-bob. Ish joylarining sanitariya-gigiyenasi bo‘yicha umumiy talablar




Download 91.26 Kb.
bet5/7
Sana19.12.2023
Hajmi91.26 Kb.
#123699
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
hayot faoliyati
34. Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, 10-Kiber, ON Infratuzilma iqtisodiyoti, Kiberxavsizlik 1-Mustaqil ish, xxx
2-bob. Ish joylarining sanitariya-gigiyenasi bo‘yicha umumiy talablar
1-§. Shovqin, mikroiqlim va tebranishga qo‘yiladigan talablar
8. Qurilish ishlari olib borilishida mikroiqlim holati SanQvaN 0324-16 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimining sanitariya-gigiyena normalari”da belgilangan miqdorda bo‘lishi kerak.
9. Qurilish jarayonidagi chang hosil bo‘lishi mumkin bo‘lgan ishlarda chang hosil bo‘lishiga va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan yoki chang miqdorini kamaytirishga qaratilgan quyidagi chora-tadbirlar belgilanadi:
qurilish maydoni atrofiga chang tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan qurilmalar o‘rnatish;
qurilish maydonidan chiqishdan oldin qurilish texnikalari va transport vositalarini, shu jumladan ularning g‘ildiraklarini yuvish uchun qurilish maydonida transport vositalarini yuvish shaxobchasi tashkil etish;
binodagi qurilish ishlarini chang tarqalishiga yo‘l qo‘ymaydigan materiallar bilan o‘ralgan holda olib borish lozim.
10. Tarkibida asbest bo‘lgan to‘siq va konstruksiyalarni buzish va ta’mirlash, shuningdek ularni qurilish maydonlariga o‘rnatish bo‘yicha ishlar ixtisoslashtirilgan tashkilotlar tomonidan yoki qurilish ishchilari tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Tarkibida asbest bo‘lgan mahsulotlar namlangan holda tashilishi hamda ikkilamchi chang hosil bo‘lishining oldini olish uchun barcha asbest chiqindilari nam holatda chiqarib tashlanishi lozim.
11. Zararli kimyoviy moddalar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq ishlar havo almashishi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan xonada olib boriladi.
12. Ish joylari havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari”da belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
13. Atrof-muhitga chang zarralarining tarqalishi natijasida ishchilar hamda mazkur hududda yashovchi aholining nafas olish tizimiga jiddiy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida, qurilish ishlari olib borilayotgan joylardagi transport vositalari yuradigan yo‘llar chang hosil qilmaydigan qoplamalari (asfalt, beton) bilan qoplangan bilan qoplangan bo‘lishi kerak.
14. Qurilish maydoni va hududida uskuna va qurilmalar ishlashi natijasida hosil bo‘ladigan shovqin darajasi SanQvaN 0325-16 “Ish joylarida ruxsat etilgan shovqin darajasi bo‘yicha sanitariya me’yorlari”da belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
15. Qurilmalarni ishlatishda ish joylaridagi shovqin darajasining zararli ta’sirini kamaytirish maqsadida quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi maqsadga muvofiq:
qurilmadagi shovqin hosil qiladigan manbadagi va ish joylaridagi shovqin darajasini ruxsat etilgan miqdordan yuqori bo‘lishining oldini oladigan texnologik jarayonlarni tatbiq qilish yoki boshqa texnik vositalardan foydalanish;
masofaviy boshqarish;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
mehnat qilish va dam olishning oqilona tartibini tanlash, ish joylaridagi shovqinning ta’sir vaqtini qisqartirish va boshqa tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish.
16. Shovqin darajasi 80 dBA dan yuqori bo‘lgan joylarda xavflilikni ko‘rsatuvchi belgilar o‘rnatiladi va shu toifadagi ish joylarida ishchilar shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlashi lozim.
17. Ishchilarning salomatligiga jiddiy zarar yetkazilishining oldini olish maqsadida qurilish ishlari shovqin darajasi 135 dBA dan yuqori bo‘lgan joylarda olib borilmaydi.
18. Ish joylarida tebranish darajasi SanQvaN 0326-16 “Ish joylarida umumiy va mahalliy tebranish bo‘yicha sanitariya me’yorlari”da belgilangan talablarga muvofiq bo‘lishi kerak.
19. Tebranishning zararli ta’sirini bartaraf etish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:
konstruktiv yoki texnologik choralar orqali hosil bo‘lish manbasidagi tebranishni kamaytirish;
tebranishni alohidalash va tarqalishini kamaytirish;
masofaviy boshqarish;
shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish;
mehnat qilish va dam olishning oqilona tartibini tanlash va boshqa tashkiliy tadbirlarni o‘tkazish.
20. Bo‘yoq va boshqa shu kabi zararli moddalar ishlatiladigan va tayyorlanadigan ish joylaridagi havoning almashib turishi uchun ShNQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talablariga muvofiq bo‘lgan mexanik ventilatsiya tizimi bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak.

Download 91.26 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 91.26 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. Ish joylarining sanitariya-gigiyenasi bo‘yicha umumiy talablar

Download 91.26 Kb.