O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi




Download 2.25 Mb.
bet5/7
Sana26.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shtаngеnsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish
124 08.05.2013, Esse, 1426185, Types of subordinate clauses in Modern English, ddddddddddddddd, Amir Temur - buyuk siymo, соғлом оила - соғлом жамият , Умрнинг хар бир дами ғанимат, рвоооо, ролрлрр, парооо, оврвпвп, еункнк, шшрвр
Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsadi:
O'quvchilarga rejalash, o'lchash haqida umumiy ma’lumot berish, o'lchash asbobi - shtangensirkulning turlari, umumiy tuzilishi bilan tanishtirish va o'lchash usullarini o'rgatish.
b) Tarbiyaviy maqsadi:
O'quvchilarda o'lchash aboblaridan bo'lgan shtangensirkulni umumiy tuzilishi va undan foydalanish usullarini o'rgatish orqali o'quvchilarga mehnat tarbiyasini berish, o'lchash ishlarini va ishlov berish ishlarini bajariyotganda didlilikni, aniqlilik, qobiliyatlilikni o'rgatish.
v) O'stiruvchi maqsadi:
O'quvchilarda shtangensirkulning tuzilishi, undan foydalanish usullarini o'rgatishga oid ko'nikma va malakalarini shakllantirish, o'lchash va rejalashga oid boshqa asboblarni o'rgatishga oid mashg'ulotlarda olgan bilimlarini mustahkamlash hamda ularni rejalovchi - chilangar, rejalovchi - tokar kabi kasblarga yo'naltirish.
Darsning vazifasi: O'lchov asboblari va aynan shtangensirkul to'g'risida ma’lumot berish bilan o'quvchilarda ular to'g'risida ma’lum ko'nikma, malakalarni shakllantirish va ularni sanoatda va ishlab chiqarishda qo'llanish jarayonlari bilan tanishtirish.
Dars ob’yekti: ShS-1, ShS-11 markali shtangenasboblar.
Darsni o'tish shakli: nazariy.
Dars uchun kerakli jihoz va ko'rgazmali qurollar:
4 dona ShS-1 markali , 4 dona ShS-11 markali shtangenasboblar, o'lchash usullarini o'rgatishga oid turli shakldagi detal namunalari, shtangenasboblarning turlari, tuzilishi, o'lchash usullari ko'rsatilgan sxematik plakat va boshqalar.
Mashgulotning borishi:
Tashkiliy qism.
O'quvchilarning davomatini, maxsus ish kiyimlarini axvolini tekshirish.
Yangi materialni bayon qilish:
Dars rejasi:
a) Rejalash to'g'risida tushuncha.
b) Shtangensirkullar haqida umumiy ma’lumot.
v) Shtangensirkullar bilan o'lchash ishlarini bajarishga doir amaliy ishlar .
a) O'lchash va rejalash to'g'risida tushuncha.
Rejalash. Rejalash asboblari. Chilangarlik o'quv ustaxonalarida o'quvchilar, ko'pincha, amaliy mashg'ulotni rejalashdan boshlaydilar.
Zagotovkani ishlashda xato qilmaslik va detalni buzib qo'ymaslik uchun zagotovkaning sirtiga chizmada aniq ko'rsatilgan o'lchamlar bilan kontur chiziqlar chiziladi. Bu chiziqlar ortiqcha metall qatlamini qayergacha olish mumkinligini ko'rsatib turadi. Bunday chiziqlardan nariga o'tish yaramaydi. Aks holda, detal buziladi. Bunday jarayon rejalash deb ataladi.
Rejalash qalinligi 0. 25 mm bilan 0. 5 mm orasida bo'ladi. Rejalash ikkiga bo'linadi: tekis materiallarni rejalash va fazoviy materiallarni rejalash.
Tekis materiallarni rejalash deganda yassi detallar yuzasini, polosa va list materiallar hamda bolg'alab yasalgan va quyma zagotovkalar yuzasini rejalash tushuniladi.
Rejalash murakkab va ma’suliyatli ish bo'lib, diqqat bilan ishlashni talab qiladi. Rejalovchi o'quvchi chizmani tushunib o'qiy olishi, rejalash va o'lchash asboblarini yaxshi bilishi hamda ustalik bilan ishlata olshi lozim.
Rejalashda har xil asbob va moslamalar ishlatiladi. Chizgich, sirkul, reysmus, shtangenreysmus, masshtabli vertikal lineyka, go'niya, markaz, qidirg'ich, lineyka, qalpoq va rejalash plitasi shular jumlasidandir.
Chizgich rejalanadigan yuzaga lineyka, go'niya yoki shablon bilan chiziq chizish uchun ishlatiladi. Chizgich U10, U12 markali uglerodli asbobsozlik po'latidan tayyorlanadi. Uning uchlari taxminan 20 mm uzunlikda toblanadi.
Sirkul to'g'ri chiziqli o'lchamlarni ishlanadigan detalga ko'chirish chiziqlarni teng qismlarga bo'lish, burchaklar yasash, aylanalar va egri chiziqlar chizish va hakozalar uchun ishlatiladi.
Rejalash operatsiyasi detallarga chilangarlik ishlovi berish texnologik jarayonida ko'pincha birinchi o'rinda turadi. Rejalashning bir necha usuli : andaza bo'yicha , detal namunasi bo'yicha, detalь namunasi bo'yicha, chizma bo'yicha, chizma bo'yicha rejalash usullari mavjud. Dastlabki ikki usulda ish unumi yuqoriroq bo'ladi, lekin ular bir xil detallar partiyasini tayyorlashdangina qo'llaniladi. Maktabdagi mehnat ta’limi sharoitlaridagina qo'llaniladi. Maktabdagi mehnat ta’limi sharoitlarida rejalash ko'pincha chizma bo'yicha amalga oshiriladi. Bunda o'quvchilarga har xil geometrik shakllarni chizishga to'g'ri keladi. O'quv mashqi tarzda bajariladigan eng oddiy topshiriqdan boshlash kerak. O'quvchilarni rejalash operatsiyasini mazmuni, ishlatiladigan asbob va yordamchi materiallar bilan tanishtirib chiqqach, ularga rejalash uchun yuza tayyorlash, keyin shu yuzaga berilgan nuqtalardan o'tuvchi bir nechta ixtiyoriy chiziqlar, parallel chiziqlar chizish, eng oddiy geometrik figuralar (kvadrad, to'g'ri to'rtburchak) chizish taklif etiladi.
Mashg'ulotlarning boshlanishidayoq o'quvchilar diqqati chizg'ich, go'niya, chizg'ichni to'g'ri ushlash va chiziqlarni to'g'ri chizish kerakligiga qaratiladi. Rejalashdagi xatoliklar egri -bugri chiziqlar, chiziqlarni bir tortishda emas, balki bir necha galda chizish, detalni ishlash jarayonida qanday oqibatlarga olib kelishi haqida o'quvchilarga gapirib beriladi.
Dastlabki paytda o'quvchilar chizg'ich yordamida o'lchamlarni o'lchab qo'yishda xatolarga yo'l qo'yishadi, ya’ni o'lchashni noldan emas, balki birdan boshlashadi. Shuning uchun o'quvchilarning sifatini sinchiklab tekshirib borish ( rejalash operatsiyasining dastlabki bosqichini o'rganib olganlari zahotiyoq) zarur.
Dastlabki zagotovkaning qirrasidan boshlab rejalash kerakligi, keyin o'q chiziqlaridan boshlab rejalash lozimligi tajribada aniqlangan. Oddiy geometrik shakllar yasashni o'rganib olgach, o'quvchilar egri chiziqlar chizish usullarini o'rganishga o'tishadi.

Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi

Download 2.25 Mb.