O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi




Download 2.25 Mb.
bet6/7
Sana26.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shtаngеnsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish
124 08.05.2013, Esse, 1426185, Types of subordinate clauses in Modern English, ddddddddddddddd, Amir Temur - buyuk siymo, соғлом оила - соғлом жамият , Умрнинг хар бир дами ғанимат, рвоооо, ролрлрр, парооо, оврвпвп, еункнк, шшрвр
b) Shtangensirkullar haqida umumiy ma’lumot.
Shtangensirkullar ichki va tashqi o'lchamlarni o'lchash uchun ishlatiladi. Ular uch tipda tayyorlanadi: bo'linmasining qiymati 0.1 mm ga teng ShS 1; bo'linmasining qiymati 0.05 va 0.1 mm ga teng ShS11 ; bo'linmasining qiymati 0.1 mm ga teng ShS -111. Bo'linmasining qiymati odatda noniusda yozib qo'yilgan bo'ladi. 0.1 mm li bo'linmani hosil qilish uchun noniusning 9 mm uzunlikdagi shkalasiga o'nta bo'linma joylashtiriladi. Bu holda ikkita qo'shni shtrixlar orasidagi masofa 9 : 10 = 0.9 mm ni tashkil etadi Asosiy shkala bo'linmasining qiymati 1 mm, nonius bo'linmalarining intervali esa 0.9 mm ga teng bo'lgani uchun nonius bo'yicha sanoq olish qiymati 1,0 - 0.9 = 0.1 mm ga teng bo'ladi. Bo'linmasining qiymat 0.1 mm ga teng shtangenasboblarning aksariyatida sanoq olish oson bo'lishi uchun uzatirilgan nonius deb ataladigan nonius bo'ladi, uning shkalasi uzunligi 1 mm ga teng. Ayni holda bo'linma intervali 19: 10 = 1,9 mm ni tshkil etadi, natijada shtanganing har bir ikkinchi bo'linmasidan 0.1 mm orqada qolinadi. 0.05 mm li bo'linmalar hosil qilish uchun noniusning 19 mm uzunlikdagi shkalasi 20 ta teng qismga bo'linadi. Mazkur holda bo'linmaning intervali 19:20 = 0.95 mm ga teng. Natijada nonius shtrixi 1- 0.95 =0.05 mm orqada qoladi. Sonning yuzdan bir ulushini aniqlash uchun nonius shtrixi nomerini 0.05 mm ga ko'paytirish zarur. Millimetrning yuzdan bir ulusini hisoblashni osonlashtiish uchun noniusing har beshinchi shtirixida tegtshli raqam qo'yiladi, u millimetrning yuzdan bir ulushini ko'rsatadi.
O'lchash chegarasi 0...125 bo'lgan ShS 1 shtangensirkulda ikki juft jag' va chuqurlik o'lchagich bor. Yuqoriga jag'lardan ichki fodalaniladi. Pastki jag'lar uchi tomon ingichkalashib ketganliga uchun ular bilan tor joylarni щam o'lchash mumki. Chuqurlikni o'lchagich surilma ramkaga maщkamlangan lineykadan iborat. Chuqurlikn o'lchashda ramka qancha siljitilsa, chuqurlik o'lchagich shunchaga surilib chiqadi.
O'lchash chegarasi 320 mm gacha bo'lgan ShS 11 shtangensirkuli щam ikki juft jag'ga ega. Pastki jag'lardan tashqi va ichki yuzalarni o'lchashda, yuqorigi jag'lardan esa tashqi yuzalarni o'lchash va rejalash ishlarini bajarishad foydalaniladi. Ichki o'lchamlarni o'lchashda shtangensirkul bilan aniqlanadigan o'lchamga ikkala jag'ning ular yuzasida ko'rsatilgan qalinligini qo'shishga to'g'ri keladi. Bu kamchiliklar ShS 11 shtangensirkulining yangi konstruksiyasida bartaraf qilingan. Unda ikkita shkala va ikkita mustaqil nonius ( bittasi tashqi o'lchamlarini o'lchashda, ikkinchisi esa ichki o'lchamlarni o'lchashda sanoq olish uchun) bor. Jag'li surilsa ramkani aniq o'rnatish uchun ShS 11 shtangensirkulida berilgan o'lchamni tez o'rnatishga, shuningdek taxminan bir xil o'lchash kuchiga ega bo'lishga imkon beradigan mikrometrik qurilma nazarda tutilgan.
ShS 111 shtangensirkuli bir tomonlama jag'larga ega bo'lib, katta o'lchamlarni o'lchash uchun mo'ljallangan.
Shtangenchuqurliko'lchagich tuzilish jihatidan shtangensirkuldan juda kam farqlanadi. Unda qo'zg'almas jag' bo'lmaydi, ramkadagi surilma jag' esa yassi shaklda ishlangan.
Shtangenreysmus balanlikni o'lchash va rejalash ishlarini bajarish uchun mo'ljallangan. Unda qo'zg'almas jag' o'rniga pastki tekisligi aniq ishlangan vazmin asos bor. Ramkaning turtib chiqqan qismiga uchi o'tkir almashma o'lchash oyoqchalari mahkamlangan. Oyoqchaning yuqori qismi o'tkir qirrali bo'lib, ichki o'lchamlarni o'lchash uchun, pastki qismi esa yassi va tashqi o'lchamlarni o'lchash uchun mo'ljallangan.
Shtangensirkul to'g'ri shakldagi buyumlarni tashqi va ichki tomondan aniq o'lchash uchun xizmat qiladi. Bu o'lchash asbobi shtangadan, ikkita juft jag' (qo'zg'aluvchan va qo'zg'almas jag'lar) hamda korpusdan iborat.
b) amaliy ishlar
Shtangensirkulning tuzilishi va qo'llanilishi haqida qisqacha nazariy ma’lumot berilgandan so'ng o'qituvchi o'quvchilarga o'lchamlari aniqlanish uchun tanlab olingan namunalardan olib, ularning o'lchamlarini aniqlash usullari ustida to'xtalib uni namoyish qilib ko'rsatadi. Keyin o'quvchilarga o'lchash ishlarini bajarishga oid topshiriqlar beradi.

Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi

Download 2.25 Mb.