Dorixona turlari, vazifalari va funksiyalari




Download 66.07 Kb.
bet3/8
Sana14.03.2024
Hajmi66.07 Kb.
#171851
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutalipov Otabek individual loyxa
Turg\'unaliyeva D, A8, shokirov n (1), AMALIY MASHG‘ULOT ISHI, MeliboyevM algaritm mustaqil ish, Mustaqil talim mavzulari (3), EHTIMOLLIK VA STATISTIKA FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI (4), 1-Ilova GF, ariza namuna, betlik, 02.20 карздорлик (1), DOC 10 09 2320 00 14, Jasur Oxunjonov, Dars jadvali 2023-2024, English

1.2.Dorixona turlari, vazifalari va funksiyalari


Dorixona dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek davolash hamda kasallikning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiena ashyolarini, shifobaxsh oziq – ovqatlarni,ma'danli suvlarni, davolash – kosmetika mahsulotlarni xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshiruvchi tibbiyot muassasasidir.
Dorixona dori vositalariva tibbiy buyumlar xarakatidagi, ya'ni ishlab chiqaruvchidan toiste'molchigachabo‘lgan yakunlovchi bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Chakana savdo bu tadbirkorlik maqsadida emas, balki aholining shaxsiy, oilaviy yoki uy sharoiti ehtiyojini qondirish uchun amalga oshiriladi.
Dorixonalarjumlasiga dorixonalar va ularni shaxobchalari, davolash profilaktika muassasalarining dorixonalari, qishloq shifokorlik punktlari qoshidagi dorixonalar, shuningdek, shifoxonalararo dorixonalar ham dorixona tashkilotlari tarkibiga kiradi.
Ayrim holatlarda dorixonalar ixtisoslashtirilgan bo‘ladi, chunki mahsuslashtirilgan dorixonalar, aholini va davolash-profilaktika muassasalarni yuqori sifatli faoliyatni ta'minlash xizmatiga ega bo‘lib, quyidagi sifat ko‘rsatgichlari bilan fark qiladi:

  • tayyor dori vositalarini oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan mahsus tayyor dori vositalar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;

  • ta'minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo va shifoxonalararo do------- alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;




  • sotilayotgan dori vositalarni mahsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor o‘simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar, va mahsus kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar, o‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik dorixonalar esa, o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar, qishloq xududida joylashib aholiga dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladilar.

Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini resept asosida yoki reseptsiz berishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena, buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta'minlab turadilar.
Maxsus, bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar asosan katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda resept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom ashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi bo‘lishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan, ta'mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar asosan, yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalarda kariyalarni yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini e'tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan reseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dori vositalarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalarini qabul qilish bo‘yicha maslaxat beruvchi markaz hisoblanadi.
Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholini dori vositasi bilan ta'minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va bu savdo assortimentini dorixonada uzluksiz ravishda bo‘lishini ta'minlaydi.
Bu dorixonalarning resepturasida o‘ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud chunki, ayrim yig‘malar tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xom ashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malarni tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmasevtdan o‘ziga xos bilim va maxoratni talab etadi.
Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalarga aholi ehtiyojini qondirish ayrim hollarda farmasevtlar va shifokorlar hamkorligida choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonani o‘zida alohida bo‘limlarda va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin.
Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham ixtisoslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ham ma'lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik reseptlar asosida tayyorlangan dori vositasilari bilan ta'minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalarni iloji boricha, geriatrik bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan mahsus davolash va davolash- profilaktika muassasalari atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega bo‘lgan gomeopatik dorixonalar Respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma'lum dorixonalarda alohida gomeopatiya bo‘limi sifatida tashkil qilingan. Ta'kidlash joizki, Toshkent farmasevtika institutining mutaxasisslik kafedralarida ko‘plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa Respublikamizda mavjud bo‘lgan xom ashyolardan asos sifatida foydalanib amaliyotda qo‘llash uchun ilmiy ishlanmalar yaratilgan.
O‘quv ishlab chiqarish dorixonalari asosan, yosh mutaxassislarni va yuqori kurs talabalarnitayyorlash, magistratura amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazish,hamda farmasevtlarni malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga aholini va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi.
Shuningdek, talabalarni malakaviy bitiruv va magistratura talabalarini magistirlik dissertasiyasini bajarish uchun ham baza bo‘lishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar dorixonalarning asosiy vazifalari aholini, davolash-profilaktika muassasalarini va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog‘chalari va ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, dezinfeksiya vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta'minlab turishdan iborat.
Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar kiradi. Bog‘lash va tikish materiallari, shprislar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar shular jumlasidandir.
Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllari e'tiborga olingan holda ular ishlab chiqarish, ta'minlash, savdo va xo‘jalik faoliyatlari bilan shug‘ullanadi.
Dorixonalarni ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada shifokorlar tomonidan yozilgan resept asosida va DPM larni talabnomalari va boshqa tashkilotlarni buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari va tayyor dori vositalarini sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ularni rasmiylashtirgan holda tashki tomondan bezalishiga e'tibor beradilar.
Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:

  • tibbiyot xodimlari o‘rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida ma'lumot berish, birorta dori vositasi bo‘lmay qolganda uni o‘rnini bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dori vositalarni ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to‘g‘risida ob'ektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini o‘tkazadilar;

  • dorivor o‘simliklar xom ashyosini terish, yig‘ish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlarga ularga biriktirilgan dorixona filiallarini ham jalb etadilar;

  • dorixonalarda sanitariya-gigiena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar.

  • zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishlari zarur;

Xuddi shuningdek dorixonalar mulkchilik shaklidan qat'i nazar, zarur bo‘lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o‘zining dorixona shaxobchalarini ochishi mumkin.
Dorixonalar iqtisodiy ko‘rsatgichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga qarab yuqorida qayd etganimizdek, aksionerlik, jamoa va yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixonalar va shifoxona dorixonalariga bo‘linadi. Bu dorixonalarning faoliyat turlari esa, dorixona ochish tartib qoidalari to‘g‘risidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i asosidagi lisenziya berish hay'ati tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi. Dorixonaga kirish joyida 1,0 m. kenglikdagi pandus bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (istisno tariqasida 0,9 m. bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi). 0,7 — 0,9 m. balandlikdagi qo‘l ushlagichlar o‘rnatilishi lozim, pandus qiyaligi 1:10 nisbatdan yuqori bo‘lmasligi kerak (SHNK 2.07,02-07, SanKiN № 0266-09, SHNK 2.08.02-09), shuningdek oyoq kiyimini tozalash moslamalari (reshetka, skrebka va boshqalar) o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Moslamalar zarur bo‘lganda, ammo bir kunda bir martadan kam bo‘lmagan holda tozalab turiladi.
Xona devori, shifti va pollari dezinfeksiyalovchi moddalar bilan nam tozalashga yo‘l qo‘yiladigan xolda taʼmirlangan bo‘lishi kerak. Taʼmirlovchi vositalar sifatida suvga chidamli bo‘yoq, emal va och rangli glazurlangan kafel plitkalari (mayolika) qo‘llanilishi mumkin. Pollar keramik glazurlanmagan (terrakotli) plitkalar yoki choklari payvandlangan lenolium bilan qoplanadi.
Dorixona asbob-uskunalari tibbiyot vositalari taʼsiriga va baʼzi xollarda kimyoviy reaktivlar taʼsiriga turg‘un materiallardan ishlangan, tashqi va ichki tomoni tekis bo‘lishi kerak. Asbob-uskunalar va dorixona mebellari tozalashga xalaqit bermaydigan va yorug‘lik tushishini to‘smagan xolda joylashtirilishi kerak. Ishlab chiqarish xonalarida ish faoliyatiga taalluqli bo‘lmagan asbob-uskunalarni joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasi zarur miqdorda javon, taglik, tovar qo‘ygichlar va boshqalar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak. Dori vositalarini polda tovar qo‘ygichsiz joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Stellajlar shunday joylashtirilishi lozimki, tashqi devorlardan 0,6-0,7 m masofada, shiftdan 0,5 m, poldan 0,25 m dan kam bo‘lmagan masofada bo‘lishi zarur. Derazalarga nisbatan stellajlar ular oralig‘iga yorug‘lik tushadigan darajada joylashtiriladi. Stellajlar oralig‘idagi masofa 0,75 m dan kam bo‘lmagan holda va erkin harakatlanishni taʼminlaydigan darajada joylashtiriladi.
Dorixona omborxonasi va dorixona toza holda bo‘lishi taʼminlanishi uchun (bir kunda bir mahal), yuvishga ruxsat etilgan vositalarni qo‘llagan xolda nam tozalash usuli bilan muntazam ravishda tozalash ishlari olib borilishi zarur.
Yoz kunlari oftobga qarab joylashgan oyna va vitrinalar, oftobdan himoyalangan moslamalar (jalyuza, markizlar va sh.q.) bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Xonani shamollatish uchun ishlatiladigan derazaning yuqori qismi va fortochkasi katakchasi 2 x 3 mm dan katta bo‘lmagan o‘lchamdagi yechiladigan metall yoki plastmassa setka bilan himoyalanadi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonasida plakat va devoriy gazeta osish, gullarni o‘stirish, polga gilam solish, pardalar osishga yo‘l qo‘yilmaydi. Buning uchun yo‘lak, xodimlar dam olish xonasi, kabinetlardan foydalanish mumkin.
Xonada ish uchun kerak bo‘ladigan maʼlumotlar jadvali va stendlar dizenfeksiya qilinadigan va namlik bilan tozalanadigan materiallardan tayyorlanishi kerak.
Tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish hududlaridagi dorixona xodimining ish joyida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomchi orqali o‘tuvchi infeksiyalardan xodimlarni himoya qiluvchi moslama o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Xona devorining qo‘l yuvish moslamasi o‘rnatiladigan qismi 1,6 m balandlikda va tomonlari 20 sm kenglikda bo‘lishi ko‘zda tutilgan xolda glazurlangan plitka yoki boshqa namlikni ko‘taruvchi material bilan ishlov berilishi shart.
Dorixona (filiallar) maxsus dorixona mebellari, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, termolabil dori vositalarini saqlaydigan sovutgich, dori vositalari savdosi va ular to‘g‘risida maʼlumotlar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Dori vositalarini realizatsiya qilish (savdo zali) va saqlash xonasiga kerakli haroratni taʼminlaydigan konditsioner o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Tayyor dori vositalarini saqlash xonalari havo haroratini qayd etuvchi asboblar va termometrlar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak. Termometr saqlash xonasi devoriga poldan 1,5 — 1,7 m balandlikda va eshikdan 1 m masofada hamda isitish asboblaridan uzoqda o‘rnatiladi.
Dorixona (filiallar) dizenfeksiyalar ishlarini profilaktikasini o‘tkazish uchun ko‘chma kvars lampalar bilan taʼminlangan bo‘lishi kerak.
Dorixonaning omborxona xonalari binoning pastki qavatida joylashgan bo‘lishi mumkin. Bunda omborxona xonalari balandligi 2,4 m dan past bo‘lmasligi kerak.
Dorixona va ularning filiallari xonalarini tabiiy shamollatish qishki va o‘tish davrida 1/50 dan kam bo‘lmagan hajmda, derazaning yuqori qismi va fortochkasi yordamida, yilning yozgi davrida esa ochiq derazalar yordamida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.

Savdo xonasi (savdo zali) dori vositalari va tibbiy buyumlarni realizatsiya (sotish) qilish jarayonini uzluksiz ravishda videoga yozib olish va bir oy davomida video-yozuvlarni saqlash uchun uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak (qishloq oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlari hududida joylashgan dorixonalar va ularning filiallari bundan mustasno). Dori vositalari assortimenti- bu turli xil tibbiy mahsulotlar nomenklaturasi (ro'yxati),


farmakoterapevtik, farmakologik yoki boshqa mezonlar bo'yicha birlashtirilgan va
ratsional farmakoterapiya haqidagi zamonaviy g'oyalarni va mahalliy va xorijiy farmatsevtika sanoati tomonidan dori vositalarini ishlab chiqarish imkoniyatlarini inobatga olgan holda kasalliklarni optimal davolash, diagnostika, oldini olish.
Turli xil farmatsevtika tashkilotlari tomonidan sotishga ruxsat berilgan tovarlar guruhlari ro'yxati mahsulot nomenklaturasini shakllantirish uchun juda muhimdir.
Umumlashtirilgan shaklda farmatsevtika tashkilotlari tomonidan sotiladigan tovarlarning asosiy guruhlari 1-ilovada keltirilgan (Manba: Farmatsiya menejmenti va iqtisodiyoti). Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, dorixonalarning asosiy vazifasi
aholini, DPM ni va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog'chalari va ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy-sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, dezinfektsiya vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta’minlab turishdan iborat.Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashhis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llanadigan buyumlar bog‘lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalar quyishga mo'ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo’llanadigan ashyolar va materiallar kiradi.
Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllari e’tiborga olingan holda ishlab chiqarish, ta’minlash, savdo va xo‘jalik faoliyatlari bilan shug‘ullanadi.
Ularning ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada vrachlar yozib bergan retsept asosida va DPM talabnomalari hamda boshqa tashkilotlarning buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari va tayyor dori vositalari sifatini nazorat qiladilar va
tegishli tartibda ularni rasmiylashtirgan holda tashqi tomondan bezalishiga e’tibor beradilar.Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
-tibbiyot xodimlari o'rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida ma’lumot berish, birorta dori vositasi boMrnay qolganda uning o‘rnini bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dorilarni ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to’g’risida obyektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini o‘tkazadilar;
-ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarining boshqa dorixonalarda mavjud ekanligi aytilib, uning manzili bemorga tushuntirib beriladi;
-dorivor o’simliklar xom ashyosini terish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlarga ularga biriktirilgan dorixona filiallarini ham jalb etadilar;
-dorixonalarda sanitariya-gigiena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar;
-zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam
ko‘rsatishlari zarur;Xuddi shuningdek, dorixonalar mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, zarur bo'lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko'rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o'zining dorixona shaxobchalarini ochishi mumkin.
Dorixonalar iqtisodiy ko'rsatkichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va
savdo faoliyatiga qarab, yuqorida qayd etganimizdek, aktsionerlik, jamoa va yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixonalar hamda shifoxona dorixonalariga bodinadi. Bu dorixonalaming faoliyat turlari esa, dorixona ochish tartib-qoidalari to‘g‘risidagi SSVning buyrugh asosidagi litsenziya berish hay’ati tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi.









Download 66.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 66.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorixona turlari, vazifalari va funksiyalari

Download 66.07 Kb.