O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi




Download 2.25 Mb.
bet3/7
Sana26.03.2023
Hajmi2.25 Mb.
#46794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Shtаngеnsirkulning vаzifаsi, tuzilishi vа fоydаlаnish tаrtibini o’quvchilаrgа аmаliy o’rgаtish
124 08.05.2013, Esse, 1426185, Types of subordinate clauses in Modern English, ddddddddddddddd, Amir Temur - buyuk siymo, соғлом оила - соғлом жамият , Умрнинг хар бир дами ғанимат, рвоооо, ролрлрр, парооо, оврвпвп, еункнк, шшрвр
Shtаngеntsirkul. Ishlаyotgаn buyumni 0,01 mm аniqlikdа o’lchаydigаn аsbоblаr shtаngеntsirqullаr dеyilаdi. Shtаngеntsirqullаr eng ko’p tаrqаlgаn univеrsаl o’lchоv аsbоblаri bo’lib stаnоkdа bаjаrilаdigаn ishlаr uchun slеsаrlik ishlаridа аsbоb yasаsh uchun ishlаtilаdi. Shtаngеntsirkul dаrаjаlаrgа bo’lingаn linеykа 2 tа qo’zg’аlаdigаn vа qo’zg’аlmаydigаn oyoqchаlаrdаn ibоrаt. Qo’zg’аlmаydigаn оyoqchа mаhkаmlаngаn shtаngеntsirkul аsоsаn buyumlаrning ichki vа tаshqi diаmеtrlаri vа chuqurliklаrini o’lchаydi. Qo’zg’аlаdigаn оyoqchа linеykа bo’yichа surilаdi. O’lchаmni hisоbgа оlish uchun surilаdigаn оyoqchаning оbоymаsidаgi nоnius bilаn o’lchаmlаr bilаn o’lchаnаdi.
Shtаngеntsirkulning linеykаsi chiziqlаr bilаn аjrаtilgаn bo’lib nоnius yordаmidа o’lchаshdа 0,1 mm gаchа аniqlikdа o’lchаnаdi. Nоnius dеtаlning o’lchаmini mm hisоbidа аniqlаsh hisоblаsh imkоnini bеrаdi. Nоniusning mm uzunlikdаgi shkаlаsi o’ng qismgа bo’lgаn uning hаr biri 99 mm linеykаning birinchi bo’limi bilаn nоniusning birinchi bo’limi оrаsidаgi mаsоfа 0,1 mm gа tеng.


Kronsirkul va nutromer detallarning to'g'ri chiziqli o'lchamini olish uchun xizmat qilai. Detallarning tashqi tomoni kronsirkulь( 163-rasm ,a ) bilan ichki tomoni esa nutromer bilan o'lchanadi.


Kronsirkul va nutromer bir-biridan oyoqchalarining shakli bilangina farq qiladi. Kronsirkul bilan nutromer U7, U8 markali po'latdan yasaladi; ularning o'lchaydigan uchlaridan taxminan 200 mm qismi toblanadi.
Burchakliklar ichki va tashqi to'g'ri burchaklarni tekshirish uchun ishlatiladi.
Go'niyalar asbob yasaladigan 18 markali uglerodli po'latdan yoki XG markali ligerlangan po'latdan yasaladi va toblanadi.
Burchaklarni o'lchash uchun transportir va uglemer asboblari ishlatiladi. Transportir bu chiziqlar bilan 180 ta teng qismga bo'lingan yarim doira shakldadir. Yarim doiraning markazi 0 kertigi bilan ko'rsatib qo'yilgan. Trasportir bilan burchak o'lchashga 0 kertikni burchakka shunday qo'yish lozimki, burchakning bir tomoni esa ichki yarim doiraning asosi chizig'ida yotsin. Shundan so'ng burchakning ikkala tomoni orasida graduslar uning yarim doira asos chizig'ida yotgan tomondan boshlab, transportirning shkalasidan sanaladi.
Rezba qirqish asboblari. Mashinasozlikda uch xil rezьba qirqish mavjd. Bular metrik, dyumiy va truba rezьbalardan iborat. Chilangarlik praktikumida asosan, profili va burchaklarning uchi turlicha, metrik va dyumiy rezьbalar qirqiladi.
Vint qirqish va gayka kesuvchi asboblari, ichki rezьba ochish uchun mo'ljallangan metchiklar, tashqi rezьba qirqishga mo'ljallangan plashkalar hamda vintqirqar taxtalar shular jumlasidandir.
Metchik. Metall o'yiqlariga rezьba qirqadigan asbob metchik deb ataladi. Metchik uzunasiga to'g'ri yoki vintsimon ariqchalar o'yilgan vintdan iborat. Bu ariqchalarning chetlari metchikning kesuvchi qirralarini hosil qiladi. Metchik ish bajaruvchi va quyruq qismlariga bo'linadi. Metchikning quyrug'i ish vaqtida metchikni patronga yoki vorotokka o'rnatish uchun xizmat qiladi. Metchikning quyrug'i kvadrat va konusaviy bo'ladi.
Rejalash. Rejalash asboblari. Chilangarlik o'quv ustaxonalarida o'quvchilar, ko'pincha, amaliy mashg'ulotni rejalashdan boshlaydilar.
Zagotovkani ishlashda xato qilmaslik va detalni buzib qo'ymaslik uchun zagotovkaning sirtiga chizmada aniq ko'rsatilgan o'lchamlar bilan kontur chiziqlar chiziladi. Bu chiziqlar ortiqcha metall qatlamini qayergacha olish mumkinligini ko'rsatib turadi. Bunday chiziqlardan nariga o'tish yaramaydi. Aks holda, detal buziladi. Bunday jarayon rejalash deb ataladi.
Rejalash qalinligi 0. 25 mm bilan 0. 5 mm orasida bo'ladi. Rejalash ikkiga bo'linadi: tekis materiallarni rejalash va fazoviy materiallarni rejalash.
Tekis materiallarni rejalash deganda yassi detallar yuzasini, polosa va list materiallar hamda bolg'alab yasalgan va quyma zagotovkalar yuzasini rejalash tushuniladi.
Rejalash murakkab va ma’suliyatli ish bo'lib, diqqat bilan ishlashni talab qiladi. Rejalovchi o'quvchi chizmani tushunib o'qiy olishi, rejalash va o'lchash asboblarini yaxshi bilishi hamda ustalik bilan ishlata olshi lozim.
Rejalashda har xil asbob va moslamalar ishlatiladi. Chizgich, sirkulь, reysmus, shtangenreysmus, masshtabli vertikal lineyka, go'niya, markaz, qidirg'ich, lineyka, qalpoq va rejalash plitasi shular jumlasidandir.
Chizgich rejalanadigan yuzaga lineyka, go'niya yoki shablon bilan chiziq chizish uchun ishlatiladi. Chizgich U10, U12 markali uglerodli asbobsozlik po'latidan tayyorlanadi. Uning uchlari taxminan 20 mm uzunlikda toblanadi.
Sirkul to'g'ri chiziqli o'lchamlarni ishlanadigan detalga ko'chirish chiziqlarni teng qismlarga bo'lish, burchaklar yasash, aylanalar va egri chiziqlar chizish va hakozalar uchun ishlatiladi.
Shtangenreysmus balandliklarni tekshirib ko'rish va ishlanayotgan yuzalarga markaz chiziqlari hamda boshqa reja chiziqlarini aniq o'tkazish uchun ishlatiladi. Go'niyalar rejalanishi lozim bo'lgan yuzalarga vvertikal va gorizontal chiziqlar chizish, detallarning plitada to'g'ri o'rnatilganligini tekshirish shuningdek, list hamda polosa materiallarini rejalash uchun ishlatilai.
Kerner detalga chiziqcha ustidan nuqta shaklida o'yib rejalash uchun ishlatiladi. Bu asbob o'rtasi nakatkali yumaloq sterjendan iborat bo'lib, sterjenning bir tomoni o'tkir konus shaklida charxlangan va uchidagi burchagi 45 -600 ni tashkil etadi. Krnerning ikkinchi tomoni konusga o'xshab cho'zilgan: shu yumaloq tomoniga bolg'a bilan urildai.
Kernerlar U7A markali uglerodli asbobsozlik po'latidan tayyorlanadi. Uning ish qismi 20 mm va bolg'a bilan uriladigan yumaloq tomoni esa 15mm uzunlikda toblanadi. Orasidagi masofani o'lchash bilan birga uning kattaligi masshtabli lineykaga solishtirib aniqlash uchun xizmat qiladi.
Rejalash sirkullarining oddiy xili va prujinali xili bo'ladi.
Sirkul oyoqlari 45 va 50 markali po'latdan yasaladi. Oyoqchalarining ishlaydigan qismlari uchi taxminan 20 mm uzunlikda todanadi. Masshtab balandlik o'lchagich kabi bu ham to'g'ri chiziqli o'lchamlarni aniqlash va zagotovkalar sirtiga to'g'ri chiziqlar chizish uchun ishlatiladi.
Rejalash shtangensirkuli katta diametrli aylanalar chizish uchun ishlatiladi. U mm larga bo'lingan shtanga va ikkita oyoqchadan iborat.
1.2. Metallarga qo'lda ishlov berish jarayonlariga oid mavzularga taalluqli
dars materiallari tahlili
Oldingi paragraflarda aytib o'tilganidek tayanch maktablaridagi o'qitish ishlari DTS asosidagi mavzuiy rejalar asosida olib boriladi. Mavzular mahalliy sharoitlar , mahalliy yerning nima yetishtirishga yoki uning ishlab chiqarishga asoslanganligini e’tiborga olib tuziladi. Respublikamiz sanoat ishlab chiqarishida metallurgiya bugungi kunda gurkirab rivolanayotganligini e’tiborga olib o'rta umumta’lim maktablarida metall va unga ishlov berish texnologiyasini o'qitish va amaliy o'rgatish mavzulari darslariga alohida e’tibor beriladi.
Mehnat ta’limi bo'yicha DTSida Metalga ishlov berish texnologiyasi bo'yicha metalga qo'lda ishlov berish ishlaridan quyidagilarni alohida ta’kidlab o'tilgan:
Chilangarlik o'quv ustaxonalarida metallarga qo'lda ishlov berish ishlarida ko'pchilik jarayonlarni kuzatish mumkin. Jumladan, Yassi yuzalarni rejalash; Kesish; To'g'rilash va bukish; Tunukasozlik ishlari; Qirqish; Yuzalarni egovlash; Parmalash, zenkerlash, zenkovkalash; Rezba qirqish; Shaberlash; Egovlab kengaytirish va joyiga moslash; Pritirlash va o'lchamiga yetkazish; Parchin mix bilan biriktirish; Qalaylash va kavsharlash; Korpus detallarini rejalash va boshqa jarayonlar. Men quyida ayrim jarayonlarni bajarishda olib boriladigan ishlarga oid dars materiallarini tahlil qilib chiqaman.
To'g'rilash va bukish. Mehnat xavfsizligi talablari. Ishlatiladigan asboblar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi zarur.
1.Yog'och bolg'aning ish sirti silliq, tekis, yorilmagan va sinmagan bo'lishi kerak. Bolg'alar ko'zsiz, qattiq yog'och (qayin, buk, terak, dub) dan yasalgan bo'lishi zarur.
2. To'g'rilash plitasining ish yuzasi silliq va tekis bo'lishi hamda mustahkam asosga o'rnatilgan bo'lishi zarur.
Ish vaqtida instruktor tiskilarga dumaloq va yassi opravkalarning o'rnatilishi va mahkamlab qo'yilishiga alohida e’tibor berish lozim, chunki ular tiskilardan chiqib ketib, qo'l va oyoqni jarohatlashi mumkin. To'g'rilash paytida qo'lni jarohatlab olmaslik uchun qo'lqop kiyib ishlash kerak.
Tekislik bo'yicha bukilgan polosa metallni to'g'rilash . Polosa metallni to'g'rilashga oid mashq, odatda cho'yan yoki po'lat plita ustida bajariladi. Bunda turli bolg'alardan foydalaniladi. Tozalab ishlov berilgan po'lat polosalarni va rangli metallardan qilingan polosalarni to'g'rilash uchun yog'och bolg'alar, yumshoq quymali mis, qo'rg'oshin, alyuminiy quymali bolg'alar ishlatilai.
Tekislik bo'yicha to'g'rilash quyidagi ketma - ketlikda bajariladi.
1. Polosaning qavariq joylarini ko'z bilan aniqlab chegaralari bo'r bilan belgilanadi.
2.Chap qo'lga qo'lqop kiyiladi. O'ng qo'lga bolg'a, chap qo'lga po'lat polosa olinadi va ish xolati egallanadi. To'g'rilash vaqtida to'g'ri, erkin va turg'un turishi kerak.
3.To'g'rilash plitasiga polosa qavariq tomonini yuqoriga qaratib qo'yiladi, bunda u plitaga ikki joyida tegib turishi kerak, chunki zich tegib turmasa, bolg'a bilan urganda chap qo'lga zo'r kelishi mumkin.
4.Bolg'a bilan avval qavariq joylarning chetlariga, o'rtasiga zarb beriladi. Polosaning qalinligiga va bukilish kataligiga qarab zarb kuchini o'zgartirib turish zarur: polosa qancha egri va qancha qalin bo'lsa, zarb shuncha katta bo'lishi kerak. Polosa to'g'rilanib borgan sari zarb kuchini susaytirib borish va to u to'g'rilaguncha qadar goh u tomonini, goh bu tomonini o'girib turishi lozim; bolg'a bilan urayotganda faqat zarb berilayotgan joyga qarash darkor.
Spiral tarzida bukilgan va qirrasidan egilgan polosa metallni to'g'rilash. Qirrasidan egilgan polosa metallni to'g'rilashga doir 1-o'quv topshirig'i quyidagicha bajariladi.
1. Polosadagi egilgan joylar chizg'ich yoki ko'z bilan aniqlanib, chegaralari bo'r bilan belgilanadi.
2. Polosa enli tomoni bilan plitaga qo'yiladi va egilgan tomoni bo'ylab plitaning ko'ndalangiga zarblar beriladi. Zarblar egilgan tomonining butun tekisligi bo'yicha bir tekis berilishi kerak.
3. Zarb kuchini susaytirib, boshqa joylardagi qavariqlar to'g'rilanadi, bunda metallning yoyilishi hisobiga polosa bir tomonga cho'ziladi va to'g'ri chiziqli shaklga kiradi.
Spiral shaklida egilgan polosa metallni to'g'rilashga oid 2-o'quv topshirig'i quyidagicha bajariladi.
1. Zagotovkaning bir uchi tiskiga , ikkinchi uchi esa dastaki tiskiga mahkamlab qo'yiladi.
2. Tiski jag'lari orasiga richak ( sterjenь ) qo'yiladi va egilgan joyini bir xil kuch bilan teskari tomonga burab to'g'rilanadi. Agar bu usul batamom to'g'rilab bo'lmasa, polosa plita ustida uzel -kesil to'g'rilanadi.
To'g'rilash natijasi ko'z bilan tekshirish plitasi yordamida tekshiriladi.
Dumaloq kesimli metallni to'g'rilash. Dumaloq kesimli metall plitada, prizmalarda yoki dastaki press yordamida to'g'rilanadi.
Dumaloq kesimli po'lat chiviqni plitada to'g'rilashga doir 1-o'quv topshirig'i quyidagi tartibda bajariladi.
1. Egilgan joyning chegaralari ko'z bilan aniqlanib, bo'r bilan belgilanadi.
2. Chap qo'lga qo'lqop kiyiladi; o'ng qo'lga yumshoq quymali bolg'a, chap qo'lga dumaloq chiviq olinadi va ish vaziyati egallanadi.
3.Chiviq egilgan qismini yuqoriga qaratib plitaga qo'yiladi.
4.Qavariq joyning chetidan o'rtasiga tomon bolg'a bilan urib chiqiladi. Bunda chiviqning diametriga va egilgan joyining kattaligiga qarab zarb kuchi o'zgartirib turiladi. Qiyshaygan joyi to'g'rilanib borgan sari zarb kuchi susaytirib boriladi. To'g'rilash oxirlaganda chiviqni o'z o'qi atrofida aylantirib, yengil zarblar bilan uzel -kesil to'g'rilanadi.
Metall listni plitada to'g'rilash. Metall listni to'g'rilashdagi eng murakkab operatsiya zagotovkaning turli joylarida bo'lishi mumkin bo'lgan qavariqlarni tekislashdir. Agar bunday joylar bolg'a bilan urib to'g'rilanadigan bo'lsa, ular kamayish o'rniga ko'payadi. Shuning uchun po'lat list quyidagi ketma -ketlikda to'g'rilanadi.
1.Avval notekisliklarning turi aniqlanib olinadi. Buning uchun list plitaga qo'yiladi, qavariq joylar chizg'ich bilan aniqlanib, chegaralari bo'r bilan belgilanadi.
2.To'g'rilash vaqtida zarb berish sxemasi tanlanadi. Qavariqlarning soniga va ularning joylashishiga qarab zarb sxemasini o'zgartirish mumkin.
Listning o'rtasida bitta qavariq bo'lsa, zarb listning chetida qavariq tomonga beriladi. Bunda bolg'a bilan urish kuchi va joyi o'zgartirib turiladi. Bir necha joyida qavariqlari bo'lgan listni to'g'rilashda zarb avval qavariqlar orasidagi qismga beriladi, keyin esa qavariqlarning o'ziga beriladi. Agar qavariq listning chetida bo'lsa, zarbni listning o'rtasidan chetlariga tomon berish kerak.
3.Listni to'g'rilash uchun u plitaga qavariq joyni yuqoriga qaratib qo'yiladi va uni chap qo'l bilan ushlab turgan holda o'ng qo'ldagi bolg'a bilan zarb beriladi.
Zarblar tez-tez, ammo kuchsiz bo'lishi lozim, buning natijasida listning tekis qismi cho'ziladi, qavariq joyi esa asta - sekin tekislanib boradi. Qavariq chegarasiga yaqinlashgan sari zarb kuchi susaytirib borilishi krak. To'g'rilash to qavariq batamom tekislaginga qadar davom ettiriladi, keyin list o'girib qo'yiladi va bolg'a bilan yengil urib listning butun tekisligi uzel -kesil to'g'rilanadi.
Qalinligi 1 mm gacha bo'lgan po'lat list va rangli metall list yog'och bolg'alar bilan yoki yumshoq quymali bolg'alar bilan yuqorida aytilgan ketma -ketlikda to'g'rilanadi.
Bundan tashqari boshqa bir qancha to'g'rilash va bukish ishlarini ham sanab o'tishimiz mumkin. Jumladan,
- yupqa metall listni plitada brusok bilan to'g'rilash;
-trubalar , vallar va burchakli po'latni vintli dastaki pressda to'g'rilash;
--toblangan detallarni urib to'g'rilash kabi ishlarni bajarish hamda o'quvchilarga o'rgatish mashg'ulotlarini o'tkazish mumkin.
Yassi yuzalarni rejalash. Mehnat xavfsizligi talablari. Yassi yuzalarni rejalashga o'rgatishga kirishar ekan, instruktor hamma asbob va moslamalarni diqqat bilan ko'zdan kechirib chiqishi shart. Buzuq va notug'ri charxlangan asbob bilan ishlash man etiladi.
Ishlatiladigan asboblar quyidagi talablarga javob berishi kerak. Bolg'alar dastaga puxta o'rnatilib, teshikda po'lat ponalar bilan mahkamlab qo'yilgan bo'lishi kerak. Bolg'aning dastasi ovalsimon kesimli, oxiriga tomon bir tekis yo'g'onlashib borgan bo'lishi lozim. Dastaning sirti silliq va toza, titilmagan, yorilmagan, o'yilmagan bo'lishi darkor. Massasi 200 g li rejalash bog'lari uchun mo'ljallangan dastaning uzunligi 250-300 mm bo'lishi zarur. Bolg'aning ish sirtlari silliq, tekis, darz ketmagan va uchmagan bo'lishi kerak.
Kernerlarning zarb beriladigan qismi zarb ta’sirida ezilgan yoki singan bo'lmasligi lozim. Zarb beriladigan qismining sirti silliq va bir oz qavariq bo'lishi zarur. Asbobni qo'l bilan ushlanganda zarb beriladigan qismi barmoqlardan 20 mm balandda bo'lishi uchun kernerning uzunligi 70 mmdan kam bo'lmasligi lozim.
Kerner ish qismining uchi 60 burchakli qilib, parmalab ochiladigan teshiklar o'rnini belgilash uchun mo'ljallanganlarniki esa 45 burchakli qilib charxlangan bo'lishi darkor. To'mtoqlashib qolgan kernerdan foydalanish mumkin emas, chunki bunday kernerni bolg'a bilan urganda uning uchi teshik o'rni belgilanayotgan sirtda sirg'anib ketib, qo'lni bolg'a bilan urib olish mumkin. Teshik o'rnini belgilayotganda kernerni zagatovka sirtiga tik qilib qo'yish va zarbni kerner o'qi bo'ylab berish kerak.
Qo'lni jaroxatmaslik uchun sirkul, chizg'ich va kenerning o'tkir uchini ehtiyotlik bilan ushlash kerak. Bu asboblarni kiyim cho'ntagiga solib qo'yish man etiladi.
Charxlash stanoklarida ishlanganda rioya qilish kerak bo'ladigan mehnat xavsizligi qoidalarini ko'rib chiqamiz.
1. Har bir ishchi faqat o'ziga biriktirilgan stanokda ishlashi kerak.
2. Stanokda qo'lga qo'lqop kiyib yoki barmoqlarga bint bog'lab ishlash ta’qiqlanadi.
3. Stanokka tok kelishi uzilib qolganda uning elektr jihozlarini darhol uzib qo'yish zarur.
4. Har bir ishchi:
a) mehnat xavsizligining barcha talablarini qat’iy bajarishi;
b) butun ish vaqti davomida ish o'rnini ozoda saqlashi;
v) qo'lini moy, emulьsiya va kerosin bilan yuvmasligi;
g) stanok oldida ovqatlanmasligi shart.
Ish boshlashdan oldin.
5. Har safar ishga tushirishdan oldin stanokni yurgizib yuborish hyech kimga xavf tug'dirmasligiga ishonch hosil qilish kerak.
6. O'z jomakorini tartibga keltirib olish lozim.
7. To'siqning puxta mahkamlanganligini tekshirish zarur: jilvirlash doirasi va tasmali uzatmada to'siqlar bo'lmasa, ularda ishlash man etiladi.
8. Stanokdagi tirakning ishonchli va to'g'ri mahkamlanganligini tekshirish (tirak bilan bilan jilvirlash doirasi orasidagi zazor 3 mm dan katta bo'lmasligi kerak), ko'zdan kechirib shu doiralarda katta darzlar va uchgan joylar bor-yo'qligini aniqlash darkor.
Darz ketgan va singan doiralarni ishlatish ta’qiqlanadi.
9. Stanokni 3-5 min salt ishlatib ko'rib yaxshi ishlashini tekshirish va doiraning ko'ndalangiga yoki buylamasiga keragidan ortiq tepmayotganligiga ishonch hosil qilish lozim: bu vaqtda ishchining o'zi jilvirlash doirasi chiqib ketishi mumkin bo'lgan xavfli zonadan narida turishi kerak.
10. Stanokning buzuqligi yoki biror xavf borligi maьlum bo'lsa, bu haqda darhol instruktor yoki masterni xabardor qilish darkor.
Ish vaqtida.
11. Asbobni charxlayotganda uni doiraga siltamasdan va qattiq bosmasdan ohista tekkizish zarur. Jilvirlash doirasining aylanish tekisligidan chetda turish lozim.
12. Ishchi ishlayotganda himoyalovchi ko'zoynak yoki ekranlardan albatta foydalanishi kerak.
13. Asbobni jilvirlash doirasi bilan charxlash va o'lchamiga yetkazish vaqtida uni albatta sovitib turish shart.
Asbobning xizmat muddatini uzaytirish va uning bust-butun saqlanishini taminlash uchun ish vaqtida quyidagilarni bajarish zarur:
1. Asbobni mexanik shikastlanishlardan (ish qirralarini, masshtab shikalasini, o'lchash sirtlarini pachoqlanish va tirnalishlardan)saqlash kerak.
2. Sirkuldan foydalanayotganda mahkamlash vintlarini faqat bir aylanishga bo'shatish lozim.
3. Rejalash plitasining sirti hamisha toza va silliq bo'lishi zarur: uni pachoqlanish, tirnalish va boshqa xil shikastlanishlardan ehtiyot qilish darkor.
Ish tugagach.
1. Zanglanishning oldini olish maqsadida asbobni toza latta bilan quriguncha artish, keyin yupqa qilib moylab qo'yish kerak.
2. O'lchash asbobini g'ilofda saqlash lozim (har bir asbob uchun alohida joy ajratilgan bo'lishi zarur).Asboblarni bir-birining ustiga "qalab" saqlash man etiladi.
3. Rejalash plitasini kerosin bilan yuvib,quruq toza latta bilan artish,moy bilan moylash va muhofazalovchi taxta qopqoq bilan berkitib qo'yish kerak.
Sirtlarni rejalashga tayyorlash. Slesarlik ishida rejalash ishlari yordamchi texnologik operatsiya hisoblanadi.,Bu operatsiya chizmada ko'rsatilgan kontur shaklini tegishli o'lchamli qilib zagatovkaga ko'chirishdan iborat.
Sirtlar rejalashga quyidagi ketma-ketlikda tayyorlanadi.
1.Bo'yovchi moddalar tayyorlanadi. Ishlov berilmagan sirtlarni (quymalar, pokovkalar, prokat sirtini) bo'yash uchun bo'r eritmasi ishlatiladi (to'yilgan bo'r suvda qorishtiriladi) bo'yoq qatlamini o'chib ketishidan saqlash va u tezroq qurishi uchun bo'yovchi modda tarkibiga duradgorlik yelimi qo'shiladi (4l suvga 50g yelim va 600g bo'r hisobida)
Buyumlarning tozalab ishlov berilgan sirti mis kuporasining eritmasi bilan (ikki-uch choy qoshiq mis kuporasi kristallari bir stakan suvda eritiladi) yoki rejalash uchun mo'ljallangan maxsus lak bilan bo'yaladi.
2. Zagatovka bo'yashga tayyorlanadi. Zagatovkalarni bo'yashga tayyorlashda ular chang, kir va zangdan po'lat cho'tka bilan tozalanadi. Plastinada g'udurlar va o'tkir uchlar bo'lmasligi kerak. Bitta plastinaning ikkala tomoni jilvir qog'oz bilan tozalanadi, boshqa plastinalarning sirtlari esa tozalanmaydi.
3. Sirtlar bo'yaladi. Bo'yovchi moddani surtayotganda zagatovka chap qo'l bilan qiyalatib ushlanadi. Cho'tkani vertikaliga va gorizontaliga harakatlantirib sirtga bir tekis va yupqa qilib buyoq surtiladi. Buyoq oqib tushmasligi uchun buyoqni cho'tkaning uchiga oz-ozdan olish lozim.Tozalangan sirtlar mis kuporosi eritmasi bilan, ishlov berilmaganlari esa bo'r eritmasi bilan bo'yaladi. Bo'yab bo'lingan plastinalarni quritish zarur.
Parallel chiziqlar chizish. Sirtga bir-biridan ixtiyoriy masofada chiziqlar tushirishda chizgich, tayanchli go'niyadan foydalaniladi. Bunda quyidagi tartibda ish ko'riladi.
1. Plastinani rejalash plitasiga shunday qo'yish kerakki, uning rejalash bazasi sifatidaqabul qilinadigan, ishlov berilgan qirrassi ishlovchi tomonga qarangan bo'lsin. Go'niya zagotovkaga zich tegib turishi uchun zagotovkani rejalash plitasining chetiga surib keltirish zarur.
2. Keng asosli go'niyani baza qirraga qo'yib, chizgich bilan birinchi chiziq chiziladi. Chiziq chizayotganda chizgichning uchini go'niya qirrasiga zich taqab, chizgichning oldinga bir oz og'dirib yurgiziladi.
Chiziq aniq va to'ppa -to'g'ri chiqishi uchun chizgichni bir oz bosib yurgizish va chizgichning go'niyaning ensiz qirrasiga nisbatan qiyaligini o'zgartirmaslik kerak. Bitta chiziqni ikki marta chizish mumkin emas, aks holda ikkita chiziq chizilib qolishi mumkin.
Chiziq chizish uchun ikki tipdagi chizgichlar: dumaloq chizgich yoki qattiq qotishmadan qilingan qo'yma ignali chizgich ishlatiladi.
3. Go'niyani plastina qirrasi bo'ylab kerakli masofaga siljitib, bir nechta chiziq chiziladi. Bir-biridan belgilangan masofada yotadigan parallel chiziqlar chizg'ich va chizgichdan foydalanib chiziladi.
Berilgan burchak ostida chiziqlar chizish. Burchaklarni rejalashda sirkulь, chizg'ich va chizgich foydalaniladi.
450 li burchakni rejalash ketma-ketligini ko'rib chiqamiz:
1. Yassi go'niya yordamida 900li VAS burchagi yasaladi.
2. Sirkul ixtiyoriy PAB o'lchamga keriladi.
3. Sirkulning uchini A nuqtaga (burchak uchiga) qo'yib, burchak tomonlarini nuqtalar 1 va 2 da kesib o'tuvchi belgalingan radiusli yoy chiziladi.
4. Nuqtalar bir xil ixtiyoriy radiusli kesishuvchi a va v yoylar chiziladi. Yoylarning kesishish joyiga D nuqta qo'yiladi.
5. Chizg'ich va chizgich yordamida A burchakning uchidan D nuqta orqali chiziq chiziladi, bu chiziq 900li burchakni 450li ikkita teng burchakka bo'ladi.
Aylana chizish, uni teng bo'laklarga bo'lish va ko'pburchaklar yasash.
1-o'quv topishiriqning mohiyati go'niya-markaz qidirgich yordamida aylana markazini topishdan iborat. Go'niya 900 burchak ostida biriktirilgan ikkita planka va bikr qilib mahkamlangan chizg'ichdan iborat. Chizg'ichning ish qirrasi 900li burchakni teng ikkiga bo'ladi.
Rejalash quyidagi ketma-ketlikda bajariladi.
1. Detal rejalash plitasiga rejalanadigan sirti yuqorida bo'ladigan qilib qo'yiladi.
2. Detalning ustki sirtiga go'niya-markaz qidirgich shunday qo'yiladiki, uning ikki tomoni (plankalari) detalning silindrik sirtiga tegib turadigan bo'lsin.
3. Chap qo'l bilan go'niya chizg'ichi torets sirtiga qattiq bosiladi, o'ng qo'l bilan esa chizgich yordamida birinchi diametral chiziq chiziladi.
4. Go'niya-markaz qidirgichni detalning silindrik sirtida taxminan 900 burib, chizgich bilan ikkinchi diametral chiziq chiziladi. Ikkita chiziq kesishgan nuqta rejalanayotgan aylana markazi bo'ladi.
Dag'al ishlov berilgan silindrik sirtli detalning markazi ham xuddi shunday ketma-ketlikda rejalanadi. Bu holda aylananing markazini aniqroq topish uchun besh-yettita chiziq chizish kerak. Eng ko'p chiziqlar kesishadigan nuqta aylana markazi bo'ladi.
Aylana markazini rejalash aniqligi rejalash sirkuli bilan tekshiriladi. Sirkulning bitta oyog'i belgilangan markazga qo'yiladi, ikkinchi oyog'i esa shunday keriladiki, uning uchi detalning silindrik qismiga sal-pal tegaigan bo'lsin. Agar sirkulь oyog'ining uchi detalga butan aylanasi bo'ylab tegsa, markaz to'g'ri belgilangan hisoblanadi.
2-o'quv topshirig'i aylanani teng to'rt bo'lakka bo'lib, ichiga kvadrat yasashdan iborat.
1. Rejalanayotgan tekislik markazida sirkulь yordamida R(28 mm li aylana chiziladi (radius ixtiyoriy bo'lishi mumkin).
2. Aylana markazidan chizg'ich yordamida to'g'ri chiziq chiziladi, u aylanani A va V nuqtalarda kesib o'tishi hamda uni teng ikiiga bo'lishi kerak.
3. Sirkulning tayanch oyog'i A nuqtaga qo'yiladi va sirkulni AB kesmaning yarmidan bir oz katta masofaga kerib, v yoy o'tkaziladi.
4. Sirkulning tayanch oyog'i B nuqtaga ko'chiriladi va oyoqlari oralig'ini o'zgartirmasdan b yoy o'tkaziladi: u birinchi yoyni nuqtalar 1 va 2 da kesib o'tishi kerak.
5. Nuqtalar 1 va 2 orqali chizg'ich yordamida chiziq chiziladi, u aylanada S va D nuqtalarni hosil qiladi.
6. AD, DB, BS va SA nuqtalarni to'g'ri chiziqlar bilan biriktirib, aylana ichida kvadrat hosil qilinadi.
Kesish. Mehnat xavfsizligi talablari. Kesishga doir o'quv ishini o'tkazishdan oldin ishlab chiqarish ta’limi instruktori barcha asbob va moslamalarni ko'zdan kechirib chiqishi shart.
Kesishda ishlatiladigan asboblar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi shart:
a) bolg'alarning dastalari teshikka uxta o'rnatilab, po'lat ponalar bilan mahkamlab qo'yilgan bo'lishi kerak; bolg'aning ish sirti silliq, bir oz qavariq, yorilmagan va uchmagan bo'lishi lozim; bolg'aning dastasi esa ovalsimon kesimli, oxiriga tomon bir tekis yo'g'onlashgan bo'lishi lozim; dastaning sirti toza va silliq, ko'zsiz, yorilmagan va sinmagan bo'lishi lozim;
b) zubilo va kresmeyserlar darz ketmagan va uchmagan bo'lishi lozim; o'rta qismi yon tomonlarining qirralari dumaloqlashtirilgan va tozalangan, zarb beriladigan qismining sirti silliq hamda bir oz qavariq bo'lishi kerakki, ishlayotganda uning zab beriladigan qismi bilan bosh barmoq orasida 25 mm masofa qoladigan bo'lsin. Ishlov beriladigan materialning qattiqligiga qarab, zubilo va krosmeysellar 45 -60-70 0 burchakli qilib charxlanadi.
Mashg'ulot o'tkazish vaqtida og'ir detallarni tiskiga qanday o'rnatish kerakligiga alohida e’tibor berish lozim, chunki bunday detallar bo'sh mahkamlansa, tiskidan tushib ketib, ishlayotgan kishining qo'li va oyog'ini shikastlashi mumkin. Instruktor metallning kesib tashlanayogan bo'laklari himoyalovchi to'r tomonga borib tushishiga, ishlovchilar esa himoyalovchi ko'zoynak taqib olganliklariga ham e’tibor berishi zarur. O'rgatishning dastlabki davrida zubiloning zarb beriladigan qismiga muhofazalovchi rezina shayba kiydirilib qo'yilishi kerak, shunday qilinganda qo'l jarohatlanmaydi. Charxlash stanoklarida ishlay boshlashdan oldin instruktor o'rganuvchilarning 2-bobda bayon etilgan charxlash stanoklarida xavfsiz ishlash talablariga doir bilimlarini tekshirib ko'rishi lozim.
Metallni tikkasiga zarb berib kesish. Tikkasiga zarb berib kesish eng samarali usul bo'lib, tiskida kesib bo'lmaydigan katta o'lchamli zagatovkalarni kesishda qo'llaniladi.
Polosa yoki dumaloq metallni sandon (plita) ustida kesishga oid 1-o'quv topshirig'i quyidagi ketma- ketlikda bajariladi.
1. Rejalash asboblari (chizgich va o'lcham chizgichi) yordamida chiziqlar chizib, metall ana shu chiziqlar bo'yicha kesiladi.
2. Polosa yoki dumaloq metall plita yoki sandon ustiga qo'yiladi; zubiloni tik ushlab, uning qirquvchi qarrasi chiziqqa qo'yiladi; avval zubiloga bolg'a yordamida o'rtacha kuch bilan zarb berib metall bir oz kesib olinadi; katta kuch bilan boshdan oshirib zarb berib, polosa yarmigacha kesib tushiriladi.
Po'lat listdan zagotovka kesib olishga oid 2-o'quv topshirig'i.
1. Zubiloning qirquvchi qirrasi dumaloqlanib charxlanadi.
2. Zagotovka andaza yordamida yoki geometrik yasash yo'li bilan rejalanadi, keyin belgilangan konturga parallel tarzda (birinchi chiziqdan 1-2 mm oraliqda) ikkinchi chiziq chiziladi.
3. Zagatovkani kesib olish uchun zubilo ikkinchi chiziqqa qiya qilib qo'yiladi .
Zubiloning chiziqqa to'g'ri qo'yilganligini tekshirgandan so'ng u vertikal vaziyatda qo'yiladi , uni reja chiziq bo'yicha siljitib turib, bolg'a bilan yengil zarb beriladi. Butun konturni dastlabki kesish xam xuddi shunday amalga oshiriladi. Dastlabki kesishdan keyin katta kuch bilan boshdan oshirib zarb berib, zagatovkaning bir tomonini yarmigacha kesib tushirish kerak. Zagatovkani o'girib qo'yishlar soni uning qalinligiga bog'liq bo'ladi.
Tikkasiga zarb berib kesishda ikkala qo'l bilan ishlash zarur: o'ng qo'ldagi bolg'a bilan zubiloga aniq zarblar beriladi, chap qo'ldagi zubilo esa (xar bir zarbdan keyin) dastlabki kesik bo'yicha surib turiladi. Zubiloni zagatovkada xar gal surish kattaligi qirquvchi qirrasi uzunligining 2(3-3(4 qismidan oshmasligi kerak.
Uzil kesil kesib tushirish uchun zagatovkani boshqa tomoniga o'girib qo'yish, zubiloning qirquvchi qirrasini plita sirtiga tegmaydigan qilib o'rnatish lozim.
4. Kesish sifati ko'z bilan chamalab tekshiriladi, bunda keyingi ishlov uchun qoldirilgan qo'yim kattaligiga, kesish jarayonida zagatovkada boshqa kesilgan joylar, egilgan joylar paydo bo'lmaganligiga aloxida e’tobor beriladi.

Download 2.25 Mb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 2.25 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston rеspublikаsi хаlq tа'limi vаzirligi

Download 2.25 Mb.