• Mavzuning dolzarbligi.
  • O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali




    Download 115.12 Kb.
    bet2/12
    Sana12.05.2023
    Hajmi115.12 Kb.
    #58721
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Husanboy BMI
    61, 55, Maxsulotlarni serifikatlash, 11.05, amaliy mashg\'ulot 1, Abduvaxobov Toxirjon, Samatov B. O.P, anvar kurs ishi, MY k kr, b2.1 Lernworschatz
    IIIBOB.MEHNAT MUHOFAZASI ………………………………………….91
    XULOSA.………………………………………………………………..……..105
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ……………………………………..107


    KIRISH


    Mavzuning dolzarbligi.Hozirgi davr ta’lim taraqqiyoti yangi yo’nalish innovatsion pedagogikani keltirib chiqardi. Innovatsion – inglizcha “yangilikni kiritish (tarqatish)” ma’nolarini anglatadi. Yangilik kiritishning ijtimoiy-psixologik aspekti Amerika tadqiqotchisi E.Rodjers tomonidan ishlab chiqilgan. U yangilik kiritish jarayoniqatnashchilarining tasnifi, ularning yangilikka bo’lgan munosabati va boshqalarni o’rgangan. Ilmiy yo’nalishlarda yangilik va innovatsiya tushunchalari o’zaro farqalanadi. “Yangilik”- bu vosita, yangi metod, metodika, texnologiya ma’nosini anglatadi. “Innovatsiya”- bu ta’lim, ma’lum bosqichlari bo’yicha rivojlanadigan jarayon hisoblanadi. Jahon ilm-fan taraqqiyoti kundan kunga gurkirab, rivojlananib bormoqda. Aynan bu ijobiy rivojlanish bizning diyorimizga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Ilm dunyomizga ilg’or innovatsion texnologiyalar tatbiq etilmoqda. Buning ijrosi sifatida, Yurtboshimiz tomonidan joriy yilni “Yoshlarni qo’llab-quvvatlash va aholi salomatligi yili” deb nomlashi ham mamlakatimiz yoshlarinining ma’suliyatini yanada oshirdi. Ta’lim sohalariga ilg’or, zamonaviy innovatsion texnologiyalarning keng tatbiq etilishi ham chet til o’rganayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar, marralar eshigini ochdi, desak xato bo’lmaydi.
    Til o’rganish kishilik jamiyatida bag’oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi.Muloqot vositasi bo’lmish tilni tabiiy muhitda ya’ni oilada, jamoatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o’rgatiladi. Xalqaro munosabatlar avj olgan zamonamizda tillarni bilish, ayniqsa ko’p tillilik ulkan ahamiyat kasb etadi. Mamlakatimizda tahsil oladigan o’quvchi va talabalar odatda uch tilni o’rganadilar. Ushbu tillar maxsus nomlar bilan yuritiladi. Bular quyidagilar: ona tili, ikkinchi til, va chet til. Ona tili tafakkur shakllanishida alohida xizmat o’taydigan birinchi til hisoblanadi. Ikkinchi til haqida so’z yuritilganda, unga boshqa millat vakillaridan iborat qardoshlar, qo’shnilar tili sifatida qaraladi.
    Chet til – bu xorijiy mamlakat tilidir. Respublikamizda G’arbiy Yevropa (ingliz, ispan, nemis, faransuz) tillari va Sharq (arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o’qitilib kelinmoqda. Bu tillar ta’lim muassalarining o’quv rejalaridan o’rin olgan.Uchala tilni o’qitish jarayoni turlicha kechadi. Ona tili va ikkinchi til tabiiy vaziyatda, chet til esa sun’iy muhitda o’rganiladi. Chet tildagi muloqot, asosan, darsda muallim rahbarligida kechadi. Uchala til orasida chet tilni o’rganish va o’rgatish muayyan jihatlari bilan keskin farq qiladi. Bu esa, o’z navbatida, tegishli chet til o’qitish texnologiyasini qo’llashni taqozo etadi. Chet til muallimi metodika fani yutuqlarini puxta o’zlashtirish orqali o’quvchi-talabaning to’plagan til tajribasi me’yorini aniq bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o’rgatish uning metodikasini bilishni taqozo etadi. Chet tillarni o’rganishva o’rgatish ko’p jihatdan chet til o’qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondanishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda ijodiy qo’llanilishiga bog’liqdir.
    Shuning uchun chet tillarini o`rganish, o’rgatish va mamlakatimiz talim tizimiga tadbiq etish dolzarb hisoblanadi.

    Download 115.12 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 115.12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbеkiston rеspublikasi axborot tеxnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al – xorazmiy nomidagi toshkеnt axborot tеxnologiyalari univеrsitеti farg‘ona filiali

    Download 115.12 Kb.