O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi




Download 2.25 Mb.
bet4/7
Sana26.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shtаngеnsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish
124 08.05.2013, Esse, 1426185, Types of subordinate clauses in Modern English, ddddddddddddddd, Amir Temur - buyuk siymo, соғлом оила - соғлом жамият , Умрнинг хар бир дами ғанимат, рвоооо, ролрлрр, парооо, оврвпвп, еункнк, шшрвр
Yuzalarni egovlash. Mehnat xavfsizligi talablari. Ishlab chiqarish ta’limi instruktori tekisliklarini egovlashga oid mashqlarni o'tkazishga kirishar ekan, barcha asbob va moslamalarni ko'zdan kechirib chiqish shart.
Dasta egovning quyrug'iga tig'iz va ishonchli qilib o'rnatilishi va unga uzunligining 2(3 - 3)4 qismicha kirib turishi kerak. Dastalar egovga ikki usulda o'rnatiladi,
1. O'ng qo'l bilan egovning o'rtasidan ushlagan holda uning quyrug'i dasta teshigiga kirgiziladi. Dastaning kallagini biror qattiq narsaga o'rab, egov dastaga tig'iz qilib oxirigacha kirgiziladi.
2. Egovning uchi dasta teshigiga kirgiziladi va dastani yuqoriga qaratib, egov chap qo'l bilan ushlanadi, keyin dasta toretsini bolg'a bilan urib oxirigacha kirgiziladi.
Egov bilan ishlayotganda :
Egov uning dastasi detalga borib urilguncha surish man etiladi, chunki bunda dastasi chiqib ketib ishlovchini jarohatlashi mumkin;
Egovni orqaga tortayotganda chap qo'l barmoqlarini uning tagiga suqish ta’qiqlanadi, aks holda chetlari o'tkir detallarni egovlayotganda chap qo'l jarohatlanishi mumkin;
Egovlangan yuzaning sifatini qo'l bilna tekshirish man etiladi, chunki qo'ldan chiqadigan yog' unga o'tib, uni egovlashini qiyinlashtiradi;
Egovlanayotgan yuzadan ikki egovdan metall qirindini qo'l bilan olib tashlash ta’qiqlanadi, chunki bunda qirindi qo'l terisi orasiga kirib qolib biror kasallik keltirib chiqarishi mumkin. Qirindini puflab tozalash ham yaramaydi, chunki ko'zga tushishi mumkin.
Egovlanayotgan yuza va tekisdan qirindini faqat cho'tka yoki latta bilan tushirib yuborish mumkin.
Tekshirish chizg'ichlari, go'niyalar, shtangensirkullar va kronsirkullarni mexanik shikastlanishlar (pachoqlanish hamda ezilish)dan asrash zarur, aks holda asbob foydalanishga yaroqsiz bo'lib qolishi mumkin. Asboblarni ish o'rniga qalashtirib qo'yish man etiladi.
Ishda egovning faqat bir tomonini to u yeyilib bo'lguncha ishlatish zarur; shundan keyingina uning ikkinchi tomonidan foydalanish zarur Egovlayotganda egovni bosish kuchi uning tishiga bog'liq bo'ladi: tishi qanchalik mayda bo'lsa, egovni shunchalik kuchsiz bosish darkor. Egovlarni moy, suv, chang va kir tushishidan saqlash kerak. Egovlarni bir-birining ustiga yoki boshqa asbob ustiga qo'yish mumkin emas chunki bunda tishlarning orasi to'lib qoladi. Moylanib qolgan egovni qattiq pistako'mir yoki bo'r bilan tozalash lozim, buning uchun uning sirtiga pistako'mir yoki bo'r to moy izi batamom yo'qolmaguncha tishlari yo'nalishida ishqalanadi.
Alyuminiy zagotovkalarni egovlashdan oldin egovni stearin bilan artishi zarur. Tishlarining orasi yog'och, ebonit, rezina, plastassa, kapron qirindisi bilan to'lib qolgan egovlar issiq suvga 15-20 min botirib qo'yiladi, keyin karda cho'tka bilan tozalanadi.
Ish tugallangach, barcha o'lchash va tekshirish asboblari (shtangensirkulь, tekshirish chizg'ichi, go'niya) ni avval toza quruq latta bilan, keyin bir oz moy shimdirilgan latta bilan artish kerak.
Asboblarni yumshoq g'ilof ichida saqlash lozim, bu g'ilofda har bir asbob uchun alohida joy bo'lishi darkor.
Egovlanayotgan gavdani to'g'ri tutish, oyoqni to'g'ri qo'yish va egovni to'g'ri ushlash. Egov bilan ishlayotganda qilinadigan ish harakatlari va gavdani muvozanatda saqlash. Egov bilan yoki egovlash stanoklarida metall yoki boshqa materiallar sirtidan yupqa metall (material) qatlami yo'nib tashlash operatsiyasi egovlash deb ataladi. To'g'ri egovlvsh uchun egovni to'g'ri bosish va harakatlantirish kerak.
1.Tiskining o'rnatilish balandligi unda ishlovchining bo'yiga moslab shunday tanlanishi kerakki, qo'lning tirsak qismi tiski jag'lariga qo'yilganda qo'lning tirsak qismi tiski jag'lariga qo'yilganda qo'lning tirsak qismi bilan yelka qismi orasida 900 li burchak hosil bo'lsin (96-rasm). Agar tiskining balandligi unda ishlovchining bo'yiga mos kelmasa, uning oyog'i tagiga maxsus tagliklar qo'yiladi yoki tiski o'rnatilgan dastgoh ishlovchining bo'yiga moslab ko'tariladi.
Ish boshlagunga qadar egov dastasi ishlovchi tomonga qaragan holda tiskining o'ng tarafida turishi lozim.
2. Tiskiga qisib qo'yilgan brusokning ustki qirrasi tiskining ish sirtidan 5-10 mm balandda yotishi zarur. Tiski jag'larini faqat qo'l bilan qisish darkor.
3. Tiski oldida unga yarim o'girilgan (45 0 burchak ostida) holda to'g'ri va turg'un turish kerak. Chap oyoqni dastgoh yaqiniga qo'yish, o'ng oyoqni esa chap oyoqdan taxminan 250 mm orqaga va o'ngga qo'yish lozim, bunda ikkala oyoq kaftlarining o'rta chiziqlari orasidagi burchak 600 ga teng bo'lishi kerak.
4. Egov dastasi o'ng qo'l bilan ikki usulda ushlanadi: o'ng qo'lning panjasi dastanin ovalsimon kallagi kaftning yumshoq qismga tiralaigan qilib joylashtiriladi katta barmoq dasta o'qi bo'ylab qo'yiladi, qolgan barmoqlar bilan esa dastani ushlab, uni kaftga bosiladi (.
Chap qo'l egovning uchidan 20-30 mm masofada unga ko'ndalang qilib qo'yiladi.
5. Egov taxta bo'lagi ustiga qo'yiladi va ish vaziyati egallanadi, bu vaziyatda chap qo'lning tirsak qismi gorizontal vaziyatga yaqin vaziyatni egallashi kerak.
Bir-biridan 8 mm oraliqda qo'yilgan ikkita metall plastinkani egovlashga oid 1-o'quv topshirig'i egovni to'g'ri muvaozanatlash priyomlarini o'zlashtirishdan va harakatlar ritmiga rioya qilishdaniborat.
1. Ikkita metall plastinkaga chetidan 5 mm qochirib uzunasiga chiziqlar chiziladi.
2. Ikkita metall plasitinka(bir-biridan 80 m oraliqda) va taxta qistirma tiskiga qisib qo'yiladi; plastinkalarning chetlari tiski jag'lari sathida 5 m chiqib turadi.
3. Ish vaziyati egallanadi, egovni o'ng qo'l bilan dastasidan ushlab, po'lat plastinkalarning qirralariga qo'yiladi, chap qo'l esa egov ustiga qo'yiladi.
4. Ikkita po'lat plastinkaning ensiz yoqlari gorizontal tekislikda dag'al tishli eski egov bilan egovlanadi.
Parallel yuzalarni egovlash. Parallel tekisliklarni egovlash ancha murakkab operatsiya hisoblanadi, chunki bunda faqat yuzalarning tekisligini emas, balki parallelligini ham saqlab qolish kerak bo'ladi.
Egovlash quyidagi tartibda bajariladi .
1. Yuza ayqash shtrixlar hosil qilgan holda yirik tishli egov bilan reja chiziqlargacha egovlanadi. Yuzaning to'g'ri egovlanayotgnligini vaqti-vaqtida tekshirish chizg'ichi bilan tekshirib turiladi. Keyingi ishlovga 0.5 mm qo'yim qoldiriladi.
2. Yuza mayda tishli egov bilan tozalab egovlanadi. Bunda uning to'g'ri egovlanayotganligi tekshirish chizg'ichi bilan, paralleligi esa kronsirkulь bilan tekshirib turiladi. Bu ish to tekislikning o'lchami bilan baza tekislik o'lchamiga moslagauncha davom ettiriladi.
Uzel-kesil tekshirish yuzalarining parallelligi bir necha joyidan shtangensirkul bilan o'lchab bajariladi.
Tunukasozlik ishlari. Listaviy materiallarni to'g'rilash. O'quvchilar chilangarlik o'quv amaliyotida listlarni to'g'rilashda bir oz qiynaladi, chunki listlarni to'g'rilash murakkab ishdir. Ko'pincha dumboqlar listning o'rtasida yoki butun yuzaga tarqalgan bo'ladi. Agar to'g'rilash vaqtida listning bevosita dumboq o'rniga bolg'a urilsa, u tekislanmay, qiyshayishi yanada ortadi, shuning uchun listning chetlarii tegishlicha chiziladigan qilib bolg'alash kerak bo'ladi.
To'g'rilanadigan list plita ustiga qo'yilib, qavariq o'rnining atrofini bo'r bilan chizib chiqiladi. So'ngra listni chap qo'l bilan ushlab turib, o'ng qo'ldagi bolg'a bilan listning chetidan qavariq tomon urib boriladi. Listning tekis qismi zarb ta’siridan cho'ziladi, egri o'rni tekislanadi. Shuni hisobga olish kerakki, listning tekis tomoniga zarb kuchini yaqinlashtirish bilan kamaytirib boriladi.
Yog'och to'qmoq bilan bolg'alashda, listning to'g'rilanayotganligini, uning yuza chaqa bo'layotganligini kuzatib borish kerak, chunki to'qmoqni qo'lda bo'sh ushlash natijasida tunuka yaxshi to'g'rilanmaydi.
Listaviy metall materialni qaychi bilan qirqish. Qaychilar metall listlarni qo'lda qirqishda ham, mashinada qarqishda ham ishlatiladi. Qaychilarning o'tkirlanish burchagi kesiladigan metallning qattiqligiga 650 da 850 gacha bo'ladi. Yumshoq metallar uchun o'tkirlanish burchagi 650, o'rtacha qattiq metallar uchun 850. Metallni kesganda qaychining tig'i kamroq ishqalanishi uchun ketingi burchak hosil qilinadi va bu burchak 1,5 - 30 ga teng bo'ladi.
Qaychilarning eng ko'p uchraydigan o'lchami 250 -320 mm. Dastaki qaychilar o'naqay va chapaqay qaychilarga bo'linadi. O'naqay qaychilar tig'ining qiyaligi uning har pichog'ining o'ng tomonida bo'ladi, chapaqay qaychilarnikida esa chap tomonida bo'ladi.
Dastaki qaychilar bilan qalinligi 0,7 mm gacha bo'lgan listaviy po'lat, qalinligi 1 mm gacha bo'lgan tom tunukasi, qalinligi 1,5 mm gacha bo'lgan listaviy va jez (bronza) listlari kesiladi.
Metall listlarni kesganda qaychini katta ochmay, listni tishlaydigan darajadagina ochish lozim. Katta ochilgan qaychi listni kesmay chiqaradi. Listdan diskalar kesishda ularni soat strelkasiga teskari yo'nalishda aylantirish lozim, bunda kesish chizig'i qaychi bilan to'silmasligi kerak
Zenkerlash quymalar, shtampovkalardagi tayyor teshiklarga yoki teshik parmalangandan keyin unga ishlov berib silindrik yohud konussimon shakldagi juda aniq va g'adir-budirligi juda kam teshiklar hosil qilish operatsiyasidir.
Zenkerlash operatsiyasi parmalash stanogida maxsus asboblar-zenkerlar bilan bajariladi. Har xil diametrli silindrik zenkerlardan silindrik teshiklar hosil qilish uchun foydalaniladi.
Zenkovkalash ham xuddi shu usullarda bajariladi. Zenkovkalash tayyor teshiklarni vint va parchin mixlarning yashirin kallaklariga moslab chuqurlashtirish, silindrik teshiklarni kengaytirish, teshiklar chetlaridagi g'adir-budurlarni yo'qotish uchun ishlov berish operatsiyasidir. Bu operatsiya parmalash stanoklarida qirquvchi asbob- zenkovkalar yordamida bajariladi.
Shakli va o'lchami jihatidan ancha aniq, g'adir-budirligi kam bo'lgan teshik hosil qilish zarur bo'lganda teshiklar razvyortkalanadi. Teshiklar dastaki usulda yoki parmalash stanogida maxsus asboblar-razvyortkalar yordamida razvyortkalanadi. Ishlov beriladigan teshikning shakliga ko'ra razvyortkalar silindrik , konussimon xillariga ishlatish usuliga ko'ra dastaki va mashina razvyortkalariga, mahkamlash usuliga ko'ra quyrug'idan mahkamlanadigan hamda o'tkazma xillariga bo'linadi. G’adir-budirligi kam yuza hosil qilish uchun tishlari aylana bo'ylab notekis taqsimlangan razvyotkalardan foydalaniladi.
1.3. SHtаngеntsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’rgаtishgа оid dаrs mаtеriаllаrining tаhlili
Chiziqli o’lchаmlаrni bеvоsitа bаhоlаsh usuli bilаn o’lchаshdа vа dеtаllаrni rеjаlаshdа, o’lchаmlаrni tiklаsh uchun shtаngеntsirkul,, shtаngеnchuqurlik o’lchаgichlаr, shtаngеnrеysmuslаr, shtаngеntish o’lchаgich kаbi ko’pginа o’lchаsh vоsitаlаri kirаdi. Ulаrdа hisоb qurilmаsi sifаtidа hаr bir dаrаjаsining qiymаti 1 mm bo’lgаn shtаngа shkаlаsidаn (o’lchаsh chizig’idаn) fоydаlаnilаdi, millimеtrning ulushlаri qo’zg’аluvchаn yordаmchi shkаlа ko’rinishidаgi nоnius yordаmidа hisоblаnаdi.
Shtаngа shkаlаsigа nisbаtаn nоniusning dаrаjаlаri sоni (10-20 mаrtа) kаmrоq. Nоniusning birinchi nоlь shtriхi strеlkа rоlini o’ynаydi vа аsоsiy shkаlа bo’yichа millimеtrlаrdа o’lchаmnii аniqlаsh imkоnini bеrаdi. Аgаr nоl shtriх shtаngа аsоsiy shkаlаsining birоntа shtiriхi ustigа tushmаsа, undа quyidаgichi hisоblаnаdi. Nоl shtriх bоsib o’tgаn millimеtrlаr sоni sаnаlаdi, o’lchаmning kаsr qismi nоnius bo’yichа uning qаysi bеlgisi аsоsiy shkаlаning birоntа shtriхi ustigа tushishiа qаrаb аniqlаnаdi. (1.3.1 -rasm).

Shtаngеnаsbоblаrning kоnstruktsiyasi хilmа-хil bo’lib, ulаrning vаzifаsigа bоg’liq. Shtаngеnаsbоbning eng ko’p tаrqаlgаn turi shtаngеnirkuldir. DST 166-80 gа muvоfiq shtаngеntsirkullаrning bir nеchа хillаri mаvjud. Ichki vа tаshqi o’lchаmlаrni o’lchаsh uchun jаg’lаri ikki tоmоndа jоylаshgаn hаmdа chuqurliklаrni o’lchаsh uchun chizg’ichi bоr (nоniusi 0,1 mm o’lchаsh chеgаrаsi 0 dаn 125 mm gаchа) shtаngеntsirkul, ShS -1 millimеtr shkаlаsi shtаngа (chizg’ich) 4 gа egа. Shtаngаning ikki tоmоnidа ish sirtlаri ungа pеrpеndikulyar bo’lgаn qo’zg’аlmаs o’lchаsh jаg’lаri jоylаshgаn (1.3.1.-rаsm).


Jаg’lаrining ikkinchi jufti jоylаshgаn rаmkа 3 chizg’ich bo’ylаb surilаdi; rаmkаdа uni kеrаkli хоlаtdа qоtirib qo’yish uchun хizmаt qilаdigаn mаhkаmlаsh vinti 2 bоr. Rаmkаgа nоnius 9 shkаlаsi tushirilgаn. Tаshqi o’lchаmlаr yassi ish sirtlаrinin eng kichik bo’lgаn pаstki jаg’lаr bilаn o’lchаnаdi. Yuqоri jаg’lаrdаn ichki o’lchаmlаrni o’lchаshdа fоydаlаnilаdi. Chizg’ich –chuqurlik o’lchаgich 5 chiqiqlаrning bаlаndligini, bir tоmоni bеrk tеshiklаrning chuqurligini o’lchаsh uchun хizmаt qilаdi.
Shtаngеnchuqurlik o’lchаgichlаr (1.3.2.-rаsm) tеshik vа o’yiqlаrning chuqurligini, chiqiqlаrning bаlаndligini o’lchаsh uchun mo’ljаllаngаn. DST 162-80 gа muvоfiq nоniusning hаr bir dаrаjаsi 0,05 mm, o’lchаsh chеgаrаlаri 0-160, 0-250, 0-315,0-400 mm bbo’lgаn shtаngеnchuqurlik o’lchаgichlаr ishlаb chiqаriаldi. Kоnstruktsiyasigа ko’rа shtаngеnchuqurlik o’lchаgichlаr shtаngеntsirkullаrdаn shtаngаsidа qo’zg’аlmаs jаg’i yo’qligi bilаn uning o’rnigа rаmkа 7 dа nоnius 4 li trаvеrsа 5 bоrligi bilаn fаrq qilаdi: trаvеrsа chuqurlikni o’lchаshdа tаyanch vаzifаsini o’tаydi. SHtаngа 1 yon tоmоni bilаn trаvеrsа (аsоsi) bir sаtхdа turgаndа shtаngеntsirkul o’lchаgich nоl o’lchаmini ko’rsаtаdi.




Shtаngеnrеysmus rеjаlаshdа ishlаtilаdi, undаn plitаgа o’rnаtilgаn dеtаllаr bаlаndligini o’lchаshdа hаm fоydаlаnish mumkin. (1.3.3.-rаsm) . DST 164-80 gа muvоfiq shtаngеnrеysmuslаr nоniusning hаr bir dаrаjаsining qiymаti 0,1 vа 0,05 mm hаmdа o’lchаsh chеgаrаsi 2500 mm gаchа bo’lаdi. Plitаdа o’rnаtish uchun ulаr vаzmin аsоs 5 gа egа. Nоnius 3 li qo’zg’аluvchаn rаmkаdа 6 dаstа bo’lib, ungа bаlаndlikni o’lchаydigаn mахsus оyoqni o’rnаtish mumkin.


Hоzirgi vаqtdа chеt el firmаlаri o’lchаnаdigаn kаttаlikni rаqаmlаrdа ko’rsаtаdigаn elеktrоinduktiv shtаngеnrеysmuslаr ishlаb chiqаrilmоqdа.
II BOB. Umumiy o'rta ta’lim maktablari 6 -sinf o'quvchilariga Metallga ishlov berish texnologiyasi bo'yicha namunaviy dars
ishlanmasi

2.1. Metall va unga ishlov berish texnologiyasi yo'nalishi bo'yicha mavzularni o'qitishga oid uslubiy mulohazalar


Ma’lumki hozirgi ishlab chiqarishi eng avvalo mashinalarga tayanadigan ishlab chiqarishdir. Zamonaviy yirik korxonalarda mehnat aksariyat mexanizatsiyalashtirilgan va avtomatlashtirilgan. Maktab ustaxonalaridagi ish sharoitlari ishlab chiqarishdagi ish sharoitlariga maksimal darajada yaqinlashtirilgan bo'lishi zarurligidan kelib chiqqan holda, o'quvchilar mehnati stanoklashtirilgan bo'lishi lozim edi. Biroq o'quvchilar faqat stanoklarda ishlab qolmasdan, balki asosan yog'och va metallarga qo'lda ishlov berish bilan mashg'ul bo'lishadi. Qo'l mehnati o'quvchilarning jismonan rivojlanishi uchun zarur. Bundan tashqari, chilangarlik kasbi hozirgi zamon ishlab chiqarishida eng keng tarqalgan kasblardan biri bo'lib, garchi mehnatni yengillashtiruvchi moslamalar, mexanizmlardan foydalanib bo'lsa ham ko'pgina ishlarni qo'lda bajarishni talab qiladi. Durodgorlik kasbi to'g'risida ham shu fikrni aytish mumkin. Bu kasb ham chilangarlikcha bo'lmasa ham, har holda keng tarqalgan.


Shuning uchun agar ayniqsa o'qituvchining o'quv jarayoni davomida materiallarga qo'lda va mashinada ishlov berish masalalarini hamisha bog'liq holda hal etishini hisobga olib, o'quvchilar ustaxonalaridagi mashg'ulotlarda asosan qo'l mehnati usullari bilan tanishishlari faktini mehnat ta’limiga nisbatan qo'yiladigan politexnik talablarining susayishi deb qarash yaramaydi.
Ishlov beriladigan materiallarning xossalari bilan tanishtirish. Chilangarlik ustaxonalardagi mashg'ulotlarda o'quvchilar asosan metall materiallarga ishlov berishni o'rganadilar. O'quvchilarni materiallar va ularning xossalari bilan tanishtirishda avvalo, ularning xo'jaligining turli tarmoqlarida tutgan o'rni hamda qo'llanilishini aytish zarur. Ilmiy - ommobop kitoblarni o'qigan o'quvchilarda ba’zan plastmassalar qo'llanilishi munosabati bilan metallar va ularning qotishmalari o'z ahamiyatini yo'qotdi, degan tasavvur paydo bo'ladi. Albatta, plastmassalar konstruksion material sifatida tobora ko'p ahamiyat kasb etmoqda, bu ahamiyat bundan keyin yanada uzluksiz ortib boradi, lekin metallar va ular qotishmalarning hozirgi va kelajakdagi ishlab chiqarish uchun bo'lgan ahamiyatini kamsitish yaramaydi.
O'quvchilarni materiallarning xossalari ( birinchi galda mexanik xossalari) bilan tanishtirayotganda o'quvchi bu xossalar ishlov beriladigan materialning vazifasiga qarab zagotovka tanlashda hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Masalan, agar chilangarlik asboblari tayyorlash uchun o'ta qattiqligi bilan ajralib turuvchi uglerodli asbobsozlik po'latdan fodalanilsa, parchin mixlar tayyorlash uchun esa kam uglerodli yumshoq po'lat kerak bo'ladi. O'quvchilar asosiy konstruksion materiallarning xossalarini bilib olganlaridan keyin ularga buyumlarga nisbatan qo'yiladigan texnik talablarga muvofiq ravishda zagotovkani mustaqil tanlash taklif etiladi.
O'quvchilar quyi sinflarda qator materiallar bilan tanishganliklarini esdan chiqmaslik lozim. Shuning uchun ustaxonalardagi mashg'ulotlarni kirish suhbatidan boshlab, ustaxonadagi mashg'ulotlar bilan 1-1V sinflardagi qo'l mehnati darslari izchillikni ko'rsatib o'tish lozim.
Materiallarning xossalari haqidagi ma’lumotlarni o'quvchilar zagotovkaga ishlov berish vaqtida va laboratoriya ishlari davomida namunalarni texnologik jixatdan sinash paytida bilib olishadi.
Ishlov beriladigan materiallarning xossalari o'quv dasturining barcha bo'limlarini amalga oshirish jarayonida o'rganiladi. Bunda dasturning bir bo'limidan boshqasiga o'tishda o'qituvchi ular orasidagi didaktik aloqani saqlab turishi kerak, shunda o'quvchilarda ular ustaxonalardagi mashg'ulotlarda ishlatiladigan materiallarning xossalari to'g'risida to'g'ri tasavvur paydo bo'ladi.
Po'lat tunuka bilan tanishish uning asosiy turlarini taqqoslash imkonini beradi. O'qituvchi metallning bir turi, sortamentidan boshqasiga o'tar ekan, ularni bir-biri bilan taqqoslaydi va o'quvchilarga mazkur tunuka, simning qayerda qo'llanilishini aniqlashni tavsiya qiladi. Tanishtirish qora tunukadan boshlanadi. O'qituvchi uning xossalari, qo'llanilishi to'g'risida gapirib beradi. Shunda so'ng u oq tunukani ko'rsatib, u qanday afzalliklarga ega ekanligini tushuntiradi. Oq tunuka turmushda keng qo'llaniladigan buyumlarni aytib bera oladilar. Shundan keyin tomga yopiladigan tunukani ko'rib chiqish kerak. O'qituvchi uning xossalarini ta’riflab berib, bu tunukaning foydalanilishiga misollar keltirishni o'quvchilarga taklif etadi. (tomga yopish, kurakchalar yasash va hakozo). Tomga yopiladigan tunuka namni yoqtirmaydi, shuning uchun u bo'yab qo'yiladi. O'qituvchi o'quvchilarga savol beradi: Bo'yalmagan bo'lsa ham namdan qo'rqmaydigan po'latni ko'rganmisizlar? O'quvchilar bunday po'latdan ishlangan buyumlarga misollar keltirishlari kerak (tog'ora, bak va hokozo). O'qituvchi ruxlangan bir bo'lak tunukani ko'rsatib, siz aytgan buyumlar shunday materialdan yasalganmi? deb so'raydi. O'quvchilar, "Ha" deb javob berishadi. O'qituvchi ruxlangan tunuka haqida napirib berib o'quvchilarning bu sohadagi bilimlarini kengaytiradi.
O'quvchilar namdan qo'rqmaydigan buyumlarga misol qilib ko'pincha qoshiq, vilka va alyuminiy qotishmalari hamda maxsus po'latlardan ishlangan boshqa narsalarni aytishadi. O'qituvchi bunday metallar xalq xo'jaligida juda keng qo'llanilishi va ular turli-tuman ekanligini tushuntiradi.
O'qituvchi o'quvchilar bilan birga ko'rib chiqilgan materalni umumlashtirib shu choqqacha gap qora list metallar haqida borganligini ta’kidlaydi. Bu metallar o'z xossalarining har xilligi bilan bir-biridan farq qiladi, lekin ular ko'pgina umumiy xossalarga ham ega. Boshqa metallar- rangli metallar ham bor. Ularning har biri o'ziga xos xususiyatlarga ega, lekin ularda ham ko'pgina umumiy xossalar bo'ladi. O'qituvchi rangli va qora metallarning ayrim xossalarini taqqoslaydi.
Sim to'g'risidagi ma’lumotlarni ham o'qituvchi shu izchillikda bayon qiladi.
O'quvchilar darslarda metall list va sim qanday tayyorlanishi bilan tanishadilar. Doskaga ikki valikning ikkita proyeksiyasini chizib, ular orasidan zagotovka o'tkazilishini tushuntirish kifoya. Valiklarning bosimi ta’siridan zagotovka yupqalashadi. Buning natijasida quyma metall listga aylanadi. Buni prokat stani ish katagining soddalashtirilgan modelida yaqqolroq ko'rsatish mumkin. Bu modelni tayyorlash oson. U ikkita yog'och valikdan iborat bo'lib, yog'och ustunchalarga mahkamlangan. Ustunchalar oralig'ni o'zgartirish mumkin. Keyin o'qituvchi cho'zish stanining modeli yordamida sim olish jarayonini tushuntiradi.
Odatda, o'quvchilar qora metallarning butun gruppasini temir deb atashadi. Bu notug'ri. Shuning uchun o'quvchilarning "po'lat" va "cho'yan" tushunchalarini o'zlashtirib olishlariga erishish muhim. Bu tushunchalarini shakllantirishning qiyinligi shundaki, o'quvchilar hali ximiyani o'rganishmagan : holbuki, po'lat va cho'yan mashinasozlik materiallari sifatida faqat ximiyaviy tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladi. O'quvchilar buni tushunishlari uchun ularning tabiatshunoslik darslarida uglerod to'g'risida olgan bilimlariga tayanish zarur. Uglerod qattiq holatda bo'lishi va metallar tarkibiga kirishi mumkinligini aytish va bunga misollar keltirish kerak. Asosan temir va ugleroddan tashkil topgan materiallar po'latlar va cho'yanlar deb ataladi. Po'latda uglerod kamroq, cho'yanda 2% dan ko'proq bo'ladi. Metallning qattiqligini uning tarkibidagi uglerodning miqdoriga bog'liq. Metallda uglerod qancha ko'p bo'lsa (lekin muayyan miqdorigacha u shuncha qattiq bo'ladi.
O'quvchilarni materiallar bilan tanishtirishning yuqoridagi sxemasiga amal qilgan xolda, po'lat va cho'yan qanday suyuqlantirilishi haqida ular tushuncha oladigan tarzda ma’lum tasavvur berish lozim. Metallarni suyuqlantirish jarayonini tushuntirayotganda jarayonning ximiyaviy asoslari to'g'risida gapirmaslik kerak. Suyuqlantirish jarayonini taxminan quyidagicha tushuntirish mumkin. "Yerda sof temir bo'lmaydi, u faqat boshqa elementlar bilan birikkan tarzda uchraydi. Temirning boshqa element va jinslar bilan bunday birikmasi ruda deb ataladi. Ruda qazib olinadi va tegishlicha ishlov berilgandan so'ng domna deb ataladigan maxsus pechga solinadi. Domnada rada suyuqlanadi. Suyuqlangan temir uglerod bilan birikib, pechning tubiga tushadi. Metall bilan uglerodning suyuqlangan qotishmasi maxsus teshik orqali qoliplarga quyiladi. Qoliplarda u soviydi va qotadi. Shu tarzda cho'yan olinadi".
Po'lat va cho'yanning asosiy xossalarini (qattiqlik, plastiklik, egiluvchanlik va hokozo) ta’riflayotganda, o'quvchilar "egiluvchanlik" va "plastiklik" tushunchalari bilan tanish ekanliklarini esdan chiqarmaslik kerak, yangi materialni tushuntirishda shu bilimlardan foydalanish lozim. Po'lat va cho'yanni o'quvchilarga ma’lum bo'lgan boshqa materiallar bilan solishtirish kerak. Shunda o'quvchilar ushbu metallar xalq xo'jaligida va uning qaysi sohalarida nima uchun keng qo'llanilishini tushunib oladilar.
O'quvchilarni po'latning asosiy sortlari va markali bilan tanishtirayotganda po'latning xossalari undagi uglerodning miqdoriga bog'liqligini aytish kerak. Agar ilgari o'quvchilarga uglerod metallga qattiqlik va egiluvchanlik berishi haqida oddiy gapirilgan bo'lsa, endi o'qituvchi buni konkret misollarda namoyish qiladi. Buning uchun oddiy po'lat va uglerodli po'lat namunalari kerak bo'ladi. O'quvchilar bu namunalarni bolg'a bilan urib ko'rib, zarb kuchi bir xil bo'lgani holda po'lat yumshoq bo'lgani uchun u ko'proq pachoqlanishga ishonch hosil qilishadi.
Keyin o'qituvchi po'lat tarkibiga ugleroddan tashqari, boshqa elementlar ham kirishini aytadi. O'qituvchi o'quvchilar bu elementlarni ximiya kursida chuqurroq o'rganishlarini nazarda tutib po'latning xossalarini qanday o'zgartirishni aytib beradi. O'quvchilarni otashbardosh, asbobsozlik po'latlari va boshqa markadagi ayrim po'latlar bilan umumiy tarzda tanishtiradi. O'qituvchi har xil markalardagi po'latlarning shartli belgilanishlari haqida gapirib beradi. Albatta po'latning hamma markalari bilan tanishtirishning iloji ham , bunga zarurat ham yo'q. Biroq, proitexnika ta’limi vazifasi nuqtai nazaridan, markalarni belgilashda amal qilinadigan umumiy qidalarni tushuntirish va biror markadagi po'latning ximiyaviy tarkibini spravochnikdan qanday bilib olish mumkinligini ko'rsatib berish zarur.
O'quvchilarda materiallarga qo'lda ishlov berish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish . Har bir mehnat operatsiyasi o'z xususiyatlariga ega. Shuning uchun rejalash , kesish , qarqish va boshqa mehnat opratsiyalarini bajarishga o'rgatish uslubiyati , ham bir-biridan farq qiladi. Lekin shu bilan birga har qanday mehnat operatsiyasini bajarishga o'rgatishga o'qituvchi yagona talablardan kelib chiqadi va umumiy didaktik qoidalarga amal qiladi.
Masalan, materiallarga qo'lga ishlov berish biror operatsiyani bajarish yuzasidan, malaka va ko'nikmalar shakllantrish bilan bog'liq bo'lgan darslarga tayyorlanayotganda o'qituvchi quyidagi umumiy masalalarni hal qiladi:
1.O'quvchilarning qurbi yetadigan ish ob’yektlarini tanlaydi.
2.Yangi materiallarni bayon etish uslubini tanlaydi.
3.O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qiladi.
Mazkur masalani har gal aniq o'quv materiali asosida hal etishga to'g'ri keladi. Ushbu qo'llanmada mehnat operatsilarini o'rgatish uslubiyatini barcha variantlarini ta’riflab berish imkoniyati yo'q. Shu sababli faqat ayrim misollarnigini keltiramiz. O'qituvchi bu misollarga tayangan holda, har bir aniq darsni tashkil qilishga to'g'ri yondoshishi mumkin.
O'quvchilarning qurbi yetadigan ishni tanlash . Bu masala avval ko'rib chiqilgan edi. Ish obekti eng avvalo, o'quv dasturiga javob berishi va o'quvchilarning intellektual va jismoniy tayyorgarligi mos keladigan bo'lishi kerak. O'quvchilar tayyorlagan buyumlarga nisbatan talablar , xususan ishlov berish aniqligiga nisbatan ma’lum talablar qo'yish zarur. Agar buyumning sifatiga muayyan talablar qo'yiladigan bo'lsa, o'quvchilar diqqat e’tibor bilan ishlab , yaxshi natijalarga erishadilar. Ammo o'quvchilarning ishlash aniqligiga talablar quyidagi o'quvchilarning imkoniyatlari ularning ish harakatlarini boshqarish qobiliyati bilan cheklanganligini esdan chiqarmaslik lozim. Masalan, metallarning egovlash operatsiyalarini tekshirish natijalari shuni ko'rsatadiki, sinf o'quvchilari detallarning keng ( 10 mmdan keng) tekisliklarini to'ppa to'g'ri qilib egovlashlarini deyarli uddalay olmaydilar. Quyidagi jadvalda ishlayotgan metallning qalinligiga qarab o'quvchilar qanday kattalikdagi qiyshiqlikka ( bu o'rinda qiyshiqlik deganda ishlangan yuzaning eng baland va past nuqtalari orasidagi farq tushiniladi) yo'l qo'yishlari tushiniladi) yo'l qo'yishlari ko'rsatiladi.
Metallarni egovlashda o'quvchilar yo'l qo'yadigan qiyshiqlikning kattaliklari haqida ma’lumotlar

Sinflar


Detalning qalinligi, mm

10

20

30

40

Qiyshiqlikning kattaligi, mm

V

0,47

0,95

1,42

1,90

VI

0,35

0.69

1,04

1,39

VII

0,32

0,63

0,95

1,26

VIII

0,21

0,43

0,64

0,85

Ushbu jadvaldan ko'rinib turibdiki, o'quvchilarning yoshi kattalashishi bilan ularning fizioliogik imkoniyatlari ham ortadi, ammo juda cheklangan holda ortib boradi. Shu sababli talab etiladigan aniqligi jihatidan o'quvchilarning qurbi yetadigan ish ob’yektlarini tanlash zarur. Shu munosabat bilan o'qituvchiga buyumlar konstruksiyasini tez - tez o'zgartirib turishga to'g'ri keladi. Shunday qilinsagina o'quvchilar buyumlarning sifatini pasaytirmagan holda kamroq aniqlik bilan tayyorlay oladilar.


Yuqorida aytilganlar materiallarga qo'lda ishlov berishdagi boshqa mehnat operatsiyalariga ham taalluqlidir.
Yangi materiallarni bayon etish uslubini aniqlash. Darsga tayyorlanar ekan, o'qituvchi har gal yo'riqnomaning mazmuni va formasini aniqlab oladi. Tajribaning ko'rsatishicha, yo'riqnomaning samaradorligi gapirib berishni namoyish qilish bilan oqilona qo'shib olib borish o'qituvchining mahoratiga ko'p jihatdan bog'liq. Eksperimental tadqiqotlar ham buni tasdiqlaydi. Buni metallarni egovlash operatsiyasini o'rganish misolida ko'rib chiqamiz. O'quvchilar uch gruppaga ajratilgan. Birinchi gruppa o'quvchilarini buyumlar namunalarini, egovlash usullarini, ish vaziyatini, ish natijalarini tekshirish usularini ko'rsatib berish va tegishli plakatlarni namoyish qilish yo'li bilan o'qitishgan. Plakatda ishning turli paytlarida asbobning vaziyati tasvrlangan. Asbobga qo'yiladigan kuch har xil uzknlikdagi strelkalar bilan tasvirlangan. Strelkalarning o'lchamlari chap va o'ng qo'llar kuchining nisbiy kattaligini ko'rsatadi. O'qituvchi hyech qanday qo'shimcha og'zaki tushintirishlar bermagan. ikkinchi gruppa o'quvchilarini egovlash usullarini, ish rejimi va sur’atini , o'z -o'zini kontrol qilishning ahamiyatini tushintirib berish yo'li bilan o'qitishgan. Bu gruppaga ham buyum namunasi va plakat ko'rsatilgan. Ammo bu gruppaga o'qituchi egov bilan ishlash usullarini namoyish qilmagan, uchinchi gruppada ko'rsatish bilan bir qatorda mufassal tushintirib borilgan.
To'rtta mashg'ulotdan so'ng uchala gruppada egovlash yuzasidan nazorat ish o'tkazildi. Tekshirish natijalari shuni ko'rsatadiki, egovlashni o'rgatishda ko'rsatib berishning o'zi kifoya qilmaydi, ayni paytda faqat tushintirib berish ham yetarli emas. Tushintirishni ko'rsatib berish bilan qo'shib olib borilgan uchinchi gruppa erishgan natjalar yuqoridagi fikrni to'la tasdiqlaydi.
O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish. Yuqorida aytilganidek, hozirgi vaqtda asosan o'quv va ko'nikmalarni shakllantirishning o'n yillar davomida tarkib topgan an’anaviy uslubi qo'llanilib kelinmoqda. Keyingi vaqtlarda mehnat ta’limining samaradorligini o'quv va ko'nikmalarini shakllantirish jarayonida o'z -o'zini nazorat qilish rolini oshirish hisobiga ko'tarishga intilish ancha kuchaydi. Dasturda yog'och yoki metalga ishlov berishga kam soat vaqt ajratilganligi munosabati bilan texnik mehnat darslarida mashq qilish va o'z-o'zini nazorat qilish uchun shunday sharoitlar yaratish zarurati tug'iladiki, ular yolg'iz shaxsiy maqsad bo'lib qolmaydigan va o'quvchilar diqqatini jamiyat uchun foydali buyumlar tayyorlashdan chalg'itmaydigan bo'lsin. Bunday sharoitlarni yaratish oson emas, ammo ilg'or o'qituvchilar tajribasi buni amalga oshirish mumkinligini ko'rsatadi. Bunga turli yo'llar bilan erishish mumkin. Ba’zi o'qituvchilar ish usullarini bajarish shartlarini murakkablashtiradilar va bunda o'quvchilar ish harakatlaridan og'ishni idrok etishlarining rolini oshiradilar. Masalan , o'quvchilarga metallni kesish jarayonini muhralari toraytirilgan bolg'a va zubilo yordamida bajarish taklif etiladi. 5 sinfda shunday tajriba o'tkaziladi: o'quvchilarning bir qismi oddiy asbob bilan, qolgan qismi esa muhrasining diametri 8 mm li bolg'alar va 5 mm li zubilolar bilan ishlanadi. Bunda oddiy asboblar bilan aniqligiga qaraganda 3-4 marta yuqori talablar qo'yildi. Bunday sharoitda ishlash uchun chap qo'lning vaziyati bilan o'ng qo'lning harakati orasidagi moslik juda aniq bo'lishi kerak. Chap va o'ng qo'llar harakatlarining ozgina bo'lsa ham mos kelmasligi nishonni noto'g'ri olishga olib keladi. Ish xavfsiz bo'lishi uchun zubiloga qalin rezinadan yasalgan saqlash shaybasi kiydiriladi, u zubiloni ushlab turgan chap qo'lni berkitib turadi. Bundan tashqari, urganda bolg'a zubilodan sakrab ketmasligi uchun muhraning markaziy qismi atrofiga ariqcha qilinadi. Noaniq zarb avvalo kinestazik tarzda idrok qilinar edi va shu asosda o'quvchi tegishli tuzatishlar kiritishi lozim edi. Operatsiya uch mashg'ulot davomida bajarildi, keyin zarblarning aniqligini maxsus apparatlar yordamida qayd qilish o'tkazildi. tekshirish natijalari zarblarning aniqligi eksperimental sinflarda 26 % o'sganligini ko'rsatdi.
Metallga chilangarlik ishlovi berish operatsiyalarini o'rgatish uslubining asosiy masalalari. Rejalash. Rejalash operatsiyasi detallarga chilangarlik ishlovi berish texnologik jarayonida ko'pincha birinchi o'rinda turadi. Rejalashning bir necha usuli : andaza bo'yicha , detal namunasi bo'yicha, detalь namunasi bo'yicha, chizma bo'yicha, chizma bo'yicha rejalash usullari mavjud. Dastlabki ikki usulda ish unumi yuqoriroq bo'ladi, lekin ular bir xil detallar partiyasini tayyorlashdangina qo'llaniladi. Maktabdagi mehnat ta’limi sharoitlaridagina qo'llaniladi. Maktabdagi mehnat ta’limi sharoitlarida rejalash ko'pincha chizma bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda o'quvchilarga har xil geometrik shakllarni chizishga to'g'ri keladi. O'quv mashqi tarzda bajariladigan eng oddiy topshiriqdan boshlash kerak. O'quvchilarni rejalash operatsiyasini mazmuni, ishlatiladigan asbob va yordamchi materiallar bilan tanishtirib chiqqach, ularga rejalash uchun yuza tayyorlash, keyin shu yuzaga berilgan nuqtalardan o'tuvchi bir nechta ixtiyoriy chiziqlar, parallel chiziqlar chizish, eng oddiy geometrik figuralar (kvadrad, to'g'ri to'rtburchak) chizish taklif etiladi.
Mashg'ulotlarning boshlanishidayoq o'quvchilar diqqati chizg'ich, go'niya, chizg'ichni to'g'ri ushlash va chiziqlarni to'g'ri chizish kerakligiga qaratiladi. Rejalashdagi xatoliklar -egri -bugri chiziqlar, chiziqlarni bir tortishda emas, balki bir necha galda chizish, detalni ishlash jarayonida qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o'quvchilarga gapirib beriladi.
Dastlabki paytda o'quvchilar chizg'ich yordamida o'lchamlarni o'lchab qo'yishda xatolarga yo'l qo'yishadi, ya’ni o'lchashni noldan emas, balki birdan boshlashadi. Shuning uchun o'quvchilarning sifatini sinchiklab tekshirib borish ( rejalash operatsiyasining dastlabki bosqichini o'rganib olganlari zahotiyoq) zarur.
Dastlabki zagotovkaning qirrasidan boshlab rejalash kerakligi, keyin o'q chiziqlaridan boshlab rejalash lozimligi tajribada aniqlangan. Oddiy geometrik shakllar yasashni o'rganib olgach, o'quvchilar egri chiziqlar chizish usullarini o'rganishga o'tishadi.
To'g'rilash , bukish, parchinlash, kesish. Ushbu operatsiyalarni bolg'a yordamida bajariladi. Shu sababli ular zarbli operatsiyalar deb yuritiladi.
Zarbli operatsiyalarni o'rganishning maqsadga muvofiq izchilligini aniqlab olish muhim. Masalan, to'g'rilash operatsiyasi bolg'a bilan aniq zarblar ( odatda, tirsak bilan va panja bilan) berish uquvini talab etadi, bukish operatsiyasida mehnat sharoitlari oddiy to'g'rilashdagidan murakkabroq bo'ladi, chunki bunda opravkalardan foydalanishga to'g'ri keladi; parchinlash operatsiyasida zarbning aniqligiga qo'yiladigan talablar yanada ortadi, chunki zarb noto'qri bo'lsa , biriktirilayotgan detallarning yuzasi buzilib, buni keyingi ishlov berish yo'li bilan tuzatish qiyin bo'ladi. Ko'pgina zarbli operatsiyalar kesish operatsiyasi bilan tugallanadi.. Bu operatsiyalar zarbli operatsiyalar ichida eng murakkabi hisoblanadi. Kesish paytida bolg'ani zubiloning kallagiga aniq tekkizish zarur, chunki zarb aniq bo'lmasa, chap qo'lni bolg'a bilan urib olish mumkin. Shunday qilib kesish operatsiyasi o'ng va chap qo'llar harakatini mohirlik bilan uyg'unlashtirishni talab qiladi.
Detalni tayyorlash ko'pincha zagotovkani to'g'rilashdan boshlanadi. Ko'p hollarda o'quvchilar to'g'rilash operatsiyasini texnologik protsessda muhim rol o'ynamaydigan yordamchi operatsiya deb qarashga moyillik bildirishadi. Shuning uchun bo'lg'usi buyumning sifati to'g'rilash operatsiyasining aniq bajarilishga ko'p jihatdan bog'liqligiga o'quvchilarni ishontirish lozim.
Zagotovkalar turli - tuman bo'lishi mumkin. Shunga ko'ra to'g'rilashning har xil usullari qo'llaniladi. O'quvchilar tunuka, sim, list va polosa materialni, sort prokatni to'g'rilash usullari bilan tanishtiriladi. Zagotovkani to'g'rilash zarur bo'lib qolgandagina o'quvchilar bu usullar bilan tanishtiriladi. To'g'rilashning barcha turlari bilan o'quvchilarni tanishtirish maqsadida zagotovkani ataylab deformatsiyalashning hojati yo'q.
O'quvchilar to'g'rilash operatsiyasini bajarayotganda bolg'ani to'g'ri ushlashni o'rganib olishlari kerak. Shunchaki qaraganda bu oddiy talabdek tuyuladi, lekin tajribaning ko'rsatishicha, bu talabni bajarish ancha qiyin. Ko'pchilik o'quvchilar bolg'ani kallagining yaqnidan ushlashni ma’qul ko'rishadi. Albatta, bunga o'quvchilarga juda og'ir asboblar berilishi sabab bo'ladi. Shuning uchun asboblar o'lchamlariga belgilangan normativlarga amal qilish kerak. Ba’zan o'quvchilar ustaxonalarga bolg'a bilan ishlashning noto'g'ri ko'nikmalar olgan holda kelishadi, endi ularni qayta o'rgatishga to'g'ri keladi. Buning uchun vaqtni ayamaslik zarur, chunki agar o'quvchilar to'g'rilash jarayonida bolg'a bilan ishlashning to'g'ri usullarini o'rganib olmasalar, keyinchalik ular bukish, parchinlash va kesish operatsiyalarini ham noto'g'ri bajaradilar.
To'g'rilash jarayonida zagotovkani to'g'ri joylashtirish juda muhim. Ko'pincha uni chap qo'l bilan ushlab turishga to'g'ri keladi. Agar zagatovka noto'g'ri joylashtirilgan bo'lsa, zarb kuchi shu qo'lga tushadi.
O'quvchilar tunuka va sim bilan ishlaganlarida metallni bukish operatsiyasini o'rganishadi. Bunda buyum ko'rkam chiqishi va mehnat unumdorligi yuqori bo'lishi uchun har xil opravka va moslamalardan foydalangan ma’qul. Metallarni bukish priyomlarini bajarishda diqqat va qunt bilan ishlash talab qilinadi. Bunga o'quvchilar e’tiborini qaratish zarur, chunki ayrim o'quvchilar tez, ammo noaniq ishlashga harakat qilishadi. Shunchaki qaraganda, masalan, chizg'ich yasash juda osondek tuyuladi: lekin uning ko'rinishi ko'rkam chiqishi uchun qunt bilan ishlash kerakligi ma’lum bo'ladi. O'quvchilar metallarni bukish usullarini o'rgana boshlaganlarida buni tushunib olishlari zarur.
Bukish usullari ma’lumki talaygina. O'quvchilarni shu usullardan eng keng tarqalganlari bilan tanishtirish kerak. O'quvchilar bukish usullarini foydali narsalar tayyorlash jarayonida o'zlashtirib oladilar. Tajribaning ko'rsatishicha, o'quvchilarni xalqalarni tiskida bolg'a va dumaloq opravka yordamida bukishga, prujina o'rashga, list metalldan silindr va konus shaklidagi buyumlarni bukib yasashga, opravka yordamida list metallni burchak ostida bukishga o'rgatish, list metall hamda yo'g'on simni bukishga mo'ljallangan moslamalarning tuzilishi va ishlashi bilan tanishtirish lozim.
Bukish usullarini o'zlashtirish jarayonida o'quvchilar zarb kuchini zagotovkaning o'lchamlariga va shu zagotovka tayyorlangan materialning mexanik xossalariga moslab tanlashni, zagotovkani opravkaga nisbatan to'g'ri joylashtirishni, zagotovkani opravka bilan birga tiskiga to'g'ri va puxta mahkamlashni, bukishning turli bosqichlarida zarbni qanday kuch bilan berish kerakligii o'rganib olishlari kerak.
Parchinlash operatsiyasi hozirgi zamon ishlab chiqarishi sharoitlarida kam qo'llaniladi. Uning o'rnini birinchi galda, detallarni payvandlab biriktirish usuli egallagan. Shunga qaramasdan, V-V11 sinflarda mehnat darslarida parchinlash operatsiyasidan voz kechish yaramaydi, chunki maktab ustaxonasi sharoitlarida, buyumlarga quyiladigan estetika talablari nuqtai nazaridan u eng qulay va ma’qul hisoblanadi.
Kesish - eng murakkab chilangarlik operatsiyalaridan biridir. Uni o'zlashtirish ish vaziyatini o'rganishdan boshlanadi. O'quvchilar bir necha marta to'g'ri ish vaziyatini egallab ko'rishadi. Tajribaning ko'rsatishicha, ular dastlab ayrim tipik xatolarga yo'l qo'yishadi: tiskiga haddan tashqari yaqin yoki uzoq turib olishadi, noto'g'ri ish vaziyatini egallashadi
Kesish vaqtida tanani qanday vaziyatda tutish kerakligini o'rganib olishgach, o'quvchilar barmoqlarni ochmasdan va ochib, panja bilan beriladigan zarbni o'zlashtirish uchun bir necha marta qisqa vaqtli mashq qilishadi. Zarb berishni o'rganishni o'qituvchi komandasi bilan olib borish tavsiya etiladi, chunki o'quvchilar ko'pincha sur’atni tezlashtirib, barvaqt charchab qolishadi. Bu davrda zubiloga rezinadan qilingan saqlovchi shayba kiydirib qo'yiladi, u o'quvchining qo'lini berkitib turgani uchun u dadillik va ishonch bilan ishlaydi.
O'qituvchi ish jarayonida o'quvchilar zubiloning kallagiga emas, balki qirquvchi qirrasiga qarab turishlarini talab qiladi. Bunga sabab shuki, har bir zarbdan so'ng zubilo sakrab ketadi va uni yana to'g'ri vaziyatga o'rnatish kerak bo'ladi.
Qisqa vaqtli mashqlar tugagandan so'ng o'quvchilar o'z uquvlarini buyum ishlash paytida takomillashtiradilar.
O'quvchilarning tirsak bilan va yelkadan oshirib beriladigan zarb usullari bilan amalda tanishishlari ham qisqa muddatli mashqlardan boshlanadi. Keyin ular shu usullar qo'llaniladigan buyumlarni tayyorlashadi.
O'quvchilar kesish operatsiyasini tiskida va plita ustida bajarishlariga to'g'ri keladi. Birinchi usul osonroq bo'lgani uchun ishni undan boshlash kerak.
Metallarni kesayotganda mehnat xavfsizligi talablari alohida ahamiyat kasb etadi: ish o'rinlari to'r bilan to'sib qo'yilgan bo'lishi lozim, faqat benuqson asbob bilan ishlash mumkin, qirindi sinib ajralgandan so'ng chap qo'l chiqib ketib zagotovkaga urilmasligi uchun oxirgi zarblarni yengil -yelpi berish zarur. O'qituvchi bularning hammasini ish boshlagunga qadar batafsil gapirib beradi.
Metallarni qirqish. Metallarni qirqish (ombur, qaychi va arra bilan), egovlash, shaberlash va ishqalab yedirish asbob yoki zagotovkani bosib bajariladigan operatsiyalar gruppasini tashkil etadi.
Bosib bajariladigan operatsiyalr gruppasi orasida, zarbli operatsiyalar gruppasidek, bevosita izillik bo'lmaydi, lekin qo'llaniladigan mehnat usullarining murakkabligiga ko'ra ularni bir qatorga qo'yish mumkin. Ombur va qaychi bilan qirqish operatsiyalarini o'rganish uchun eng oson hisoblanadi. Bunda o'ng qo'l bilan qaychi (ombur) ning bo'laklarini kesish va yaqinlashtirishdan iborat bir zayldagi harakatlar bajariladi, chap qo'l bilan esa zagotovka ushlab turiladi. Binobarin , bu operatsiyada ikkala qo'lning harakatlarini uyg'unlashtirish lozim bo'ladi. Metallni arra bilan qirqishda material avval tiskiga qisib qo'yiladi, keyin asbobni qo'llar bilan ushlab, verikal va gorizontal tekisliklarda to'g'ri vaziyatga keltiriladi. Bu operatsiyani bajarish qaychi bilan qirqishg qaraganda murakkabroq. Shu sababli o'quvchilar ayniqsa, o'rganishning boshlang'ich bosqichida arra polotnosini tez-tez sindirib qo'yadilar.
Metallarni qo'lda qirqish materialning profiliga qarab turli usullar: ombur, arra, qaychi, richagli qaychi, truba qirqqich bilan bajarilishi mumkin. Oxirgi usul maktab dasturida ko'zda tutilmagan.
O'quvchilar metallarni arra bilan qirqish usullarini o'rganish davomida chilangarlik arrasini yig'ish va qismlarga ajratishga,asbobni qo'l bilan ushlashga va u bilan ish-harakatlarini bajarishga, tiskida har xil profilli zagotovkalarni qirqib bo'lishga, burilgan arra polotnosi yordamida zagotovkani qirqib olishga doir ukuv va ko'nikmalarni o'zlashtirib olishlari kerak. Qirqishni zagotovkaning ketingi qirrasidan boshlash ,keyin arrani asta-sekin gorizontal vaziyatga o'tkazish kerakligi o'quvchilarga tushuntiriladi.
Detallarni biriktirish. Dasturga muvofiq o'quvchilar list materialdan qilingan detallarni oddiy choklar bilan va parchin mixlar bilan biriktirishni, shuningdek sim bo'laklarini ulashni o'rganib olishlari kerak.
Odatda, detallarni oddiy chok bilan biriktirishda o'quvchilar juda qiynalishadi. Shuning uchun tajribali o'qituvchilar mashg'ulotlarni frontal formada o'tkazishadi. Bunda detallarni oddiy chok bilan biriktirishni bosqichlarga bo'lib o'rgatiladi: ishning birinchi bosqichi oldidan o'quvchilar yo'riqnoma olib, uni bajarishadi, keyin ikkinchi bosqich oldidan yo'riqnoma olishadi va hakoza. Bunday bsqichlardan jami sakkizta bo'ladi:
1) zagotovkada bukish chizig'ini belgilash; 2) zagotovka to'rtburchak opravka yordamida tiskiga shunday siqib qo'yiladiki, fals o'rnini bildiruvchi chiziq opravka burchagi cho'qqisining sathida yotadigan bo'lsin; 3) falsni to'g'ri burchak ostida bukish; 4) falsni plita ustida oxirigacha bukish, bunda u zagotovkaning asosiy tekisligiga nisbatan parallel joylashadigan, biroq unga tegmaydigan bo'lsin; 5) ikkinchi falsni bukish; 6 falslarni biriktirish; 7) falsni yonidagi metallni qulfli qilib cho'ktirish; 8) chokni cho'ktirish va tekislash.
Har bir bosqichda ish qanday bajarilayotganini o'qituvchi sinchiklab tekshirib boradi.
2.2. O'lchash va rejalash asboblarini o'rgatishga oid namunaviy
dars rejasi

Mehnat ta’limi darslariga tayyorgarlik ko'rish va uning rejasini tuzish o'qituvchining ko'radigan barcha tayyorgarliklarining yakuni hisoblanadi. Ta’lim-tarbiyaning to'liq va puxta bo'lishi tayyorgarlik yakuniga bog'liq bo'ladi. Xo'sh, dars rajasi nimalardan iborat bo'lishi kerak?


1. Dars mavzusi.
2. Dars maqsadi, ya’ni shu dars yordamida o'quvchida qanday ilmiy-texnikaviy bilim, mehnat ko'nikmalari va malakalar tarkib toptirishi lozimligi.
3. Darsning vazifasi-o'qituvchi darsda qo'yilgan maqsad bilan qanday vazifalarni hal qilishi ko'rsatiladi.
4. Darsda o'rganiladigan ob’yekt.
5. Dars o'tish turi-nazariymi, amaliymi.
6. Dars uchun kerakli jihozlar va ko'rgazmali qurollar tanlanadi.
7. Dars mazmuni va borish tartibi.
Agar dars nazariy bo'lsa, unda ko'rib o'tiladigan masalalar dars rejasi orqali ifodalanadi, darsni o'tishda ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanib rejadagi masalalar yoritiladi.
8. Dars amaliy bo'lsa, dastlab nazariy tushuntirish boriladi va bajarish tartibi ko'rsatladi.
9. Dars o'tkazish uchun uslubiy tavsiyalar ko'rsatiladi.
10. O'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilish tartibi aytiladi.
11. Yangi dars materialining o'quvchilar tomonidan o'zlashtirishini tekshirib ko'rish uchun mavzu bo'yicha savollar, test variantlari berilib, javoblar baholanishi lozim.
12. Agar o'zlashtirish yaxshi bo'lsa, qo'shimcha ma’lumotlar, tuzatishlar kiritilib, darsni yakunlash lozim.
Agar o'zlashtirish yomon bo'lsa, ba’zi tushunish qiyin bo'lgan joylarni qaytadan tushuntirish lozim.
13. Uyga vazifa beriladi. Vazifa o'tilgan darslarni mustahkamlashga qaratilgan bo'lishi lozim. Buning uchun uy sharoitida qilinadigan vazifalar yoki savollar beriladi.
14. Agar mashg'ulot amaliy bo'lsa ish o'rinlari yig'ishtiraladi, asbob uskunalar o'z joyiga qo'yiladi, xona yig'ishtirilishi lozim.

O'rta umumta’lim maktablarining 6 -sinf o'quvchilariga Tехnоlоgiya vа dizаyn yo’nаlishining metall va unga ishlov berish texnologiyasi bo’yichа o'rgatiladigan mavzular asbob -uskunalаr va ularni ishlatish bo'limiga 4 soat vaqt ajratilgan. Quyida ana shu mavzularga taalluqli "O'lchash va rejalash qurollari" mavzusiga oid namunaviy dars rejasini keltiraman . Namunaviy dars rejasi yuqoridagi tartibda tuziladi.


Dars mavzusi:
O'lchash va rejalash qurollari ( Shtangensirkul ) (1 soat)

Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi

Download 2.25 Mb.