• 1-bob. Umumiy qoidalar
  • Qurilish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0022-22-son SanQvaN)




    Download 91.26 Kb.
    bet4/7
    Sana19.12.2023
    Hajmi91.26 Kb.
    #123699
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    hayot faoliyati
    34. Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, 10-Kiber, ON Infratuzilma iqtisodiyoti, Kiberxavsizlik 1-Mustaqil ish, xxx
    Qurilish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0022-22-son SanQvaN)
    Mazkur sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (bundan buyon matnda sanitariya qoidalari deb yuritiladi) qurilish ishlarini tashkil qilishda ishchilar hamda ushbu hudud atrofida yashovchi aholining hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilishi mumkin bo‘lgan zararli omillarni oldini olish va ularning ta’sirini kamaytirishga oid talablarni belgilaydi.
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Mazkur sanitariya qoidalari bino va inshootlarni qurish, kengaytirish, qayta qurish, texnik qayta jihozlash, mukammal ta’mirlash va buzish bo‘yicha faoliyat olib boruvchi barcha jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan.
    2. Qurilish ishlarini amalga oshiruvchi barcha subyektlar ishchilarning sog‘lig‘iga qurilish ishlari bilan bog‘liq zararli omillar ta’sir etishi va kasb kasalliklari yuzaga kelishini oldini olish maqsadida sanitariya-profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirishlari lozim.
    3. Bino va inshootlarda qurilish ishlari boshlanishidan oldin ShNQ-3.01.01 “Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish” da nazarda tutilgan tayyorgarlik ishlari o‘tkaziladi.
    Xavfli ishlab chiqarish omillari ta’siri ostida bo‘lgan qurilish maydonlari va uchastkalari GOST 23407 “Qurilish-montaj ishlari olib borilayotgan qurilish maydonlari va uchastkalarini to‘siqlar bilan o‘rash” talabiga muvofiq himoya to‘siqlari bilan, yashirin (potensial) xavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirida bo‘lgan zonalar esa GOST 12.4.059 “Mehnat xavfsizligi standartlari tizimi. Qurilish. Xavfsizlik to‘siqlari. Umumiy texnik shartlar” talabiga muvofiq bo‘lgan to‘siqlar bilan o‘ralgan bo‘lishi, shuningdek GOST ISO 3864-1 “Grafik belgilar. Signal ranglari va xavfsizlik belgilari.1-qism. Signal va belgilarni loyihalashtirish tamoyillari”ga muvofiq bo‘lgan xavfsizlik belgilari o‘rnatilishi lozim.
    4. Bino va inshootlarda qurilish ishlarini boshlashdan avval qurilish maydoni barcha turdagi chiqindilardan tozalanadi.
    5. Qurilish maydonida vaqtinchalik elektr, yoritish, suv va oqova suv tarmoqlari tashkil etiladi.
    6. Qurilish maydonlari va ish joylarining bir xilda yoritilishi ta’minlanadi. Qurilish ishlari olib boriladigan maydonlar va binolar ichidagi sun’iy yoritilganlik darajasi ShNQ 2.01.05 “Tabiiy sun’iy yoritish” talablariga muvofiq bo‘lishi kerak.
    7. Qurilish maydonlari va joylarini yoritish uchun statsionar va ko‘chma yoritish moslamalaridan (ochiq gaz razryadli va kolbali chug‘lanma chiroqlardan foydalanmagan holda) foydalaniladi. Ko‘chma yoritish moslamalari qurilish maydonining ish joylarida va transport yo‘llarida joylashtiriladi.

    Download 91.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 91.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (0022-22-son SanQvaN)

    Download 91.26 Kb.