• Bajardi: To’xtayev Sh Teshirdi: Maxmudov Z SAMARQAND 2022 REJA : MySQL o`zi nima
  • GPL(GNU Public Licenseb, GNU)
  • «Sakila»
  • MySQl AB
  • WAMP, AppServ, LAMP, Denwer
  • Oracle
  • MySQL Enterprise Server
  • O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi




    Download 149.62 Kb.
    bet1/2
    Sana06.11.2022
    Hajmi149.62 Kb.
    #29207
      1   2
    Bog'liq
    Ma`lumotlar bazasi Mustaqil ishi - Copy (2)
    ikki karrali intg kurs ishi, 1348669940 2467, Ushbu o’quv qo’llanma maktabgacha ta’lim yo’nalishi bakalavriyat, Shax ma`naviyatini shakillantirish omillari, Farmonov.M.M, Jahon iqtisodiyoti, O\'zbek tili 2-sinf to\'garak 34 soat, mustaqil ish 3, all kill 고급, Zamonaviy tarmoq operatsion tizimlari va ularni taxlil qilish, 1 (1), Kurs ishi J.N new, 344-347, [-]-fayllar.org

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI



    Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filali

    MUSTAQIL ISHI
    Mavzu: MySQL DASTURLASH TILI

    Ma’lumotlar bazasi fanidan
    KI-20-03 - guruh talabasi
    Bajardi: To’xtayev Sh
    Teshirdi: Maxmudov Z


    SAMARQAND 2022
    REJA :

    1. MySQL o`zi nima ?

    2. MySQL Dasturlash tili

    3. MySQLning tuzilmasi va imkoniyatlari hamda tarixi undan kimlar foydalanadi ?

    4. Xulosa qism

    MySQL — bu eng mashhur va juda ko'p foydalaniladigan ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimi(MBBT) hisoblanadi. Bu tizim juda katta ma'lumotlar bilan ishlash uchun yaratilmagan, aksincha biroz kichik hajmdagi bazalar bilan katta tezlikda ishlash uchun yaratilgan. Uning asosiy ishlash doirasi, saytlar hisoblanadi. Hozirgi kunda juda ko'p sayt va bloklarning ma'lumotlari aynan shu MBBT saqlanadi.

    Ho'sh, saytlarning nimalari bazada saqlanishi mumkin? Dastlab, ma'lumotlar saqlash uchun dasturchilar fayllardan foydalanishgan, ya'ni fayl ochilib kerakli ma'lumotlar u yerga saqlanib, kerakli paytda chaqirib ishlatilgan. Keyinchalik fayllardan voz kechilib(noqulayliklar yuzaga kelgan, ya'ni faylni ochish, o'qish, yopish,.. ko'p vaqtni olib qo'ygan, u yerdan qidirish, xullas juda ko'p), ma'lumotlar bazasiga o'tilgan. Bazada saytdagi maqolalar, sayt foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlar, sayt kontentlari, qoldirilgan kommentariyalar, savol-javoblar, hisoblagich natijalari va shunga o'xshash juda ko'p ma'lumotlar saqlanadi. MySQL shunday ma'lumotlarni o'zida saqlaydi.
    MySQL — juda katta tezlikda ishlovchi va qulay hisoblanadi. Bu tizimda ishlash juda sodda va uni o'rganish qiyinchilik tug'dirmaydi.
    MySQL tizimi tcx kompaniyasi tomonidan, ma'lumotlarni tez qayta ishlash uchun korxona miqyosida ishlatishga yaratilgan. Keyinchalik ommalashib, saytlarning asosiy bazasi sifatida yoyildi.
    So'rovlar SQL tili orqali amalga oshiriladi. Bu MBBT relyatsion ma'lumotlar baza hisoblanadi. Bu degani baza jadvallar, jadvallar esa ustunlardan tashkil topgandir.
    MySQL MBBTi 2 xil turdagi litsenziyaga ega. Birinchisi tekin, ya'ni MYSQLni ko'chirib olish va ishlatish hech qanday harajat talab qilmaydi va GPL(GNU Public Licenseb, GNU) litsenziyasiga asoslanadi. Ikkinchi turi, GPL shartiga ko'ra, agar siz MySQL kodlarini biror dasturingizda ishlatsangiz, bu dasturingiz ham GPL(tekin) bo'lishi kerak. Bu esa dasturchiga to'g'ri kelmaydi. Shuning uchun, bu dasturingizni pullik qilishingiz uchun MySQL pullik litsenziyasini sotib olishingiz kerak.
    MySQL logotipi delfin hisoblanadi. Bu delfinni ismi «Sakila»dir. Bu logotipni OpenSource tuzuvchilaridan biri Ambrose Twebaze ga tegishlidir.
    MySQL juda ko'p operatsion tizimlar bilan ishlay oladi. Bularni yozadigan bo'lsam: AIX, BSDi, FreeBSD, HP-UX, Linux, Mac OS X, NetBSD, OpenBSD, OS/2 Warp, SGI IRIX, Solaris, SunOS, UnixWare, Windows 95, Windows 98, Windows NT, Windows 2000, Windows XP, Windows Server 2000, Windows Vista, Windows 7,…
    MySQL shved korxonasi MySQl AB ga tegishli bo'lgan, keyinchalik SUN firmasi MySQL ni o'ziniki qilib olgan. Bir necha yil oldin esa, gigant korxonalardan biri Oracle, SUN firmasini sotib oldi va hozirda MySQL Oracle firmasi mahsuloti sifatida chiqib kelmoqda. Bu bir hisobda Microsoft SQL Server ga katta raqobatdosh ekanligini anglatadi.
    MySQL bir necha serverlarning bir qismi hisoblanadi. Misol uchun, WAMP, AppServ, LAMP, Denwer,… Kliyentlar MySQL serveriga ma'lum bir kutubxonalar orqali ulanadi. MySQL ga quyidagi dasturlash tillari ulanib ishlashi mumkin: Delphi, C, C++, Java, Perl, Php, Python, Ruby va boshqalar.
    MySQL bu — krossplatformali dastur hisoblanadi, ya'ni bir xil tipga ega bo'lgan(ishlash texnologiyasi bir xil), lekin o'rnatiluvchi fayllari biroz boshqachadir. Hozirda mysql Oracle firmasi tomonidan ishlab chiqarilmoqda, oldin Sun firmasiga tegishli bo'lgan. Shuning uchun MySQL 4talqini MySQL 5 talqinidan farq qiladi. Hozirda(maqola yozilishida) eng so'ngi talqini 5.6.14 dir.
    Keling enda,talqinlar nimani anglatishini bilib olamiz. Har bir dastur, ma'lum bir sonlar asosida talqinlarga ajratiladi. Dastur ismi o'zgarmaydi, faqat sonlar o'zgarib, dasturning yangi yoki eskiligini ajratib turadi. Yangi yoki eskiligi, dasturning darajasini belgilaydi, ya'ni yangi dastur eskisiga qaraganda yangi qirralari mavjudligini anglatadi. MySQL dasturi ham hamma dasturlar kabi o'z talqiniga ega(5.6.14). Demak birinchi raqam asosiy raqam deyiladi. Bizning holatda bu 5 raqami. Bu raqam kamdan kam o'zgaradi, faqatgina dasturning asosi o'zgarsa o'zgaradi. Keyingi raqam 6, bu raqam asosiy raqamga yordamchi raqam hisoblanadi va asosiy raqamga qaraganda tezroq o'zgaradi. Buning o'zgarishi, dasturning ishlash texnologiyasi biroz o'zgarishi natijasida sodir bo'ladi. Keyingi raqam build deyiladi. Bizning holatda bu 14 raqam. Dastur ishlashida biror nuqson(bug) paydo bo'lsa, dasturchilar darrov shu nuqson(bug)ni yo'qotishadi va raqamni keyingisiga o'zgartirib qo'yishadi. Bundan ko'rinib turibdiki bu raqam tez o'zgaradi. Bu o'zgartirish dasturchilar tilida Patch deyiladi. O'z tajribamdan kelib chiqib fikr bildirsam, har bir yangi chiqgan Patch, eski nuqsonlarni bartaraf etib, yangisini paydo qiladi :).
    MySQL asosan 2 turga bo'linadi. Birinchisi, pullik talqin bo'lib, MySQL Enterprise Serverdeyiladi. Bu turidan foydalanganda, har yil ma'lum bir mablag' to'lash talab etiladi.
    Ikkinchisi, MySQL Community Server deb nomlanib, bepul hisoblanadi.

    Download 149.62 Kb.
      1   2




    Download 149.62 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va komunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

    Download 149.62 Kb.