Dorixona xonalarining tarkibi, jixozlanishi




Download 66.07 Kb.
bet7/8
Sana14.03.2024
Hajmi66.07 Kb.
#171851
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutalipov Otabek individual loyxa
Turg\'unaliyeva D, A8, shokirov n (1), AMALIY MASHG‘ULOT ISHI, MeliboyevM algaritm mustaqil ish, Mustaqil talim mavzulari (3), EHTIMOLLIK VA STATISTIKA FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI (4), 1-Ilova GF, ariza namuna, betlik, 02.20 карздорлик (1), DOC 10 09 2320 00 14, Jasur Oxunjonov, Dars jadvali 2023-2024, English

2.2.Dorixona xonalarining tarkibi, jixozlanishi.


Farmasevtika faoliyatini amalga oshirish uchun dorixona bino va maxsus jixozlar bilan ta'minlanishi lozim. Dorixona xonalarining tarkibi, maydoni va jixozlanishi, unda amalga oshiriladigan ish hajmiga muvofiq me'yorlanadi. Ushbu me'yorlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-16)da keltirilgan.
Undagi ko‘rsatilgan umumiy nizomga asosan, har qanday dorixona sanitariya tartib qoidalari asosida tashkil etiladi va undagi xonalar va jihozlarga hamda ularni joylashtirishga ma'lum talablar qo‘yiladi.
Tayyor dori vositalar bilan savdo qiladigan dorixonalar ko‘p qavatli binolarni birinchi qavatida yoki alohida binolarda tashkillashtirishga ruxsat etiladi.
Ko‘p qavatli binolarda, dorixonaning alohida kirish yo‘li, binoning orqa tomonida bo‘lib, undan har xil tovarlar qabul qilish yoki bo‘sh idishlarni chiqarish va ayrim kishilarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Xonalarning pol, devorlari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan xo‘l laxtakda artib tozalanishi, oynalarni esa, yoz kunlari alohida quyoshdan saqlovchi parda yoki pardaning o‘rnini bosuvchi quyoshdan ximoyalovchi vositalar bilan jihozlanishi, oynalardagi darchalar unga tutilgan mayda to‘qilgan to‘r tutish bilan birga ochilib yopiladigan bo‘lishi kerak.
Dorixonada isitish tizimi mavjud bo‘lib, ko‘p qavatli binolarda joylashgan holatlarda markazlashtirilgan isitish sistemasiga ulangan bo‘lishi kerak. Isituvchi radiatorlarning ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan bo‘lishi kerak.
Sanitar tartib qoidalari umumiy tipdagi dorixonalar va shifoxona dorixonalari uchun ishlab chiqilgan va unda dorixona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalariga, dorixonadagi ishlab chiqaruvchi asbob-anjomlar va dorixona uskunalariga qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatilgan. Bu me'yor va talablarga Respublika xududida joylashgan hamma dorixonalar ularni mulkchilik shakli va kimga tegishliligidan qat'iy nazar bu talablarga rioya qilishlari shart.
Umumiy va shifoxona dorixonalarining xonalari va ularning hajmi bo‘yicha me'yorlari va jihozlanishi sanitariya tartib qoidalari bo‘yicha beriladi.
Dorixonada nogironlar uchun xavfsiz harakatlanish joylari yaratilishi zarur.
Qishloq joylarda dorixonalarni davolash-profilaktika muassasalari bilan bir xududda joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir, ammo bunda kirish joylari alohida bo‘lishi shart. Dorixona hududdida boshqa bo‘limlarni joylashtirish man etiladi.
Dorixona tashkilotining kirish qismida uning turi, ish vaqti, shuningdek, yaqin orada joylashgan dorixonalar va navbatchi dorixona manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Dorixonaning hududini tanlashda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
-aholi zichligi va asosiy xarakat oqimi;
-xududiy dorixona tashkilotlari bilan ta'minlanganlik darajasi;
-tibbiyot va savdo muassasalarining mavjudligi;
-transport bekatlari va piyodalar harakati va boshqalar.
Dorixona xonalari va ularga qo‘yiladigan talab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337- 16)da keltirilgan. Odatda dorixonada quyidagi xonalar bo‘lishi talab etiladi:

  • aholiga xizmat ko‘rsatiladigan zal;

  • ishlab chiqarish xonalari (assistentlar xonasi, qadoqlash, farmasevt-analitik, konsentrat va yarim fabrikat muhsulotlarini tayyorlash, distillyasiya (suv haydash) xonalari va aseptik blok);

  • administrator va xo‘jalik-xizmat xonalari (mudir xonasi, xodimlar xonasi, garderob, xojatxona).

Aholiga xizmat ko‘rsatish zali chakana savdoni amalga oshiradigan joy bo‘lib, uni 2 xil turda jixozlash mumkin:
-ochiq turdagi savdo zali;
-yopiq turdagi savdo zali.
Ochiq turdagi savdo zalida aholini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishi nazarda tutildi (-- rasm)
Savdo zalining ko‘rinarli joyida quyidagi axborotlar joylashtirilishi zarur: dorixonada farmasevtika faoliyatini olib borish huquqi berilgan lisenziya nusxasi, iste'molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun va qonun osti hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotlar, dori vositalarini saqlash muddatlari, dorixonada bo‘lishi shart bo‘lgan dori vositalar ro‘yxati, narxi chegaralangan dori vositalar va boshqa meyo'riy hujjatlar, dorixona rahbariyati tomonidan aholini qabul qilish vaqti, navbatsiz xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar, navbatchi administrator, dorixonaning ishlash tartibi, hududda joylashgan eng yaqin va navbatchi dorixonalar kabi ma'lumotlar.
Shuningdek, savdo zalida “Shikoyatlar va takliflar” daftari bo‘limi kerak.
Ishlab-chiqarish xonalar tarkibida albatta, ta'minotchilardan kelgan dori vositalarni qabul qilish va rasmiylashtirish xonasi bo‘lishi kerak.
Dori vositalar va boshqa tibbiyot maxsulotlarini saqlash xonalari, tegishli shkaf, javon va shu kabi termolyabil dori vositalarini saqlash, giyoxvand va psixotrop hamda prekursor moddalarni, tez alangalanuvchan, rangli, uchuvchan xossalarini inobatga olgan holda zarur anjomlar bilan jixozlanishi zurur.
Hodimlar xonasi-xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish xonalari tarkibiga kirib, xodimlarni dam olishi va ovqatlanishi uchun zarur bo‘lgan jixozlar bilan ta'minlanishi zarur.
Garderob-xodimlarni ustki kiymini va ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sanitariya tartibiga binoan jixozlanadi.
Xonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan vositalar alohida xonalarda saqlanadi. Ijtimoiy dorixonalar o‘z faoliyatida amaldagi qonunchilikka va Ijtimoiy dorixona faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga amal qiladi. Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixona quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
- dori vositalari va tibbiy buyumlarning ulgurji savdosi uchun va dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish uchun lisenziyaga ega bo‘lgan ta'minotchilardan sotib oladi (olib kirishdan tashqari);
- shakli O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan resept asosida beriladigan dori vositalarini yoki tasdiqlangan, reseptsiz beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga muvofiq dori vositalarini reseptsiz ravishda chakana savdo qilish, shuningdek, qonunchilikda belgilangan tartibda imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlaydi;
- belgilangan tartibda dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlaydi va yo‘q qiladi;
- iste'molchidan kelib tushgan shikoyatlar asosida aniqlangan, dori vositalarining nojo‘ya ta'siri va samaradorligi past holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini xabardor qiladi;
- ambulatoriya sharoitida davolashda imtiyozli beriladigan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilgan, ijtimoiy dorixonada amalda mavjud bo‘lgan va vaqtincha mavjud bo‘lmagan dori vositalari haqida shahar va tuman tibbiyot birlashmalariga har chorakda ma'lumot taqdim etadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash va qo‘llash bo‘yicha maslahat berish va axborot yordami ko‘rsatadi;
- aholiga dori vositalari va tibbiy buyumlarning mavjudligi to‘g‘risida axborot berish imkonini ta'minlovchi, dori vositalari va tibbiy buyumlarning ijtimoiy dorixonalar tarmog‘i bo‘yicha harakatlanishining elektron shakldagi hisob-kitobini yuritadi;
- ijtimoiy dorixonaga tashrif buyuruvchilar uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan cheklangan narxlar ko‘rsatilgan dori vositalari assortimenti ro‘yxatini ko‘rinarli joyda joylashtiradi;
- shifokor resepti asosida dori vositalarini tayyorlaydi va ichki sifat nazoratini o‘tkazadi (tegishli lisenziyasi mavjud bo‘lganda).
Ijtimoiy dorixonalarda tovar-moddiy boyliklarni inventarizasiya va ta'mirlash ishlarini o‘tkazish uchun yopish davlat tomonidan, sherik bilan kelishilgan holda, sanitariya kunlarini o‘tkazish uchun esa — qo‘shimcha ravishda Davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi. Mamlakatimizda farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish, dori vositalari va tibbiy buyumlarning arzonligi va erkin muomalasini ta’minlashga qaratilgan qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingani va Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etilgani bu boradagi ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 fevraldagi “Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori tizim faoliyatini tubdan yaxshilash va dori ishlab chiqarishni yanada takomillashtirishga keng imkoniyatlar ochib berdi.
Aholini arzon va sifatli dorilar bilan ta’minlash maqsadida tumanimizda ijtimoiy dorixonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Davlatimiz rahbarining farmoni ushbu ezgu ishlarning amalga oshirishda muhim omil bo‘ldi.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.
“Dori-darmon” va uning filiallari tomonidan hududlarda 2078 ta ijtimoiy dorixona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Ijtimoiy dorixona Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, davlat-xususiy sheriklik shartlariga ko‘ra tashkil qilinadi. Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarning oilaviy poliknikalari va qishloq vrachlik punklarida joylashtiriladi.
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta’minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Bosh prokuraturasi huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. Farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish uchun dorixona bino va maxsus jixozlar bilan ta'minlanishi lozim. Dorixona xonalarining tarkibi, maydoni va jixozlanishi, unda amalga oshiriladigan ish hajmiga muvofiq me'yorlanadi. Ushbu me'yorlar O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-16)da keltirilgan.
Undagi ko‘rsatilgan umumiy nizomga asosan, har qanday dorixona sanitariya tartib qoidalari asosida tashkil etiladi va undagi xonalar va jihozlarga hamda ularni joylashtirishga ma'lum talablar qo‘yiladi.
Tayyor dori vositalar bilan savdo qiladigan dorixonalar ko‘p qavatli binolarni birinchi qavatida yoki alohida binolarda tashkillashtirishga ruxsat etiladi.
Ko‘p qavatli binolarda, dorixonaning alohida kirish yo‘li, binoning orqa tomonida bo‘lib, undan har xil tovarlar qabul qilish yoki bo‘sh idishlarni chiqarish va ayrim kishilarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Xonalarning pol, devorlari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan xo‘l laxtakda artib tozalanishi, oynalarni esa, yoz kunlari alohida quyoshdan saqlovchi parda yoki pardaning o‘rnini bosuvchi quyoshdan ximoyalovchi vositalar bilan jihozlanishi, oynalardagi darchalar unga tutilgan mayda to‘qilgan to‘r tutish bilan birga ochilib yopiladigan bo‘lishi kerak.
Dorixonada isitish tizimi mavjud bo‘lib, ko‘p qavatli binolarda joylashgan holatlarda markazlashtirilgan isitish sistemasiga ulangan bo‘lishi kerak. Isituvchi radiatorlarning ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan bo‘lishi kerak.
Sanitar tartib qoidalari umumiy tipdagi dorixonalar va shifoxona dorixonalari uchun ishlab chiqilgan va unda dorixona xodimlarining shaxsiy gigiena qoidalariga, dorixonadagi ishlab chiqaruvchi asbob-anjomlar va dorixona uskunalariga qo‘yiladigan talablar ham ko‘rsatilgan. Bu me'yor va talablarga Respublika xududida joylashgan hamma dorixonalar ularni mulkchilik shakli va kimga tegishliligidan qat'iy nazar bu talablarga rioya qilishlari shart.
Umumiy va shifoxona dorixonalarining xonalari va ularning hajmi bo‘yicha me'yorlari va jihozlanishi sanitariya tartib qoidalari bo‘yicha beriladi. Shaharda joylashgan dorixonalar markazlashgan qo‘riqlash tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomaga binoan uzluksiz nazoratga topshiriladi. Dorixonada nogironlar uchun xavfsiz harakatlanish joylari yaratilishi zarur.
Qishloq joylarda dorixonalarni davolash-profilaktika muassasalari bilan bir hududda joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir, ammo bunda kirish joylari alohida bo‘lishi shart. Dorixona hududdida boshqa bo‘limlarni joylashtirish man etiladi. Dorixona tashkilotining kirish qismida uning turi, ish vaqti, shuningdek, yaqin orada joylashgan dorixonalar va navbatchi dorixona manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Dorixonaning hududini tanlashda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
-aholi zichligi va asosiy xarakat oqimi;
-xududiy dorixona tashkilotlari bilan ta'minlanganlik darajasi;
-tibbiyot va savdo muassasalarining mavjudligi;
-transport bekatlari va piyodalar harakati va boshqalar.
Dorixona xonalari va ularga qo‘yiladigan talab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337-16)da keltirilgan. Odatda dorixonada quyidagi xonalar bo‘lishi talab etiladi:
• aholiga xizmat ko‘rsatiladigan zal;
• ishlab chiqarish xonalari (assistentlar xonasi, qadoqlash, farmatsevt-analitik, konsentrat va yarim fabrikat muhsulotlarini tayyorlash, distillyasiya (suv haydash) xonalari va aseptik blok);
• administrator va xo‘jalik-xizmat xonalari (mudir xonasi, xodimlar xonasi, garderob, xojatxona).
Aholiga xizmat ko‘rsatish zali chakana savdoni amalga oshiradigan joy bo‘lib, uni 2 xil turda jixozlash mumkin:
-ochiq turdagi savdo zali;
-yopiq turdagi savdo zali.
Ochiq turdagi savdo zalida aholini o‘ziga o‘zi xizmat ko‘rsatishi nazarda tutildi (--rasm)
Yopiq turdagi savdo zali, bu-an'anaviy savdo zali bo‘lib, peshtaxtalar bilan jixozlanadi.
Savdo zalining ko‘rinarli joyida quyidagi axborotlar joylashtirilishi zarur: dorixonada farmatsevtika faoliyatini olib borish huquqi berilgan lisenziya nusxasi, iste'molchilar huquqini himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun va qonun osti hujjatlar to‘g‘risida ma'lumotlar, dori vositalarini saqlash muddatlari, dorixonada bo‘lishi shart bo‘lgan dori vositalar ro‘yxati, narxi chegaralangan dori vositalar va boshqa meyo'riy hujjatlar, dorixona rahbariyati tomonidan aholini qabul qilish vaqti, navbatsiz xizmat ko‘rsatiladigan shaxslar, navbatchi administrator, dorixonaning ishlash tartibi, hududda joylashgan eng yaqin va navbatchi dorixonalar kabi ma'lumotlar. Shuningdek, savdo zalida “Shikoyatlar va takliflar” daftari bo‘limi kerak.
Ishlab-chiqarish xonalar tarkibida albatta, ta'minotchilardan kelgan dori vositalarni qabul qilish va rasmiylashtirish xonasi bo‘lishi kerak.
Dori vositalar va boshqa tibbiyot maxsulotlarini saqlash xonalari, tegishli shkaf, javon va shu kabi termolyabil dori vositalarini saqlash, giyohvand va psixotrop hamda prekursor moddalarni, tez alangalanuvchan, rangli, uchuvchan xossalarini inobatga olgan holda zarur anjomlar bilan jixozlanishi zurur.
Xodimlar xonasi-xo‘jalik va xizmat ko‘rsatish xonalari tarkibiga kirib, xodimlarni dam olishi va ovqatlanishi uchun zarur bo‘lgan jixozlar bilan ta'minlanishi zarur.
Garderob-xodimlarni ustki kiymini va ish kiyimlarini saqlash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sanitariya tartibiga binoan jixozlanadi.
Xonalarni tozalash va dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan vositalar alohida xonalarda saqlanadi. Dorixona dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana savdo qilishni, shuningdek ularni tayyorlashni amalga oshirish uchun tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxs shaklida yoki yuridik shaxsning tarkibiy bo‘linmasi shaklida tashkil etiladi. Dorixonalarning filiallari, davolash-profilaktika muassasalarining dorixonalari ham dorixonalar jumlasiga kiradi.
Dorixonalar sanitariya qoidalari, normalari va gigiena normativlari talablariga hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlar talablariga javob berishi kerak.
Dorixonalar tegishli davlat standartlari talabiga muvofiq dori vositalarini va tibbiy buyumlarni saqlash va chakana savdo qilishda ularning sifati, xavfsizligi va zararsizligini ta'minlash talablariga javob beradigan tegishli bino, asbob-uskuna va jihozlarga ega bo‘lishi kerak.
Dorixona mudiri oliy farmatsevtik ma'lumotga, dorixona filialining mudiri esa farmatsevtik ma'lumotga ega bo‘lishi kerak.
Dorixonalar tomonidan dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, berish, savdo qilishda belgilangan qoidalariga va ularning sifatini ta'minlovchi saqlash sharoitlariga rioya etishi kerak.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni dorixonalardan tashqarida sotish taqiqlanadi.
Chetdan olib kelinadigan, shuningdek, mahaliy korxonalardan mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilaridan sotib olinadigan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish, ularni yetkazib berishda ishtirok etuvchi vositachilar sonidan qat'i nazar, chakana savdo uchun ulgurji narxidan 20 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorlarda belgilanadigan cheklangan savdo ustamalari qo‘llanilgan holda amalga oshiriladi, shuningdek ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari belgilangan narxlarda sotiladi.
Belgilangan tartibda sertifikatlanishi lozim bo‘lgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni muvofiqlik sertifikatlarisiz chakana sotish taqiqlanadi.
Dorixonalar dori vositalarining qo‘llanilishi vaqtida nojo‘ya ta'sirlar aniqlangan barcha holatlar haqida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligini belgilangan tartibda yozma shaklda xabardor qilishi kerak. Dorixonalar farmatsevtika faoliyatini amalga oshirishi uchun berilgan lisenziyaning raqami, amal qilish muddati, shuningdek, lisenziya bergan tashkilot to‘g‘risidagi ma'lumotlarni yoki lisenziya nusxasini iste'molchilar tanishishi uchun qulay bo‘lgan joyga joylashtirishi kerak.
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarning chakana savdosi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash tegishli lisenziyaga ega bo‘lgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi.
Dorixonalarda dori vositalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan qo‘llanilishiga ruxsat etilgan dori moddalaridan (substansiyalardan) tayyorlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tayyorlashga ruxsat etilgan dori vositalari ro‘yxatiga kiritilmagan dori vositalarini tayyorlash taqiqlanadi.
Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, shuningdek ularni saqlash, sifatini nazorat qilish hamda rasmiylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi belgilaydigan tartibda dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Ayrim holatlarda dorixonalar ixtisoslashtirilgan bo‘ladi, chunki mahsuslashtirilgan dorixonalar, aholini va davolash-profilaktika muassasalarni yuqori sifatli faoliyatni ta'minlash xizmatiga ega bo‘lib, quyidagi sifat ko‘rsatgichlari bilan farq qiladi:
- tayyor dori vositalarini oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ullanadigan mahsus tayyor dori vositalar bilan savdo qiluvchi dorixonalar;
- ta'minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo va shifoxonalararo dorixonalari;
- alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriatrik dorixonalar;
- sotilayotgan dori vositalarni mahsus guruhlariga xos dori vositalari, dorivor o‘simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar, gomeopatik dorixonalar, va mahsus kasalliklarni davolashga ixtisoslashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallari uchun) dorixonalar, o‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorlik dorixonalar esa, o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar, qishloq hududida joylashib aholiga dori vositalari va boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladilar.
Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dorixonalar asosan shaharlarda, qishloqlarda, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini resept asosida yoki reseptsiz berishga ruhsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiena, buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta'minlab turadilar.
Maxsus, bolalarga xizmat qiladigan dorixonalar asosan katta shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda resept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xom - ashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi bo‘lishi zarur. Shuningdek, bolalar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan, ta'mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi.
Geriatrik dorixonalar asosan, yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun ixtisoslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalarda qariyalarni yoshi, ruhiy fiziologik holatlarini e'tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan reseptlar asosida dori vositalarini berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dori vositalarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalarini qabul qilish bo‘yicha maslaxat beruvchi markaz hisoblanadi.
Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholini dori vositasi bilan ta'minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va bu savdo assortimentini dorixonada uzluksiz ravishda bo‘lishini ta'minlaydi.
Dorivor o‘simliklar dorixonasi odatda yirik shaharlarda va viloyat markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalari damlama, qaynatma holida shifokorlar resepti bilan va reseptsiz har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlab, aholi uchun foydali va nisbatan bezarar bo‘lgan dori vositalari bilan ta'minlash uchun tashkil qilinadi.
Bu dorixonalarning resepturasida o‘ziga xos murakkablik tomonlari ham mavjud, chunki ayrim yig‘malar tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xom ashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malarni tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va maxoratni talab etadi.
Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalarga aholi ehtiyojini qondirish ayrim hollarda farmatsevtlar va shifokorlar hamkorligida choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonani o‘zida alohida bo‘limlarda va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin.
Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dorixonalar ham ixtisoslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ham ma'lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik reseptlar asosida tayyorlangan dori vositasilari bilan ta'minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalarni iloji boricha, geriatrik bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan mahsus davolash va davolash-profilaktika muassasalari atrofida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega bo‘lgan gomeopatik dorixonalar Respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma'lum dorixonalarda alohida gomeopatiya bo‘limi sifatida tashkil qilingan. Ta'kidlash joizki, Toshkent farmatsevtika institutining mutaxasisslik kafedralarida ko‘plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa Respublikamizda mavjud bo‘lgan xom - ashyolardan asos sifatida foydalanib amaliyotda qo‘llash uchun ilmiy ishlanmalar yaratilgan.
O‘quv - ishlab chiqarish dorixonalari asosan, yosh mutaxassislarni va yuqori kurs talabalarni tayyorlash, magistratura amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazish, hamda farmatsevtlarni malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga aholini va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi.
Ushbu dorixonalarda o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun qo‘shimcha xonalar bo‘lib, bu xonalarni o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. O‘quv –komp'yuter xonalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid masofali o‘qitishga mo‘ljallangan texnika vositalari, o‘quv adabiyotlar va tegishli me'yoriy hujjatlari bilan ta'minlanishi maqsadga muvofiq.
O‘quv - ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ilmiy izlanishlar samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga ham mo‘ljallangan holda qurilib tashkil etiladi.
Shuningdek, talabalarni malakaviy bitiruv va magistratura talabalarini magistirlik dissertasiyasini bajarish uchun ham baza bo‘lishi mumkin.
Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar dorixonalarning asosiy vazifalari aholini, davolash-profilaktika muassasalarini va boshqa tashkilotlar, maktab, bolalar bog‘chalari va ayrim ishlab chiqarish korxonalarining tibbiy sanitariya qismlarini dori vositalari, sanitariya-gigiena buyumlari, dezinfeksiya vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan tibbiy buyumlar bilan uzluksiz ravishda ta'minlab turishdan iborat.
Tibbiy buyumlar jumlasiga kasallikning oldini olish, tashxis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo‘llaniladigan buyumlar kiradi. Bog‘lash va tikish materiallari, shprislar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo‘ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarishlashda qo‘llaniladigan ashyolar va materiallar shular jumlasidandir.
Dorixonalar bajargan ishlari, mulkchilik shakllari e'tiborga olingan holda ular ishlab chiqarish, ta'minlash, savdo va xo‘jalik faoliyatlari bilan shug‘ullanadi.
Dorixonalarni ishlab chiqarish faoliyati shundan iboratki, ular dorixonada shifokorlar tomonidan yozilgan resept asosida va DPM larni talabnomalari va boshqa tashkilotlarni buyurtmalari asosida dori vositalari tayyorlab beradilar yoki tayyor dori vositasini beradilar, laboratoriya-qadoqlash ishlarini bajaradilar, aholiga tayyorlab berilayotgan ekstemporal dori vositalari va tayyor dori vositalarini sifatini nazorat qiladilar va tegishli tartibda ularni rasmiylashtirgan holda tashki tomondan bezalishiga e'tibor beradilar.
Shuningdek, dorixonalar o‘zlariga yuklatilgan vazifalarga mos ravishda quyidagi funksiyalarni bajaradilar:
- tibbiyot xodimlari o‘rtasida tegishli tartibda axborot berish ishlarini o‘tkazish, unda dorixonadagi mavjud va yangi dori vositalari to‘g‘risida ma'lumot berish, birorta dori vositasi bo‘lmay qolganda uni o‘rnini bosuvchi boshqa dori vositasini taklif qilish, bu dori vositalarni ishlatish tartibi, dozasi va saqlash qoidalari to‘g‘risida ob'ektiv va mukammal ravishda axborot ishlarini o‘tkazadilar;
- ayrim hollarda o‘zlarida vaqtincha yo‘q dori vositalarini, boshqa dorixonalarda mavjud ekanligi aytib uni manzili bemorga tushuntirib beriladi;
- dorivor o‘simliklar xom ashyosini terish, yig‘ish, tayyorlash, saqlash ishlarini amalga oshiradilar, xuddi shunday ishlarga ularga biriktirilgan dorixona filiallarini ham jalb etadilar;
- dorixonalarda sanitariya-gigiena talablari asosida tegishli boshqaruv ishlarini amalga oshiradilar;
- zarur bo‘lib qolgan taqdirda bemorlarga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatishlari zarur.
Xuddi shuningdek dorixonalar mulkchilik shaklidan qat'i nazar, zarur bo‘lib qolganda aholiga dori vositalari bilan ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatni yaqinlashtirish maqsadida o‘zining dorixona shaxobchalarini ochishi mumkin.
Dorixonalar iqtisodiy ko‘rsatgichlari mulkchilik shakli, ishlab chiqarish va savdo faoliyatiga qarab yuqorida qayd etganimizdek, aksionerlik, jamoa va yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi xususiy dorixonalar va shifoxona dorixonalariga bo‘linadi. Bu dorixonalarning faoliyat turlari esa, dorixona ochish tartib qoidalari to‘g‘risidagi Sog‘liqni saqlash vazirligining buyrug‘i asosidagi lisenziya berish hay'ati tomonidan Respublika Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari asosida muvofiqlashtirib turiladi.




XULOSA
Umumiy va shifoxona dorixonalarining xonalari va ularning hajmi bo‘yicha me'yorlari va jihozlanishi sanitariya tartib qoidalari bo‘yicha beriladi.
Dorixonada nogironlar uchun xavfsiz harakatlanish joylari yaratilishi zarur.
Qishloq joylarda dorixonalarni davolash-profilaktika muassasalari bilan bir xududda joylashtirilishi maqsadga muvofiqdir, ammo bunda kirish joylari alohida bo‘lishi shart. Dorixona hududdida boshqa bo‘limlarni joylashtirish man etiladi.
Dorixona tashkilotining kirish qismida uning turi, ish vaqti, shuningdek, yaqin orada joylashgan dorixonalar va navbatchi dorixona manzili ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Dorixonaning hududini tanlashda quyidagilar inobatga olinishi zarur:
-aholi zichligi va asosiy xarakat oqimi;
-xududiy dorixona tashkilotlari bilan ta'minlanganlik darajasi;
-tibbiyot va savdo muassasalarining mavjudligi;
-transport bekatlari va piyodalar harakati va boshqalar.
Dorixona xonalari va ularga qo‘yiladigan talab O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Dorixonalar uchun sanitariya qoidalari va ularning gigienik me'yorlari va jixozlariga qo‘yiladigan talablar” (SanPin R.Uz № 0337- 16)da keltirilgan. Odatda dorixonada quyidagi xonalar bo‘lishi talab etiladi:

  • aholiga xizmat ko‘rsatiladigan zal;

  • ishlab chiqarish xonalari (assistentlar xonasi, qadoqlash, farmasevt-analitik, konsentrat va yarim fabrikat muhsulotlarini tayyorlash, distillyasiya (suv haydash) xonalari va aseptik blok);

  • administrator va xo‘jalik-xizmat xonalari (mudir xonasi, xodimlar xonasi, garderob, xojatxona).




Download 66.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 66.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Dorixona xonalarining tarkibi, jixozlanishi

Download 66.07 Kb.