• 5-§. Bo‘yash ishlarini bajarish
  • -§. Izolatsiya ishlarini bajarish




    Download 91.26 Kb.
    bet7/7
    Sana19.12.2023
    Hajmi91.26 Kb.
    #123699
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    hayot faoliyati
    34. Termoyadroviy reaksiyalar, yulduzlar energiyasi, 10-Kiber, ON Infratuzilma iqtisodiyoti, Kiberxavsizlik 1-Mustaqil ish, xxx
    4-§. Izolatsiya ishlarini bajarish
    29. Kimyoviy moddalar ajraladigan izolatsiya ishlarini olib borish boshqa ishlardan alohida xonada (binoda) amalga oshiriladi.
    30. Izolatsiya ishlari qurilma yoki xona ichida bajarilganda, ish joylari mexanik ventilatsiya tarmog‘i va mahalliy yoritish uskunasi bilan ta’minlanadi.
    31. Issiq bitumdan foydalangan holda izolatsiya ishlari olib borilganda, ishchilar oyoq kiyim, brezentdan tayyorlangan shim va kostyum bilan ta’minlanadi.
    32. Shisha qipiqli matolar, asbest qoldiqlari va sementlar ish joylariga sochilib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida maxsus idishlarda yetkazib beriladi.
    33. Emirilishga qarshi ishlar suruvchi-chiqaruvchi ventilatsiya tarmog‘i bilan ta’minlangan holda mexanizatsiyalashtirilgan texnologik jarayonlarda olib boriladi.
    5-§. Bo‘yash ishlarini bajarish
    34. Qurilish maydonida bo‘yash ishlarini olib borish uchun foydalaniladigan bino havosidagi zararli moddalar miqdori SanQvaN 0294-11 “Ish joylari havosidagi zararli moddalar ruxsat etilgan miqdorining gigiyena normativlari”da belgilangan miqdordan oshmasligi kerak.
    Bo‘yash ishlari olib borilayotgan binoda ShNQ 2.04.05 “Isitish, ventilatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq ventilatsiya tarmog‘i o‘rnatiladi hamda yuvuvchi vositalar va issiq suv bilan ta’minlanadi.
    Bo‘yoq tarkibini tayyorlashga mo‘ljallangan ko‘chma qurilmalardan foydalanish ventilatsiya tarmog‘i tashkil etilgan joylarda amalga oshiriladi.
    35. Bo‘yoq tarkibini tayyorlash ishlari ishchilar salomatligiga zarar yetishining oldini olish maqsadida ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan texnik talablar hamda sanitariya-epidemiologik talablarga muvofiq bo‘lgan eritmalardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
    36. Qurilishning texnologik jarayonlari o‘zgarishiga olib kelmaydigan hollarda, ishlatiladigan zararli moddalarni quyida ko‘rsatilgan zararlilik darajasi kam bo‘lgan va xavfsiz moddalar bilan almashtiriladi:
    benzolni — benzin, spirt, ketonlar va boshqa zararlik darajasi kam bo‘lgan erituvchilarga;
    epoksid lak-bo‘yoqlarini qattiqlashtiruvchi geksametilenaminni — zararlik darajasi kam bo‘lgan qattiqlashtiruvchilar (polietilen-poliamin, poliamid va boshqa)ga;
    organik erituvchilar bilan suyultiriladigan lak-bo‘yoqlarni suv bilan suyultirishga.
    37. Bo‘yash ishlari tarkibida qo‘rg‘oshin mavjud bo‘lmagan lak-bo‘yoqlardan foydalangan holda amalga oshiriladi.
    38. Bo‘yashga tayyorlashda ishlatiladigan bo‘yoq mahsulotlaridan ishchi birikmalarini tayyorlash jarayoni ventilatsiya tarmog‘idan va shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda maxsus qurilmalarda amalga oshiriladi.
    39. Og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lgan bo‘yoq qorishmalarini tayyorlashda idishlar mexanizatsiyalashtirilgan holda to‘ldiriladi yoki quyiladi.
    40. Ish joylarini tashkil qilishda lak-bo‘yoqlar bilan ishlashni yengillashtirish va bo‘yalgan mahsulotlar (konteynerlar, aylanuvchi doiralar, stollar) tegishiga yo‘l qo‘ymaydigan moslamalarni o‘rnatish ko‘zda tutiladi.
    41. Mexanizatsiyalashtirilgan bo‘yash ishlari respirator va himoya ko‘zoynagidan foydalanilgan holda olib boriladi.
    42. Bino va inshootlarda ishlar rezina qo‘lqopda olib boriladi, bo‘yoq qoldiqlari metall qutida yig‘ilib, o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilish uchun xonadan olib chiqiladi.
    Download 91.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 91.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -§. Izolatsiya ishlarini bajarish

    Download 91.26 Kb.