Xususiy sheriklik uchun nomzodni tanlash quyidagilarga asosan amalga oshiriladi




Download 66.07 Kb.
bet6/8
Sana14.03.2024
Hajmi66.07 Kb.
#171851
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mutalipov Otabek individual loyxa
Turg\'unaliyeva D, A8, shokirov n (1), AMALIY MASHG‘ULOT ISHI, MeliboyevM algaritm mustaqil ish, Mustaqil talim mavzulari (3), EHTIMOLLIK VA STATISTIKA FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZULARI (4), 1-Ilova GF, ariza namuna, betlik, 02.20 карздорлик (1), DOC 10 09 2320 00 14, Jasur Oxunjonov, Dars jadvali 2023-2024, English

Xususiy sheriklik uchun nomzodni tanlash quyidagilarga asosan amalga oshiriladi:


  • dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizasiyasi uchun lisenziyaning mavjudligi;

  • dislokatsiyaga kiritilgan barcha tarmoq filiallarini to‘la hajmda tovarlar bilan ta'minlash uchun tegishli moddiy-texnik bazaning, tovar zaxirasining va aylanma vositalarining mavjudligi;

  • aholini, shuningdek imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, dori vositalari va tibbiy buyumlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturning mavjudligi;

  • qishloq shifokorlik punktlari mavjud bo‘lmagan, shuningdek, tog‘li o‘lkalar va chekka hududlarni dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash uchun maxsus ixtisoslashtirilgan avtomobilning mavjudligi.

Ijtimoiy dorixonalar faoliyatini amalga oshirish maqsadida xususiy sheriklik uchun nomzod tanlash to‘g‘risidagi qaror O‘zbekiston Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi davlat-xususiy sheriklik nomzodini tanlash xay'at (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tomonidan qabul qilinadi.Xay'at tarkibi, uning ishchi organi va faoliyat reglamenti O‘zbekiston Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Xususiy sherik nomzodini ko‘rib chiqish va qaror qabul qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy veb-saytiga o‘z arizasini joylashtiradi, arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
bank rekvizitlari;
dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizasiyasi uchun berilgan lisenziyaning ro‘yxat raqami;
dori vositalari va tibbiy buyumlar, tovar zaxirasi va aylanma vositalar, ular to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarning alohida hisob-kitobini olib borish imkonini beruvchi dasturni o‘z ichiga oluvchi moddiy-texnik baza haqidagi ma'lumot.
Ma'lumotlarning ishonchliligi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan idoralararo elektron hamkorlik yordamida tekshiriladi.
Komissiya ariza qabul qilingan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida nomzodga Komissiya majlisining o‘tkaziladigan joyi va vaqti to‘g‘risida xabar beradi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzolash uchun nomzod o‘zining nomzodini ko‘rib chiqishda Komissiya yig‘ilishida qatnashish huquqiga ega.
Komissiya arizani o‘n ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqadi va davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risida shartnoma tuzish yoki uni tuzishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Komissiya qaror qabul qilingan kundan e'tiboran uch kun ichida qabul qilingan qaror to‘g‘risida nomzodni xabardor qiladi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda nomzodga asoslantirilgan rad etish to‘g‘risidagi xabarnoma yuboriladi.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi shartnoma tuzishni rad etish haqidagi Komissiya qarori yuzasidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzish bo‘yicha Komissiyaning qarori davlat tomonidan sherikka keyingi ish kunidan kechikmay taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qarori bilan ijtimoiy dorixonalar faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda “Inson va qonun” nashri xabar berdi.
Mazkur Nizomga muvofiq o‘z logotipiga ega bo‘lgan, dorixona assortimentidagi ijtimoiy ahamiyatga ega barcha dori vositalari va tibbiy buyumlar hamda O‘zbekistonda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan boshqa dori vositalari va tibbiy buyumlarning chakana realizatsiyasi bilan shug‘ullanuvchi, Sog‘liqni saqlash tizimidagi ixtisoslashtirilgan tashkilot ijtimoiy dorixona sifatida e'tirof qilinadi.
Ijtimoiy dorixona Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan, davlat-xususiy sheriklik
shartlariga ko‘ra tashkil qilinadi.
Quyidagilar ijtimoiy dorixonalarni joylashtirishning asosiy omillari hisoblanadi:
• viloyat, tuman, shaharning ma'muriy-hududiy tuzilishi;
hududning geografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari;shahar, tuman va qishloq aholi punktlaridagi aholining soni;
• ambulatoriya poliklinikalarida tibbiy xizmatni tashkil etish darajasi;
• ijtimoiy dorixonalarning xizmat ko‘rsatish radiusi (ijtimoiy dorixonalarni tavsiya etilgan xizmat ko‘rsatish radiusi aholi sonidan kelib chiqqan holda hisoblanadi, shaharlarda 2-3 km, qishloq hududida 5-10 km.dan kam bo‘lmagan masofada).
Ijtimoiy dorixonalar viloyat, tuman markazlarida, tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarning oilaviy poliklinikalari va qishloq vrachlik punktlarida joylashtiriladi.
Ijtimoiy dorixonalarning asosiy vazifasi aholini Ro‘yxatga kiritilgan dorixona assortimentidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar, boshqa turdagi dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta'minlash, shuningdek, imtiyozga ega ayrim toifadagi shaxslarni dori vositalari bilan ta'minlashdan iborat.
Ijtimoiy dorixonalarda dori vositalari va tibbiy buyumlarning narxlarini nazorat qilish Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.

Download 66.07 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 66.07 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xususiy sheriklik uchun nomzodni tanlash quyidagilarga asosan amalga oshiriladi

Download 66.07 Kb.