcherbaga mansub hisoblanadi.
    Uning fikricha, har qanday fanni o’qitish metodikasi fan bo’lishiga qaramasdan, nazariy fan hisoblanmaydi. U amaliy masalalarni hal qiladi.Jumladan, chet til o’qitish metodikasi ham faqat psixologiya dalillariga tayanmaydi, balki umumiy va xususiy tilshunoslik tadqiqotlariga asoslanadi. Agar tilshunoslik til hodisalarining kelib chiqishi va harakatlanish qonuniyatlari bilan shug’ullansa, metodika bu qonuniyatlarga asoslanib zarur til hodisasidan amalda foydalanish uchun nima qilish kerak degan savolga javob beradi. Metodikaga oid kitoblarning eng qimmatlilari ham tilshunoslar tomonidan yozilgan. Bular jumladan XIX asr fonetistlaridan biri va buyuk ingliz tilshunosi G.Suit, XIX asr oxiri va XX asr boshida Angliyada eng original fonetist va nazariyotchi tilshunos hisoblangan O.Yesperson, XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida eng ko’zga ko’ringan fransuz lingvistlaridan F.Bryuns va Brealya, ko’zga ko’ringan anglist va taniqli fonetist V.Fiyotor va boshqalar kiradi. Rossiyada til o’qitish metodikasi masalasi bilan akademik L.V.Shcherba va uning ustozi buyuk tilshunos olim I.A.Boduen-de-Kurtone va ularning shogirdlari shug’ullanganlar. Chet til o’qitish metodikasiga psixologlar o’zgacha munosabatda bo’ldilar. Metodika va psixologiya fanlarning o’zaro munosabatlari haqida professor V.A.Artemov qimmatli fikr bildirgan. Uning fikricha, psixologiya metodika uchun material beradi. Metodika o’qituvchining qanday dars o’tishini o’rganadi. Psixologiya esa, o’quvchilarning bu predmetni qanday o’zlashtirib olayotganliklari bilan shug’ullanadi. Lekin, bu fikrga to’la qo’shilib bo’lmaydi.
    Chunki o’qituvchi dars berish jarayonida, o’quvchi esa o’zlashtirish davrida ma’lum ruhiy jarayon va holatlarni boshdan kechiradilar, ular xohlaydilarmi, yo’qmi psixologiyaning qonunlariga ro’baro bo’ladilar va ta’sirlanadilar.
    Metodika tarixga oid adabiyotlarni chuqurroq o’rganish shuni ko’rsatadiki, ayrim tadqiqotchilar metodikani san’at deydilar. Ular odatda fransuz metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar, ya’ni “yaxshi” yoki “yomon” metod yo’q “yaxshi” yoki “yomon” o’qituvchilar bor. Bunday fikrdagi kishilarga nemis metodisti E.Ottoning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berishi mumkin. U jumladan shunday deydi: “Agar kimki metodikani san’at deb hisoblar ekan, u fan nazariyasini uning amalda qo’llanishi bilan qorishtirib yuboradi”. Har bir fanda o’z tushunchalar yig’indisi mavjud. Chet til o’qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushunchalar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: ta’lim sistemasi, ta’lim metodi, ta’lim prinsipi, ta’lim vositasi, metodik usul. Chet til o’qitish metodi – deyilganda chet til o’rgatishning amaliy, umumta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlariga erishuvni ta’minlovchi muallim va o’quvchi faoliyatining majmuasi tushuniladi. Metod atamasi “ta’lim usullari yig’indisi” va “ta’limning yo’nalishi” ma’nolarida qo’llanadi. Birinchisi ta’lim nazariyasida jarayon metodlar ma`nosida ishlatilsa,ikkinchi ma’noda uni o’qitish metodikasi tarixiga oid asarlarda uchratishimiz mumkin. Masalan, chet til o’qitishning tarjima metodi, tog’ri metod, ongli- qiyosiy metod, an’anaviy metod, intensiv metod va boshqalar hisoblanadi.
    Tabiat va jamiyat hodisalari o’zaro bog’langan va uzluksiz aloqada rivojlanadi. Fanlar obyektiv voqelikning inikosi ekanligi uchun ularning hech biri boshqalaridan ajralgan holda mavjud emas. Hodisa va predmet ayni zamonda bir talay fanlarning tadqiqot manbai bo’la oladi, misol uchun, “til” ijtimoiy hodisasini o’z nuqtai nazaridan tilshunoslik (lingvistika), ruxshunoslik (psixologiya), ta’limshunoslik (didaktika) o’rganadi. “Chet til metodikasi” atamasi kishi ongida quyidagicha ya’ni assotsatsiya “bog’lanish” uyg’otadi: avvalambor, tilni o’rgatishga qaratilgan metod va metodik usullar yig’indisi tushuniladi yoki o’qitish metodlari haqidagi ilmiy bilimlar va nihoyat, mustaqil pedagogik fan ko’z oldimizga keladi.
    Chet til o’qitish metodikasi didaktika bilan uyg’un, o’zaro bog’langan holda rivojlanib kelgan. Barcha o’quv fanlarining o’qitish nazariyalari didaktika faniga asoslanishi, undan ilmiy ozuqa olishi shubhasiz barchamizga ma’lum. Chet til o’qitish ham didaktikaga asoslanadi. Didaktika ta’limining umumiy nazariyasi, metodika muayyan o’quv predmetini o’qitish ilmi, lingvodidaktika tillarni o’qitish umumiy nazariyasi, lingvometodika aniq bir tilni o’qitish ilmi sifatida qaraladi. “Metod” atamasi bilim, malaka, ko’nikmani egallash, o’quvchilarda dunyoqarashni shakllantirish va bilish imkoniyatlarini yaratish yo’lidagi o’qituvchi-pedagog va talabaning ish usuli ma’nolarini bildiradi. Ushbu tushuncha son –sanoqsiz ta’riflarga ega. Chet tillar o’qitilishida metodlarni tatbiq etish uzoq davrlardan boshlangan, prinsiplar esa nisbatan yangiroq metodik atamalardir. Tarixan metodlar to’rt guruhga birlashtirilib, ularning nomlariga “tarjima”, “tog’ri”, “qiyosiy”, “aralash” deb atash qabul qilingan.



    Download 115.12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 115.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bitiruv malakaviy ishning maqsadi

    Download 115.12 Kb.