XULOSA
Axborot texnologiyalari qulayliligi va ishonchliligi, hozirgi kunda jamiyatning barcha sohalariga yangi axborot texnologiyalarini kirib kelishiga zamin yaratmoqda. Jadal rivojlanayotgan hozirgi dunyoda axborot-kommunikasiya texnologiyalari barcha turdagi taraqqiyotni olg’a harakatlantiruvchi asosiy omil bo’lib, mamlakatga investisiyalarning jalb etilishiga, yangi ish o’rinlarining yaratilishiga, ishlab chiqarishda va boshqaruvda ilg’or texnologiyalarni joriy etishga ko’maklashadi. Ishlab chiqaruvchi va xizmat ko’rsatuvchilar o’rtasida axborotlar almashishni amalga oshirishda xarajatlarni qisqartirish vositasiga aylanmoqda. Bir necha yillar avval Internet tarmog’i asosan malumotlarni pochta orqali ma`lumot almashinuvi va fayllarni uzatishda foydalanilgan xolos. Lekin so’nggi yillarda axborot texnologiyalari Internetni rivojlangan axborot tizimiga aylantiradi. Zamon talabiga mos ravishda Axborot-kommunikasiya texnologiyalarining keng rivojlanishi keyingi o’n yilliklarda jahon taraqqiyotining global tendensiyasi hisoblanadi.
Axborot texnologiyalarining misilsiz taraqqiyoti dunyo miqyosida yaxlit axborotlashgan jamiyat shakllanishiga olib keldi. Ana shunday sharoitda, Respublikamizda ham bugungi kunda axborot tizimi rivojlanmoqda. Bitiruv malakaviy ishni bajarishimning asosiy maqsadi ham axborot tizimini rivojlantirishni mukammal o’rganib kelajakda butun dunyo standartlariga javob beradigan axborot tizimini yaratishdir.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish davomida quyidagi amaliy va nazariy natijalar olindi:
“Farg’ona viloyati axborot resurs markazi xodimlar bo’limi avtomatlshtirilgan tizimini yaratish” tizimining faoliyati asoslari tahlil qilindi;
Axborot tizimi asosida “Farg’ona viloyati axborot resurs markazi xodimlar bo’limini avtomatlshtirilgan tizimini yaratish” tizimini takomillashtirish omillari o’rganildi;
“Farg’ona viloyati axborot resurs markazi xodimlar bo’limi avtomatlshtirilgan tizimini yaratish” da dasturiy vositalari tahlil qilindi hamda C++ dasturlash tili, ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi sifatida Microsoft Access tanlandi.
|