• Simmetrik multiprotsessorli tizimlar (SMP)
  • III BOB. Amaliy qism. Parallel massivli tizimlar




    Download 0,69 Mb.
    bet10/15
    Sana13.01.2024
    Hajmi0,69 Mb.
    #136401
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    novroz

    III BOB. Amaliy qism. Parallel massivli tizimlar


    2.1. Parallel kompyuterlarning amaliy klassifikatsiyasi


    Parallel massivli tizimlar (MPP)


    Arxitektura. Tizim quyidagi bir xil xisoblash tugunlaridan tashkil topgan:

    • bir yoki bir nechta markaziy protsessorlar (odatda, RISC);

    • lokal xotira (boshqa tugunlarning xotirasiga to’g’ridan to’g’ri kirish mumkin emas);

    • kommunikatsion protsessor yoki tarmoq adapteri;

    • ba’zida qattiq disk (xuddi SP dagidek) yoki boshqa qurilmalar. Misollar.

    • IBM RS/6000 SP2;

    • Intel PARAGON/ASCI Red;

    • CRAY T3E;

    • Hitachi SR8000;

    • Parsytec Transpyuter tizimlar.

    Qamrovliligi: Real tizimlar protsessorlarining umumiy soni bir necha mingtaga yetadi (ASCI Red, Blue Mountain).
    Operatsion tizim. Uni qo’llanilishining ikki asosiy yondoshuvi mavjud:

    • Mukammal operatsion tizim faqat boshqaruv mashinasida ishlaydi (front-end). Masalan: Cray T3E.

    • Xar bir tugunda UNIX kabi mukammal operatsion tizim ishlaydi (klasterli yondoshuvga yaqin bo’lgan varianti). Masalan: xar bir tugunda aloxida o’rnatiladigan IBM RS/6000 SP + OS AIX.

    Dasturlash modeli. Xabar o’zatish modeli doirasida dasturlash (MPI, PVM, BSPlib).

    Simmetrik multiprotsessorli tizimlar (SMP)


    Arxitekturasi. Tizim bir nechta o’xshash protsessorlar va umumiy xotira massividan (odatda bir nechta mustaqil bloklardan iborat bo’ladi) tashkil topadi. Barcha protsessorlar xotiraning istalgan nuqtasiga bir xil tezlikda murojaat qilish xuquqiga ega. Protsessorlar xotiraga umumiy shina orqali yoki (2-4 protsessorli bazali SMP-serverlar) crossbar-kommutatorlari yordamida ulanadi (HP 9000).
    Misollar. HP 9000 V-class, N-class; SMP-cerverlari va Intel protsessorlari bazasi asosida ishlovchi ishchi stantsiyalar (IBM, Hp, Compaq, Dell, ALR, Unisys, DG, Fujitsu va b.).
    Qamrovliligi. Umumiy xotiraning mavjudligi protsessorlar o’rtasidagi o’zaro aloqani osonlashtiradi, lekin ularning soniga mahlum darajada cheklovlar qo’yadi – real tizimlarda 32 tadan oshmaydi. SMP bazasi asosida keng qamrovli tizimlarni qurish uchun klasterli yoki NUMA arxitekturalari qo’llaniladi.
    Operatsion tizim. Windows NT va UNIXv NUMA-Q 2000.
    2.2. Kommunikatsion tarmoq topologiyasi.
    Kompyuter tarmog‘i topologiyasi (yaxlitlash, qiyofalash, tuzilish) deganda tarmoq kompyuterlarini bir-biriga nisbatan fizik joylashtirish va ularni aloqa liniyalari bilan ulashi tushiniladi. Takidlash muhimki, topologiya tushunchasi eng avval lokal tarmoqlarga tegishli bo‘lib, ularda aloqalar tuzulishini oson ko‘rish mumkin. Global tarmoqlarda aloqalar tuzilishi foydalanuvchilardan odatda berkitilgan va unchalik muhim emas, chunki har bir aloqa seansi shaxsiy o‘zini yo‘li bilan bajarilishi mumkin. Asbob – uskunalarga, ishlatiladigan kabel turiga, mumkin bo‘lgan va eng qulay almashuvni boshqaradigan usullariga, ishlash ishonchligiga, tarmoqlarni kengaytirish imkoniyatlariga topologiya talablarini belgilaydi. Garchi tarmoqdan foydalanuvchiga topologiyani tanlash tez – tez bo‘lmasa ham, asosiy topoloiyalarning xususiyatlari, ularning ustunliklari va kamchiliklarini bilishi kerak.

    Download 0,69 Mb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 0,69 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    III BOB. Amaliy qism. Parallel massivli tizimlar

    Download 0,69 Mb.