|
O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti
|
bet | 91/311 | Sana | 20.12.2023 | Hajmi | 4,4 Mb. | | #125403 |
Bog'liq IJTIMOIY-FALSAFAVolter Fransua-Mari Arue (1694-1778)- SHu vaqtgacha kashf etilgan barcha insonlar, hoh eng yovvoyi bo‘lmasinlar, hoh xaroba mamlakatlarda yashab kelmasinlar chumolilar, asalarilar va boshqa hayvon turlari singari jamoa bo‘lib yashab kelganlar. Biron-bir mamlakatda kishilar alohida-alohida yashaganlarini ko‘rmaganmiz. Biron-bir ona o‘z farzandini tarbiyalab, keyin ularni tashlab tan olmaganliklarini, biron kishi oila qurmay, biron-bir jamiyatda yashaganlarini bilmaymiz. Ba’zi bir ahmoq masxarabozlar miyalarini axmoqona fikrlar bilan to‘ldirib, go‘yo inson dastlab alohida yashash uchun yaratilgan, jamiyat ularning tabiatini buzgan, deyishga jur’at etganlar. Har bir maxluqning o‘z instinkti — tabiiy mayli mavjud. Insonning instinkti akl bilan mustahkamlangan bo‘lib, uni xudo oziq-ovqatga tortganidek jamiyatga tortadi.
Jamiyat bo‘lib yashashga bo‘lgan ehtiyoj insonlarni buzmaydi, balki jamiyatdan ajralish insonni insoniylikdan chiqarib qo‘yadi. Mutlaqo yakka yashagan odam fikrlash qobiliyatini ham unutgan bo‘ladi. U hayvon darajasigacha borib etishi mumkin. Ozod bo‘laman, deb o‘zini daxshatli qullikka tushib qolganini bilmay qoladi.
Jan Jak Russo(1712-1778)ning “Insonlar o‘rtasidagi tengsizlikning kelib chiqishi va asoslari to‘g‘risida mulohazalar” asari uning obro‘siga yana obro‘ ko‘shadi. U “Fanlarning ma’naviyatta ta’siri” asarida o‘zi yashab turgan sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb tanqid qiladi. SHuningdek u ta’killaydiki, fan taraqqiyoti inson tabiatini, ma’naviyatini takomillashtirmaydi. Albatta, bu bilan u fan va madaniyatga qarshi chiqqan, deyish noto‘g‘ridir. Fanga hujum qilayotganim yo‘q, lekin ezgulikni himoya qilayapman, deydi u. Russo ijtimoiy muammolar va huquqsizlik zulmning manbaini ijtimoiy tengsizlikda, ya’ni mulkiy tengsizlikda ko‘radi. Mulkiy tengsizlik azaliy emas. U quyidagi bosqichlardan iborat:
1. Ijtimoiy tengsizlikning birinchi bosqichi — boy va kambag‘alning yuzaga kelishi. Uni tabiiy-ilmiy bilimlar yutuqlari asosida to‘ldiradi va boyitadi.
2.Davlatning kelib chiqishi. Bunda boylar bilan kambag‘allar bitim tuzadilar.
3. Qonuniy hokimiyatning zo‘ravonlikka aylanishi. Avval xalk podsho va huquq tomonidan aldangan bo‘lsa, zo‘ravonlikda esa zo‘ravon qonunlar xalqni aldaydi va unga hamla qiladi.
Russoning ijtimoiy-siyosiy qarashlari uning ijodida markaziy o‘rin egallaydi. Tenglik jamiyatning tabiiy holati, inson o‘z mohiyati jihatidan hoh ishlab chiqarishda, hoh iste’molda hech kimga bog‘liq emas. Bunday jamiyat idealdir. Kelajakda bunga erishish mumkin emas, lekin unga qaytish mumkin. Unda kishilar boylik xususiy mulk nimaligini bilishmasdi. Hususiy mulk bo‘lmagan erda adolatsizlik bo‘lishi mumkin emas. Hususiy mulkning kelib chiqishi insonlar manfaatlariga ziddir. Bu aslida birovlar hisobiga boyish demakdir. Umumiy erk va barchaning erki degan narsa bor. Umumiy erk umumiy manfaatlarni nazarda tutadi. Barchaning erki shaxsiy manfaatlarni hisobga oladi. U yakka-yakka manfaatlar yig‘indisidan iborat. U feodalizmni qoralab, adolatli jamiyat tashkil etish yulida ijtimoiy kelishuvni ishlab chiqdi.
U o‘z ijtimoiy qarashlarida Fransuz jamiyatining kambag‘al fuqarolari manfaatlarini himoya qiladi. SHuning uchun ham Russo ijodining markazida inson muammosi va ijtimoiy tengsizlik masalasi yotgan.
Faylasuf ijtimoiy fikrlar tarixida o‘zining ijtimoiy-ahloqiy muammolar va tarbiya nazariyasi bilan mashxur bo‘lgan. “YAngi Eloiza” romani “Emil yoki tarbiya haqida”gi risolalarida ahloq va tarbiya masalalarini mohirlik bilan ifodalagan. Faylasuf hayot jarayonida fan, madaniyat va sanoat o‘z taraqqiyoti yo‘lida insonlarning ma’naviyatini buzgan, degan qatiy ishonchga keladi. Ular inson va tabiat o‘rtasidagi tabiiy hamohanglikni izdan chiqargan. Boshqa ma’rifatparvarlar singari Russo ham qachon hokimlik donolik bilan bir bitimga kelmas ekan, xalk baxtsizlikda qolaveradi, degan fikrda bo‘lgan.
Jan Jak Russo o‘zining “Tengsizlikning kelib chiqishi va sabablari haqida mulohazalar” asarida jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlik manbalarini tahlil qiladi. Uning fikricha, bu tengsizlik birdaniga bo‘sh erda paydo bo‘lmagan, balki bunda ishlab chiqarish qurollarining borgan sari takomillashib borishi va unda ijtimoiy funksiyalarning taqsimlanishi katta rol o‘ynagan. Avval oila, keyinchalik urug‘ va hokazolar shakllangan. Ana shu asnoda hususiy mulk va unga egalik asta-sekin paydo bo‘la boshladi. Xususiy mulkchilikning yuzaga kelishi kishilar o‘rtasiga nifoq soldi. Erga bo‘lgan xususiy mulkchilik kishilar o‘rtasida mulkiy tengsizlikni, boy va kambag‘allarni yuzaga keltirib, ular o‘rtasidagi rakobatning kuchayishiga olib keldi. Faylasuf ta’kidlaganidek jamiyatda ijtimoiy qutblar tashkil topa boshladi. Bu esa o‘z navbatida ular o‘rtasida mulk uchun urushlar va janjallarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Keyinchalik boylarning manfaatlarini himoya qiluvchi qudratli kuch, ya’ni davlat paydo bo‘la boshladi. Davlatning kelib chiqishi bilan jamiyat taraqqiyotida qarama-qarshiliklar va nizolarning kuchayishi sinfiy qatlamlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Insonning inson ustidan zo‘ravonlik qilishi, tengsizlik sivilizatsiyasiga olib keldi. Inson qaytadan erkinlikka erishishi uchun nima kilmog‘i kerak? — degan tabiiy savol tug‘iladi. Faylasuf fikricha, “fuqarolar” bitimini amalga oshirish lozim, ya’ni erkin bitimga asoslangan jamiyatning huquqiy tashkilotini tuzish kerak. Bunday ijtimoiy holatda har bir fuqaroning xususiy mulkka bo‘lgan huquqi qonunlashtirilmog‘i lozim. Davlat esa fuqarolarning mazkur qonunlarni himoya qiluvchi kuchga aylanishi zarur. Russo fikricha, davlat respublika shaklida bo‘lib, na boylar va na kambag‘allar bo‘lishiga yul qo‘ymasligi kerak. Xalkning manfaatlarini himoya qiluvchi oliy organ — xalk majlislari bo‘lmogi lozim. Bu organ chiqargan qarorlar hukumat va hukmron tashkilotlar tomonidan bajarilishi zaruriy sanalmog‘i lozim.
Xalk suvereniteti to‘g‘risidagi g‘oyalar faylasufning ijtimoiy falsafasida asosiy o‘rin egalladi. Jan Jak Russo xalk suvereniteti ma’nosida hokimiyat xalk uchun, xalkning orzu-umidlarini amalga oshiruvchi bo‘lmog‘i lozim, deydi.
Faylasuf nazarida, amal qiladigan siyosiy shakl-tamoyillar hududning katta-kichikligiga va iqlimiga bog‘liq. Xususiy mulkchilik odamlar o‘rtasida ijtimoiy antogonizmni keltirib chiqaradi. Dastlab “tabiiy holat” mavjud. Bu davrda kishilar erkin va tengdirlar. Bu holatni Russo ideallashtirdi. Uning fikricha, takomillashtirish imkoniyati ishlab chiqarish qurollarini va mehnat usullarini yaxshilaydi. SHu asosda xususiy mulkchilik kelib chiqadi va mulkiy tengsizlik sodir bo‘ladi. Buning oqibatida davlat vujudga keladi. U o‘z navbatida tengsizlikni keltirib chiqaradi. Xo‘jalik faoliyatidagi, fandagi, sanoatdagi yutuqlar, kishilar tomonidan erkinlik va baxtni yo‘qotish bilan chambarchas bog‘liq. Ahloq va siyosat regressiya (orqaga qaytish) tufayli paydo bo‘ladi.
Pirovard natijada huquqsizlik, adolatsizlik zolim podshohni ag‘rdarish tufayli bartaraf etiladi. Kishilar zulmdan halos bo‘lgach, endilikda qanday yashash yo‘lini izlashlari lozim va birgalikda ijtimoiy ittifoq tuzishni o‘ylashlari kerak. Bu ijtimoiy kelishuv tufayli amalga oshadi.
Demak har bir inson o‘z kuchi, huquqlarini oliy rahbarga berishi lozim. Birgalikda har bir a’zoga bir butunlikning ajralmas qismi sifatida qaraladi. Oqibatda yaxlit kollektiv davlat barpo etiladi. Xalk oliy hokimiyat va suverenitetga ega bo‘ladi.
Russoning siyosiy ideali — to‘g‘ridan-to‘g‘ri demokratiyadir. Unda qonunlar bevosita barcha fuqarolarning majlisida qabul qilinadi. Albatta, bu g‘oyalarni hududiy jihatdan kichik bo‘lgan davlatlarda amalga oshirish mumkin. Katta davlatlarda amalga oshirib bo‘lmaydi. Russoning xususiy mulkchilik to‘g‘risidagi qarashlari izchil bo‘lmagan. Uning nazarida xususiy mulkchilikning kelib chiqishi xalqqa behisob kulfatlar keltiradi. U xususiy mulkchilikni yo‘q qilish tarafdori bo‘lmay, balki uni barcha fuqarolar o‘rtasida hayot kechirishlari uchun zaruriy miqdorda ulashish kerak, degan fikrni qo‘llab-quvvatlaydi. Russoning bu qarashlari mayda burjuaziyaning qarashlaridir.
U xususiy mulkchilikning mavjudligi mulkiy bo‘linishga olib kelishini tushunib etmadi.
Russoning ijtimoiy bitimi faqat amaliyotda burjua-demokratik ruspublikasida amalga oshishi mumkin.
Russoning ahloqiy ta’limoti tenglik g‘oyasi va shaxs erkinligi bilan chambarchas bogliq. Bu ahloq — fuqaro jasorati, respublikachining vatanparvarligidir. Sahovat uning uchun qulchilikka nafrat. Estetik tarbiya ham shu yo‘lga qaratilmog‘i lozim.
|
| |